Mavzu: Xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi va uni takomillashtirish



Yüklə 139,03 Kb.
səhifə1/8
tarix19.05.2023
ölçüsü139,03 Kb.
#127215
  1   2   3   4   5   6   7   8
Xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi va uni t1


Mavzu: Xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi va uni takomillashtirish
Reja:
Kirish

  1. Xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish yo'nalishlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Jamiyat xo’jalik faoliyatining rivojlanishi, bir turdagi milliy valyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga ob’ektiv zarurat tug’diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning ta’siri asosida valyutani o’ziga xosbahosi – valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tug’ilib, amalga oshadi.Mazkur bozor o’z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilan bog’liqjami munosabatlarni olgan holda, ularning mohiyati, hukmron valyuta tizimini xarakteri bilan belgilanadi. Jahon bozori tizimida xorijiy valyutalar bozori, tovarlarva kapitallar bozoriga nisbatan ob’ektiv ravishda ikkilamchi o’rinni egallab, ulargaxizmat ko’rsatadi. Rivojlangan davlatlar iqtisodchilari, ko’p hollarda, valyuta bozorini milliy, xorijiy banklarni va broker firmalarni o’zaro bog’lovchi zamonaviy aloqa vositalarni tizimi deb atashadi. Ba’zi paytlarda, valyuta bozori deganda, uning asosiy sub’ektlari sifatida, odatda banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar yig’indisi tushuniladi. Masalaga bunday yondoshish, bozorni tashqi tashkil etilishini o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan holda, uning mohiyatini ochib bermaydi. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda valyuta siyosati muhim o’rinni egallaydi. Valyuta siyosati milliy valytani barqaror saqlab turishda eng yaxshivosita hisoblanadi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin, biz eng avvalo, o’z milliy valyutamizga ega bo’lish muammosini o’rtaga tashladik. Chunki milliy valyuta ega bo’lgan davlatda o’z fuqarolari uchun, qisqasini aytganda o’z hududida erkin savdoni amalga oshirish oson bo’ladi. Shu bilan birga o’z milliy valyutasining qadrini jahon miqyosida oshirishga qaratilgan siyosatlar olib borildi. Milliy valyutamiz ta’sis etilgandan keyingi davrlada O’zbekiston milliy valyuta qadrini oshirishni ko’zda tutgan valyuta siyosati, eksport va import siyosatlarini olib borishdi. 1994-yilda milliy valyutamiz qadri chet el valyutalarga nisbatan ancha past bo’lgan bo’lsa, birqancha vaqt o’tgandan keyin, 1998 – 1999-yillarda milliy valyutamiz qadri ko’tarildi. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valuta munosabatlariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari – bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’plab omillar ta’sirida xalqaro valutakredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’zining o’ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog’liq jahon tajribasini o’rganish O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarinign rivojlanishi o’z navbatida investitsiyalar hajmining o’sishiga, mamlakatning toboro integratsiyalashuvini oshishiga olib keladi. Mamlakatimizda ham xalqaro valyuta-kredit munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bu to’g’risida davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev ham “Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 018-yilga nisbatan – mana shu raqamga eʼtiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o’sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlikva rivojlanish tashkiloti tomonidan O’zbekistonning kreditga doir tavakkalchilikreytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi” deya ta’kidlaganlar.1



Yüklə 139,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin