Vahhobiylik. Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan dini-siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd o’lkasining al-‘Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o’z otasi rahbarligida o’rgana boshladi. U an`anaga ko’ra, Qur`onni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Kurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo’lib, ko’pincha ulamolar suhbatida o’zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o’z targ’botchilik faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o’ziga munosib homiy topish bo’ldi.
1745 yili Muhammad ibn Abd al-Vahhob ad-Dir‘iyya vodiysiga uning amiri Muhammad ibn Sa‘ud taklifiga binoan ko’chib o’tdi. Bu bilan Muhammad ibn Sa‘ud o’z hokimiyatini kuchaytirishda vahhobiylikdek mafkuraviy qurolga ega bo’ldi. Vahhobiylar o’zlari xohlagan jamoani kufrda yoki shirkda ayblashlari va unga qarshi jihod e`lon qilishlari mumkin edi. Ibn Sa‘ud esa bu jihodni amalga oshirib, o’z hokimiyati chegaralarini kengaytirishni boshladi. Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1792 yili vafot etdi. Ibn Sa‘ud va uning sulolasi vahhobiylik bayrog’i ostida olib borgan urushlari 1932 yilda Saudiya Arabistoni davlatining tuzilishi bilan yakunlandi.
Vahhobiylik ta`limoti diniy masalalarda din fundamenti, ya`ni Payg’ambar davri voqeiyliklariga qaytishni talab etdi. Ular barcha muxoliflarini bid`atchilikda, ya`ni dinga yangilik kiritganlikda aybladilar, o’zlarining siyosiy dushmanlarini esa mushriklikda ayblab, ularga qarshi jihod olib borishga fatvo berdilar. Axloqiy masalalarda nazariy jihatdan, garchi shaxsiy kamtarlik, mol-mulkka hirs qo’ymaslik, dunyoviy hayotda toat-ibodatga aksariyat vaqtni sarflashni targ’ib qilsalarda, lekin amalda saroy ahlining bosqinchilik urushlari qo’shni qabilalar mol-mulklarini talash oqibatida gap bilan amal o’rtasida ziddiyat paydo bo’ldi.
Vahhobiylik harakatlari Usmoniylar imperiyasi (1453-1924) hududlarida vujudga kelganligi va imperiya bilan bu harakat o’rtasida bir necha qonli to’qnashuvlar yuz berganligi tufayli bu oqimda turk islomiga qarshi bo’lgan kuchli kayfiyat o’z aksini topdi. Imperiyaning markaziy hududlarida hanafiylik mazhabi mutlaq hukmron mavqega ega bo’lganligi uchun mazkur maktab qoidalari qattiq tanqid qilindi.
Shuningdek, vahhobiylik harakati mafkurasining markazida avvaliga Arabiston erlarini birlashtirish orqali, keyinchalik butun islom dunyosida islom davlatini shakllantirish g’oyasi ham mavjud edi. Ular bu maqsad yo’lida har qanday qurbonliklarga tayyor edilar.
Vahhobiylarning chet ellarda ko’plab tashkilotlari bo’lib, ular faol harakat olib boradilar. Ularning ko’pchiligi yashirin siyosiy faoliyat olib boradi. Ish uslublari - diniy hissiyotlari kuchli bo’lgan fuqarolarni jamiyatlariga tortib, ularni qayta tarbiyalash, so’ng ulardan tashviqot va ijtimoiy tartibbuzarlik, ekstremistik harakatlarda foydalanish. Bu ishlarga, ayniqsa, yoshlarni, bolalarni, hayot tarzidan norozi bo’lgan shaxslarni jalb qiladilar. Xayriya fondlari orqali mayib-majruhlarga, etim-esirlarga yordam, diniy ta`lim berish, turli diniy adabiyotlarni tarqatish kabi yo’llar bilan keng targ’ibot ishlarini olib boradilar. Kishilarga fanatizm, murosasizlik, o’zgalar fikrlari va manfaatlariga hurmatsizlik ruhini singdirishga urinadilar.
Islom dunyosini birlashtirish goyalari. Vahhobiylik kichik amirlikning katta mamlakatiga aylanish mafkurasi bO’lganligi sababli unda avvalo Naj, Hijoz, sO’ngra butun Arabiston yerlarini birlashtirish g`oyalari ustuvor O’rinda bO’ldi. Qator islom mamlakatlarida turli din shakllari mavjud bO’lgan bir vaziyatda Payg`ambar davri me`yorlariga qaytish g`oyalari bu ta`limotning boshqa mamlakatlarda ham tarafdorlari paydo bO’lishiga olib keldi. Ba`zi siyosiy kuchlar, O’z g`arazlari yO’lida bu ta`limotdan foydalana boshladilar. O’z muholiflarini tanqid qilishda ushbu g`oya kO’l keldi. Bu O’z navabatida vahhobiyaning islom dunyosida tarqalishiga zamin yaratdi. Turli aholi guruhlarining O’z ahvolidan noroziligi bu ta`limot orqali kimlarnidir ayblashga, hissiyotlarini kO’zg`atib, O’zlarining g`arazli maqsadlari yO’lida foydalanishlariga ham vosita bO’ldi. Hijozda haj safarida bO’lgan musulmonlar bu g`oyalarni Indoneziyadan tortib to Atlantika okeani sohillarigacha olib bordilar.
Mazkur ta`limot, ayniqsa, zaif rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat qozona boshladi. Bunday jamiyatlardagi xal qilinmagan iqtisodiy, ijtimoiy, ahloqiy muammolarni mamlakatda ma`lum tartib-islom tartibini O’rnatish orqali yechishga kO’p umid qilinardi.
Saudiya Arabistonida neft konlarining kashf etilishi, ularning mamlakat xazinasiga foyda keltirishi bu mamlakat mavqeini O’zgartirib yubordi. Iqtisodiy kuchli davlat avval arab dunyosi, sO’ngra islom olamida yetakchi mamlakat rolini O’ynashini orzu qila boshladi. Tashqi siyosat sohasida vahhobiya sustroq rivojlangan boshqa musulmon davlatlarga tazyiq O’tkazish quroliga aylanadi.
Ichki siyosat sohasida mamlakat boyliklariga kichik guruh egalik qilishi, hech qanday saylovlar O’tkazmaslik, siyosiy kuchlar muvozanatini O’zgartirmaslikda vahhobiya ta`limoti mislsiz xizmat kO’rsatmoqda. Mamlakat rivojlanishida ta`limot ba`zi ziddiyatli xollarni keltirib chiqardi. Masalan, ta`limotdagi maishiy hayotda kamtarin bO’lish g`oyasi va saroy ahllari, malik oilasining dabdabali hayoti (Saudiylar oilasi jahondagi eng boy oila hisoblanadi), musulmonlar O’rtasida birodarlik, O’zaro yordam g`oyasi va tashqi siyosatda musulmon davlatlariga qarshi ba`zi /arb, xristian-yaxudiy davlatlari bilan birlashish, O’rta asr hayotini aks ettiruvchi shariat qoidalari va oilaviy, ijtimoiy hayotdagi hozirgi zamon voqeligi, shaxs erkinligi prinsiplari O’rtasidagi kelishmovchiliklarni misol keltirish mumkin. Bular mamlakat rahbariyati uchun kO’p muammolar keltirib chiqaradi. Mazkur masalalarni yechishda ulamolar katta kO’mak beradilar. Ma`lumki, ularning kO’pchiligini imtiyozli Muhammad Ibn Abdulvahhob avlodlari (Ol ash-shayx) tashkil etadi. Ma`lum ma`noda, vahhobiylarning O’zlari ham zamon bilan barobar bO’lishga harakat etib, ta`limotga O’zgartirishlar kiritadilar va O’zlarining ta`kidlariga kO’ra bid`atga yo’l qo’yadilar.
Vaxxobiylarning chet ellarda juda kO’p tashkilotlari mavjud bO’lib, ular faol harakat olib boradilar. KO’pchilik tashkilotlar yashirin siyosiy faoliyat bilan shug`ullanadilar. Ular O’zlarini muvaxxidun (tavhidchilar) deb ataydilar. Vahhobiylarning faoliyati musulmon mamlakatlaridagi mavjud konstitutsion tuzumni zO’rlik bilan O’zgartirib, Saudiya Arabistoniga moyil hukumat tuzishga qaratilgan. Ish uslublari-diniy hissiyotlari kuchli fuqarolarni jamiyatlariga tortib, ularni qayta tarbiyalash, sO’ng ulardan tashviqot, ijtmoiy tartibbuzarlik, ekstremistik harakatlarda foydalanish. Bu ishlarga, ayniqsa, yoshlarni, ayollarni, bolalarni tortish. Shuning uchun balog`atga yetmagan fuqarolar, norozilar O’rtasida ish olib borishga e`tibor beriladi. Xayriya fondlari orqali mayib-majruhlarga, yetim-yesirlarga yordam, din qoidalarini O’rganuvchilarga dars berish, darslik-kitoblar tarqatish kabi propaganda metodlaridan keng foydalanadilar. Kishilarga fanatizm, murosasizlik, O’zgalar fikrlari va manfaatlariga xurmatsizlik ruxini singdirishga urinadilar.
XIX asrning dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy O’zgarishlar yuz bera boshladi. Bu O’zgarayotgan yangi sharoitlarga diniy - falsafiy, huquqiy normalarning XIX asr yarmidan boshlangan moslashuvi ilmu fanda "islomiy islohotlar" nomini oldi. Lekin bu jarayonlar haddan tashqari chO’zilib ketdi va kO’p sohalarda ziddiyatli hollarni keltirib chikardi va chiqarmoqda. Shunday sohalardan biri-ijtimoiy ong doirasida milliy mafkuraning shakllanishi. Milliy ozodlik kurashining rivojlanishi jarayonida islomning siyosiylashuvi xodisasi kuzatiladi. Bu xol O’zini siyosiy kurash davomida islomiy shiorlardan keng foydalanishda namoyon qiladi. Ular orasida panislamizm va musulmon jamoalarini boshqa konfessiya vakillaridan ajratish (islom millatchiligi) g`oyalari e`tiborga molikdir.
3.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruxdagi siyosiy partiyalar tuzishning taqiqlanishi.
1.O’zbekiston Respublikasi demokratik davlat sifatida O’zining qonun yaratuvchilik faoliyatida xalqaro huquq normalari va xalqaro kelishuvlarga tayanadi, jumladan Konstitutsiyaning 57-moddasi Fuqarolik va siyosiy huquqlar tO’g`risidagi xalqaro paktdan kelib chiqadi, chunki unda belgilanishicha:
birinchidan, urushni har qanday targ`ib etish qonun bilan taqiqlanishi kerak;
ikkinchidan, kamsitishga, adovatga yoki zO’ravonlikka undovchi milliy, diniy yoki irqiy nafrat ruhidagi har qanday harakat qonun yO’li bilan taqiqlangan bO’lishi lozim(20-modda).
2. Konstitutsiya 57-moddasining mazmunini rivojlantirib “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari tO’g`risida”gi qonunda bizning jamiyatimizga zid bO’lgan jamoat birlashmalarining rO’yxatini aniq kO’rsatilgan.
Bu tashkilotlarning faoliyati:
birinchidan, umumbashariy gumanistik qadriyatlarni buzushga:
ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy birligini buzushga:
uchinchidan, O’zbekiston xalqlari ma`naviyatini yemirishga:
tO’rtinchidan, jamiyatni parchalashga;
beshinchidan, qonuniy va demokratik yO’l bilan shakllantirilgan hokimiyat organlariga kuch bilan tazyiq O’tkazishga yO’naltirilgan.
3.O’zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat tamoyillarini amaliyotga tatbiq etib, qonunchilik darajasida quyidagi partiyalarni tuzishni man qiladi:
a) konstitutsiyaviy tuzumni zO’rlik bilan O’zgartirishni maqsad qilib qO’yuvchi;
b) millatchilik xarakteriga ega bO’lgan;
v) milliy va diniy mansublikka asoslanib shakllantirilayotgan;
g) ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib qiluvchi.
4.O’zbekistonda aqidaparastlikning O’ziga xos kO’rinishda namoyon bO’lishi.
Afsuski, keyingi paytlarda ayrim dindorlar orasida mamlakatimiz hukumati yaratib berayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va g`amxO’rlikning qadriga yetmasdan, ularning bu mohiyatini tushunmasdan jamiyat uchun jiddiy salbiy oqibatlar bilan tugallanishi mumkin bO’lgan xatti-harakatlar yuz bermoqda. Achinarlisi shundaki, bunday kirdikorlar g`aliz niyatli kimsalar ta`siriga tushadigan, mustahkam dunyoqarashga ega bO’lmagan yoshlarda, shu jumladan, dunyoviy ilmga ega bO’lib, kelajakda jamiyatimiz ravnaqi uchun astoydil xizmat qilishi lozim bO’lgan oliy O’quv yurtlaridagi talabalarimiz orasida bu ta`sirga berilish kam bO’lsa ham uchramoqda.
Ana shunday kimsalarga, O’zlarini “vahhobiylar”, “sunniylar”, ”fundamentalistlar” va boshqa oqim izdoshlari deb da`vo qilayotgan buzg`unchilarga bu yosh dindorlar faqat jamiyatdagina emas, shu bilan birga rasmiy e`tiqoddagi kO’pchilik musulmonlardan ham ajralib qolmoqdalar. Ular aksariyat dindorlarning faqat achinish va taassuf obyektlarigagina aylanib qolmasdan, ba`zan ayrim nojO’ya xatti-harakatlari, ekstremistik fikrlari, hatto jinoyatlari tufayli qoralanmoqdalar.
Ularning bu faoliyatlari faqat notO’g`ri xatti-harakatgina bO’lib qolmasdan, balki keyingi paytlarda ayrim xorijiy musulmon mamlakatlarlarida huruj qilayotgan islom fundamentalizmiga, aqidaparastlikka asoslangan mutaassiblik ekstremizmining din niqobi ostida O’z maqsadini zO’ravonlik bilan amalga oshirish izidan borayotganlardan kam farq qiladi. Ular O’zlarini garchi islomdagi eng mO’tadil xanafiya mazhabining izdoshlari deb hisoblasalar ham, aslida ularning faoliyati jamiyat va islom uchun zararli bO’lgan toifachilik, guruhbozlikdan boshqa narsa emas.
Keyingi O’n yilliklar davrida vahhobiylik harakatining namoyandalari O’zbekistondagi musulmonlarga ham O’z ta`sirini O’tkazish uchun turli yO’llardan foydalanmoqdalar. Matbuot bergan xabarlarga kO’ra? “Xizbi” harakati, “Jihod”, “Da`vat ul irshod” va “Pokiston islom ulamolari jamiyati” kabi tashkilotlar yordamida O’zbekistonlik, aksariyati Farg`ona vodiysi yoshlaridan Peshovor tumanida joylashgan diniy O’quv yurtlarida O’qiyotgani ma`lum bO’ldi. Tayyorlangan jangarilar turli ishlar bilan O’zbekistonga kelib islom davlati barpo etish maqsadlarini amalga oshirishni mO’ljallagan edilar.
Al-Ixvon al-muslimin. 1928 yili Misrning Ismoila shaxrida Shayx Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy siyosiy tashkilotdir. Xasan al-Banno Jamoliddin al-Afg`oniy Muxammad Abdux Rashidrizo asarlaridan ta`sirlanib Pan islomizm g`oyasida jixot, islomiy millatchilik, islomiy davlat ta`limotlarini ishlab chiqdi. Al-Ixvon al-muslimun O’z tarixida bir necha bosqichlarni bosib O’tdi. 1928-1936 yillardagi davrni xayriya va ma`rifat chilik bochqichi deb atasa bO’ladi. Keyinchaliu u kurash uslubi sifatida terrorni qO’llash darajasiga yetgan siyosiy tashkilot sifatida maydonga chiqdi. KO’plab davlatlar uning faoliyatini taqiqladi. Keyinchalik u uch yO’nalishaga ajrab ketdi.
1) mO’tadillr-Xasan al-Banno, Saiid Qutb tarafdorlari:
2) islom demokratlari-islom sotsializm ta`limoti tarafdorlari.
3) «At-Takfir va –l-xijra» «Al-jixot» «Xizb at-taxrir al-islomiy» kabi terror uslubini qO’llovchi tashkilotlar.
Xizb at-taxrir 1952 yil Quddus shaxrida falastinlik iloxiyotchi Tayqiyiddin an-Nabaxoniy tomonidan asos solingan diniy siyosiy partiya. Partiyaning asosiy maqsadi-avval arab davlatlari keyin islom dunyosi va nixoyat jaxon miqyosida xalifalik shaklidagi islom davlatini tuzish. Partiya dasturi 187 banddan iborat bO’lib, asosiy maqsadi xokimiyatga erishish. Ularga islomiy ta`lim tarbiya berish ikki bosqichdan iborat:
-islom ta`limotini O’rganish yO’lida madaniy-ma`rifiy ishlar olib borish;
-siyosiy faoliyatga tortish.
O’zbekiston xududida 1992 yildan boshlab partiyaning boshlang`ich bO’linmalari tashkil etila boshlandi. Partiya safiga kiruvchilar O’z partiyalari xaqidagi ma`lumotlarni xech qachon oshshkor etmaslikka Qur`on bilan qasam ichadilar. Partiya mutasaddilari O’z tarafdorlarini kO’proq ziyoliylar, ilmiy xodimlar, talaba yoshlar orasidan qidiradilar.
Akromiylar. Akromiylar 1997 yil Andijonda tashkil topib, uning nomi gurux asoschisi 1963 yilda tug`ilgan YO’ldoshev Akrom nomi bilan bog`liq. Akromiylar ham davlat teppasiga chiqish kabi g`arazli maqsadni kO’zlaydilar. Biroq ular taxrirchilardan farqli O’laroq avvalo Andijonda, sO’ng amalga oshirmoqchi bO’ldilar. Akromiylar siyosiy xokimiyatga erishishni besh bosqichini rejalashtirganlar. –«sirli» «moddiy» «uzviy» «maydon» va «oxirat». TO’rtinchi va beshinchi bosqichlar tamomila islomlashtirish davri tugagach boshlanishi va ochiqdan ochiq xokimiyat uchun kurash bosqichlari bO’lmog`i lozim edi.