Mavzu. Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari



Yüklə 69,46 Kb.
səhifə8/15
tarix31.05.2022
ölçüsü69,46 Kb.
#116433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
6.Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari

Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari


Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari



Operatsiya bo‘yicha mablag‘ni etkazib berish
muddati

Bitim nomi

Ularning Qat’iy belgilangan
kursi

Bitim tuzilgan kun

TOD (TOD)
bitimi

TOD kursi (ing.
today - bugun)

Bitim tuzilgandan keyingi ish kuni

TOM (TOM)
bitimi

TOM kursi (ing
tomorow - ertaga)

Bitim tuzilgandan bir ish
kuni (ya’ni ikkinchi kun) keyin

SPOT
bitimi

SPOT (ing. spot
– naqd)

Tijorat banklari valyuta sotmoqchi yoki sotib olmoqchi bo‘lsa, bitimning nomini (TOD, TOM, SPOT), kursini, summasini ko‘rsatib ariza berishi lozim.


Valyuta bozorining ishtirokchilari bo‘lgan banklar o‘z nomidan o‘zi uchun, yana o‘z nomidan lekin mijozlari uchun valyuta sotib olish yoki sotishi mumkin. Agar banklar o‘z hisobiga valyutani sotsa yoki sotib olsa, bu operatsiyalar ular yoki foyyda olish uchun, yoki o‘z likvidliligini ushlub turish uchun, yoki chet eldan bank uchun jihozlar sotib olish va boshqa maqsadlar uchun amalga oshiradi.
«Spot» bitimlari bo‘yicha valyuta oluvchi bank tomonidan kqrsatilgan hisobvaraqlarga etkazib beriladi. Bitimda kqrsatilgan kurs «spot» kurs deyiladi. Xuddi mana shu kurslar asosida valyuta bozoridagi muddatli kurslar ham, valyutani etkazib berish bo‘yicha qisqaroq muddatli bir martalik bitimlar uchun kurslar ham aniqlanadi.
«Spot» operatsiyalari yordamida banklar o‘z mijozlarining chet el valyutasidagi
ehtiyojlarini, kapitallarning harakatini, shuningdek bir valyutaning boshqa valyutaga oqib qtishini ta’minlaydi, arbitraj va spekulyativ operatsiyalarni amalga oshiradi.
«Spot» operatsiyalari risk darajasi eng yuqori operatsiya hisoblanadi.
Foyda olish uchun banklar arbitraj va chayqovchilik bitimlarini amalga oshirishlari mumkin. Arbitraj bitimlar turli valyuta bozorlarida mavjud bo‘lgan valyuta kurslari o‘rtasidagi farqlardan foyda olish maqsadida chet el valyutasini qayta sotish (sotib olish) bo‘yicha tuzilgan qarshi bitimdir. Agar valyuta bir valyuta bozoridan sotib olinsa va boshqa valyuta bozorida sotilsa – bu keng tarqalgan arbitraj deyiladi. Agar foyda vaqt o‘tishiga qarab kurslar o‘zgarishidan yuzaga keladigan bo‘lsa bu vaqtinchalik arbitraj deyiladi.
Muddatli valyuta operatsiyalari va ularni amalga oshirish
Muddatli valyuta operatsiyalari - bu bitim tuzilgandan keyin bitimdagi kurs bo‘yicha kelishilgan xorijiy valyutani ma’lum muddat qtgach etkazib berish kelishib olinadigan valyuta bitimlaridir. Bundan muddatli valyuta operatsiyalarining ikki xususiyati kelib chiqadi:

        1. Bitim tuzilishi bilan bajarilish o‘rtasida ma’lum davr vaqt bor.

        2. Muddatli valyuta operatsiyalar bo‘yicha valyuta kursi, ma’lum muddat o‘tganidan keyin foydalanilsa ham, bitim tuzilayotgan paytda belgilanadi.

Muddatli bitimlar deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan oshik bulgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Amaliyotda muddatli bitimlarning kuyidagi keng tarkagan turlari mavjuddir.
Ularga:

  1. forvard valyuta bitimlari;

  2. fyuchers bitimlari;

  3. valyuta opsioni;

  4. svop operatsiyalarini kursatish mumkin.

Yüklə 69,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin