Mavzu: Turli materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi



Yüklə 21,74 Kb.
səhifə5/5
tarix25.11.2023
ölçüsü21,74 Kb.
#134237
1   2   3   4   5
Mavzu Turli materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish

Turli matcriallar bilan ishlash. Turli materiallar bilan ishlaganda chiqindi materiallari: po’kak, qutichalar, plastmassa idishlar va shu kabilardan foydalaniladi.
Mashg’ulotlarni rejalashtirish va materiallarni tanlashda mahalliy sharoitlar: o’lka iqlimi, tabiati, ishlab chiqarish korxonalari, xalq badiiy ustaxonalari va shu kabilarni e’tiborga olish kerak. Mashg’ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, ular bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o’stirisin, tasavvur qilishga o’rgatsin.
Turli materiallarning texnologik xususiyatlari shunday xilma-xilki, narsalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan narsaga bezak beruvchi material sifatida ham foydalanish mumkin.
Turli materiallardan o’yinchoqlar, yodgorliklar, ko’rgazmalar, ro’zg’or uchun foydali buyumlar va boshqa buyumlarni yaratish badiiy modellashtirishga yaqinlashib ketadi, bolaning estetik hissiyotlari va badiiy moyilliklarini o’stirishga yordam beradi.
Bu ishlarni bajarish jarayonida bolalar quyidagi malaka va ko’nikmalarni egallaydilar hamda mustahkamlaydilar:

  1. Turli tabiiy materiallar hamda ularni to’plash va saqlash qoidalari bilan tanishish. Atrof muhitni muhofaza qilish.

  2. Turli tabiiy materiallarga ishlov berish va mustahkamlash qoidalari.

  3. Buyum uchun atrof muhitdan obyekt tanlash.

  4. Predmetni tahlil qila bilish. Detallar uchun material, shuningdek ularga ishlov berish uchun asboblar tanlash.

  5. Mustaqillikni, fantaziyani namoyon qilish. Ijodiy qobiliyatlarni o’stirish.

  6. Boshqa materiallar bilan tanishish.

  7. Obrazlarni yaratishda konstruktorlik va ijodiy qobiliyatlarni o’stirish.

  8. Metallga ishlov berish asboblari bilan tanishish.

Jarayon bosqichlarini taqsimlay olishni, umumiy maqsadni hisobga olgan holda o’z faoliyatini rejalay olish qobiliyatini bolalarda shakllantirish uchun jamoaviy ishning turli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jamoaviy mehnat bolalarda jamoalik, do’stona munosabat, o’zaroyordam, birodarlikkurtaklarini shakllantiradi Jamoaviy mehnatning natijalari, ayniqsa kattalar tomonidan quvvatlanib bolalarga qanot bag’ishlaydi, ularni yangi buyumlar yasashga undaydi. Har bir ishga ko’tarinki ruhda kirishadilar. Shunday ekan, tarbiya va ta’lim jarayoni to’g’ri tashkil etilsa, turli tabiiy material bilan ishlash bolalarni barkamol o’stirishda samarali vosita bo’lib qoladi.




Yüklə 21,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin