Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YeTTB) 1990 yilda Londonda tashkil qilingan. YeTTBning asosiy maqsadi – Markaziy va Sharqiy
Yevropaning sobiq sotsialistik tuzumda bo‘lgan mamlakatlarini bozor iqtisodiyotiga o‘tishiga yordam berishdan iborat. YeTTB faqatgina aniq doiradagi loyihalarni kreditlaydi. YeTTB resurslari XTTBga o‘xshashlik bo‘yicha shakllanadi.YeTTB ishlab chiqarishni (loyihalarni moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan holda), infratuzilmani taraqqiy ettirish va qayta tiklashga texnik yordam ko‘rsatishni (ekologik dasturlarni o‘z ichiga olgan holda), aksionerlik kapitaliga investitsiyalari, ayniqsa xususiylashtirilayotgan korxonalarni kreditlashga ixtisoslashgan. Shu bilan birgalikda YeTTBning asosiy diqqati kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Boshqa xalqaro moliya institutlari singari YeTTB aniq maqsadli investitsiyalarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda maslahat berish xizmatini ko‘rsatadi. YeTTBning bitta strategik vazifasi – davlat korxonalarini xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash, ularni modernizatsiyalash va tuzilmaviy qayta qurish, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha maslahatlar berishdan iborat.
Bank o‘z a’zolariga, tuzilmaviy va tarmoq iqtisodini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishni isloh qilish, bu bilan mamlakatlarni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga uyg‘unlashuviga ko‘maklashadi.
YeTTBning ta’sischilari bo‘lib 40 mamlakat – Albaniyadan tashqari hamma Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Meksika, Marokko, Misr, Isroil, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, shuningdek, YeIK va Yevropa Investitsiya Banki hisoblanadi.
YeTTB kreditlarining muddati odatda 5-10 yilni kreditning minimal miqdori esa 5 mln. yevroni tashkil etadi. Agar loyiha mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa bank kamroq miqdorda ham kredit berishi mumkin.
Kreditlash hoxlagan erkin almashinuvchi valyutada amalga oshiriladi, amalda ko‘proq AQSh dollari va Yevrodan foydalaniladi. Loyihani moliyalashtirish uning qiymatini 35%dan ko‘p bo‘lmagan miqdorini tashkil etadi. YeTTB tijorat asosida faoliyat ko‘rsatadi va o‘zining kreditlarini risklarni hisobga olgan holda bozor stavkalari bo‘yicha beradi. Tartibga ko‘ra tijorat 4. Yevropa ta’minlash va taraqqiyot banki: tashkil topishi, maksadi, boshkaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Osiyo tarakkiyot banki: tashkil topishi, maksadi, boshkaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Islom tarakkiyot banki: tashkil topishi, maksadi, boshkaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. korxonalarini kreditlashda bank mablag‘larni qaytarishga doir hukumat kafolatini talab etmaydi, lekin bunday hollarda odatda loyiha aktivlari (masalan, garovga oid asosiy fondlar, garovga oid mol-mulk va boshq.) bilan kreditning garov ta’minoti qo‘llaniladi. Kreditlar qa’tiy belgilangan yoki suzub yuruvchi stavkalar bo‘yicha bo‘lishi mumkin, shuningdek, xedjirlashning turli instrumentlaridan ham foydalaniladi.
YeTTB o‘z faoliyati doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
– rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bank ishi standartlari asosida moslanuvchan kreditlash uchun turli xil instrumentlardan foydalanadi;
– xususiy sektor tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydigan sektorlar bo‘yicha ko‘zda tutilgan va tutilmagan operatsiyalar strategiyasidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘zida mujassamlashtiradi;
– xususiy investorlar, ularning maslahatchilari va tijorat banklari bilan hamkorlik qiladi;
– hukumat bilan rivojlanishning uzoq muddatli rejalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi;
– xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari bilan o‘zaro harakatlarni bajaradi;
– davlatlararo va mintaqaviy manfaatlardan kelib chiqqan holda ishlaydi;
– atrof-muhitni saqlashni va yaxshilashni ta’minlashga harakat qiladi.
Yevropa ittifoqi, Yevropa investitsiya banki a’zo mamlakatlari va Yevropa ittifoqining o‘zi YeTTB nizom kapitalida 51% kvotasiga egadirlar.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari – 13%, qolgan Yevropa mamlakatlari – 11%, noyevropa mamlakatlari –24%. Kapitalda ko‘proq hissa bilan AQSh – 10%, Italiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya 8,5%dan. Nizom kapitalining o‘lchami har 5 yilda bir marta ko‘rib chiqiladi YeTTB eksport kreditlar bo‘yicha kafolatlar bermaydi va sug‘urtalash
bilan shug‘ullanmaydi. Shuningdek YeTTB quyidagi faoliyat turlarini moliyalashtirmaydi:
1. Mudofaa sanoati.
2. Tamaki sanoati.
3. Xalqaro huquqiy me’yorlarda taqiqlangan vositalarni ishlab
chiqarish.
4. Qimor biznesi.
5. Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar va
jarayonlar.
Bank takdim etadigan kreditining eng kam mikdori 5 mln. yevroni tashkil etadi. Foiz stavkalari asosiy bozor stavkasi (odatda, LIBOR) va marjadan tashkil topadi. Kreditlar bo‘yicha foiz suzib yuruvchi (svop operatsiyalarini qo‘llagan xolda) yoki kat’iy stavkalarda belgilanadi. Marja miqdori kredit shartlaridan kelib chikadi.Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) - Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining rivojlanish loyihalari uchun uzoq muddatga kredit ajratish bilan shug‘ullanadigan yirik davlatlararo moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Osiyo Taraqqiyot Banki 1966 yilning 22 avgustida 15 ta mamlakat tomonidan shartnoma imzolanishi bilan tashkil etilgan. Bank o‘zining o‘z kredit faoliyatini 1966 yil 19 dekabrda boshladi.
Osiyo taraqqiyot bankini tuzishdan maqsad - Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berishdan iborat. Bugungi kunda OTBga 67 ta a’zo davlat Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, Yevropa va Amerikaning sanoati rivojlangan 19 ta davlati hisoblanib, OTB vakillari har yili ushbu tashkilotga a’zo va faol rivojlanayotgan davlatlarning birida OTB Boshqaruvi, ushbu mamlakatning moliya vazirligi va markaziy banki rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazadi.
OTB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
– investitsiya loyihalarini moliyalashda uzoq muddatli va imtiyozli shartlar bilan 40 yilgacha bo‘lgan kreditlarni yiliga 1 % dan berish; tijorat kreditlarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha berish– rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy rivojlanish
rejalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyalashga tayyorlash va loyihalarni hamda rivojlanish dasturini amalga oshirishga yordam berish;
– xalqaro moliyaviy institutlar, milliy davlat va xususiy tashkilotlar bilan investitsiyalarni birgalikda amalga oshirishga taalluqli masalalarda hamkorlik qilish;
– mintaqada iqtisodiy o‘sish va hamkorlikni rag‘batlantirish uchun zarur ekspert xizmati va maslahatlarining turli shakllarini tashkil etish.
OTB quyidagi sohalarni o‘z ichiga olgan loyihalarni moliyalashtiradi:
– qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash;
– avtomobil va temir yo‘llarni ta’mirlash va qayta qurish;
– energetika;
– ta’lim;
– transport va aloqa tizimi;
– tog‘-kon sanoati;
– sog‘liqni saqlash va ekologiya;
– turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
– iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish;
– bank tizimini rivojlantirish.
Osiyo Taraqqiyot Bankining maqsad-vazifasi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini va iqtisodiy o‘sishini, ham jamoaviy ham mustaqil rag‘batlantirish hisoblanadi
Ko‘pgina rivojlanish banklari kabi Osiyo taraqqiyot banki ham kreditlashda balansni ta’minlash uchun davlat sektoriga berilgan kreditlarning salmog‘i jami loyihalarning 20%i dan oshmaydi.Osiyo taraqqiyot banki faoliyatining xususiyati bo‘lib, kreditlarining 30% ini imtiyozli shartlarda maxsus fonddan berishi hisoblanadi. OTB bu mablag‘larni Yevropa bozorlariga yo‘naltirib, ularni rivojlanayotgan mamlakatlarga 25-40 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli kreditlarga aylantiradi. Shuningdek, kreditlar tijorat shartlarida yoki yuqori bozor foiz stavkasi bo‘yicha 10-25 yil muddatga oddiy jamg‘armalardan ham beriladi. Osiyo Taraqqiyot Bankiga a’zolik BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Osiyo-Tinch Okean Komissiyasi a’zolariga, shuningdek boshqa mintaqalar rivojlangan mamlakatlari va BMTga hamda uning biron bir boshqa maxsus agentliklariga a’zo mamlakatlar uchun erkindir.