Listing va delisting. Listing-bu qimmatli qog‘ozlarni birjaga qo‘yish, ya’ni joylashtirishdir. Qimmatli qog‘ozlar listingga qo‘yilgan bo‘lsa, birja ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, ularni savdoga qo‘yish mumkin.
Delisting-bu qimmatbaho qog‘ozlarni birjaning yoki kompa- niyaning o‘z qaroriga binoan ro‘yxatdan chiqarilishi, ya’ni listing imtiyozlaridan to‘la mahrum bo‘lishidir. Birjada qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini faqat vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalarning topshirig‘i bilan brokerlar bitimlarni amalga oshirib qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi yoki o‘zinig hisobidan keyinchalik qayta sotish uchun xarid qiladi. Fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar olib kelinmaydi. Uning borligini broker qo‘lidagi hujjatlar, sertifikatlar bilan tasdiqlashi zarur. Birjada qimmatli qog‘ozlar to‘plarda savdoga qo‘yiladi. Birjada faqat listingda qayd qilingan qimmatli qog‘ozlar sotiladi. Baho fond birjasida talab va taklifdan kelib chiqqan holda ochiqdan ochiq o‘rnatilib, birja tablosida e’lon qilib turiladi. Birjada uch tomon qatnashadi. Bir tomonda birja, emitentlar va tadbirkorlar, ikkinchi tomonda vositachilik haqi evaziga mijozlarning topshirig‘ini bajaruvchi brokerlar va uchinchi tomon qimmatli qog‘ozlarga muhtoj shaxslar. Har uchchala tomonning manfaatini birlashtiruvchi joy – bu fond birjasidir.
Birja kotirovkasi- bu birjada sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning e’lon qilingan narxi.
Birja indekslari- bu qimmatli qog‘ozlarning birjadagi harakatini ifodalovchi ko‘rsatkich. Professionallar fond bozorida faoliyat ko‘rsatish jarayonida turli
«o‘yinlarni» qo‘llaydilar.
«Ayiqlar» o‘yini-daromad olish maqsadida qimmatli qog‘ozning bozor narxini pasaytirishga qaratilgan jarayon. Professional ma’lum qimmatli qog‘ozning bozor narxini pasayishini oldindan sezgan holda uni ma’lum muddatga qarzga olib turadi. Qarzga olingan qimmatli qog‘ozning narxi pasaymasdan payt poylab darrov sotib yuboriladi. Qarz muddati yetib kelgan qimmatli qog‘ozning narxi pasayib ketadi va shu pasaygan narx bo‘yicha «ayiq» qarzga olgan qimmatli qog‘oz uchun o‘z qarzini to‘laydi. Bunda, «ayiq»ning daromad qarzga olingan qimmatli qog‘ozni sotish narxi va qarzni to‘lash vaqtida uning bahosi tafovuti ko‘rinishida ifodalanadi. «Buqa» – qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga sotib oladi va ularni qimmatroq narxda sotish maqsadida bozor narxining ko‘tarilishini poylab turadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida bank faoliyatining umumiy asoslari Rossiya Federatsiyasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida aks ettirilgan. Rossiya banklarining bank operatsiyalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi litsenziyasi banklarga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, sotish, sotib olish, hisobini yuritish, saqlash va boshqa operatsiyalarni quyidagi turlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi:
pul mablag‘larini jamg‘arma va bank schyotlariga jalb qilish (depozit vajamg‘arma sertifikatlari)ni mo‘ljallamoq.O‘zbekiston banklari Markaziy bankdan olingan bosh litsenziyaga muvofiq, fond bozorida operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bank maxsus litsenziya asosida federal qonunlarga muvofiq ravishda qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritish huquqiga ega. Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z faoliyatini tashkil qilishi uchun litsenziyani qo‘lga kiritish uchun o‘z shtatida har bir operatsiya turi bo‘yicha (kamida) bitta FKSB tomonidan berilgan kvalifikatsiya attestatiga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lishi shart. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank faoliyati rangbarangdir.