Mavzu: tovar va uning xususiyatlari


O‘zbekistonda YaIM va asosiy tarmoqlar mahsulotlarining o‘sish sur’atlari



Yüklə 311,12 Kb.
səhifə9/12
tarix10.12.2023
ölçüsü311,12 Kb.
#139126
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi tovar — копия

O‘zbekistonda YaIM va asosiy tarmoqlar mahsulotlarining o‘sish sur’atlari oldingi yilga nisbatan % hisobida[9]



Ko‘rsatkichlar

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil

mlrd.
so‘m

o‘sish sur’ati,
%da

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati,
%da

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati,
%da

mlrd.
so‘m

o‘sish sur’ati,
%da

Yalpi ichki mahsulot

424 729

105,4

529 391

105,7

602 193

101,9

734 588

107,4

Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati

379 153

105,3

484 129

105,8

557 831

101,9

681 424

107,5

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

113 661

100,3

130 307

103,1

151 280

102,9

183 518

104,0

Sanoat

95 804

110,8

136 103

105,0

153 188

100,9

189 607

108,7

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash

20 057

126,5

31 338

99,4

22 619

78,0

28 869

110,7

Ishlab chiqaradigan sanoat

68 972

107,9

94 750

106,6

118 251

107,9

146 734

108,2

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash

5 870

103,1

9 055

105,1

11 220

106,8

12 633

113,0

Suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish

905

111,3

961

102,2

1 098

99,1

1 371

82,3

Qurilish

22 101

114,3

30 595

122,9

37 548

109,5

45 802

106,8

Xizmatlar

147 587

105,2

187 123

106,0

215 816

100,7

262 496

109,2

Mahsulotlarga sof soliqlar

45 576

105,9

45 263

104,7

44 362

101,6

53 164

106,7


Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) Ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya’ni uning unumdorligi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;
g) mexnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
О‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy о‘sishning yuqori darajasini yoqlab, uning о‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar о‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi о‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qо‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini kо‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy о‘sish oqibati bо‘lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining notо‘griligidan kelib chiqadi. Shunga kо‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.

II BOB. O`ZBEKISTONDA IQTISODIY O`SISH JARAYONLARI
2.1.О‘zbekistonda iqtisodiy о‘sish holati va tahlili
Respublikamizda hozirgi kunda texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlash-tirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat:

  • milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;

  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

  • iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;

  • xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;

  • eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;

  • yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy- iqtisodiy siyosati tubdan o‘zgardi. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiy rivojlanish, avvalo aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichga o‘tdi. 2021 yilda dunyo bo‘yicha ayrim mamlakatlarning iqtisodiyotlarida tiklanish jarayoni boshlangan bo‘lsa, ba’zi davlatlar pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozdan hali ham chiqib keta olganlari yo‘q. Global miqyosda davom etayotgan pandemiya hamda iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq mavhumliklar saqlanib qolayotgan shunday sharoitida, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘z vaqtida muvofiqlashtirilgan fiskal va monetar siyosat natijasida 7,4 foiz o‘sishni qayd etib, jadal ravishda tiklanishda davom etdi.

Shu bilan bir qatorda, 2021 yiilda iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari sanoat va xizmatlar sohasi bo‘lib, mos ravishda 9,2 va 8,7 foizga o‘sgan. Bundan tashqari, 2021 yilda qishloq xo‘jaligi 4,0 foizga hamda qurilish sohasi 6,8 foizga o‘sgan. Shuningdek, YaIMning 7,4 foizlik o‘sishining 3,3 foiz bandi xizmatlar va 2,2 foiz bandi sanoat sohasi hisobiga to‘g‘ri keladi. 2020 yilda pandemiya sababli, mazkur sohalarning iqtisodiy o‘sishdagi ulushi eng ko‘p kamaygan sohalar bo‘lgan. Qishloq ho‘jaligi iqtisodiyot o‘sishining 1,0 foiz bandini ta’minlagan bo‘lsa, sof soliqlar va qurilishga o‘sishning mos ravishda 0,5 foiz band va 0,4 foiz bandi to‘g‘ri keladi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kelgusi besh yilda aholi jon boshiga YaIMni 1,6 baravarga (1750 AQSh dollaridan 2800 dollargacha) ko‘paytirish, 2030 yilga borib aholi jon boshiga daromadlarni 4000 AQSh dollaridan oshirish va O‘zbekistonni “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kiritish yetakchi maqsad sifatida belgilandi.
Bunga erishish uchun “O‘rta muddatli daromadlar strategiyasi”ni ishlab chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, hujjat loyihasini joriy yilning 1 sentabriga qadar taqdim etish ko‘zda tutilgan. Strategiyada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyatsiya darajasini bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish maqsad qilingan. Buning uchun joriy yilda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognoz, shuningdek, iqtisodiy o‘sish darajasining o‘rtacha 6,5 foizdan yuqori bo‘lishini va inflyatsiyani 2024 yildan 5 foiz target ko‘rsatkichi darajasida ushlab turishni nazarda tutuvchi 2023- 2025 yillarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi ishlab chiqilmoqda
Kelgusi besh yilda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar davom ettiriladi. Strategiyada xususiy sektorning YaIMdagi ulushini 80 foizga, eksportdagi ulushini esa 60 foizga etkazish maqsadi qo‘yilgan bo‘lib, bu jarayon monopoliyaga qarshi faol siyosat bilan birgalikda olib boriladi.
Shu maqsadda joriy yilda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini liberallashtirish davom ettiriladi. Xususan, mashinasozlik, kimyo, neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya sanoati, transport sohalaridagi 23 ta yirik korxona joriy yil 21 martga qadar kapital bozorlariga mustaqil chiqish va xalqaro kredit reytinglarini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishi kerak. 2022- 2023 yillarda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda “Farg‘onaazot” AJ va “Dehqonobod kaliy kombinati” AJ xususiylashtiriladi. Xususiy biznesni rivojlantirish uchun respublika bo‘ylab qo‘shimcha 200 ta sanoat zonasi tashkil etilib, bunda zarur infratuzilmani etkazib berish va ularning har birida kamida 15 tadan korxonani joylashtirish ko‘zda tutilgan, buning uchun 2022 yilda byudjetdan 1,5 trln. so‘m ajratiladi. Sharoiti “og‘ir” hududlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan biznes subyektlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Ko‘kdala, Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor va Nishon tumanlarida, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bekobod tumanlarida soliq solishning yanada qulay sharoitlari joriy etiladi.
Joriy yilda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish maqsadida davlat kompaniyalarini xususiylashtirish yo‘li bilan 14 ta iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha mutlaq huquqlarni bekor qilish va bu sohalardagi monopoliyani tugatish rejalashtirilgan (aholi va ijtimoiy obyektlarga suyultirilgan gaz etkazib berish, rangli metall parchalarini ishlab chiqarish va sertifikatlashtirish xizmatlari va boshq). Energetika sohasida elektr energiyasini etkazib berishga monopoliya bekor qilinadi va ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda bozor mexanizmlari joriy etiladi. Shuningdek, neft-gaz sohasida transformatsiya jarayonlari jadallashadi. “O‘ztransgaz” AJ faqat gaz tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga aylantiriladi. “O‘zbekneftgaz” AJ tashkiliy-huquqiy tuzilmasi jahonning yetakchi neft-gaz kompaniyalari standartlariga muvofiqlashtiriladi. “Hududgazta’minot” AJ faoliyatiga, jumladan, iste’molchilarni gaz bilan ta’minlash tizimiga xususiy operatorlar jalb etiladi. Temir yo‘l sohasida xususiy transport operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, asosiy faoliyat turiga taalluqli bo‘lmagan aktivlar optimallashtiriladi va transport xarajatlari kamaytiriladi. “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar birlashtiriladi, davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish doirasi qonunchilik bilan aniq belgilab qo‘yiladi, tabiiy monopoliyalar holatini va bozordagi ustun mavqega egalikni aniqlash mezonlari kengaytiriladi, davlat ko‘magi shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan talablar belgilanadi va raqobatni chegaralash uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Iqtisodiy munosabatlarga erkin bozor tamoyillarini keng joriy etish uchun xomashyo etkazib berish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlarini shakllantirishda bozor mexanizmlariga to‘liq o‘tish, shuningdek, ayrim tovarlar uchun belgilangan ma’muriy narxlarni bosqichma- bosqich bekor qilish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Strategiya doirasida mamlakatdagi investitsiyaviy muhit ham izchil takomillashtirilib, 2026 yilga qadar xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb etish strategiyasi amalga oshiriladi. Kelgusi besh yilda 120 mlrd. dollar, shu jumladan, 70 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko‘zda tutilgan. Davlat-xususiy sheriklik asosida 14 mlrd. dollar miqdoridagi investitsiyalar jalb qilinadi. Joriy yilda Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida 2026 yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini ishlab chiqish, investitsiyalardan samarali foydalanish va “quyidan yuqoriga” tamoyili asosida eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha yangi tizimni yaratish ko‘zda tutilgan.
Hududlarning xorijiy davlatlar bilan, xususan, Sirdaryo viloyatining Xitoy bilan, Surxondaryo viloyatining Rossiya bilan, Jizzax viloyatining Hindiston bilan tashqi iqtisodiy aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, joriy yilda hududlarda Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish banki, Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi”, Navoiy kon- metallurgiya kombinatida “Biznesga ko‘maklashish markazi” tashkil etiladi. Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” o‘tkazib boriladi. Strategiyada raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” – iqtisodiy rivojlanish sohasiga aylantirish, uning hajmini kamida 2,5 baravarga oshirish rejalashtirilgan. 2026 yil yakuniga qadar ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizga, dasturiy ta’minot industriyasi hajmini 5 baravar, uning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 mln. AQSh dollariga etkazish maqsad qilingan. Bu yo‘nalishda joriy yilda raqamli infratuzilmani rivojlantirish hisobiga barcha turar-joy massivlari, ijtimoiy obyektlar va avtomobil yo‘llarini internetga keng polosali tezkor ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Iqtisodiyotning real sektori va moliya sohasida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha maqsadli dasturni tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Maqsadli dastur loyihalarini amalga oshirish hisobiga raqamlashtirish darajasi 30 foizga oshiriladi. Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT-klaster tashkil etiladi. Shuningdek, “2023-2030 yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqiladi va axborot texnologiyalari sohasida 700 nafar mutaxassis tayyorlanadi.
Eksportga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish orqali 2026 yilda eksport salohiyatini 30 mlrd. dollarga etkazishga alohida e’tibor qaratiladi. Eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimi takomillashtiriladi, buning hisobiga eksportchi korxonalar soni 6500 tadan 15000 taga, tovarlar eksporti geografiyasi esa yana 35 ta mamlakatga kengayib, 150 mamlakatga etishi kutilmoqda.
Joriy yilda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Eksportni rivojlantirish dasturi doirasida eksport hajmini 14 mlrd. dollarga etkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 32 foizdan 42 foizga ortadi, eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushi xomashyoni qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga 34 foizdan 24 foizga kamaytiriladi, xizmatlar eksporti hajmi esa 3,3 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Sanoatning har bir sektori uchun eksportni ko‘paytirish bo‘yicha ish rejalari ishlab chiqiladi, “Oyko-teks”, “Sedeks”, “BiEsSiAy”, “GOTS”, “ISO 9001” va boshqa xalqaro talablarga mos standartlar joriy etiladi, “H&M”, “ZARA”, “LC Waikiki”, “PUMA”, “Reebok”, “Uniqlo” kabi dunyoga mashhur brendlar mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun hamkorlikka jalb qilinadi, taniqli poyabzal brendlari buyurtmalarini jalb etish hisobiga 130 mln. dollarlik oyoq kiyimlar eksporti ta’minlanadi. Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Eksportda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida joriy yildan eksportchi korxonalarga kompensatsiya va kafilliklar hamda qo‘l mehnati mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonlari orqali eksport qilish xarajatlarini qoplash joriy etiladi. Bundan tashqari, yaqin xorij mamlakatlariga eksport qilinayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar uchun eksportchi korxonalar transport xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi ham qo‘llaniladi.
Strategiyada 2026 yilda qishloq xo‘jaligining yillik o‘sish sur’atlarini kamida 5 foizga etkazish va ushbu sektorda band bo‘lganlarning daromadini kamida 2 baravar oshirish ko‘zda tutilgan. Bunga tumanlarni aniq mahsulot turini etishtirishga ixtisoslashtirish, qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini joriy etish orqali erishish rejalashtirilgan. 2022 yilda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish hisobiga mahsulot tannarxini 30-35 foizga pasaytirish, paxtadan har gektardan o‘rtacha 37 tsentner va g‘alladan 70 tsentner hosil olishga erishish ko‘zlanmoqda.

Yüklə 311,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin