Mavzu: Valyuta kursi


-rasm. valyuta siyosatining tarkibi



Yüklə 5 Mb.
səhifə7/15
tarix15.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#132561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Микро. Макро. Курс иши намуна word

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bular

10-rasm. valyuta siyosatining tarkibi


Chizmadan ko’ rinib turibdiki, valyuta siyosati maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagi shakllarda namoyon bo’ ladi:
diskont siyosati;– deviz siyosati.
Diskont (foiz stavkasi) siyosati – Markaziy bank hisob stavkasini o’ zgartirish yo’ li bilan milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida amalga oshiradigan valyuta siyosati shaklidir.
Deviz siyosati Markaziy bank tomonidan xorijiy valyuta (deviz) ning oldi- sotdisi orqali milliy valyuta kursiga ta’sir o’ tkazish metodidir.
Markaziy bank milliy valyuta kursini oshirish uchun chet el valyutasini ayirboshlaydi va aksincha, milliy valyuta kursini tushirish maqsadida chet el valyutasini sotib oladi. Deviz siyosatining milliy valyuta kursiga ta’sir etishining quyidagi instrumentlari mavjud.

Bular:


  • valyuta intervensiyasi;
  • devalvatsiya;


  • revalvatsiya;
  • valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash.


valyuta intervensiyasi Markaziy bank deviz siyosatining keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki aksincha, sotish valyuta intervensiyasi deyiladi.
Hozirgi davrda valyuta intervensiyasidan ko’ zlangan asosiy maqsad valyuta kursining qisqa vaqt oralig’ ida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berish hisoblanadi.
Deviz siyosatining instrumentlaridan yana biri devalvatsiyadir. Devalvatsiya

  • (lotincha so’ zdan olingan bo’ lib, «qadrining tushishi» degan ma’noni anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadri tushishidir. Inflyatsiyaning kuchayishi va mamlakat to’ lov balansining salbiy qoldiqqa ega bo’ lishi devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab hisoblanadi. Uning yuzaga kelishida quyidagi 2 xil sabab qayd qilinadi:

    • eksportni rag’ batlantirish;

    • milliy valyutaning rasmiy kursi bilan uning real xarid quv-vati o’ rtasida sezilarli tafovutning paydo bo’ lishi.

Revalvatsiya – (lotincha so’ zdan olingan bo’ lib, «qadrini oshirish» ma’nosini anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutalariga erkin, xalqaro hisob- kitob pul birliklariga nisbatan qadrining oshishidir. Uning kelib chiqishiga sabab inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo’ lishi va uzoq vaqt davomida mamlakat to’ lov balansining aktiv qoldiqqa ega bo’ lishi, milliy firma va kompaniyalarning jahon savdo bozorida raqobatbardoshligidadir.
Jahon amaliyotida revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan kam qo’ llaniladi, bu jarayonni faqat dunyoning eng rivojlangan industrial mamlakatlari amaliyotidagina uchratish mumkin.
Deviz siyosatining yana bir muhim instrumentlaridan biri – bu valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilishdir.
valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilish deganda bir vaqtning o’zida bir necha valyutada rezervlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu valyuta rezervlarining tarkibi barqaror bo’ lgan valyutalar hisobidangina amalga oshiriladi.



      1. Yüklə 5 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin