Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish



Yüklə 67,39 Kb.
səhifə9/21
tarix24.11.2023
ölçüsü67,39 Kb.
#133677
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Mavzu Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer -hozir.org

1.2.1 Konsentratorli tarmoq modeli
Ushbu mashqa sizdan to’rtta kompyuterni tarmoqqa konsentrator yordamida 1.17-rasmda ko’rsatilgandek birlashtirish orqali lokal tarmoq modelini yaratish talab etiladi.
1.17-rasm. Konsentrator yordamida qurilgan lokal tarmoq.
Quyidagi amaliyotlarni bajaring:
  • Cisco Packet Tracer dasturini yuklang.


  • Tarmoqqa birlashtirish kerak bo’lgan qurilmalarni CPT ishchi sohasiga joylashtiring:


    1. End Devices guruhini sichqoncha chap tugmasi orqali tanlang. End Devices guruhidan PC-PT qurilasmini tanlang va ishchi sohaga 4 ta PC0-PC3 shaxsiy kompyuter qurilmalarini joylashtiring.


    2. Hubs guruhini tanlang. Hubs guruhidan konsentrator qurilmasining Hub-PT (Generic) abstrakt modelini tanlang va ishchi sohaga joylashtiring.


  • Ishchi sohaga joylashtirilgan qurilmalarni bir biri bilan bog’lang:


    1. Connections guruhini tanlang.


    2. Connections guruhidan Copper Straight-Through UTP-kabel piktogrammasini tanlang.


    3. Sichqoncha chap tugmasini PC0 piktogrammasiga bosib kontekst menyuni chaqiring va kabelni mos razyomga ulash uchun FastEthernet bo’limini tanlang.


    4. Sichqoncha chap tugmasini konsentrator piktogrammasiga bosib kontekst menyuni chaqiring va kabelni konsentratorning nolinchi portiga ulash uchun Port 0 bo’limini tanlang.


    5. Shu kabi PC1 kompyuterini konsentratorning birinchi portiga, PC2 kompyuterini – ikkinchi portiga, PC3 kompyuterini uchinchi portiga ulang, natijada 1.17-rasmda tasvirlangan sxemaga ega bo’lasiz.


  • PC0 kompyuteri tarmoq adapteri parametrlarini soddalashgan usulda sozlang:


    1. Ishchi sohadan PC0 shaxsiy kompyuterini tanlang.


    2. PC oynasidan Desktop bo’limini tanlang.


    3. IP-bog’lanish parametrlanini sozlash oynasini ochish uchun IP Configuration tugmasini bosing.


    4. IP Configuration oynasida statik IP konfiguratsiyasini belgilang, 192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni 1.18-rasmda ko’rsatilgandek bering.


    5. IP Configuration oynasini yoping.


    6. PC0 oynasini yoping.



1.18-rasm. IP-bog’lanish parametrlarini sozlash oynasi.
  • PC1 ni sozlang: 192.168.1.2 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering.


  • PC2 ni sozlang: 192.168.1.3 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering.


  • PC3 ni sozlang: 192.168.1.4 IP-manzil va 255.255.255.0 niqobni bering.


  • Cisco Packet Tracerni Realtime rejimidan qadamma-qadam modellashtirish rejimi Simulationga o’zgartiring.


  • PC0 kompyuteridan PC1 kompyuteriga icmp-paket yuboring:


    1. Oddiy icmp-paket yuborish rejimiga o’tish uchun o’ng tomondagi uskunalar panelidan Add Simple PDU tugmasini bosing.


    2. Sichqoncha chap tugmasini PC0 ShK ustiga, so’ng – PC1 ShK ustiga bosing, bunda PC1 manba, PC2- paketni qabul qiluvchi hisoblanadi.


    3. Capture / Forward tugmasini bosing va paketni kompyuterdan konsentratorga yuborish jarayonini kuzating.


    4. So’ng yana Capture / Forward tugmasini bosing va konsentrator qanday qilib paketni paket qabul qilingan portdan tashqari barcha portlarga yuborayotganligini kuzating. Paket bir vaqtning o’zida PC1, PC2, PC3 kompyuterlariga yuboriladi, lekin faqat PC2 uni qabul qila oladi (1.19-rasm)



1.19-rasm. PC2 kompyuteri paketni konsentratordan qabul qilishi.
9.5. Reset Simulation tugmasini bosing.
9.6. Tarmoq modelini net_1_2_1 nomi bilan saqlang.
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
Oltita kompyuter va ikkita konsentratordan iborat lokal kompyuter tarmog’i modelini yatating va sozlang (1.20-rasm). Modellashtirish jarayonini qadamma-qadam laboratoriya ishi hisobotiga kiriting.
1.20-rasm. Oltita kompyuter va ikkita konsentratordan iborat tarmoq modeli.



Yüklə 67,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin