Mavzu. Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja



Yüklə 69,46 Kb.
səhifə11/15
tarix31.05.2022
ölçüsü69,46 Kb.
#116433
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6.Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari

Svop operatsiyasi – bu bir vaqtning o‘zida chet el valyutasini har xil sanaga turli hisob-kitoblar shartida teng summaga sotib olish va sotishdir. YA’ni svop – bu valyutani kelajakda sotib yuborish garovi bilan qandaydir vaqtga sotib olishdir. Bunda bir vaqtning o‘zida valyuta almashuvi bo‘yicha 2ta alohida bitim tuziladi. Bu bitimlar qarama-qarshi yo‘nalishga va turli hisob-kitob sanasiga ega bo‘ladi.
Svop opretsiyalari ko‘pgina banklar tomonidan o‘zlarining chet el valyutasidagi majburiyatlarini qoplash maqsadida foydalanadi. Svop operatsiyasi ikki bank tomonidan amalga oshirilganda bir bank ikkinchi bankga bir valyutani, ikkinchisi ikkinchi balyutani almashadi va qandaydir vaqt o‘tishi bilan valyutalar qaytarib olinadi.
Asosiysi shundaki, svop bitimlari ochiq valyuta pozitsiyasini keltirib chiqarmaydi va vaqtincha kurs o‘zgarishi bilan bog‘liq riskdan holi bo‘lgan valyuta bilan ta’minlaydi. Svop bitimlari odatda 1 kundan 6 oygacha muddatga tuziladi, muddati 5 yilgacha bo‘lgan svop bitimlari esa juda kam uchraydi.
Svop operatsiyalari tijorat banklari o‘rtasida, tijorat bank va markaziy bank o‘rtasida, hamda mamlakatlar markaziy banklariaro amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy qilib aytganda, kassa va forvard operatsiyalarini muvofiqlashtiruvchi valyuta shartnomasini svop shartnomasi hisoblanadi.



47Кравченко П.П “Фьючерсный рынок и рынок опционов”, Финансовый Менеджмент № 4/2001
Valyuta atribtaji – bu valyutani sotish yoki sotib olish bo‘lib, keyinchalik teskari bitim tuzib, valyuta kurslari farqi yordamida foyda olish maqsadida o‘tkazishni ifodalaydi. Arbitraj operatsiyalarini o‘tkazishning asosiy shartlaridan biri bozorning turli sigmentlariaro kapital oqimi erkin bo‘lishi, ya’ni valyutalarning erkin konvertirlanishi, valyuta cheklovlarining yo‘qligi va boshqalar hisoblanadi.
Arbitraj ikki xil – joylashuvga ko‘ra va vaqtli bo‘ladi. Ularning har biri ham o‘z navbatida oddiy va murakkabga bo‘linadi. Operatsiya ikki valyuta ishtirokida amalga oshirilsa oddiy, uch va undan ortiq valyutalar bilan amalga oshirilsa murakkab bo‘ladi.
Joylashuvga ko‘ra arbitraj banklarning turli valyuta bozorlaridagi kurs farqi orqali foyda olishini bildiradi.U valyuta risk bilan bog‘liq emas, chunki valyuta savdosi bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Masalan,bank vakili Singapurda valyutani sotib oladi (sotadi) va shu vaqtning o‘zida u o‘zining Londondagi korrespondenti orqali shu valyutani sotadi( sotib oladi).
Vaqtli arbitraj vaqt o‘tishi bilan valyuta kursi orasidagi farq orqali foyda olishdir. Valyuta arbitraji spot va forvard sharoitida amalga oshirilishi mumkin va bu turdagi operatsiyalarda valyuta risklari mavjud bo‘ladi.
Arbitraj operatsiyalari tijorat banklari dillerlari ishining asosiylaridan hisoblanadi. Ko‘pincha arbitraj bitimlarini o‘tkazish imkoniyatlari sanoqli daqiqalardagina to‘g‘ri kelishi mumkin, shuning uchun dillerning arbitraj operatsiyasini tezda baholash va hisoblashi qobiliyatidan ko‘p narsa kelib chiqadi. Arbitraj operatsiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun bozorni yaxshi o‘rganish, kelajakni ko‘ra bilish kabilar dillerlar uchun zaruriy shartlardan biridir.
Hozirgi kunda vakolatli banklar valyuta amaliyotlarini amalga oshirish doirasini jaxon amaliyotiga muvofiq, kengaytirishga yordam beradigan O‘zbekiston valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda, manfaatdor idoralarga xalqaro valyuta bozori faoliyat yuritish uslublarini diqqat bilan o‘rganish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida valyuta risklarini tartibga solish instrumentlarini qo‘llash uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishlari lozim.
Hozirgi vaqtda tijorat banklarining valyuta bozoridagi faoliyatining Markaziy bank tomonidan tartibga solinishi bank tizimidagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 40- moddasiga muvofiq, Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organi bo‘lib hisoblanadi.
Bu masalaning dolzarbligi asosan, ko‘pgina yirik vakolatli banklar aktivlarining asosiy qismini valyuta sohasiga yo‘naltirilganligi, ya’ni xorijiy valyutadagi aktivlardan iboratligi bilan izohlanadi. O‘zbekiston Republikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga muvofiq O‘zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‘lgan
tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari vakolatli bank hisoblanadi.
Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq valyuta pozitsiyasini yuritilishi haqidagi hisobot muhim o‘rin tutadi. Bu hisobotni tahlil qilishning zarurati Markaziya Bank tomonidan vakolatli banklarga chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarga limit o‘rnatilishidadir. Bu tartib bo‘yicha bankning o‘z mablag‘lariga nisbatan 20%gacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor, ya’ni bir valyuta turi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 5% qilib belgilangan. Limit o‘rnatishning asosiy sababi, vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el valyutalariga qo‘ysa va bu valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa, bank aktivlari kamayishi va hatto bank bankrot bo‘lishi mumkin va bu o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladi. SHuning oldini olish maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qilingan. Ana shu erda shuni ta’kidlash lozimki, respublikamizda 15 oktyabr 2003 yildan joriy operatsiyalar bo‘yicha to‘liq konvertatsiya joriy qilinishi bu limitni o‘zgartirishni zarur qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida xozirgi vaqtda amalda Markaziy Bank boshqaruvida 1998 yilning 28 martida 392-son bilan qabul qilingan «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritilishi qoidalar» amal qiladi.
Fikrimizcha, yuqorida qayd etilgan tartibda bir qator o‘z echimini kutuvchi masalalar uchraydi. Xususan, qoidaning 2-bandi bo‘yicha: ochiq valyuta pozitsiyasining limit miqdori juda kam o‘rnatilgan, ya’ni barcha xorijiy valyuta pozitsiyasi bo‘yicha 20%, aniq bir valyuta turi bo‘yicha esa 5%. Fikrimizcha, ushbu foizlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish kerak. CHunki, bizning respublika vakolatli banklari asosan ikki valyuta(EVRO, AQSH dollari) bilan ishlaydi.
Joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiya masalasining hal qilinishi, banklar, jumladan, ularning mijozlari hisoblanmish korxona va tashkilotlar xalqaro jahon bozoriga, ya’ni integratsiya jarayoniga jadal kirishib ketadilar. Demakki, umumiy pozitsiyaning miqdori kimligi bu jarayonga xalaqit berishi mumkin.



Yüklə 69,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin