Mavzu: Turk hoqonligi boshqaruv tizimi. Reja



Yüklə 43,28 Kb.
səhifə1/5
tarix25.09.2023
ölçüsü43,28 Kb.
#129351
  1   2   3   4   5
Turk hoqonligi2



Mavzu: Turk hoqonligi boshqaruv tizimi.
Reja

  1. Turk xoqonligining tashkil topishi v

  2. Boshqaruv tizimi

  3. Turk xoqonligiga oid manbalar va tadqiqotlar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Turk xoqonligi – Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk Xoqonligi (552—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik qilgan. Oʻzining eng ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha boʻlgan yerlarni boshqargan. Turk xoqonligiga doyr maʼlumotlar Urxun-Enasoy bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, soʻgʻd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida saqlanib qolgan. 6-asrning 2 yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar davlati hukm surardi.
Turk xoqonligining asoschilari boʻlmish turkiy Ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining jan. yon bagʻirlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi1.
Jujanlar qoʻl ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni yengadilar. Shu tariqa ogʻaini Bumin va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb eʼlon qiladi (qarang Bumin xoqon, Istami xoqon). 555 yilga kelib, Markaziy Osiyoning shimoliysharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 555 yildayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi O’zbek davlatchiligi tarixida turkiy hoqonlik davlati katta va muhim o’rinni egallaydi.2
Turkiy hoqonlik xususidagi ma’lumotlar yetarli bo’lsada, biroq ularning ko’pchiligi bir-biriga zid bo’lib, to’liq ma’lumotlar bermaydi. Birinchi navbatda VII-VIII asrlarda to’plangan manbalar ancha qimmatlidir.


  1. Asadov F. M., Arabskiye istochniki o tyurkax v rannem srednevekovye, Baku, 1993, 187s

  2. Abulg‘ozi. Shajarayi Turk.- T., “Cho‘lpon”, 2019-yil. 98s

Bular epigrafik yodgorliklar – O’rxun-Enasoy runik yozuvlari, Xitoyning «Tan xonadoni tarixi» VII-IX asrlar tarixiy manbasi, VI asr oxirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektori Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efseykiylarning tarixiy asarlaridir. Shuningdek, arab tarixchilari Tabariy, Denovariy (IX-X asr) o’lkamiz fo`zololaridan Abu Rayhon Beruniy, Narshaxiy (X asr) va boshqalar asarlarida ham uchraydi. «Alpomish», «Go’ro’g’li», «Manas»kabi umumturkiy xalq dostonlarida, shuningdek, Maxmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot tarixi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. 1999 yili Alpomishning 1000 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanib, Termizda qaxramon Alpomishga mahobatli haykal ham o’rnatildi.
Xitoy va boshqa manbalarida, turkiylarning eramizning 92 yilida Oltoy va
Tuvaga tutash hududlarda turkiy qabilalar, chunonchi Ashin, Arg’u, O’g’iz, O’tto`z tatar, Qarluq Kitan, Tolis, Turk, Uyg’ur, Duba va boshqa qabilalar yashaganlar.
VI asr boshlarida Oltoyda siyosiy jarayonlar faollashdi. O’sha paytda hozirgi Mo’g’uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jo’jan xonligi hukmronlik qilardi.




  1. Yüklə 43,28 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin