TAROQLILAR (CTENOPHORA) TIPI Taroqlilar nerv sistemasi ektodermada joylashgan nerv to`ridan iborat . nerv xujayralari taraqsimon pilastinkalar ostida tig`iz joylashib , aboral tomonga yo`nalgan nerv zanjirini xosil qiladi . aboral organ murakkab tuzilgan statotstdan iborat. Uning statoliti kalsiy karbonat zarrachasidan iborat bo`lib, kiprikchalarining bir –biriga yopishishidan xosil bo`lgan to`rtta kamarcha osilib turadi. Ustki tomondan statolit qopqoqcha bilan bekilgan. Statolit kamarlaridan chiqadigan to`rtta egatcha dixatomik shoxlanib , sakkizga taroqsimon pilastinkalarga keladi. Aboral organ tana muozanatini saqlash va xarakatni boshqarish vazifasini bajaradi.
Asosiy qisim: 2.chuvalchanglar nerv sistemasi YASSI CHUVALCHANGLAR TIPI – PLATHELMINTES Planariya nerv sistemasi narvon tipida tuzilgan. Nerv hujayralari gavdasi oldingi tomonida to'planib, ikkita nerv tuguni - gangliylarni hosil qiladi. Bu nerv tugunlaridan gavdaning keyingi tomoniga ikkita nerv stvoli chiqadi. Har qaysi nerv stvoli nerv tolalari va nerv hujayralaridan tashkil to'pgan. Nerv stvoli ko‘ndalang nerv tolalari orqali o'zaro qoshilib, narvon shaklini hosil qiladi. Nerv tugunlari va stvollaridan tananing hamma qismiga nervlar ketadi. Avniqsa tananing oldingi tomonidagi paypaslagichlari va ko‘zlarida nervlar ko'p .Nerv sistemasi ortogon tipda, ya’ni u bir juft bosh nerv tugunidan va undan chiquvchi bir nechta bo’ylama nerv tolalaridan iborat. Bo’ylama nerv tolalari o’zaro halqa ko’rinishidagi ko’ndalang komissuralar bilan tutashgan. Nerv sistemasi bosh tomonga yaqin joylashgan bir juft nerv tuguni va undan tananing keyingi uchiga qarab ketuvchi nerv tolalaridan iborat. Ushbu tolalar ko’ndalang komissuralar yordamida bir-biri bilan qo’shilib ,panjara yoki narvonga o`xshash shakilga ega bo`ladi. Nerv sistemasining barcha yassi chuvalchanglarga xos bo`lgan bu tipi ortogon deyiladi.
1-rasim KIPRIKLI CHUVALCHANGLARNING TERIDAGI SEZISH NERV UCHLARINING JOYLASHISHI.