Mavzu: tovar va uning xususiyatlari


Iqtisodiy о‘sish turlari va ularga tavsifnoma



Yüklə 311,12 Kb.
səhifə7/12
tarix10.12.2023
ölçüsü311,12 Kb.
#139126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi tovar — копия

1.3. Iqtisodiy о‘sish turlari va ularga tavsifnoma
Iqtisodiy o‘sish bu yalpi milliy mahulot mutloq hajmning aholi jon boshi va iqtisodiy resurs birligi hisobiga nisbiy miqdorining ko‘payishi hamda sifat o‘lchamlarining borishidir. Ishlab chiqarish natijalarining o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki inten­siv turlarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy о‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining kо‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa kо‘paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda о‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bо‘yicha xuddi о‘shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi о‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy о‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qо‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yо‘li bilan erishiladi. Intensiv yо‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining о‘sishida, mahsulot sifatining oshishida о‘z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bо‘lgan yana bir korxona qurishga hojat yо‘q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bо‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qо‘shilgan tarzda bо‘ladi. Shu sababli kо‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy о‘sish turlari haqida sо‘z yuritiladi.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy о‘sish omillarini о‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy о‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar о‘z mazmuniga kо‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy о‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi notо‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar:

  1. mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;

  2. ishlab chiqarish omillarining har biri о‘zining keyingi qо‘shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qо‘shadi. Shunga kо‘ra, bunga javoban barcha keyingi qо‘shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;

  3. mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bо‘lgan resurslar о‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud;

  4. ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular о‘rtasida о‘zaro bir-birining о‘rnini bosish imkoniyati mavjud.

Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim yо‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yо‘l qо‘yadilar:

  1. ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki о‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga о‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va о‘sgan (kо‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;

  2. ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol о‘ynashini, qolganlari esa passiv rol о‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, о‘zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib о‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yо‘q bо‘lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi kelmaydi.

Neoklassik model kо‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va matematik CH.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb-Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining о‘sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
,
bu yerda:
Y – ishlab chiqarish hajmi;
K – kapital sarflari;
L – ishchi kuchi sarflari;
A, ,  - ishlab chiqarish funksiyasining koeffitsiyentlari:
A – mutanosiblik koeffitsiyenti;
 va  - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bо‘yicha elastiklik koeffitsiyenti.
Elastiklik koeffitsiyenti bir kо‘rsatkich miqdorining о‘zgarishi natijasida boshqa bir kо‘rsatkich miqdorining о‘zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga kо‘ra,  koeffitsiyenti kapital sarflarining 1%ga о‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga о‘sishini,  koeffitsiyenti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga о‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga о‘sishini kо‘rsatadi.  va ning yig‘indisi ishchi kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning о‘zida 1%ga о‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga о‘sishini kо‘rsatadi.
CH.Kobb va P.Duglas о‘z tadqiqotlarida AQSH qayta ishlash sanoatining 1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funksiyasining kо‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:
.
Bu kо‘rsatkichlar shuni anglatadiki, о‘sha davrda AQSH qayta ishlash sanoatida kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga oshishiga olib kelar ekan.
Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasini golland iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika taraqqiyoti kо‘rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funksiyasi formulasi quyidagi kо‘rinishni oldi:
,
bu yerda: yert – vaqt omili.
Ishlab chiqarish funksiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg‘unlashuvchi sifat о‘zgarishlari – ishchi kuchi malakasining о‘sishi, innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi.
Iqtisodiy о‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim YE.Domarning iqtisodiy о‘sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bо‘lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) ular neoklassik modellardan farqli о‘laroq bir omilli model hisoblanadi. YA’ni bu modellarda milliy daromadning о‘sishi faqat kapital jamg‘arishning funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir kо‘rsatuvchi ishchi kuchi bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining о‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbatiga bog‘liq bо‘lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi.
Neokeynscha modelda investitsiyalarning о‘sishi iqtisodiy о‘sish va uning sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning о‘sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiradi. О‘z navbatida daromadning о‘sishi bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investitsiya hajmining kо‘payishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning о‘sishi orqali tо‘liq ishga tushirilishi lozim.
Shunga kо‘ra, YE.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qо‘yiladi:


Yüklə 311,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin