IG N A T E R IL IL A R - ECHINODERMAТА T IP I dengiz yulduzlarida bitta asosiy ekmonerval (oral) va ikkita qo`shimcha giponevral va aboral nerv sistemalari bo`ladi. Asosiy ektonevral nerv sistemasi og`izoldi nerv xalqasi va undan nurlar bo`ylab ketadigan 5 yoki undan ko`proq radial nervlardan iborat. Bu nerv sistemasidan chuqurroqda giponevral sistemasi joylashgan. Aboral nerv sistemasi esa markaziy diskning aboral tomonida tselom epiteliysi ostida joylashgan nerv xalqasidan va undan tarqaladigan radial nervlardan iborat. Ektonevral sistemasi asosan sezgi vazifasini bajaradi. Birmuncha kam rivojlangan giponevral va aboral nerv sistemalari esa xayvon xarakattini boshqarib turish uchun xizmat qiladi. Nerv s istemasi va sezgi o rg a n la r i . Nerv sistemasining eng asosiy qismi halqum atrofida joylashgan nerv halqasidan va undan nurlar bo'ylab ketuvchi radial nerv tomirlaridan iborat. Nurlarning uchki qismida ko'zchalari joylashgan. Ko'zchalari yordamida yorug'likni sezadi. Oyoqchalari tuyg'u vazifasini ham bajaradi. Dengiz yulduzlari kuchli yorug'likdan qochishga harakat qiladi. Ular hidni yaxshi ajratadi. O'ljasini uning hidiga qarab oson to'padi.Dengiz yulduzlarida regeneratsiya xususiyati yaxshi rivojlangan. Ular tanasining jarohatlangan yoki uzilgan qismini tiklash xususiyatiga ega. Dengiz yulduzining bitta ayrim sho'lasidan ham bir butun organizm rivojlanib chiqadi.Nerv sistemasining asosiy qismi oral qutbdagi ektonevral nerv sistemasi va qo’shimcha giponevral va aboral nerv sistemalaridan iborat. Sezgi organlari past taraqqiy etgan. Ambulakral oyoqlar va nurlarni uchki qismida kalta paypaslagichlar tuyg’u vazifasini bajaradi. Nurlarning uchidagi paypaslagichlari asosida bittadan oddiy ko’zlari maxsus ko’z chuqurchasida joylashgan. Ular yorug’likni sezadi. Hid bilish xususiyati mavjud.
GOLOTURIYALAR, YANI DENGIZ KO`ZACHALARI. Nerv sistemasi dengiz yulduzlarinikiga o`xshaydi. Lekin endonevral sistemasi bo`lmaydi. Paypaslagichlari tuyg`u azosi xisoblanadi. Ko`zlari bo`lmaydi. Ayrim goloturiyalarda statotsitlar bo`ladi.