Tovush almashishi
K va q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari
qo‘shilsa, k tovushi g tovushiga, q tovushiga g‘
tovushiga almashadi:
Tilak + im = tilagim; bilak + im = bilagim, bolalik = im =
bolaligim, quloq = im = qulog‘im, qishloq + im = qishlog‘im
(Ba‘zi so‘zlar bundan mustasno: nok, chok, park, erk,
ishtirok,huquq, ravnaq, ko‘rk, idrok, nutq, zavq + im =nokim,
ishtirokim, erkim, huquqim, ko‘rkim)
Bilib oling!
Ong +
la
= angla, Son +
a
= sana, Yosh +
a
= yasha, Ot =
a
= ata,
Yor +
a
= yara, Yosh +
ar
= yashar, Chuchi +
k
= chuchuk, Ishqa
+
r
= ishqor , Tala +
n
= talon, So‘ra +
q
= so‘roq, Tarqa +
q
=
tarqoq, Sayra +
qi
= sayroqi.
Tara – taroq, sana – sanoq, suva – suvoq, bo‘ya – bo‘yoq, yama –
yamoq, qiyna – qiynoq, quvna – quynoq, mudra – mudroq,
bodra- bodroq, yumsha – yumshoq, qiyna – qiynoq, sovi – sovuq,
quri – quruq, o‘yna – o‘ynoqi, yig‘i – yig‘loqi kabi so‘zlarda a
tovushi o ga almashadi.
Eslatma!
Quyidagi so‘zlarda bir necha tovush o‘zgarishlari
kuzatiladi:
O‘ynoqi = o‘yin + a = o‘yna + qi = o‘ynoqi - 2 ta tovush
o‘zgarishi: 1 ta tovush tushishi (i), 1 ta tovush almashishi (a)
Yig‟loqi =yig‘i + la = yig‘la + qi = yig‘loqi – 2 ta tovush
o‘zgarishi: 1 ta tovush tushish (i), 1 ta tovush almashishi (a)
Sanog‟im = son + a = sana + q = sanoq + im = sanog‘im – 3
ta tovush almashishi
Buyrug‟ingiz = buyur + uq = buyruq + ingiz =
buyrug‘ingiz – 2 ta tovush o‘zgarishi: 1 ta tovush tushishi (u),
1 ta tovush almashishi (q)
Bilib oling!
Bora ber – boraver, o‘qiy ber – o‘qiyver
kabilarda tovush almashishi yuz bergan.
A va i unlisi bilan tugagan fe‘llardan –v
qo‘shimchasi yordamida harkat nomi hosil
qilinganda, a tovushi o ga, i tovushi u ga
almashadi: Sayla + v = saylov O‘qi + v = o‘quv.
|