Oddiy hukmlarda diqqatimiz bir turkum predmetlarning hammasiga, bir qismiga yoki bir
donasiga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma darsliklar kitobdir», «Ba’zi darsliklar
O‘zbek tilida chiqarilgan», «Bu darsliklar mantiq faniga oiddir».
Mantiqiy bog‘lamaga qarab hukm turlari quyidagilardir: tasdiq va inkor hukmlar.
Hukmning tarkibi va xususiyatlari
Hukmning tarkibi va xususiyatlari
H ukm predmetga ma'lum bir xossa va munosabatning xos yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. hukmlar tasdiq va inkor shaklida bo’ladi. Masalan, tushuncha tafakkur shaklidir – tasdiq hukm, tushuncha gap emas – inkor hukm. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning ichki, zaruriy xossalari, bog’lanishlari va munosabatlarini bilib boramiz.

Predmetlar haqida hosil qilingan bilimlar hukm yordamida ifodalanadi. hukm ham tushunchaga o’xshash ob'ektiv voqe'lik in'ikosi natijasi sifatida fikrni ifodalashning mantiqiy shaklidir. Bizning har bir chin (yoki xato) fikrimiz voqelikdagi narsa va xodisalarning xossalari, o’zaro munosabatlari borligi yoki yo’qligi hamda bu voqelik elementlarining xossalari, ular orasidagi munosabatning doimiyligi, zaruriy yoki tasodifiyligi xaqida borsa, unda bizning fikrimiz hukm shaklida ifodalanadi.