Mavzu. Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Valyuta operatsiyalari tasnifi



Yüklə 69,46 Kb.
səhifə9/15
tarix31.05.2022
ölçüsü69,46 Kb.
#116433
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
6.Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari

Valyuta operatsiyalari tasnifi





Nakd valyuta operatsiyalari

Muddatli valyuta
operatsiyalari

SPOT

Forvard

Fyuchers

Opsion

Svop

Arbitraj

Emitent davlat tashqarisida bir yoki bir nechta funksiyalarni bajaruvchi valyuta xalqaro valyuta hisoblanadi. Valyutaning xalqaro rolni bajarishi quyidagi omillarga bog‘liq: milliy iqtisodiyot hajmiga, xorijiy investorlar ishonchiga, xalqaro savdoda mamlakatning tutgan o‘rniga, moliyaviy bozorning erkinlik darajasiga. Asosiy valyuta (key currency) – xorijda pulning bir nechta vazifasini bajaruvchi valyutadir. Hozirgi vaqtda valyutaning ushbu turiga evro, yapon ienasi, shveysariya franki, funt sterling kabi valyutalar kiradi. Xalqaro aylanmada sezilarli darajada yirik masshtablarda boshqa asosiy


valyutalarga nisbatan pulning ko‘pgina vazifalarini bajaruvchi valyuta dominantlik qiluvchi valyuta hisoblanadi. II jaxon urushidan so‘ng, qariyib yarim asrdan buyon AQSH dollari dominant valyuta hisoblanadi. Etakchi valyuta (vehicle currency)- ikki davlatning o‘zaro operatsiyalarida ishlatiluvchi va ushbu davlatlarning milliy valyutasi hisoblanmagan valyutadir. Amaliyotda agar valyuta, asosiy valyuta hisoblansagina etakchi valyuta bo‘la oladi. Masalan, Rossiyadan Belorusiyaga etkazilgan neft to‘lovi AQSH dollarida amalga oshiriladi.
Agar yuqorida keltirilgan mezonlarni umumlashtirsak, xulosa qilish mumkinki, milliy valyuta milliy iqtisodiyot doirasidan chiqib xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilishni boshlaydi, agar mamlakat iqtisodiyoti etarlicha ulkan bo‘lsa, bozor munosabatlari ochiq va yuqori darajada rivojlangan bo‘lsa. Ochiq, lekin kichik iqtisodiyotga ega mamlakat o‘z valyutasini etakchi valyutaga aylantira olmaydi. SHu bilan birga samarali valyuta siyosatini olib borish, o‘z navbatida, ushbu davlat va boshqa davlatlar bilan tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ichki cheklangan konvertatsiyaga ega bo‘lgan valyuta erkin konvertatsiyalanuvchi va hattoki xalqaro valyuta maqomiga ham ega bo‘lishi mumkin. Har qanday davlat milliy valyuta maqomining o‘zgarishi valyuta bozori hamda tashqi savdo aloqalari erkinlashayotganligiga yorqin dalil bo‘la oladi.
Valyuta fyuchers operatsiyalari ham boshqa muddatli valyuta bitimlari kabi ma’lum bir valyutani boshqa bir valyutaga belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish bitimidir. Bu jihatdan bu turdagi bitim autrayt-forvard bitimi bilan o‘xshash bo‘lib, lekin ular bir- biridan tuzilmaviy va institutsional tarzda farq qiladi:

  • Fyuchers bitimlari savdosi ochiq ommaviy tarzdagi taklif asosida tashqillashtirilgan birjalarda amalga oshiriladi. Va ularning faoliyati milliy qonunchilik va maxsus muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tartibga solinadi.forvard bitimlari esa birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, ularning ustidan nazorat tijorat va soliq qonunchiligiga asosan amalga oshirladi;

  • Fyuchers bitimlari standartlashgan bo‘ladi, ya’ni ularning summasi va sanasi standart shaklda bo‘ladi. Forvard bitimlari odatda mijoz ehtiyojiga qarab tuziladi;

  • Fyuchers bitimlari har kuni qayta baholanadi va bozordagi joriy baholarga qarab kotirovkalanadi hamda korrektirovka qilinadi. Forvard bitimlari bitim muddatigacha hech qanday to‘lovni talab qilmaydi, lekin bank forvard bitimini imzolayotganda ta’minot talab etishi mumkin;

  • Fyucherslar bilan hisob-kitoblar valyuta kliring palatasi orqali amalga oshiriladi. Kliring palatasi marjasini o‘tkazib beradi va har bir bitimni sotib oluvchi va sotuvchi tomonidan bajarilishini kafolatlaydi. Forvard bitimlari esa ikki tomonlama bitim bo‘lib, unda hech qanday vositachilar bo‘lmaydi.

Yüklə 69,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin