Mavzu: Tilning paydo bo`lishi Reja



Yüklə 20,82 Kb.
səhifə2/4
tarix26.03.2023
ölçüsü20,82 Kb.
#124379
1   2   3   4
tilning paydo bo\'lishi

Ovozga taqlid nazariyasi. Bu nazariya qadimgi yunon olimlari Demokrit va Platonlar davrida paydo bo`lib, XX asrgacha yashab keldi. Ovozga taqlid nazariyasi talqiniga ko`ra, yer yuzida paydo bo`lgan dastlabki odamlar ongli ongsiz ravishda tevarak-atrofdagi turli – tuman predmetlarning tovushlariga, chunonchi, yirtqich hayvonlarning o`kirishi, qushlarning sayrashi, tezoqar suvning shildirashi, shamolning uvillashi kabilarga taqlid qilish natijasida nutq paydo bo`lgan. Masalan, sharshara, qarg`a, kaklik, chirillamoq, shildiramoq, g`urillamoq; rus tilida: шипет,шипение, гавкат, кукушка kabi. Agar tillardagi, jumladan, o`zbek yoki rus tilidagi so`zlar faqat taqlidlardan, to`g`rirog`i, tovushga taqlidlardan iborat emasligini hisobga oladigan bo`lsak, bu nazariyaning u darajada asosli emasligini sezamiz. Va yana aytish mumkinki, tabiatda tovush chiqaradigan predmetlar soni tovush chiqarmaydigan narsalar soniga qaraganda kamroq. Tovushsiz narsalarning (tuproq, tog`, quyosh, osmon, g`or, qor kabi) nomi qaerdan paydo bo`lgan-u, til va tafakkursiz nutq qanday yuzaga kelgan? XX asrning 90-yillarida – Avstraliya va Janubiy Amerikada topilgan, ibtidoiy formatsiyani boshidan kechirayotgan qabilalarda – o`tkazilayotgan tajribalarning ko`rsatishicha, bu tillarda tovushlarga taqlid asosida paydo bo`lgan so`zlar miqdori nihoyatda oz. Bundan tashqari, tabiatdagi tovushlarga taqlid qilish uchun insonda nihoyatda rivojlangan nutq organi bo`lishi ham zarur.

Demak, ovozga taqlid nazariyasi tafakkur va tilning chambarchas bog`liqligini inobatga olmaydi, til va nutqni farqlamaydi, tilning paydo bo`lishidagi ijtimoiy zaruratni e’tibordan chetda qoldiradi. Bu nazariya tilning paydo bo`lishi masalasini hal etmaydi.



Undov nazariyasi. Bu nazariya tilning paydo bo`lish masalasini boshqacha talqin etadi. Ushbu nazariya tarafdorlari tildagi barcha so`zlar kishilarning his -tuyg`ulari, qahr-g`azablari, hayajonlari ta’sirida ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz baqirishlari natijasida paydo bo`lgan, deb da’vo qiladilar. Bunday so`zlarga oh (ohlamoq), uff (uflamoq), voy (voyvoylamoq), dod (dodlamoq) kabilarni misol keltiradilar va tildagi boshqa so`zlar esa ana shu kabi so`zlarning kombinatsiyalaridan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar. XVIII asrda yashagan fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu nazariya tarafdorlaridan biri bo`lgan. Madomiki, tildagi barcha so`zlar haqiqatan ham shu nazariya tarafdorlari aytganidek yaratilgan bo`lsa, tildagi emotsiyalardan yiroq ming – minglab predmetlarning nomi qanday paydo bo`lgan? Tabiiyki, undov nazariyasi tarafdorlari bu kabi savollarga javob berishga ojiz. Undov nazariyasi tilning ijtimoiy xarakterini inobatga olmaydi, ya’ni biologik aspektning birgina jihatiga tayanib inson va kishilik jamiyatining paydo bo`lishini hisobga olmaydi. Bu g`ayriilmiy nazariyadir.


Yüklə 20,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin