Mavzu: termodinamikaning 2 -qonuni. Entropiya



Yüklə 260,6 Kb.
səhifə6/12
tarix02.06.2023
ölçüsü260,6 Kb.
#127672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
portal.guldu.uz-TERMODINAMIKANING 2 -QONUNI. ENTROPIYA

Kelinglar, issiqlikni ishga aylantirish jarayonini ko’ramiz. Issiqlik manbaining o’zida issiqlik ishga aylanaolmaydi. Buning uchun issiqlikni issiqlik manbasidan olib uni ishga aylantiraoladigan biror ishchi jismga berish kerak. Misol uchun issiqlik gazga berilsa, u kengayib ish bajarishi mumkin. Yana ish xosil qilishi uchun gazni uzliksiz kengaytirish kerak, lekin bu mumkin emas. Binobarin, gaz yana kengayib ish bajarishi uchun siqilishi kerak, ya’ni ishchi jism davriy ravishda kengayib-siqilishi kerak. Agar gaz biror temperaturada kengaytirilsa va natijada ish bajarsa, u yana ish bajarish uchun shu temperaturada siqilishi, kengaytirilganda bajargan ishga teng ish sarflanishi kerak. Natijada xech qanday foydali ish bajarilmaydi. Ish bajarilishi uchun siqilishda sarflangan ish gaz kengayib bajargan ishidan kam bo’lishi kerak. Buning uchun siqilish jarayonini kengayishdagiga nisbatan pastroq temperaturada olib borish kerak. Demak, ishchi jism sovutilishi kerak, ya’ni issiqlik manbaining issiqligini ishga aylantirish uchun yana sovutgich ham bo’lishi shart. Buni quyidagi chizma (buni issiqlik mashinalarining prinstipial sxemasi deb qarash mumkin) dan ko’rish mumkin

Ish

A=q1 – q2 q1

q2

Isitgichdan q1 issiqlik ishchi jismga beriladi. Bu issiqlik hisobiga ishchi jism (masalan: gaz) kengayib ish bajaradi. Lekin issiqlik manbaidan olingan q1 issiqlikning ҳammasi ishga aylanmaydi, uning bir qismi (q2) issiqlik xolida sovutgichga beriladi. Bir qism A=q1 – q2 ishga aylanadi.


ISITKICH
ISHCHI JISM
SOVUTKICH

Issiqlik manbaining temperaturasi sovutgichning temperaturasiga tenglashganda issiqlikning o’tishi va demak, ish bajarilish jarayoni to’xtaydi. Hamma issiqlikning olish uchun sovtgichni absolyut nolgacha sovutish kerak, lekin bu mumkin emas. Binobarin, issiqlik manbaining ҳamma issiqlik zapasini olish mumkin emas ҳamda manbadan olingan issiqlikning ҳammasini ishga aylantirish ҳam mumkin emas.

Issiqlik manbaining temperaturasi sovutgichning temperaturasiga tenglashganda issiqlikning o’tishi va demak, ish bajarilish jarayoni to’xtaydi. Hamma issiqlikning olish uchun sovtgichni absolyut nolgacha sovutish kerak, lekin bu mumkin emas. Binobarin, issiqlik manbaining ҳamma issiqlik zapasini olish mumkin emas ҳamda manbadan olingan issiqlikning ҳammasini ishga aylantirish ҳam mumkin emas.


Yüklə 260,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin