Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish



Yüklə 67,39 Kb.
səhifə6/21
tarix24.11.2023
ölçüsü67,39 Kb.
#133677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Mavzu Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer -hozir.org

Ko’p sathli kommutator (Multilayer Switch) – OSI modelining uchunchi va to’rtinchi sathida ishlay oladigan yuqori unumdorlikka ega bo’lgan kommutator. Ko’p sathli kommutatorning shartli belgisi 1.8-rasmda ko’rsatilgan.
1.8-rasm. Ko’p sathli kommutatorning shartli belgisi.
Marshrutizator (Router) – lokal tarmoqlarni birlashtirish va global tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma. Marshrutizatorning shartli belgisi 1.9-rasmda ko’rsatilgan.
1.9-rasm. Marshrutizatorning shartli belgisi.
Ulanish nuqtasi (Access Point, AP) – mavjud simli lokal tarmoqqa simsiz qurilmalarni ulash imkonini beruvchi qurilma. Ulanish nuqtasi shuningdek, bir nechta kompyuterlarni kabelli tarmoqqa ulanmagan alohida tarmoqqa ulash imkonini beradi. Ulanish nuqtasining shartli belgisi 1.10-rasmda ko’rsatilgan.
1.10-rasm. Ulanish nuqtasining shartli belgisi.
Simsiz tarmoq ulanish nuqtasi marshrutizatorga to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan bo’lishi ham mumkin. Ulanish nuqtali marshrutizatorning shartli belgisi 1.11-rasmda ko’rsatilgan.
1.11-rasm. Ulanish nuqtali marshrutizatorning shartli belgisi.
Modem (Modem) – kompyuter tarmoqlarida modemlar raqamli shaklda berilgan kompyuter ma’lumotlarini analog telefon liniyalari bo’ylab uzatishda sihlatiladi. Modemning shartli belgisi 1.12-rasmda ko’rsatilgan. Cisco Packet Tracerda modemning raqamli abonent liniyalari uchun (DSL-Modem) va kabelli modem (Cable-modem) modellari mavjud.
1.12-rasm. Modemning shartli belgisi.
Frame relay texnologiyasi bo’yicha qurilgan tashqi tarmoqqa ulanishni belgilash uchun 1.13-rasmda ko’rsatilgan bulut shaklidagi belgi ishlatiladi.
1.13-rasm. Frame relay texnologiyasi bo’yicha qurilgan tashqi tarmoq.
Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Cisco packet Tracer dasturi asosida tarmoq modelini qurishni biz konsentratorga yoki kommutatorga ulangan bir nechta kompyuterlardan iborat uncha katta bo’lmagan lokal tarmoq bilan boshlaymiz.

Yüklə 67,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin