Tafakkur til bilan bog’liq bo’lganligi sababli hukm gap bilan bog’liq. hukm va gap aynan bir xil emas. hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriya hisoblanadi. Barcha gaplar ham hukmni ifodalamaydi. So’roq, undov va buyruq gaplar asosan hukmni ifodalamaydi. Ba'zi so’roq gaplar (so’roq - ritorik) gaplar hukmni ifodalaydi.

Hukm o’z sifati va soniga ko’ra juz'iy tasdiq (J); juz'iy inkor (O); umumiy tasdiq (A) va umumiy inkorga (E) bo’linishi yuqorida aytib o’tildi. Mana shu hukm shakllari o’zaro turlicha munosabatda bo’ladi. hukm munosabatlari chin va xato hukmlar orasidagi holatni belgilaydi. hukmlar o’rtasidagi munosabatlar ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan va taqqoslanmaydiganga bo’linadi. Taqqoslanadigan munosabatlar o’z navbatida sig’ishadigan va sig’ishmaydigan munosabatlarga bo’linadi. Mantiqda hukmlar o’rtasidagi munosabatlar «Mantiqiy kvadrat» ko’rinishida ifodalanadi.