Fonetika
Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so‘zlardan tashkil topadi. Gap
tarkibida so‘zlar va shu so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi
grammatik
vositalar
(qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) ma’lum nutq tovushlari orqali shakllanadi.
Masalan:
Biz ulug‘ ayyomni mana shu cho‘lda kutib olyapmiz (Y. Shamsharov). Bu gapni
tuzishda
biz, ulug‘, ayyom, mana, shu, cho‘l, kutib, olmoq so‘zlari, ularning o‘zaro
bog‘lanishini ta’minlovchi –
ni (tushim kelishigi qo‘shimchasi), -
yap (zamon ma’nosini
ifodalovchi qo‘shimcha), -
miz (shaxs-son qo‘shimchasi) qo‘shimchalari qatnashgan; har
bir so‘z va qo‘shimcha esa nutq tovushlari vositasida (masalan,
biz - b, i, z; ulug‘ - u, l, u,
g‘; -ni - n, i; -da - d, a kabi) shakllandi.
Ko‘rinadiki, nutq tovushlari so‘z va gaplarni tuzishda moddiy baza hisoblanadi,
chunki inson tili tovush tilidir.
Fonetika tilshunoslikning bir bo`limi bo‘lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil
bo‘lishi,
turlari,
o‘zgarishi,
urg‘u,
bo‘g‘in,
ohang
kabilar
o‘rganiladi.
Fonetika grekcha phone so‘zidan olingan bo‘lib lug‘aviy
ma’nosi
tovush demakdir.
Fonetik hodisalar
.
Nutq jarayonida talaffuz
qulayligiga erishish
harakati tufayli ketma-ket
kelayotgan tovushlarning
o‘zaro ta’siri natijasida o‘zgarishlarga
uchrashi