Askaridaning nerv sistemasi tomoq oldi nerv halqasidan, undan tananing oldingi va orqa uchlariga boruvchi bo’ylama nerv tolalaridan iborat. Qorin va orqa nerv tolalari gipodermaning qorin va orqa valiklari ichidan o’tadi. (4-rasim)
2-rasim ASKARIDANING NERV SISTEMASI 1-og`izoldi so`rg`ichlari va nervlari 2- xalqum nerv xalqasi 3- yon nerv gangliylari 4- qorin nerv gangliysi 5- yon nerv 6- xalqa nervlar 7- orqa gangliy 8- sezgir so`rg`ichlar va nervlar 9- anal teshik 10- orqa nerv.
NEMIRTINALAR (NEMERTINI) TIPI Nerv sistemasi yaxshi rivojlangan . markaziy nerv sistemasi ikki juft miya gangliylaridan va ular bilan bog`langan nerv stvollaridan iborat. Bir juft tserebral gangliy xartum qini ustida, ikkinchi jufti qinning ostida joylashgan . Odatda miyya ustida 2,4 ta yoki undan ko`proq invertinlangan ko`zchalar yorug`likni sezadi.
XALQALI CHUVALCHANGLAR (ANNELIDES) TIPI Xalqali chuvalchanglar 2 ta kenja tipga bo`linadi.
Belbog`sizlar (aclitellata) kenja tipi
Belboqlilar (clitellata) kenja tipiga
Belboqsizlar kenja tipiga ko`ptuklilar (polycheta)lar sinfi kiradi bu sinfga kiruvchi organizimlarning nerv sistemasi ning markaziy qismi bir juft bosh gangiliylari , ulardan chiqib, xalqumni aylanib o`tadigan ikkita xalqum atrofi konnektivlar va bir juft qorin nerv stvolidan iborat. Ikkita xar xil gangiliylarni birlashtiradigan nerv stvollari konnektivalar, bitta sigmentdagi gangiliylarni birlashtiradigan nerv stvollari konnektivlar , bitta sigmentdagi gagiliylarni birlashtiradigan nerv stvollari esa kommisuralar bo`ladi. Tuban ko`ptuklilarda qorin nerv stvollari bir- biridanuzoqroq turadi, ularning nerv xujayralari bir tekkis joylashgan . birmuncha murakkab tuzilgan ko`ptuklilarda qorin nerv stvollari o`zaro yaqinlashgan bo`lib, ularda xar bir segment qarshisida bittadan nerv xujayralar to`plami , yani gangiloz xujayralar to`plami xosil bo`ladi .Ikkita gangiliylar ko`ndalang bog` -komissura bilan bog`lanadi. Bunday nerv sistema nerv narvoni deyiladi.Ko`pchilik ko`ptuklilarda nerv stvollari yanada ko`proq yaqinlashib , xar bir sigmentdagi gangliylar birga qo`shilib ketadi. Nerv stvollari aloxida bo`lib qoladi yoki birga qo`shilib ketadi. Bunday nerv sistemasi qorin nerv zanjiri deyiladi. Markaziy nerv sistemasidan turli organlarga juda ko`p nervlar chiqadi. Bosh miyadan antennalar, palpalar va ko`zlarga; qorin nerv zanjiri gangliylaridan o`sha segmentga joylashgan organlarga nervlar chiqadi. Belboqlilar kenja tipiga kamtuklilar (oligocheta)sinfi kiradi.Bularning nerv sistemasi boshqa xalqalilarnikiga o`xshab , bir juft xalqum usti gangiliylari , xalqum atrofi konnektivlar va qorin nerv zanjiridan iborat. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan . ko`zlar bo`lmaydi , yomg`ir chuvalchnglari terisi yuzasiga yorug`likka juda sezgir xujayralar bo`ladi. nerv sistemasi esa halqum usti va halqum osti nerv tugunlari, halqum atrofidagi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Tana ning oldingi qismidagi nerv hujayralari to'planib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hos;i qiladi . Bu nerv tugunlarini halqumni ikki tomondan aylanib o'tadigan halqa nerv tolalari birlashtirib turadi. Halqum osti nerv tuguni qorin bo'ylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo'g'ini to'g'risida bittadan kichikroq nerv tugur.lari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi. Tanasining oldingi tomonida yirik halqum usti va halqum osti nerv tugunlari joylashgan. Bu tugunlar halqumni aylanib o‘tadigan halqa tomiri bilan tutashgan. Halqum osti nerv tugunidan qorin bo'ylab ikkita yirik nerv tomirlari ketadi. Bu tomirlarda har bir tana bo'g'imida bittadan nerv tugunlari joylashgan. Shunday qilib, nerv sistemasining ko'rinishi zanjirga o'xshash bo'ladi. Shu sababli halqali chuvalchanglarning nerv sistemasi qorin nerv zanjiri tipida tuzilgan bo'ladi. Yomg'ir chuvalchanglarida maxsus sezgi organlari bo'lmaydi. Ular terisidagi sezgir nerv hujayralari yordamida mexanik ta’sirni va yorug'likni sezadi. Yomg'ir chuvalchangi tashqi ta’sirga javoban birmuncha murakkab reflekslar hosil qiladi. Nerv sistemasi qorin nerv zanjiri ko’rinishida. Ushbu sistema juft tomoq usti nerv gangliysi, tomoq atrofi nerv halqasidan va qorin tomonida halqum osti nerv tugunlari va undan qorin bo’ylab ketuvchi qorin nerv zanjiridan iborat.
3-rasim Narvon tipi B-qorin nerv zanjiri
1-bosh gangliysi 2- xalqum yoki stvollar 3- bo`ylama stvollar 4- 5 qorin nerv zanjiridagi gangliylar.
Nerv sistemasi tomoqning oldingi qismidagi juft halqum usti nerv tugunidan boshlanadi. Ushbu nerv tugunidan chiqadigan ikkita konnektiva tomoqni ikki tomonidan aylanib o’tib, tomoq osti nerv tuguni bilan qo’shiladi. Shunday qilib, tomoq usti va tomoq osti nerv tugunlari va ularni bog’lovchi konnektivalar chuvalchangni markaziy nerv sistemasini hosil qiladi. Tomoq osti nerv tugunidan boshlanadigan juft bo’ylama qorin nerv tolalari har bir segmentdagi nerv tugunchalarining komissuralar yordamida o’zaro qo’shilishidan zanjir ko’rinishidagi nerv sistemani hosil qiladi.