Mavzu: tovar va uning xususiyatlari


Iqtisodiy о‘sishning kо‘rsatkichlari va iqtisodiy



Yüklə 311,12 Kb.
səhifə4/12
tarix10.12.2023
ölçüsü311,12 Kb.
#139126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi tovar — копия

1.2.Iqtisodiy о‘sishning kо‘rsatkichlari va iqtisodiy
о‘sishni aniqlash mezonlari
Iqtisodiy о‘sish murakkab va kо‘p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta kо‘rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan kо‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu kо‘rsatkichlar tizimida naflilik (moddiy-ashyoviy) va qiymat ifodasidagi kо‘rsatkichlar farqlanadi.
Iqtisodiy о‘sishning naflilik (moddiy-ashyoviy) kо‘rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), biroq ularni universal holda qо‘llab bо‘lmaydi (iqtisodiy о‘sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy kо‘rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat kо‘rsatkichlar keng qо‘llaniladi, ammo ularni har doim ham inflyatsiya ta’siridan tо‘liq «tozalash» mumkin bо‘lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy о‘sish sur’atlari qiyosiy yoki о‘zgarmas narxlarda hisoblanadi. Chunki bunda ijtimoiy naflilikning umumiy kо‘rsatkichi bо‘yicha о‘sish darajasini aniqlash mumkin bо‘ladi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy о‘sishning asosiy kо‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
1) YAIM va milliy daromadning mutloq hajmi va uning о‘sish sur’ati;
2) YAIM va milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga tо‘g‘ri keladigan miqdori va uning о‘sish sur’ati;
3) YAIM va milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga tо‘g‘ri keladigan miqdori va uning о‘sish sur’ati.
Yuqorida ta’kidlanganidek, iqtisodiy о‘sishni aniqlashda har uchala kо‘rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha bо‘ladi. Masalan, agar diqqat markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi kо‘rsatkichdan foydalanish kо‘proq mos keladi. Alohida mamlakat va mintaqalardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, kо‘proq ikkinchi kо‘rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi kо‘rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Iqtisodiy о‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi kо‘rsatkichlari ham mavjud bо‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining о‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi kо‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili о‘rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy о‘sishning jahon amaliyotida keng qо‘llaniladigan boshqa kо‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bо‘yicha hisoblab chiqilgan YAIM (YAIM) kо‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi.
Iqtisodiy о‘sishga ta’sir kо‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning о‘sish layoqatini belgilab beradi:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy о‘sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni:
,
bu yerda:
Y – yalpi milliy (ichki) mahsulot;
L – ishchi kuchi sarflari;
K – kapital sarflari;
N – tabiiy resurslar sarflari.
Bu funksional bog‘lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy о‘sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy kо‘rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:


  1. Yüklə 311,12 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin