Mavzu: Til va nutq munosabatlari. Nuqt odobi. Til va madaniyat.
Reja.
1. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi
2. Til madaniyati va nutq madaniyati
1.
Tilga xos xususiyatlar.
2.
Nutqqa xos xususiyatlar
3.
Xulosa.
Til va nutq bir-biriga bog`liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarab bo`lmaydi.
Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi.
Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo`ladi.
Tilda ruhiy va moddiy material mavjud. So`z, moro’ema, fonemalarning kishi
xotirasidagi obrazlari ruhiy material hisoblanadi. Nutq yaratish jarayonida ma`lum tovush
to`plamida namoyon bo`ladigan so`z shakllari moro’emalar, tovushlar moddiy materialdir.
Bunday til bir tomondan, moddiy hodisa bo`lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan
xulosa kelib chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning ongda saqlanishi ko`rsatadi. Uning
moddiyligini esa nutq jarayonida yuzaga keluvchi mavjud real tovushlar belgilaydi.
Biz xotiramizda saqlangan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, biror fikrni yuzaga
chiqarish uchun so`zlar va grammatik ma`no tashuvchi morfemalardan so`z shakllarini va
gaplarni hosil qilamiz. Masalan, miyamizda u kitobni qayerdan olganini bilish fikri tug`ildi,
deylik. Uni savol tariqasida shunday yuzaga chiqaramiz. Sen kitobni qayerdan olding? Bunda biz
sen, kitob, qayer, ol leksemalardan: -ni, -dan, -da, -ng morfemalaridan va so`roq gap modelidan
hamda qoidasidan foydalandik. Bu gapni aytish jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida
mofemalarnn qabul qilib, so`z shakllaridan aylandi va yuqoridagicha tartibni egalladi. Til ruhiy
hodisadan moddiy hodisaga aylandi. Bu jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar yana
alohidalik holiga qaytadi va ongimizda avvalgidek saqlana beradi. Demak, ma`lum til
jamoasidagi kishilar ongida tovush obrazlari sifatida saqlanadigan va hamma vaqt haqiqatga
aylanishga tayyor turgan so`z, fonema, tufayli lisoniy qoidalar, gapning modellari tilga
tegishlidir. Chegaralangan narsalar miqdoridadir, nutq esa cheksizdir.
Tilda paydo bo`lgan narsalar dastlab ayrim shaxslar nutqida ko`rinadi, so`ng asta-
sekinlik bilan butun jamoa ongiga singadi. Nutq tildagi mavjud ifoda vositalardan foydalangan
holda mavjudlikka aylangan fikrdir. Nutq nutq a`zolarining harakati jarayonida paydo bo`ladi.
Ruhiy hodisa bo`lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o`tgach, haqiqatga aylanadi.
Til bilan nutq orasidagi munosabatga dialektik nuqtai nazardan yondashilgandagina u
haqdagi tasavvur bilimlarimiz to`laqonli bo`ladi, mukammallashadi. Til bilan nutqning o`zaro
munosabatini yaxish anglamoq uchun avvalo, tilning o`zini, uning qanday qurilma ekanligini
aniq his etmoq kerak. Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichda amalga oshadi:
Birinchi bosqich til vositalarini bilishdan iborat. Bu nutqni tinglaganda unda ishlatilgan til
vositalarining ma`nosi va vazifasini anglashda ko`rinadi. Ya`ni tinglovchi tinglagan va o`qigan
narsalarinp tushunadi. Bunday shaxs o`zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ammo o`zining nutqi
tilning rang-barang imkoniyatlaridan mahrum qilmoq bo`ladi.
Ikkinchi bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarining katta qismini chuqur
o`zlashtirishdan ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishdan iboratdir. Bunga erishgan shaxsning
nutqi ravon, boy, obrazli, o`rindi bo`ladi. Birinchi bosqichda anglab olingan nutq vositalari
ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e`tibor berish, bu imkoniyatlarni
nutqiy tezkorlikka aylantiradi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Til bilan nutqning bir-biriga bog`liqligi haqida nimalarni bilasiz?
2. Til madaniyati va nutq madaniyati tushunchasini qanday izohlaysiz?
3. Tilga xos bo’lgan xususiyatlar haqida so`zlang .
4. Nutqqa xos bo`lgan xususiyatlar qaysilar?
5. Nutq madaniyati nima?
6. Nutq va uning turlari.
7. Nutq madaniyati lingvistik soh
8. Nutq madaniyati muammolari.
Nutq madaniyati fani hozirgi davr tilshunoslik fanining aktual muammolaridan biridir.
Tafakkur nutq yordamida ro`y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar.
Nutq madaniyati esa biror tilda to`g`ri so`zlash va yozish, o`sha tilda o’ikri qisqa va aniq, sodda
va obrazli, uslub jihatdan ravon ifodalash demakdir.
Tinglovchida kuchli taassurot qoldirish va kishining nutqi noaniq bo`lmasligi uchun dastlab til
qoidalarini puxta bilish lozim.
Nutq turli shaklga ega bo`lib, quyidagicha klassifikatsiya qilinadi.
Nutq, ko`pincha, ovoz chiqarmasdan, o`ylash protsessida ham ifodalanadi. Bunday odam
ichida gapiradigan, ya`ni passiv nutqdir. Bunday ichki nutqda ikkinchi kishiniig bo`lishi shart
emas. Ichki nutq og`zaki va yozma nutqning asosi sifatida muhim o`rin tutadi.
Nutq
Ichki nutq
нутq
Таshqи
nutq
Passiv nutq
Аktiv nutq
Оg’zaki nutq
Yozma
nutq
Моnоlоgik
нутq
Дialogik
nutq
Tashqi muhit aktiv o’ikrlashni talab qiladi. Bunday nutq og`zaki va yozma formada
amalga oshiriladi. Odatda, tovushli so`zlashuv protsessiga og`zaki nutq deyiladi. Bundan
tashqari kishilar intonatsiya orqali mimika va imo-ishora orqali ham o`z fikr, his-
tuyg`ularini boshqalarga yetkazadi. Og`zaki nutq hamisha bir yoki bir necha kishi tomonidan
monolog yoki dialog shaklida namoyon bo`ladi. Monologik, nutq bir kishining ko`pchilikka
qaratilgan fikrlarining ifodasidir.
Dialogik nutq ikki va undan ortiq shaxs o`rtasida amalga oshiriladi.
Nutq madaniyati hodisasining o`zini maxsus ilmiy tushuncha, maxsus lingvistik soha
sifatida asoslab berishga bag`ishlab yozilgan adabiyotlar juda kam.
O`zbek tilshunosligida, shuningdek, deyarli butun turkologiya fanida, nutq madaniyati
sohasi yangi bo`limdir Bu masala bo`yicha endigina sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtdagi eng muhim narsa shuki, nutq madaniyatini ilmiy muammo sifatida
qo`yish va ishlash lozimligi ko`pchilik olimlar tomonidan tan olindi. Nutq madaniyati deb
yuritiluvchi tushunchaning ilmiy muammo sifatida «asoslanishi, dastlab rus tilshunosligida
yuzaga keldi. Bu masalaning ilmiy muammo sifatida asoslalanishi atoqli rus tilshunosi Grigoriy
Osipovich Vinokur (I897-1947) ning nomi bilap bog`liqdir.
O`zbek tilshunosligi nutq madaniyati oldida quyidagi aktual nazariy hamda amaliy
muammolar turibdi:
1.Nutq madaniyatining umumnazariy muammolari.
2.Yozma nutq madaniyati muammolari.
3.Og`zaki nutq madaniyat muammolari.
Mazkur muammolarning ilmiy hal qilishni tilshuni.
O`zbek tilshunosligida nutq madaniyati tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan yana bir qator
masalalar ham borki, ularni umumlashtirib tubandagicha gruppalashtirish mumkin:
1.Nutq madaniyati yoki til madaniyati deb nomlanuvchi tushuncha, hodisaning
mohiyatini aniqlash kerak.
2.Nutq madaniyati tushunchasining tilshunoslik fanida paydo bo`lishi tarixan
asoslanishi lozim.
3.Nutq
madaniyati
va
til
madaniyati
terminlariii
ifodalovchi tushunchalarning aloqador va farqli xususiyatlarini aniqlash zarur.
4.Nutq madaniyati tushunchasining, bir tomondon, ilmiy muammo sifatida va
ikkinchi tomondan, lingvistik soha sifatida mazmunini belgilash kerak.
5. Nutq madaniyati muammosini ilmiy tadqiq etish aspektlari aniqlanishi lozim.
6. Nutq madaniyati sohasi bilan tnlshunoslikning boshqa bo`limlari orasidagi munosabat,
ulardagi o`zaro o`xshashlik aloqadorlik farqli tomonlar belgilanishi shart.
7. Nutq madaniyati sohasining nazariy muammolari, unga kiruvchi masalalar aniqlanishi
zarur.
8. Nutq madaniyatining amaliy muammolari unga kiruvchi masalalarni aniqlanishi kerak.
9. Nutq madaniyati va individual nutq masalasi.
10. Nutq madaniyati va ommaviy nutq muammosi nimaligi aniqlanishi zarur.
Yuqorida qayd qilingan tushuicha va muammolarni talqin qilish va javob topishga
intilish o`zbek tilshunosligi o’anining dolzarb masalalaridan biridir.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?
2.Nutq va uning turlari haqida gapiring.
3.Og`zaki nutqning o`ziga xos xususiyatlari haqida so`zlang.
4.Yozma nutqqa qo`yiladigan umumiy talablar nimalardan iborat?
Mavzu bo`yicha tayanch iboralar:
1,2,14,15,16,17,21,22.
Mavzu: Nutqning kommunikativ sifatlari.
1. Nutqning to`griligi.
2. Nugqning aniқligi.
3.Nutқning tozaligi.
4.Nutqiing mantiqiyligi.
5. Nutqiing ifodaliligi.
Adabiyotlar:
1. Qo’ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat
asoslari.-
Toshkent,1992.
2. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. – Toshkent, 2001.
3. Yo. Tojiyev., N. Xasanova. X. Tojimatov., O. Yo`ldosheva. O`zbek nutqi
madaniyati va uslubiyat asoslari.- Toshkent, 1994.
Matn.
Har qanday nutq ma`lum bir so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki
o`quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko`rinishidir. Albatta bu yo`llangan
nutq tinglovchiga yetib borib ma`lum bir ta`sir ko`rsatsagina unga nisbatan yaxshi nutq
deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo`lishi uchun o`z oldiga ma`lum talablarni
qo`yadi.
Bu
talablar
nutqning
asosiy
sifetlarn,
xususiyatlari
deb
yuritiladi.
Ular
nutqning
to`g`riligi,
mantiqiyligi,
ta`sirchanligi,
tozaligi,
tushunarliligi,
va
maqsadga muvofiqligidir.
1. Nutqning to`g`riligi. «To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - nutq
madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan
normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug’at va fammatik
normalarini egallashni tushunishimiz lozim bo`ladi».
Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir.
Nutq to`g`ri bo`lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi
to`g’ri bo`lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi.
Nutq to`g`ri bo`lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg`u va grammatik normaga qattiq
amal qilishni talab qiladi. So`zlardagi urg’uning ko`chishi bilan ma`nosi ham ba`zan o`zgarib
ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi:
Olma-olma; hozir-hozir, yigitcha-yigitcha; o`quvchimiz-o`quvchimiz, yangi-yangi va hokazo
Gap tarkibidagi bir so`zga tushadigan mantiqiy (logik) urg’uni ham ma`noni farqlashdagi
xizmati katta.
Grammatik
normaga
rioya
qilish
deganda
gap
tuzish
qoidalaridan
to`g`ri foydalanish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l
qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo’llash, ega va
kesimning
mosligi,
ikkinchi
darajali
bo`laklarni
ularga
bog’lanish
qonuniyatlari tushuniladi.
2. Nutqning
aniqligi
-
bu
so`zning
o`zi
ifodalayotgan
voqelikka
mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim
fazilatlaridan biri sifatida қadimdan ma`lum. G’arb
mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq
sifatlarining
birinchi
sharti
deb
hisoblanganlar.
Aristotel:
Agar
nutq
noaniq
bo`lsa,
u
maqsadga
erishmaydi»,-
degan
bo`lsa,
Kaykovuz
«Ey farzand so`zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya
qilgil,
so`zlag’anda
ma`noli
gapir,
bu
notiqlikning
alomatidir.
Agar
gapirgan vaqtingda so`zning qanday ma`noga ega ekanligini
bilmasang qushga o`xshaysan...» deydi.
Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining
ma`nosi bilan, nutqda ishlatilayotgai so`z ma`nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi.
Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar
tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa nutq aniq bo`lishi
tayin. Aniqlik ikki xil bo`ladi: narsaning aniqligi va tushuncha aniqligi.
3. Nutqning
mantiqiyligi
uning
asosiy
sifatlari
to`g`rilik
va
aniqlik
bilan
chambarchas
bog’langandir.
Chunki
grammatik
jihatdan
to`g`ri
tuzilmagan
nutq
ham,
fikrni
ifodalash
uchun
muvaffaqiyatsiz
tanlangan
lug`aviy
birlik
ham
matiqning
buzilishiga
olib
kelishi
tabiiydir.
Mantiqiy
izchillikning
buzilishi
tinglovchi
va
o`quvchiga
ifodalanayotgan
fikrning
to`liq
borib
yetmasligiga,
ba`zan
umuman,
anglashilmasligiga
olib
keladi.
Nutqni
tuzishdagi
e`tiborsizlik
natijasida ba`zan, hatto, mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi
misolga
e`tibor
qiling
«Ferma
jonkuyarlari
olti
oylik
davlatga
sut
sotish
planlarini
muddatidan
oldin
bajaradilar
(gazetadadan)»
Gapda so`zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, «olti oylik»
birikmasining «sotish» so`zidan keyin kelmaganligi tufayli
mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanyapti.
Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik
bo`lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqiy jarayonning hamma ko`rinishlarida ham
o`rtaga qo`yib bo`lmaydi. Masalan: vazifaviylik uslublarda, xususan, ilmiy va badiiy nutq
uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib ko`raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit
bir tuzilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo`lib, ular yagona bir halqaga
birlashadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrlar qat`iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq
tuzilishi esa, bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelindi-yu birdaniga
uzilish yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya qilinib ketiladi. Bu narsa go`yo mantiqiy
izchillikka
putur
yetkazganday
ko`rinsa-da,
aslida
unday
emas.
Badiiy
asarlarda,
xususan,
qissa,
roman
kabi
janrlardagi
keng
planlilik
tasvir
qurilishini
ana
shunday
tuzishni
taqozo
qiladi.
Mantiqan
putur
yetmaganlik,
bunday
asarlarning oxirida ma`lum bo`ladi.
Xulosa qilganimizda, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida tuzilgan,
fikrlar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora aniq maqsadga mo`vofiq ravishda ishlatiladigan
nutqni tushunamiz.
4. Nutqning tozaligi. Nutqning tozalish degaida, eng avvalo, uning adabiy tilning
lisoniy normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq
hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo`lishi, turli til, g`ayri adabiy til
unsurlaridan holi bo`lishi kerak. Bu masalaning lisoniy tomoni bo`lib, nutqiy tozalikning
nolingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga ega.
Nutqimizning toza bo`lishiga halaqit berayotgan lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va
varvarizmlardir. To`g`ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo`lmaydi. Chunki, badiiy
adabiyot tilimizda dialektizm va varvarizmlar bilan ma`lum badiiy-estetik vazifani bajarishi,
mualliflik ma`lum g`oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik,
muallif milliy kaloritni bermoqchi yoki asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilishda
dialektizm va varvarizmlarga murojaat qilishi, hatto, zarurdir. Masalan: «Yoshulli, saning qizing
bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara batkirdor, na sababda mundoq
yomon so`zlarni elga tarqatding» (Mirmuhsin). Ushbu misolda dialektizmlar hududiy kaloritni
berishga xizmat qilgani kabi quyidagi misolda varvarizmlar - chet so`zlar xarakter yaratishda
yozuvchiga ko`maklashgan. «Dubora» yana bordi bir ishga shul, (so`kib -net, - dedi, kelma
durrak, poshul!) (Mirmuhsin).
Parazit so`zlar deb ataluvchi lug`aviy birliklar ham til madanyati uchun yotdir. Ular,
asosan, so`zlashuv nutqida ko`p ishlatilib, notiqning o`z nutqini kuzatib bormasligi,
e`tiborsizligi natijasida paydo bo`ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan: ayrim
kishilar o`zlari sezmagan holda demak, xo`sh kabi so`zlarni qaytaraverishga o`rganib qolganlar.
«Bir dokladchining bir soatli nutqida, - deb yozadi A.Ahmedov -«o`rtoqlar» so`zi 101
marta, «ya`ni» so`zi 73 marta, «demak» so`zi 60 marta takrorlanganligining guvohi
bo`lamiz. Qarang, bir soatlik nutqda 234-ta ortiqcha, «bekorchi» so`z ishlatilgan» (Ahmedov A.
Til boyligi - Toshkent, 1968, 27-bet)
5. Nutqning ta`sirchanligi. Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki nutq jarayoni
nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni
e`tiborga olish ham muhimdir. Ya`ni, notiq tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim
darajasidan tortib, hatto yoshigacha, o`z nugqining tinglovchilar eshitayotgan paytdagi
kayfiyatigacha kuzatib turishi, o`z nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul
qilayotganini nazorat qilishi lozim bo`ladi. Professional bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo’n,
sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi, oddiy, yetarli darajadagi ma`lumotga
ega bo`lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish kerak
emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo`lgan
fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Xo`sh,
ta`sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.L. Golovin shunday ta`rif
beradi: «Ta`sirchan nutq deb nutq qurilishining tinglovchi va o`quvchi e`tibori va qiziqishini
qozonadigan xususiyatlariga aytiladi, o`z pavbatida shu xususiyatlarga ega bo`lgan nutq
ta`sirchan sanaladi».
Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiqlar oldiga qo`yiladigan
asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi
bilshdlan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo`lishi kerak. Nutqdagi
fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tugashi, ularni o`zaro bog`lab, tinglovchilarga avval
nutq rejasini taklif qilib, gapni, bog`lash lozim. Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridandir.
Chunki so’zlash muddati oldin e`lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo’lsa, sal oldinroq
tug’atilsa, tinglovchilar zerikmaydi.
So`zlovchining
o`z
nutqiga
munosabati
ham
muhimdir,
chunki,
shunday
bo`lgandagina
quruq
rasmiyatchilikdan
qochish
bo`ladi.
So`zlovchi
va
tinglovchilar
o`rtasida
aloqa
yaxshi
bo`ladi.
Notiq
fikrlarni
o`zi
yoki
tinglovchilar
hayotidan
olingan
misollar
asosida
isbotlashga
harakat
qilsa,
mavzuga
doir
sub`yektiv
fikr
mulohazalarini
bildirsa,
nutq
yana
ham
ishonarli
va
ta`sirli
bo`ladi.
O`qituvchi nutqining to`g`riligi.
Nutqning to`g`riligi uning adabiy til normalariga mosligidir. Adabiy til
normalari ko`p tarmoqli bo`lgani uchun nutqning to`g`riligi ham bir qancha shartlarni o`zida
qamraydi. To`g`ri, nutq o`zida adabiy tilning, fonetik, talaffuz, lug`aviy so`z yasalishi,
grammatik (morfologik, sintaktik), uslubiy normalarini mujassamlashtirgan bo`lishi
lozim. Bularning birortasidan biroz chetlashgan nutq ham to`g`ri nutq bo`la olmaydi.
Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to`g`ri bulmasa, boshqa
kommunikativ fazilatlari ham vayron bo`ladi. Nutqning tuzilishi to`g`ri bo`lmaganda, uning
mantiqiyligi, aniqligi, o`rinliligi kabilar haqida gapirib bo`lmaydi.
To`g`ri nutq tuzish uchun so`zlovchi adabiy til normalarini egallab olgan bo`lmog`i
lozim. Bu esa juda murakkab, sermashaqqat ishdir.
Dostları ilə paylaş: |