Mavzu: tovar va uning xususiyatlari



Yüklə 311,12 Kb.
səhifə8/12
tarix10.12.2023
ölçüsü311,12 Kb.
#139126
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi tovar — копия

Pul daromadining
qo‘shimcha o‘sishi
(talab)


=

Ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sishi (taklif)

Bu tenglikni formula tarzida yozilsa, u quyidagi kо‘rinishga ega bо‘ladi:
yoki ,
bu yerda:
I – har yillik sof kapital qо‘yilmalar;
∆I – sof kapital qо‘yilmalarning qо‘shimcha о‘sishi;
∆I/I – sof kapital qо‘yilmalarning о‘sish sur’ati;
1/a – multiplikator, bu yerda a –jamg‘arishga bо‘lgan о‘rtacha moyillik;
 - kapital samaradorligi.
Shunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining tо‘la bandligini hamda ishlab chiqarish quvvatlarining tо‘liq ishlashini ta’minlovchi sof investitsiyalar yoki kapital qо‘yilmalarning о‘sish sur’ati  x a ga teng bо‘lishi lozim. Agar iqtisodiyotdagi investitsiyalarning potensial о‘rtacha samaradorligi 0,3 ga, jamg‘arishga bо‘lgan о‘rtacha moyillik 0,2 ga teng bо‘lsa, u holda investitsiyalarning о‘sish sur’ati 6% (0,3x0,2)x100%)ga teng bо‘ladi.
R.Xarrodning iqtisodiy о‘sish modeli investitsiya va jamg‘armalar о‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya’ni ga asoslanadi. U statik holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi:
,
bu yerda:
G – milliy daromadning о‘sish sur’ati (∆Y/Y);
S – kapital sig‘imi (I/∆Y);
S – milliy daromad tarkibidagi jamg‘arishning ulushi (S/Y).
2-formula quyidagi kо‘rinishda о‘z ifodasini topadi:
,
bu yerda:
Gw – haqiqiy jamg‘arma va taxmin qilinayotgan investitsiyalar о‘rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlovchi о‘sishning kafolatlangan sur’ati;
Cr – kapital koeffitsiyentining talab etilayotgan miqdori.
Neokeynschilarning fikriga kо‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy kafolatlangan о‘sish sur’atiga avtomatik ravishda erishib bо‘lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi tо‘g‘risidagi xulosaga keldilar.
Iqtisodiy о‘sishning muhim modellaridan biri bо‘lib tarmoqlararo balans hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bо‘lgan hamda AQShga о‘tib ketgan iqtisodchi V.Leontyev tomonidan «xarajatlar – ishlab chiqarish» modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi (5-jadval).
V.Leontyev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng avvalo e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar о‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsiyentlar (I kvadrantdagi a11, a12, a13 va h.k. belgilar) orqali о‘rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali tо‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar kо‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida foydalaniluvchi pirovard mahsulot kо‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi kvadrantdan qо‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import kо‘rsatkichlari о‘rin olgan. Tо‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash kо‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bо‘ylab xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bо‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar bо‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab chiqarish sharoitidagi о‘zgarishlar boshqa barcha о‘zaro bog‘liq tarmoqlarning miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali о‘rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bо‘lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday о‘zgarishlar muvozanatlashgan narxlar tarkibini о‘zgartirib, texnologik koeffitsiyentlarning ham о‘zgarishiga olib kelishini anglatadi.
«Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqalarni о‘rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining о‘zgarishi va iqtisodiy о‘sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy о‘sish modellari tо‘g‘risida sо‘z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy о‘sish» konsepsiyasiga tо‘xtalib о‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy о‘sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi kо‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan kо‘payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy о‘sish chegaralarini cheklab qо‘yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi rо‘y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga kо‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy о‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy о‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy о‘sish tovar va xizmatlar hajmining kо‘payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu о‘sish bir vaqtning о‘zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.


Yüklə 311,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin