Guruh taqdimotchilari guruh ishlarini taqdim etadilar,ularning javobi xulosalanadi.
O`qituvchi: Do`stiga xiyonat qilgan, qishlog`idan bosh olib chiqib ketishga majbur bo`lgan, qasam ichib “ko`r bo`lay” degan va oqibat ko`r bo`lib qolgan odam g`olib bo`ladimi?
Bo`ri polvon zafar va mag`lubiyatlarini izohlang. U qachon g`alaba qozondi-yu, qachon “yulduz sanadi” ?
O`quvchilar Bo`ri polvonning raqibini mensimaganda mag`lub bo`lgani va ko`nglida kibr bo`lmaganda g`alaba qozonganini , albatta, tushunib yetishgan. Shu haqida ular fikri tinglangach, o`qituvchi xulosalaydi:
-Demak, insonda bir-biriga yaqin ikki tuyg`u borki, ularning biri- kibr, biri esa- g`urur.
Ular o`rtasidagi chegarani aniq belgilash qiyin,lekin kibr insonni odamlar nazaridan qoldirsa, g`urur esa insonni ezgu ishlar sari qanotlantiradi.
IV.Mustahkamlash qismi O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar, guruhimiz barpo etgan uylarga e’tibor qaratamiz. Qaysi guruhda uy qurilishiga o`z hissasini qo`shmagan o`quvchi bo`lsa, xafa bo`lmang. Bizda hali “Imkoniyat test” bor. Diqqat bilan ekranga qaraymiz. Unda test savollari namoyish etilgan. Siz o`zingiz xohlagan testga javob berishingiz va bunyodkorlikka o`z hissangizni qo`shishingiz mumkin.(Test ekranda namoyish etiladi)
Guruhlar o`z bilimlari evaziga barpo bo`lgan uylarini doskaga yopishtirishadi.
V. Yakuniy qism Guruh ishi yakunlanadi. Navbatchi o`quvchilar yordamida o`quvchilar nomlari yozilgan flechat qog`ozlardan hosil bo`lgan guldastalar guruhlarga sovg`a qilinadi. O`quvchilar rag`batlantiriladi.
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, bugun biz bir asar tahlili orqali qadriyatlarimiz, milliy an’analarimiz,o`zligimizni anglash sari bir qadam tashladik.O`ylaymanki,bu odimimiz bardavom bo`ladi. Bugungi dars davomida qadrdonimizga aylangan Bo`ri polvon ta’biri bilan aytganda:” Xalq nimasi bilan xalq? O`zining urf-odatlari bilan xalq ”. O`quvchim, siz xalqaro musobaqalarda “kurash”, “halol”, “yonbosh” kabi so`zlarni eshitganingizda, dunyoning turli xalqlari vakillari ustida o`zbekcha yaktak-u belbog`ni ko`rganingizda, ko`nglingiz faxr-iftixorga to`ladimi? Demak, siz ham xalqimizni, qadriyatlarimizni sevasiz! Sizday farzandlari bor xalqning nomi mangulikka dahldor!
VI. Uyga vazifa “Vatanni sevish milliy qadriyatlarni hurmat qilishdan boshlanadi” mavzusida taassurot matni yaratib kelish.