Mavzu: Texnologiya va dizayn yoʻnalishi mazmuni. Oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan


Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi



Yüklə 24,05 Kb.
səhifə2/3
tarix23.04.2023
ölçüsü24,05 Kb.
#125770
1   2   3
Texnalogiya va Dizayin yo\'nalishi mazmuni o\'quvchilar egalashi lozim bo\'lgan bilim ko\'nikma va malakalar

Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi:
yog‘ochning kimyoviy va texnologik xossalari; yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta’sirlarga chidamliligini ta’minlashga xizmat qiluvchi materiallar; yog‘ochni quritish va saqlash qoidalari; yog‘ochdan tayyorlangan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar; yog’ochga ishlov berishda qo’l asboblaridan foydalanish texnologiyasi; tokarlik, parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ular bilan ishlash qoidalarini, tokar­lik stanogida detallarga ishlov berish texnologiyasi; yog’ochga ishlov berish texnologiyasi; uy-ro’zg’or, turmushda va maktabda qoilanilayotgan texnika va konstruksiyalash elementlari; eskizlar asosida buyumlar tayyorlash; shakli silindrsimon, konussimon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar; chizmalarda texnik talablarni ifodalanish qoidalari; buyumlarning tashqi shaklini dizayn talablari asosida o’rganish va baholash; buyum shaklining xarakteristikasi; simmetriya va assimetriya; yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullarini bilish.
Elektrotexnika ishlari bo‘limi: o’quvchilar elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish; elektr o’tkazish simlarining turlari; elektr o’tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o’tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o’rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog’lig’iga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o’rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog’liq kasb-hunarlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.
Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash bo‘limi: o‘quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash; oyna romlarini kichik ta’mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali vuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari; yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona interyeri hamda jihozlanish dizayni: sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo’nalishlari; xona va fanlar bo’yicha o’quv xonalarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari; ta’mirlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo’mraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish;
«Servis xizmati» yo’nalishi
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo’limi: o’quvchilar gaz­lama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o‘rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do‘ppido’zlik, zardo’zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o’yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo’nalishlarning asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to‘g‘risidagi m a’lumotlarga ega bo’ladilar.
Pazandachilik asoslari bo’limi: o’quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o‘rni, xususiyatlari, to’yim 1 iligi, turlari, ovqatlanish m e’yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo’llarini o’rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnika qoidalarini; uy-ro’zg’or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jam g‘armasi va uni sarflash madaniyatini, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Buyumlarni ta ’mirlash bo‘limi: turli chokidan so’kilgan buyumlarni ta’mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste’moldan chiqqan buyum oicham iga qarab, bolalar kiyimining andazasini tayyorlash va tikish.
«Qishloq xo’jaligi asoslari» yo’nalishi
Qishloq xojaligi asoslari bo‘limi: o’quvchilar qishloq xo’jaligi sohalari; dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari; agronomiya asoslari, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo’jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o’sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo’llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo’yiladigan agrotexnik talablar; o’g’it turlari, o’g’itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug’larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug’ va ko’chat ekish usullari hamda mashinalari; g’alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda (issiqxonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o’lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni yig’ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va amaliy ko’nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo’jaligi sohalari bo’yicha kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ishlarida ish o ‘rnini tashkil qilishni, elektr o’tkazish simlarining turlarini elektr o’tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, sohaga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumotni, elektr o’tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini bilish.


Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash: pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta’mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullarini, xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlarini bilish.
«Texnologiya va dizayn» yo’nalishi bo’yicha o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o’lchamlari, qo’llanilishi va ishlatilish texnologiyalari bo’yicha ma’lumotlar asosida laboratoriya ishlarini; metallga ishlov berishda ishlatiladigan qo’l asboblarini turlarga ajratish va ularning ishga yaroqliligini aniqlay olish; asboblarni ishga tayyorlash va ular bilan ishlav olish; metallga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo’li, stanokni ishga tayyorlay olish; detallar va buyumlarning konstruktiv yechimlarini topa olish; metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish.
Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda o’sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog’och turlarini farqlay olish; yog’ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini; asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta’mirlay olish; yog’ochga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo’li. Stanokni ishga tayyorlay olish; tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuza olish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog’ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish.

Mashina o‘z vazifasini bajara olishi uchun unda ishchi (ijrochi) organ bo‘ladi. Uning tuzilishi mashinaning vazifasiga va ishlash sharoitiga bog‘liqdir. Masalan, ventilyatorning ishchi organi – parragi, ekskavatorning ishchi organi – kovsh, avtomobilning ishchi organi – g‘ildiraklari hisoblanadi. Mashinalar ishchi organlari yordamida ko‘zlangan foydali ishlarni bajaradi.



Mashinaning ishchi organi dvigatel harakatga keltiradi. Harakat dvigateldan ishchi organga uzatmali qurilmalar (mexanizmlar) orqali o‘tadi. Buning uchun texnologik va transport mashinalarda ko‘proq mexanik tasmali, zanjirli, tishli, chervyakli, friksion uzatmalardan foydalaniladi. Siz ular bilan maktab ustaxonalarida tanishgansiz. Agar harakatning o‘zgarishi suyuqlik yoki gazlar ishtirokida amalga oshsa, bunday uzatma mexanizmlarni gidravlik yoki pnevmatik uzatmalar deyiladi.
Odatda uzatma mexanizm dvigatel harakatlantiradigan kirish zvenosi va mashinaning ichki organi yoki asbob ko‘rsatkichiga birikkan chiqish zvenosidan tashkil topadi. Agar texnologik mashinaning ishchi organi, stanok supporti ilgarilama qaytma, val aylanma harakat qilsa, mexanizm konstruksiyasi harakatning uzatilishi va tezlikning o‘zgarishini ta’minlashdan tashqari dvigatel valining aylanma harakatini supportning ilgarilama qaytma harakatiga aylantirilishi ham kerak. Mashinaning ishini boshqarish lozim. Ilgari mashinalarni faqat inson boshqarar edi. Hozir esa ishlab chiqarishda boshqarish vazifasini bajaradigan avtomat moslamalar tobora keng qo‘llanmoqda. Ular oldindan berilgan dastur bo‘yicha ishlaydi, ishchi esa faqat ishlab chiqarishning borishini nazorat qiladi.
Vazifasi konstruksiyasi va o‘lchamlari har hil barcha mashinalar bitta umumiy xususiyatga ega – ular foydali ishni bajaradi. Ishchi asboblar kabi texnika vositalari o‘zicha ishni bajara olmasligi bilan mashinalardan farqlanadi. Asbob insonning mehnat quroli (masalan, nina, belkurak, va boshqalar) yoki mashinalarni ijrochi organlari (parma, freza va boshqalar) sifatida xizmat qiladi. Ishchi asboblardan tashqari o‘lchash asboblari ham mavjud bo‘lib, siz ular bilan mahsulot sifatini nazorat qilish masalasini o‘rganishda tanishdingiz.
Ko‘pchiligingiz parmalash stanoklarida ishlashda konduktor deb ataladigan texnik moslamani uchratgansiz. Bu moslama oldin rejalamasdan detalning kerakli joyiga teshik ochish imkonini beradi. Detalning har bir turi uchun maxsus ishlab chiqilgan va tayyorlangan konduktor bo‘lishi kerak. Ana shu moslamalar, maxsus instrumentlar va boshqa asboblar parmalash stanogining uskunalari hisoblanadi. Uskuna deganda, texnologik jihozlarni to‘ldiradigan va texnologik jarayonning muayyan qismini mustahkamlash, zagotovka hamda detallarni uzatish va nazorat qilishni bajarish uchun kerakli texnik moslamalarning hammasi tushuniladi.
Ishlab chiqarishning har qanday tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnika vositalarining katta guruhini nazorat – o‘lchov asboblari tashkil qiladi. Ular qator belgilari: vazifasi, ishlash prinsipi va hokazolar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
Moddaning massasini, temperaturani bosim va boshqalarni o‘lchash asboblari o‘lchanadigan kattalikning turiga ko‘ra bir – biridan farqlanadi.
Ishlash prinsipiga ko‘ra mexanik elektrik, gidravlik, optik, va boshqalar, shuningdek kombinatsiyalashgan (elektromexanik) asboblari bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish sharoitida ko‘pincha kuzatuvchining ko‘zi ilg‘amaydigan jarayonlarning ayrim parametrlarini, masalan, pechlardagi issiqlikni, atom reaktorining holati va boshqalarni o‘lchash zarurati tug‘iladi. Bunday paytlarda asboblarning datchiklari (parametrlarni o‘lchagichlar) bevosita obyektda, asbobning indikatori (o‘lchanayotgan kattalikning ko‘rsatkichi) operatorning maxsus pultida bo‘ladi. Bu xildagi asboblarni masofaviy asboblar deyiladi.
Ko‘p asboblar o‘lchanayotgan kattalikning ana shu o‘lchash paytidagi qiymatni ko‘rsatadi. Bularni ko‘rsatuvchi asboblar deb ataladi. Ular, masalan, ampermetr, voltmetr, manometr, tarozi va boshqa kabi strelkali yoki indikatsiyali (elektron soatlar tipida) bo‘lishi mumkin.
Kundalik turmushda ko‘rsatuvchi asboblar juda qulay bo‘lsa, ishlab chiqarishda ko‘pincha o‘lchanayotgan parametrning absolyut qiymatidan tashqari, muayyan vaqt ichida uning o‘zgarishi xarakterini ham bilish zarur bo‘lib qoladi. Ana shunday holatda registratsiya qiladigan: o‘zi yozadigan yoki mashinkali asboblardan foydalaniladi.
Yuqorida aytilgan barcha texnik qurilmalar mashinalar, asboblar, uskunalar va asboblar ishlab chiqarishni texnikaviy jixozlash vositalari bo‘lib, ular texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur. It is mentioned above all technique insturiments,targets they are all technique equiping targets1. Yangi texnologiyalar mukammal yangi texnikani taqozo etadi va bunday texnikasiz texnolog olimlarning g‘oyalari ro‘yobga chiqmaydi.
Texnologik jarayonlarni (masalan, bolg‘alar hamda bosqonlarda mexanik yassilash va hokazolarni) kompleks mexanizatsiyalashtirishda mashina va mexanizmlarning ishi bilan materiallar, zagotovkalar, buyumlarni ko‘tarma-transport mashina va mexanizmlar (konveyerlar, avtokaralar, ko‘tarma kran va xokazolar) yordamida tashish uyg‘unlashadi. Ishchi mexanizatsiya vositalari ishini boshqaradi va nazorat qiladi xolos.
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish uchun texnologik hamda transport mashinalari va mexanizmlardan keng foydalaniladi.
Texnologik mashinalar o‘zlari qo‘llanadigan aniq texnologik jarayonlarning turiga qarab bir-biridan farqlanadi. Masalan, mashinasozlik (va boshqa tarmoqlarda) metall zagotovkalar va detallarni qirqib ishlash uchun metall qirqish stanoklari kabi texnologik mashinalarning keng tarqalgan turlaridan foydalaniladi. Bularga tokarlik, parmalash, randalash, frezalash, pardozlash stanoklari kiradi. Stanoklarning har qaysi guruxini turli tip hamda o‘lchamdagi buyumlar ishlanadigan universal va bir tip hamda o‘lchamdagi buyumlar ishlanadigan maxsus stanoklarga ajratish mumkin.
So‘nggi paytda bir necha turli texnologik operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan metall qirqish stanoklari keng tarqaldi. Bunda stanoklarda bir qancha almashinuvchi tokarlik, parmalash, frezerlash, pardozlash agregatlari bor. Agregatlarning almashtirilishi stanokni tez qayta sozlash, yangi detallar yasashga tayyorlash vaqtini qisqartirish imkonini beradi va bu iqtisodiy jihatdan g‘oyat foydalidir.
Mashinasozlik ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishda yuqorida aytilgan va boshqa juda ko‘p mashinalar qo‘llanadi.

Tog‘ – kon sanoatida burg‘ilash, o‘yish, otboyka mashinalari va tog‘ jinslarini qazib olishga mo‘ljallangan boshqa texnologik mashinalardan foydalaniladi. Bu tarmoqda deyarli hamma turdagi ishlar mexanizatsiyalashtirilgan.

To‘qimachilik ishlab chiqarishi gazlama tayyorlash jarayonini mexanizatsiyalashtirish imkonini beradigan to‘qish, yigirish stanoklari va xokazolar bilan jihozlanadi.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirishda ham mashinalardan keng foydalaniladi. Masalan, g‘allani yig‘ib–terib olishda o‘roq mashinalar, kombaynlar, podborshchiklar, donni saralaydigan hamda quritadigan moslamalar va hokazolardan iborat texnologik mashinalar kompleksi qo‘llaniladi. Chorvachilik va yem–xashak ishlab chiqarishida barcha texnologik jarayonlarni, ozuqalarni tayyorlash va tarqatishni, chorva mollarini boqish va parvarishlashni mexanizatsiyalashtirish imkonini yaratadigan mashinalar kompleksi joriy etilgan.


Mexanizatsiyaning ko‘tarma–transport vositalari texnologik mashinalardan farqli ravishda ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida bir xil vazifani bajaradi. Ular faqat konstruksiyasi jihatidan bir – biridan farq qilishi mumkin.
Barcha ko‘tarma – transport mashinalarini ishlash rejimi bo‘yicha vaqti – vaqtida va doimiy ishlaydigan vositalarga ajratish mumkin.
Tezligi ishlab chiqarish jarayonining ritmi bilan belgilanadigan konveyerlar doimiy ishlaydigan mashinalar hisoblanadi. Lentali konveyerlar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularda roliklar ustida harakatlanadigan rezina yoki po‘lat lenta yordamida yuklar uncha uzoq bo‘lmagan masofaga ko‘chiriladi. Konveyerlarning bunday tipi sanoatning soatsozlik, asbobsozlik, radioelektronika, oziq–ovqat, poyabzaldo‘zlik, tikuvchilik va boshqa qator tarmoqlarida qo‘llanilanadi. Osma konveyerlar harakatlanuvchi zanjirga mustahkam biriktirilgan karetka (aravacha) lardan ham keng foydalaniladi. Masalan, Asakadagi Damas, Neksiya, Tiko avtomobil zavodidagi avtomobillarni yig‘ish liniyasida bir yo‘la uchta anna shunday konveyer ishlaydi va bosh konveyerning uzunligi 300 metrga yetadi.
Sochiladigan, suyuq va alohida og‘ir yuklarni tashish uchun maxsus quritilgan konveyerlar ham mavjud.
Vaqti – vaqtida ishlaydigan mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish jarayonida yuklarni ko‘tarish ishlarini bajaradi. Mexanizatsiyaning bunday vositalariga har xil konstruksiyadagi ko‘tarma kranlar, yukko‘targichlar (liftlar), yuk ko‘taradigan sodda moslamalar, (bloklar, lebedkalar), shuningdek korxona doirasida yuklarni ortish yuklarni ortish va tashish uchun qo‘llanadigan mashinalar: elektrokaralar, avtokaralar va hokazolar kiradi.



Yüklə 24,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin