Asosiy qisim. 1,Gidrasimonlar nerv sistemas i Nurli simmetriya haqida fikr yuritilar ekan, bunday xususiyat bo’shliqichlilarning tuban taraqqiy etganligini, organ va to’qimalarning past darajada ixtisoslashganligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo’lsa ham bo’shliqichlilarning turli guruhlarida turlicha rivojlangan nerv sistemasi shakllangan. Ushbu nerv sistema diffuz tuzilishida. Ayrim guruhlarida ektodermada joylashgan nerv hujayralari o’zaro birlashib ma’lum kattalikdagi nerv tugunchalarini hosil qilgan,.
Gidraning Ektoderma qavati asosida uzun o‘simtali yulduzsimon hujayralar ham uchraydi. Nerv hujayralari tana bo'ylab tarqoq joylashgan. Nerv hujayralarining uzun o'simtalari bir-biri bilan tutashib, nerv to‘rini hosil qiladi. Nerv hujayralarining o'simtalari teri- muskul otuvchujayralar bilan ham tutashadi. Nerv hujayralari yordamida gidra mexanik ta’sir, suvning harorati, kimyoviy tarkibining o‘zgarishini va boshqa ta’sirlarini sezadi. Ektodermaning epiteliy hujayralari ostida yulduzsimon o’simtali nerv hujayralari bo’lib, ular o’simtalari yordamida o’zaro birlashib, ektodermani subepitelial yuzasida nerv sistemasini hosil qiladi. Gidrada bunday nerv sistema ancha sodda tuzilgan bo’lib, u diffuz nerv sistemasi deyiladi. Lekin shunday bo’lsa ham gidrada og’iz atrofida va tanada oddiy nerv tugunchalari shakllanganligini ko’rish mumkin.
Sifoid meduzalar sinfida.Nerv hujayralari. Meduzalarning nerv hujayralari soyabon chetida to'planib, nerv tugunlarini hosil qiladi. Ular yorug'lik, suv bosimi va hidni sezadi. Meduzalarning dovul ko'tarilishini oldindan payqash xususiyatidan foydalanib, dovul to'g'risida oldinroq xabar qiluvchi «Meduza qulog'i' asbobi ixtiro etilgan .Meduzalarning nerv sistemasi poliplarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan bo`lib , tanasida tarqoq joylashgan narv xujayralari bilan birga soyabon chetida nerv xujayralari to`plamidan iborat nerv tugunlari , yani gangliylar xam bo`ladi .Nerv gangliylari nerv xujayralari o`simtalari bilan birga yaxlit nerv xalqasini xosil qiladi . Nerv xalqasi soyabon yelkanchasi muskullari va sezgi azolari ishini boshqaradi.