Mavzu: Texnologiya darslarida interfaol ta`lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali jihatlari



Yüklə 29,81 Kb.
tarix30.04.2023
ölçüsü29,81 Kb.
#126122
маруза 4


Mavzu: Texnologiya darslarida interfaol ta`lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali jihatlari
Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya ta`lim berishning texnik
vositalari yoki komp`yuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek
qaralmay, balki bu ta`limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil
qilish yo`li orqali, yo`l va materiallarni tuzish hamda qo`llash, shuningdek
qo`llanilayotgan usullarni baholash orqali ta`lim jarayoni tamoyillarini
aniqlash va eng maqbul yo`llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir”.
Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim tizimi
oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirgan, bu
axborotlarni o`zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul
qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Bu borada kasb-hunar
ta`limida innovatsion texnologiya larning boshqarish jarayonidagi o`rni va
ahamiyati beqiyosdir.
Umumiy o`rta ta`limga oid ishlarni boshqarish quyidan yuqorigacha
oldindan rejalashtirilib, ta`limining barcha sohalaridagi ish jarayoni
bilan uyg`unlashib, barcha o`quv-tarbiya muassasalarining ish mazmuni
belgilanadi. Boshqarish jarayonida turli innovatsion usullardan keng
foydalaniladi. O`quv-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyanining to`g`ri
joriy etilishi o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi
sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabalardan ko`proq
mustaqillikni, ijodiy va irodaviy sifatlarini shakllanishini, o`tkazilgan
mashg`ulotlar esa yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o`z
munosabatlarini bildirishga imkon yaratib, ularning mustaqil
fikrlashlarini talab etadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon,
hamda o`qituvchi va talaba o`rtasidagi ijodiy faoliyatiga yangilik, o`zgartishlar
kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan
foydalaniladi, chunki ta`limda boshqaruv rolini o`qituvchi bajaradi.
Hozirgi zamon darsiga qo`yiladigan eng muhim talablardan biri har bir
darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo`lishidir, ya`ni darsdan
ko`zlangan maqsad hamda o`quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu
hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, o`tiladigan mavzu bilan
bog`lash o`kuvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarni ketma-
ketligini aniklash, darsda kerak bo`ladigan jihozlarni belgilash va
ko`rgazmali qurollar bilan boyitish, qo`shimcha axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir.
Darsga qo`yiladigan asosiy talablardan biri -ta`lim metodlari va
usullarini bir-biri bilan mustahkam bog`lab olib borish samaradorligini
oshirishdir. Darsga qo`yiladigan asosiy talablardan yana biri-barcha didaktik
vazifalar darsning o`zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar
o`quvchilarning darsda oladigan bilimlarining mantiqiy davomi bo`lishi
kerak. Dars davomida o`qituvchi o`quvchilarning jismoniy holatini,
ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O`tilgan har bir
darsning o`quvchilar bilan birga tahlil kilib borilishi ham yaxshi natija
beradi. Eng asosiysi o`quvchi dars o`tishi innovatsion usullardan foydalansa
maqsadga muvofik bo`ladi [1].
Interfaol ta`lim texnologiyalarini amalga oshirish quyidagi shakllarda
amalga oshiriladi: individual, juftlik, guruh va jamoa bilan ishlash.
O`qituvchi ta`lim jarayonida interfaol ta`lim texnologiyalari yordamida
talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, o`z-o`zini nazorat qilish va
boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning
fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash,
muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish,
o`z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish,
murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga erishish
mumkin. Eng muhimi, interfaol ta`lim texnologiyalarini qo`llash orqali
o`qituvchi o`quvchilarning ta`lim-tarbiya jarayonidagi aniq maqsadga erishish
yo`lida o`zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etadi [2].
Shuningdek, o`quvchilarni muayyan bilimlar sohasini egallashga yo`naltirish,
boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali ularning bilim va ko`nikmalarini
xolis baholash imkonini beradi. Shu bois interfaol ta`lim
texnologiyalaridan o`qitish jarayonida qo`llash natijasida [3-30]:
▪ o`quvchilarda bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishni uyg`otadi;
▪ ta`lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag`batlantiradi;
▪ har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi;
▪ o`quv materialining samarali o`zlashtirilishi uchun qulay sharoit
yaratadi;
▪ talabalarga ko`p tomonlama ta`sir ko`rsatadi;
▪ talabalarda o`rganilayotgan mavzular bo`yicha fikr hamda munosabatni
uyg`otadi;
▪ o`quvchilarda hayotiy zarur ko`nikma, malakalarni shakllantiradi;
▪ o`quvchilarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o`zgartirilishini
ta`minlaydi.
Shu o`rinda texnologiya fani o`quv mashg`ulotlarini interfaol usullardan
foydalanib o`qitish o`quvchilarning kasbiy, ijodiy qobiliyatlarining
rivojlanishiga yordam beradi.
Texnologiya darslarida “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda
o`quvchilarning diqqatini jalb etish imkoniyati bo`ladi, shu jumladan ularda
muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O`quvchilar o`z
fikrini faqat og`zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy
va tizimli fikr yuritish ko`nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar
baholanmasligi o`quvchilarda turli g`oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu
metod o`quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy xujum” ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha har qanday
mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib
borildi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash
imkoniyatiga ega bo`ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan
tavsiflanadi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan
ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko`ra eng yaxshi
takliflar generatsiyalanadi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi.
«Aqliy hujum» metodi o`qituvchi tomonidan qo`yilgan maqsadga qarab amalga
oshiriladi:
1. O`quvchilarning boshlang`ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib
qo`yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog`lash
maqsad qilib qo`yilganda - yangi mavzuga o`tish qismida amalga oshiriladi.
3. O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo`yilganda - mavzudan
so`ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
«Aqliy hujum» metodi qo`llanilganda quyidagi bosqichlar, uzviy
bog`langan holda - ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Ya`ni, «Aqliy hujum»
metodining tarkibiy tuzilmasi
✓ o`quvchilarga mavzuga oid savol tashlanadi va ularga shu savol bo`yicha o`z
javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlari so`raladi;
✓ o`quvchilar savol bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
✓ o`quvchilarning fikr-g`oyalari (audio va video ko`rnishida yozib olish,
rangli qog`ozlarga yoki doskaga ) to`planadi;
✓ fikr-g`oyalar ma`lum belgilar bo`yicha guruhlanadi;
✓ Yuqorida qo`yilgan savolga aniq va to`g`ri javob tanlab olinadi.
Mashg`ulotlar davomida o`quvchilar bilan ishlashda o`ziga xos qulaylik va
avfzalliklarga ega. Jumladan, “Aqliy hujum” metodini qo`llash jarayonida
natijalar baholanmasligi o`quvchilarning turli fikr-g`oyalarni erkin bayon
etishiga olib keladi hamda ularning barchasi ishtirok etadi. Shuningdek,
o`quvchilarning fikr va g`oyalar vizuallashtirilib, boshlang`ich bilimlarini
tekshirib ko`rish imkoniyati mavjud bo`ladi va o`quvchilarda mavzuga bo`lgan
qiziqishlarni shakllantirish uyg`otish mumkin.
“Aqliy hujum” metodini qo`llashning avfzalliklari bilan birga
kamchiliklari ham mavjud. Chunonchi, o`qituvchi tomonidan savolni to`g`ri
qo`yilmaslik holati, baholash mezonlarining yo`qligi va talabalar fikrini
yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi va boshqa sabablar
bo`lishi mumkin.
Rolli o`yinlar. O`kitishning bu usulida o`kuvchilar amaliy mashg`ulotlarni
«real xayot» holatlarini kayta jonlantiradilar. Bu ularga o`z amaliy ish
faoliyatlarida qo`llash mumkin bo`lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab
ko`rish va tekshirish imkonini beradi.
Qo`llanilishi:
- Yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko`rsatishda;
- o`quvchilarni nazariyani amaliyotda qo`llab ko`rishga o`rgatishda;
- o`quvchilar faolligini yanada oshirishda.
Afzalligi:
- «real xayot» ning qayta tiklanishi;
- o`quvchilarning mashg`ulotlarga chuqurrok jalb kilinishi;
- o`quvchilarning muammoga boshqacha yondashuvini ko`rish imkonini berish.
Texnologiya darslarida turli boshqotirmalardan foydalanish.
O`qituvchi tomonidan doskaga boshqotirma jadvali chiziladi va qatorlar
raqamlanadi. Qatordagi so`zlarni topish uchun savollar tuziladi. Javoblar
jadvalning bo`yiga va eniga ko`ra yozilishi aytiladi. Savollar bilan
o`quvchilarga murojaat qilinadi. O`quvchi javoblarni doskaga yozadi.
Dars davomida o`quvchilarga turli ko`rinishdagi boshqotirmalar
tayyorlashni vazifa qilib berish mumkin. Bu darsni ham musobaqa shaklida
tashkil qilish mumkin.
Test so`rovi usulidan foydalanish. O`qituvchi o`quvchilarga ikki xil
variantda test materiallarini tarqatadi. Bir hil variantdagi o`quvchilarni
joylashuvi va munosabatlari dars davomida e`tiborga olinadi. Testlarni
echishda o`quvchilarni nazorat qilishni ikkita a`lochi o`quvchiga topshiriladi.
O`z-o`zini nazorat qilish orqali test savollari echiladi. Yakunlangan testlarni
tekshirish uchun yig`ishtirib olinib, almashtirib tarqatiladi. Javoblar ikki
o`quvchi tomonidan o`qib beriladi. O`quvchilar esa tekshirishni amalga oshiradi.
Darsning o`z-o`zini boshqarish va natijalarini baholash qismiga 10-15 minut
vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlarda darsning boshqa bosqichlari amalga
oshiriladi. Bunda o`quvchilarni 100% baholashga erishiladi.
Debatlar usuli. O`z nuktai nazarini asoslashda sinfdagi barcha
o`kuvchilarning bahslashuvda faol ishtirok etishini ta`minlovchi ukitish
uslubidir. Bu uslubdagi foydalanish tankidiy tafakkurni rivojlantiradi.
Ukuvchi uz nuktai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani
bois o`qituvchi sinfni ikki guruhga bo`lgan holda munozarani atayin avj
oldiradi. (guruhlarga bir-biriga zid nuktai-nazarlarni aytadi, bahsli
topshiriklar beradi). Bu usul yozma holda olib borilsa, yozma debatlar bo`ladi.
Qo`llanilishi:
- bahsda o`kuvchilarning faol ishtiroki ta`minlanganda;
- muammoni hal kilishda mohirlikka o`rgatishda;
- fikrni anik va qisqa ifodalashga imkon berilganda.
Afzalligi:
- o`quvchilarni bahslashishga o`rgatadi;
- munozara madaniyatiga o`rgatadi;
- asoslab berish malakasini oshiradi.
Demak, yuqoridagilarni tajribada qo`llab, o`rganib, o`quvchilarning
ko`nikma, malaka me`yorini quyidagicha belgilash mumkin:
1. Nimani o`qidim? (o`qiganda) 10 %
2. Nimani eshitdim? (eshitganda) 20 %
3. Nimani ko`rdim? (ko`rganda) 30 %
4. Nimani eshitdim va ko`rdim? 50 %
5. Muhokama, bahs-munozara. 70 %
6. Shaxsan o`zim bajardim. 80 %
7. Ustoz bilan birga bajardim. 90 %
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, innovatsion
usullarni ko`llab dars o`tilganda sinfda, o`zlashtirmaydigan o`quvchi qolmaydi.
Deyarli barcha o`quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga
kizikishlari ortadi. O`quvchilarning kelgusida mustaqil bilim olishlariga,
hunar o`rganishlariga imkon yaratiladi.
Shunga ko`ra interfaol o`qitish “ta`lim jarayonining asosiy
ishtirokchilari o`qituvchi, o`quvchi va o`quvchilar guruhi o`rtasida yuzaga
keladigan hamkorlik, qizg`in bahs-munozalar, o`zaro fikr almashish
imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy
qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda echimlarni
birgalikda izlash, o`quv materiallarini o`zlashtirishda o`quvchilarning o`zaro
yaqinliklarini yuzaga keltirish, “o`qituvchi - o`quvchi - o`quvchilar guruhi”ning
o`zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo`llab-
quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo`lishlari, ruxiy birlikka
erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.
O`qituvchi ta`lim jarayonida interfaol ta`lim yordamida o`quvchilarning
qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o`z-o`zini nazorat, o`z-o`zini
boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning
fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tankidiy fikrlash, muqobil
takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o`z nuqtai
nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab
vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Tolipov U.D., Usmonboeva M. (2003). Pedagogik texnologiya asoslari.
“Maktab va hayot” jurnaliga ilova. - Toshkent: UzPFITI, - 32 b.
2. Stupina S.B. (2009). Texnologii interaktivnogo obucheniya v vыsshey
shkole. Uchebno-metod. posobie. - Saratov: Izdatel`skiy tsentr “Nauka”, - 52 s.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz 365
Yüklə 29,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin