Mavzu: Tog`ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi tahlil


II. O`tgan mavzuni so`rash



Yüklə 217,5 Kb.
səhifə2/3
tarix19.07.2022
ölçüsü217,5 Kb.
#117415
1   2   3
T.Murod-yulduzlar-mangu-yonadi-1

II. O`tgan mavzuni so`rash
O`qituvchi: O`tgan adabiyot darsida qanday mavzu yuzasidan gaplashgan edik?
O`quvchi: Tog`ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasini o`qib tugatgan edik.
Uy ishi sifatida o`tilgan mavzu doirasida darslikdan tashqari ma’lumotlar topib kelish va badiiy asarning to`liq matni bilan tanishib, hamkor guruhlar uchun rolli mashq asosida savol tayyorlab kelish topshirilgan edi.
O`qituvchi: 1-guruh ishi uchun ma’lumotlarni tinglaymiz. Marhamat.
1-guruh: 1.Tog`ay Murod yozuvchining ismi bo`lib, Familiyasi Mengnorov bo`lgan.
2.U 1982-1985-yili yozuvchi Xurshid Do`stmuhammad bilan “Fan va turmush” jurnalida ishlagan.
3.U 1974-1975-yillarda Jek Londonning “Boyning qizi” dramasini tarjima qilgan.
2-guruh:1.Yozuvchining 1-romani “Otamdan qolgan dalalar” bo`lib,bu asari haqida muallif ”Men o`zbek xalqiga haykal qo`yaman” degan edi.
2.Yozuvchi “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi orqali kurash timsolida yo`qolib borayotgan qadriyatlarimiz, o`zbekchiligimiz haqida bong uradi.
3.Lekin uning orzusi mustaqillikka erishganimizdan so`nggina amalga oshadi. 1998-yili Xaqaro Kurash assotsiatsiyasi (IKA) ta’sis etiladi.
3-guruh:1. Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining 1-faxriy prezidenti O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bo`lgan.
2.O`zbek kurashi 2018-yil Indoneziyada o`tkaziladigan Osiyo o`yinlari musobaqasiga kiritildi.
3.O`zbek kurashi sportining yagona qonun-qoidalari XX asr oxirlarida sambo kurashi mutaxassisi Komiljon Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan.
III. Guruhlarda ishlash
O`qituvchi: Ajoyib ma’lumotlar uchun rahmat. Navbatchilar guruhlarning chiqishlarini baholab bormoqda. Navbatdagi guruh ishini boshlashdan avval ekranga diqqatlaringizni qaratmoqchiman. Unda o`zbek kurashi aks etgan tasvirlar berilgan. Guruhlar namoyish etgan ko`rinish orqali muallif nima demoqchi ekanligini topishga harakat qilamiz.
1-guruh Shukur polvon va Ermat polvonlar kurashi aks etgan parcha namoyish etadilar. Savol: Bu yosh polvonlar kurashidan qanday xulosa chiqardingiz?
Javob: Milliy qadriyatlar,g`urur, or bolalikdan singdirilishi guvohi bo`ldik.
2-guruh Bo`ri polvon va Nasim polvonning kurashini namoyish etadi.
Savol: Bo`ri polvon nima uchun Nasim polvon bilan kurashmadi? Buni Nasim polvon qanday tushundi?
Javob: Avvaliga o`zi xohlab chiqqan Bo`ri polvon keyin bolaligida to`n yopinib do`st bo`lgani hurmati u bilan kurash tushmaydi, lekin buni Nasim qo`rqoqlikka yo`yadi.
3-guruh kurashish uchun o`rtaga chiqqan Temir polvonning kurashsiz qoyil bo`lishini namoyish etadi.
Savol: Nima uchun Temir polvon kurash tushmasa ham, tomoshabinlar olqishini oldi?
Javob: Chunki davraga chiqqan Chori polvon Temir polvonga yoshligida polvonlikni o`rgatgan ilk ustozi edi. Ustozining hurmati tufayli kurash tushmay qoyil bo`ladi.
O`qituvchi: Chiroyli ko`rinishlar va ajoyib javoblardan ko`rinib turibdiki, o`zbek xalqi azaldan yuksak ma’naviyatli, or-nomusli va go`zal xulqli bo`lgan. Buni Tog`ay Murod shunchaki tasvirlamaydi, balki Surxon vohasining bulbulzabon baxshisiday qo`shiq qilib kuylaydi. Ayniqsa, takroriy so`zlardan foydalanishi asarga joziba bag`ishlaydi.”…Ohista-ohista joyidan turdi. Bosh egib-bosh egib davradan chiqdi…” Keling, shu go`zal qo`shiqqa oshufta bo`lgan holda darsni davom ettirsak. Hurmatli o`quvchilar, Bo`ri polvon va Nasim polvon o`rtasidagi ziddiyat sababini o`tgan darslarimiz davomida ko`rib chiqqan edik. Asar so`ngidagi Nasim polvon holatini izohlang. U g`alaba qozondimi?
Nima uchun? Navbatdagi guruh ishi “Venn diagrammasi” deb nomlanadi.Unda guruhlar ikki do`stning ziddiyatini, ularning o`xshash va farqli taraflarini izohlashga harakat qiladilar. 1-guruh Bo`ri polvonga xos bo`lgan xususiyatlarni, 2-guruh esa Nasim polvonga xos bo`lgan xususiyatni ,3-guruh har ikkoviga xos bo`lgan xususiyatni yozadilar. Buning uchun sizga 3 daqiqa vaqt beriladi. Keling bu topshiriqni ajoyib tarona jo`rligida bajaramiz.

Yüklə 217,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin