1-nerv xyjayra bilan bog`langan sezgir tuklar 2- nerv xujayralar 3- nerv xujayrasi o`simtasi 4- miya gangliyasi 5-kiprikli epiteliy SO’RG’ICHLILAR SINFI – TREMATODANerv sistemasi tipik ortogon tuzilishda.Bir juft miyya gangiliylaridan xamda ulardan oldinga vaorqaga ketgan uch juft bo`ylama nervlardan iborat. Nervlar ko`ndalang nerv tolalari bilan qo`shilgan bo`ylama nervlar orasida, ayniqsa , qorin nervlari yaxshi rivojlangan. Sezgi organlari ancha past tarraqqiy qilgan. Jigar qurtining ajratish organlari va nerv sistemasini tuzilishi boshqa yassi chuvalchanglarnikiga o’xshaydi. Lekin endoparazitlik bilan hayot kechirish tarzi nerv sistemasi kiprikli chuvalchanglarnikidan ancha past taraqqiy etgan. TASMASIMON CHUVALCHANGLAR SINFI – CESTODA Tasmasimon chuvalchanglar xo’jayinining ichak sistemasida (tayyor oziqa orasida) yashab, butun tanasi orqali oziqani so’rib oziqlanishga moslashgan. Shu sababli ularning ichak sistemasi reduksiyalangan. Nerv sistemasi va sezgi organlari ancha past taraqqiy etgan.markaziy nerv sistemasi bir juft miyya gangliylaridan va ulardan tana bo`ylab ketadigan nerv stvollaridan ibora
TO’GARAK CHUVALCHANGLAR TIPI – NEMATHELMINTES To`garak chuvalchanglarning nerv sistemalari oq planariyanikiga o'xshash tuzilgan. Qizilo'ngachini o‘rab turadigan nerv halqasidan tananing oldingi (lablarga) va orqa tomoniga nerv stvollari chiqadi. Bo'ylama nerv stvollari ko‘ndalang nervlar yordamida o'zaro tutushib turadi. Sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Nerv halqasi va nerv stvollaridan turli organlarga nervlar chiqadi. Nerv sistemasi ortogon tuzilishda. U xalqumni o’rab oluvchi nerv halqasidan, undan gavdaning oldingi va keyingi uchlariga bir necha bo’ylama (ikki yon, orqa va qorin) nerv tolalari boradi. Orqa va qorin nerv tolalari gipoderma valiklari ichidan o’tadi. Bo’ylama nerv tolalari ko’ndalang komissuralar yordamida o’zaro birlashgan.
NEMATODALAR ,YANI XAQIQIY TO`GARAK CHUVALCHANGLAR (NEMATODA) SINFI Markaziy nerv sistemasi xalqumni o`rab turadigan nerv xalqasi, undan tana bo`ylab oldinga va orqaga ketadigan oltita nerv stvolidan iborat . ulardan gipodermaning orqa va yon valiklari bo`ylab joylashgan ikkitasi boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan bo`lib , asosiy stvollar deyiladi. Bu stvollar ko`ndalang nervlar- komissuralar orqali o`zaro bog`langan. Tuproqda erkin yashaydigan parazid nematodalarning sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan.Odatda tuyg`u organlari vazifasini papilalar shaklidagi sezgi do`mboqchalari yoki qillqr bajaradi. Tuyg`u papilalari ogiz atrofida , erkak nematodalarning dum qismida xam joylashgan. Boshining ikki yonida qadaxsimon sipiralsimon botiq yoki tirqishga o`xshash amfidlar- kimyoviy sezgi organlari joylashgan. Amfidlar va papidalar erkak nematodalarda yaxshi rivojlangan. Ayrim dengiz nematodalaridapigment dog`dan iborat oddiy ko`zcha xam bo`ladi.