Mavzu: Tilning paydo bo`lishi Reja



Yüklə 20,82 Kb.
səhifə1/4
tarix26.03.2023
ölçüsü20,82 Kb.
#124379
  1   2   3   4
tilning paydo bo\'lishi


Mavzu: Tilning paydo bo`lishi

Reja:

  1. Til qanday paydo bo`lgan?

  2. Tilning paydo bo`lishida biologik va ijtimoiy aspekt.

  3. Tilning paydo bo`lishi haqidagi turli nazariyalar, ularning talqini va ilmiy asosi.

Til qanday paydo bo`lgan, degan savolning javobi qadim zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bu jumboqning yechimi juda murakkab bo`lib, uni inson nutqining paydo bo`lishi masalasi bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Yuqoridagi savol faqat tilshunoslik fanigagina tegishli bo`lib qolmay, bu muammo antropologiya, psixologiya, etnografiya kabi o`nlab fanlarning ham o`rganish obyektidir. Hozirgacha yer yuzida umuman bashariyatga xos bo`lgan tilning qachon, qanday paydo bo`lganligi, dastlabki tillardagi so`zlar, uning leksik, sintaktik, morfologik, semasiologik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal etilishi mumkin ham emas. Tilning paydo bo`lishi bilan ayrim aniq tillarning yoki til oilalarining paydo bo`lishi masalalarini aralashtirmaslik lozim. Hozir yer yuzida mavjud bo`lgan millat, elatlarga tegishli jonli tillarning, ba’zi bir o`lik tillarning ham kelib chiqish tarixi o`rganilgan, o`rganilmoqda. Bu u qadar qiyin masala emas. Chunki ba’zi bir muayyan tillar va shi tillarga qardosh bo`lgan tillar turli davrlarda , har xil shart – sharoitlarda, bilvosita va bevosita sabablarga ko`ra paydo bo`lgan.


“Til~nutq~nutq sharoiti” aspektida olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlar samarasiga tayangan holda komil ishonch bilan ayta olamizki, tilning paydo bo`lishi ong va jamiyatning paydo bo`lishi bilan, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi bilan uzviy bog`liqdir. Ilmiy gepoteza(taxmin)lar odamning paydo bo`lish evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga bo`lib ko`rsatadi:


  1. Yuqori darajada taraqqiy etgan avstralopiteklar davri. Bu bosqichda ilk ibtidoiy odamlar ikki oyoqlab yurishga o`tib, tayoq, tosh,suyak parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million yil oldingi davrga to`g`ri keladi.

  2. Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya’ni eng qadimgi odamlar sun’iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik hayvonlarni jamoa bo`lib ov qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan taxminan bir million yillar oldingi davrga to`g`ri keladi.

  3. Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50 ming yillar oldin paydo bo`la boshlaganligini ko`rsatadi. Chamasi, bir million yillar avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon davomida insonga xos biologik hamda sotsial xususiyatlarga ega bo`la boshlaydilar. Aniq nutq ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat bo`lib uyushish, uyushgan holatda mehnat qilish hamda tafakkurning rivojlanishiga turtki bo`ladi.
    Tilning paydo bo`lishi uchun faqat biologik zaminlargina emas, jamiyatning paydo bo`lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya (odam hamda irqning kelib chiqishini o`rganuvchi fan), arxeologiya (tarixiy dalillar va madaniy yodgorliklar asosida odamning o`tmish tarixini o`rganuvchi fan) fanlarning uzoq davrlardan beri olib borayotgan tekshirishlari, ilmiy izlanishlari natijasida kishilik tarixi ikki davrdan iborat degan fikrga kelingan. Bular – tarixgacha bo`lgan davr va tarixiy davr. Tarixgacha kishilarning ibtidoiy jamoa bo`lib yashashi ya’ni kishilik jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir.
    Inson tovush tili tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqdi. Tovush tili esa tafakkursiz mavjud bo`la olmaydi. Ma’lumki, tafakkurda bor narsa tilda aks etadi, tilda bori esa nutqda voqelanadi. Ayni paytda miyada paydo bo`ladigan har qanday oddiy tushuncha ham til orqali nutqqa ko`chmas ekan, ya’ni nutq tovushlari, so`zlar orqali ifodalanmas ekan, bunday tushuncha o`zicha hech kimga, hatto fikr qiluvchining o`ziga ham ma’lum bo`lmaydi. Qisqasi, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til mavjud emas.

    Ko`rinadiki, tilning paydo bo`lishi, bir tomondan, kishilik tanasining evolyutsiyasi bilan, ikkinchi tomondan, ibtidoiy jamoaning jamiyatga aylanishi bilan bog`liq bo`lgan. Hozirgacha tilning paydo bo`lishi haqida turli nazariyalar yaratilgan Har bir nazariyada bu masalaga turlicha yondashiladi. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishamiz.




    Yüklə 20,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin