Mavzu: Traktor va transport vositalarining dvigatellarining krivoshipshatun
mexanizmi, tuzilishi va ishlashini o’rganish
Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilama-kaytma
xarakatini tirsakli
valning aylanma xarakatiga o’zgartirib beradi.
Krivoship-shatunli mexanizmi quydagilarga bo’linadi:
Harakatsiz
:— karter, silindrlar bloki, silindrlar, silindrlar golofkasi, prokladka va
paddon.
Harakatlanuvchi:
— porshenlar, porshen halqalari va barmoqlari, shatunlar, tirsakli
val va uning podshipniklari, maxovik.
Silindrlar bloki:
dvigatel skeletining asosiy elementi. Silindrlar bloki dvigatelning
asosiy bazis detali bo’lib u tuzilish jixatidan nisbatan murakkab xisoblanadi.
Shuning
uchun silindrlar blokini tayyorlash nisbatan qimmatga tushadi. Silindrlar blokini
ishlash muddatini oshirish maksadida yuk avtomobili
va ayrim yengil avtomobili
dvigatellarida uni gilzali kilib tayyorlanadi (1-rasm).
Silindr yuzalari, yeyilish natijasida, yaroksiz xolatga kelsa gilzalarni almashtirish bilan
silindrlar bloki qaytadan tiklanadi. Gilzalar yeyilishga chidamli, zanglamaydigan
legirli (xrom, nikel, molibden, mis) cho’yandan tayyorlanadi.
1-rasm. Silindrlar bloki
Silindrlar bloki golovkasi:
Deyarli
barcha karbyuratorli, injektorli dvigatellarda
silindrlar bloki golovkasi aluminiyli qotishmadan tayyorlanadi. Bunday golovkalar
yengil va issiklikni yaxshi o’tkazuvchan bo’ladi. Bunday xususiyat dvigatelning
siqish
darajasini, kuvvatini yonilgi tejamligini oshirish imkoniyatini beradi. Dizel
dvigatellarida silindrlar bloki golovkasi legirlangan cho’yandan tayyorlanadi.
Silindrlar golovkasining ichki qismi kavaksimon bo’lib, sovituvchi suyuklik uchun suv