Mavzu: ulug'vorlik



Yüklə 21,86 Kb.
səhifə1/2
tarix28.04.2022
ölçüsü21,86 Kb.
#115568
  1   2
Ulugvorlik kategoriyasi


Mavzu: ULUG'VORLIK

Reja:

  1. Estetik ulug’vorlik.

  2. Tabiatning ulug'vor manzarasi.

  3. Estetik ulug’vorlik kategoriyalari


Estetik kategoriyalardan yana bin — ulug'vorlikdir. Estetik ulug'vorlik — bu so'zsiz buyuk, sahnog'i bo'yicha ulkan hodisadir.

Ulug'vorlik kategoriyasi voqelikdagi aniq narsalar va hodisa-larni aks ettiradiki, ular tabiatda va jamiyat hayotida obyektiv mavjuddir.

Ulug'vorlikning namoyon bo'lish shakllari xilma-xildir. U be-had ulkan shaklning butun ulug'vorligini bevosita ifoda etishi mumkin bo'lgan (jo'shqin okean, zilzila, jang manzarasi), osmonning butun rang-barangligini, okean va dengizlarning sokin sathi va bepoyonligini, qudratli to'lqinlarning, tog'larning yuksak-ligini, vulqonlarning qaynashi manzarasini, qutb shu'lasini ko'rsatishi mumkin. Ulkan arxitektura inshootlari — Misr pira-midalari, Gotika uslubida qurilgan ibodatxonalar, O'rta Osiyo va Hindistondagi tarixiy yodgorliklar ulug'vorlikka misol bo'la oladi.

Ulug'vorlik haykaltaroshlikda, poetik asarlarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Ulug'vorlik — ijtimoiy hayotdagi buyuk tarixiy voqealar, jang manzaralari, xalq bayramlari, insonning tabiat ofatlari bilan kurashini aks ettiruvchi manzaralarda namoyon bo'ladi.

Ulug'vorlik — estetik va axloqiy sifatlar kasb etib, hayotda ko'p qo'llaniladigan estetik tushunchadir. Qadimda estetikada «ulug'vorlik» iborasi o'zining tantanaliligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan nutqning alohida uslubini tavsiflash uchun ishlatilgan. Ulug'vorlik muammosiga estetik yondoshishni «Ulug'vorlik to'g'risida»gi risola bilan bog'laydilarva uni III asr notig'i Longin yozgan, deb taxmin qiladilar.

Mazkur risolada ulug'vorlikning inson ruhiga qanday ta'sir o'tkazishi mumkinligi masalasiga katta e'tibor berilgan. Risola muaffifi ulug'vorlikni nutq go'zalligi bilan bog'lanib ketgan odatdan tashqari fikrlar va ehtiroslar sifatida tushunib, u inson his-tuyg'ulariga ta'sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuch, deb uqtiradi.


Yüklə 21,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin