Mavzu: tovar va uning xususiyatlari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev



Yüklə 311,12 Kb.
səhifə2/12
tarix10.12.2023
ölçüsü311,12 Kb.
#139126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi tovar — копия

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Shu sababli ushbu kurs ishi iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Kurs ishi davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modеllar mazmunini yoritib bеrishga ham o’rin ajratiladi.
Bugungi kunda dunyo iqtisodiyotida noaniqlik darajasi indeksi kun sayin o‘sib bormoqda. Bu o‘z navbatida COVID-19 pandemiyasining hali davom etayotganligi, jahonda geosiyosiy vaziyatning chigallashuvi, energetik inqirozning kun sayin kuchayishi, global inflyatsion jarayonlarning jadallashishi, ekologik xatarlarning ortishi kabi omillar bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda Jahon banki dunyo mamlakatlarining markaziy banklarini inflyatsiyani jilovlash borasida o‘z hatti-harakatlarini muvofiqlashtirishga chaqirmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasining bashoratlariga ko‘ra, 2022 yilda dunyo yalpi ichki mahsulotining 86 foizi to‘g‘ri keluvchi 143 ta mamlakatda iqtisodiy o‘sish shart-sharoitlari yomonlashadi.

I.BOB. IQTISODIY O`SISH MAZMUNI


    1. Iqtisodiy о‘sishning moxiyati va ahamiyati

Har qanday mamlakat hukumati iqtisodiy siyosatining uzoq muddatli maqsadlaridan biri- bu shubhasiz iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. Ushbu holatda qaysi omillar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi va qaysi omillar iqtisodiy o‘sishni cheklashi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim. Iqtisodiyot nazariyasida samarali uzoq muddatli iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, muayyan bir mamlakat doirasida iqtisodiy o‘sishning maqbul sur’atlariga erishish imkonini beruvchi iqtisodiy o‘sishning dinamik modellari ishlab chiqilgan.
Iqtisodiy o‘sish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning ilg‘or tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o‘sish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qo‘paytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi. Agar muayyan bir mamlakat iqtisodiyoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘proq yalpi ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lsa, u holda biz kengaytirilgan takror ishlab chiqarish borasida so‘z yuritishimiz o‘rinli bo‘ladi. Aynan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish dinamikasi iqtisodiy o‘sishning tabiiatini ochib beradi. Shu o‘rinda iqtisodiy o‘sish nima? Uni qanday o‘lchash mumkin? Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat?-degan savollar tug‘ilishi tabiiydir.
Iqtisodiy о‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga kо‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy о‘sishni YAIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali о‘lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bо‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy о‘sishini YAIM mutloq hajmining ortishi orqali о‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali о‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qо‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy о‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur kо‘rsatkichlar (real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning о‘sishi) miqdoriy kо‘rsatkichlar bо‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini tо‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy о‘sishini tо‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning о‘sishi bо‘sh vaqtning sezilarli kо‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib kо‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy о‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
Shunga kо‘ra, iqtisodiy о‘sishning barcha tavsifi yillik о‘sish sur’atlarining foizdagi о‘lchovida tо‘liq о‘z ifodasini topadi:
,
bu yerda:
О‘S – iqtisodiy о‘sish sur’ati, foizda;
YAIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi;
YAIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi.
Iqtisodiy о‘sishning ahamiyati tо‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy о‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli mamlakatlar real YAIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YAIM hajmi nisbatan kichik bо‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy о‘sish sur’ati meyordagi holat sanalishi, real YAIM hajmi juda katta bо‘lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy о‘sish sur’ati esa ahamiyatli kо‘rsatkich hisoblanishi mumkin.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosiy ustuvor vazifa etib belgilab kelindi. Ma’lumki, makroiqtisodiy barqarorlik mamlakatning YaIM da namoyon bo‘ladi va u davlatning iqtisodiy qudratiga baho beradi. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va uning samarali ijro etilishi orqali iqtisodiy islohotlarning yuqori natijalariga erishildi. Shuningdek, 2021 yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan Jahon banki hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning yirik iqtisodiy hamkor davlatlarining iqtisodiyotlarida o‘sish qayd etilgan. Xususan, Rossiya Federatsiyasining iqtisodiyoti 2020 yilda 3,0 foizga qisqarganidan so‘ng, 2021 yilda 4,3 foizga o‘sganligi hisoblangan.



Yüklə 311,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin