Monoplakoforalarning nerv sistemasi yonbosh nervlilarnikiga o`xshash tuzilgan bo`lib. Boshida bir juft paypaslagichlar, ulardan oprqaroqda bir juft kimyoviy sezgi organlari bo`ladi.
Ik k i pallali molluskalar - Bivalvia sinfi Nerv sistemasi uch juft tugunlardan hamda ularni birlashtiruvchi komissura va konnektivalardan iborat. Nerv tugunlarining birinchi jufti bosh (serebral) gangliylar, og’izning ikki yon tomonini, ikkinchi jufti oyoqni (pedal) va uchinchi juftivisseral gangliy tananing keyingi qismidagi yopuvchi muskullar ostida joylashgan bo’lib, ichki organlarni nerv bilan taminlaydi(7-rasim). Nerv sistemasi kam harakat boiganligi sababli yaxshi rivojlanmagan; uch juft nerv tugunchalaridan tashkil to'pgan bo‘lib, tarqoq joylashgan. Nerv tugunlaridan biri chig‘anoq pallalarini yopuvchi oldingi muskulning ostida, ikkinchisi keyingi yopuvchi muskul ostida, uchinchisi oyoq ostida joylashgan. Bu tugunchalar uzun tortma orqali o‘zaro birlashgan. Ulardan -turli organlarga nerv tomirlari boradi. Baqachanoqning bosh paypaslagichlari va ko'zi bo‘lmaydi. Sezgi organlari muvozanat saqlash, kimyoviy sezish va tuyg‘u organlaridan iborat.
4-rasim Ikki pallali mollyuskalarining nerv sistemasi.
1 – serebral gangliy, 2 – pedal gangliy, 3 – plevral gangliy, 4 – visseropariyetal gangliy. Qorinoyoqli molluskalar - Gastropoda sinfi .Tuban tuzilgan vakillarining nerv sistemasi yonbosh nervlilarnikiga o`xshash bo`lib nerv gangliylari bo`lmaydi yoki gangliylar juda kuchsiz rivojlangan. Nerv xujayralari esa nerv tomirlari bo`ylabjoylashgan. Yuksak qorin oyoqlilarda nervxujayralari nerv tomirining malum joytida to`planib, bir necha nerv tugunlarini xosil qiladi. Oldjabrali qorinoyoqlilarda besht juft nerv gangliylari bo`ladi. Shu jumladan birinchi juft tserebral gangliylar xalqum ustida, ikkinchi juft pedal gangliylar oyog`ininhg oldingiqismida, uchinchi juft plevral gangliylar pedal ganglilar ustida, to`rtinchi juft vistseral gangliylar orqa ichkning ostida, beshinchi juft parietal gangliylar esa plevrabestseral nerv stvolining orqasida joylashgan. Nerv gangliylari o`zaro nerv stvollari orqali tutashgan. Bir xil nomlangan nerv gangliylarini tutashtirib turuvchinerv stvollari komissuralar, xar xil nerv gangliylarini qo`shib turuvchi nerv tolalari esa konnektivlar deyiladi. Qorinoyoqlilarda ko`rsatib o`tilgan besh juft gangliylardan tashqari qo`shimcha organlar ishini boshqarib turadigan qo`shimcha gangliylar bo`ladi. Tserbral gangliylar ko`zlani , statotsitlar, xalqum va paypaslagichlarni, pedal oyoq muskullarini, plevral mantiyani, parietal ktenidiy va osfaradiylarni va vistseral gangliylar esa ichki organlar ishini idora qilib turadi.