1.2 Terminlar va shartli belgilar Cisco Packet Tracer simulyatorida tarmoq qurilmalari uchun Cisco Systemsda korporativ standart sifatida qabul qilingan grafik shartli belgilar qo’llaniladi.
Cisco Packet Tracerda ikki xil tipdagi modellardan foydalaniladi: aniq qurilmalarning modellari va abstrakt (Generic) modellar. Abstrakt modellar ma'lum turdagi qurilmalar bilan bog'liq modellarni umumlashtirish va soddalashtirish natijasida olinadi. Bunday modellarni qurilmaning boshlang’ich bosqichda qo’llash mumkin – ularni sozlash oson, lekin ularning imkoniyati cheklangan.
Cisco Packet Tracer dasturida modellashtirish mumkin bo’lgan qurilmalarning shartli belgilarini ko’rib chiqamiz.
Tarmoqqa ishchi stansiya sifatida bog’lanadigan shaxsiy kompyuter (PC) uchun qo’llanilgan shartli belgi 1.3-rasmda ko’rsatilgan.
1.3-rasm. Shaxsiy kompyuter shartli belgisi
Server – bu ish stantsiyalarini muvofiqlashtirish va texnik xizmat ko'rsatish va resurslarni taqsimlash bo'yicha umumiy funktsiyalarni bajaradigan kuchli, yuqori unumdorlikka ega kompyuter. Serverning shartli belgisi 1.4-rasmda ko’rsatilgan.
1.4-rasm. Serverning shartli belgisi
Konsentrator(Hub) – bir nechta Ehernet qurilmalarini umumiy segmentga birlashtirish uchun mo’ljallangan tarmoq qurilmasi. Konsentratorning shartli belgisi 1.5-rasmda ko’rsatilgan.
1.5-rasm. Konsentratorning shartli belgisi.
Ko’prik (Bridge) – portlaridan biriga tarmoq orqali kelgan signalni barcha aktiv portlarida takrorlaydi. Ko’prik kolleziyalarning cheklangan domenini ta’minlaydi. Ko’prikning shartli belgisi 1.6-rasmda ko’rsatilgan.
1.6-rasm. Ko’prikning shartli belgisi.
Kommutator (Switch) – kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini bir segment chegarasida bog’lash uchun mo’ljallangan tarmoq qurilmasi. Bir portiga ulangan qurilma trafigini qolgan barcha qurilmalarga tarqatadigan konsentratordan farqli, kommutator ma’lumotni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Kommutatorning shartli belgisi 1.7-rasmda ko’rsatilgan.
1.7-rasm. Kommutatorning shartli belgisi.