Mavzu: Valyuta kursi


Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar



Yüklə 5 Mb.
səhifə5/15
tarix15.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#132561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Микро. Макро. Курс иши намуна word

Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar


Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar (797 mln. AQSH dollariga) oshdi.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 1,7 mlrd. AQSH dollari sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos nisbatan 3,1 barobar o‘sdi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 2,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 160 mln. AQSH dollariga kamaydi. Bunda joriy yilning iyun oyida pul o‘tkazmalari hajmi may oyiga nisbatan 27 foizga o‘sib, 621 mln. AQSH dollarni tashkil etdi.
2020 yil yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi (mln. AQSH doll.)

5-rasm. Chet el valyutasi taklifi


2020 yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi (Markaziy bank intervensiyalarini hisobga olmagan holda) 4,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga kamaydi.Hisobot davrida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2,7 mlrd. AQSH dollari sotilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi (2,8 mlrd. AQSH dollari).

6-rasm. Ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari ulushi (foizlarda)


Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zahiralarining neytralligi prinsipiga asoslangan holda amalga oshirildi.


Joriy yil boshidan Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga 2,2 mlrd. AQSH dollari hajmida intervensiya amalga oshirilib, mazkur davrda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida bo‘ldi.

2019-2020 yillar yanvar-iyun oylarida valyuta birjasida amalga oshirilgan operatsiyalar va Markaziy bank intervensiyalari hajmi (mln.



Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin