5-rasim Molyuska nerv sistemasi. Xelitseralilar kenja tipiga mansub o`rgamchaksimonlar sinfi vakillarininhg xam nerv sistemasi o`ziga xos tuzilgan bo`lib, bosh miyasi ko`zlarini idoraqilib turadigan oldingi bo`lim prototserebum va xeliitsserani idora qiladigan keying bo`lim tritotserebumdan iborat. Miyaning oraliq bo`limi deytrotserebrum rivojlanmagan. Qorin nerv zanjirining tuzilishi tana bo`g`imlarining rivojlanishiga mos keladi tanasi ko`p bo`g`imli vakillari (masalan chayon) da qorin nerv zanjirining ko`krak bo`limidagi nerv tugunlari birga qo`shilib , yirik bosh ko`krak tugunini xosil qiladi. Qorin bo`limida 7 ta kichikroq nerv tugunlari bo`ladi. Qorin bo`limidagi bo`g`imlar sonining kamayishi nerv tugunlarining kontsentratsiyalariga sabab bo`ladi. O`rgimhaklarda barcha nerv tugunlari bosh ko`krak nerv tugunlari bilan qo`shilib ketadi. Kanalarda tana bo`limlari birlashib ketishi tufayli qorin nerv zanjirining barcha tugunlari bosh miya bilan birga, qo`shilib , umumiy yirik nerv massasini xosil qiladi. O`rgamchaksimonlar pedipalpasida mexanik tasirga sezgir juda ko`p tukchalar joylashgan. Pedipalpalar , oyoqlar va tana sirtida joylashgan maxsus tukchalar xavoning tebranishini qabul qiladi. Kimyoviy sezgi , xid bilish vqzifasini lipasimon organ bajaradi. Bu organ kutikulada joylashgan tor chuqurchadan iborat. Chuqurchaning tubiga nerv uchlari kelib tutashadi. Ko`pchilik o`rgamchaksimonlarning 12, 8, 6 juftdan ko`zlar bor. Ko`zlar bosh ko`krakning orqa qismida joylashgan. Chayonlar o`z juftini bir necha cm naridan, ayrim o`rgamchaklar esa 20-30 cm dan tanib oladi.
T ra x e v a l i la r - Tracheata kenja tipi Ko‘p o y o q l i la r - Myriapoda sinfi Nerv sistemasi bosh miya, ya’ni halqum usti gangliysi, halqumni o'rab olgan konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Bosh miya murakkab tuzilgan. Undan antennalar, ko'zlar va boshqa organlarga nervlar chiqadi. Qorin nerv zanjiri boshda joylashgan halqumosti hamda qator bo'lib joylashgan tana gangliylaridan iborat. Qorin nerv gangliylari har bir bo'g'imda bir juftdan bo'ladi. Halqumosti gangliysidan og'iz organlariga, nerv tugunlaridan organlarga nervlar chiqadi. Ikki ju f t oyoqlilarning oldingi tana bo'g'imlarida bir juft, qolgan bo'g'imlarida ikki ju ftdan nerv gangliylari bo'ladi.
Asosiy qisim:
5.Hshorotlar nerv sistemasi.