Mavzu: XVII asr adabiyoti



Yüklə 228,2 Kb.
səhifə4/6
tarix15.11.2023
ölçüsü228,2 Kb.
#132609
1   2   3   4   5   6
Mavzu XVII asr adabiyoti-fayllar.org

JON MILTON (1608—
XVII asr ingliz adabiyotining yirik vakili 
Milton

yilda
Londonda notarius oilasida tug‘ildi. Boshlang‘ich ma’lumotni avliyo Pavel 


cherkovi qoshidagi maktabda oldi. So‘ngra Kembridj universitetida o‘qidi.
Universitetda monarxiyaga qarshi puritanlik ruhidagi erkin fikrlar keng tarqalgan 
edi. Milton ham feodal reaksiyasi tarafdorlari va monarxiya tuzumiga qarshi
kurashadi. Siyosiy masalada universitet o‘qituvchilari bilan tortishib qoladi va 
vaqtincha o‘qishdan chetlatiladi. Milton universitetga qaytgach, o‘qishni a’lo
ko‘rsatkichlar bilan tugatadi; magistr darajasini oladi. London yaqinidagi otasining
mulkiga borib, bir necha yil adabiyot bilan shug‘ullanadi. 1638 yilda Yevropa
buylab sayohat qiladi. Fransiyaga boradi, uzoq vaqt Italiyada yashab, uning 
adabiyoti va san’ati bilan tanishadi. Angliyada revolyutsion voqealarning
rivojlanib borayotgani haqidagi xabarni eshitishi bilanoq darxol vataniga
qaytib, uning siyosiy xayotida aktiv qatnashadi. Milton dastlab publitsist sifatida
o‘z faoliyatini boshlab, independent'lar bilan aloqasini mustaxkamlaydi. — - 
yillarda Milton respublika uchun tinmay xizmat qiladi. Ish og‘irligidan uning ko‘zi
ojizlanib qoladi, lekin shunda hamu ishini davom ettiradi. Birin-ketin jangovar 
ruxdapamfletlar yozadi. 1660 yilda Styuartlar restavratsiyasi boshlangan vaqtda
Milton uchun o‘lim xavfi tug‘iladi. Royalistlar respublikachi shoirga qarshi 
pamfletlar yozib, uni masxara qiladilar. Biroq Milton ruxan taslim bo‘lmaydi va
feodal reaksiyasini fosh etishni izchillik bilan davom ettiradi. 60—70- yillarda 
yozgan jangovar ruxdagi asarlari buning dalilidir.
Respublika tuzumining kelajakdagi g‘alabasiga to‘la ishongan Milton
1674 yilda vafot etadi.
Milton ijodining ilk bosqichi XVII asrning 20—30- yilla-rini o‘z ichiga 
oladi. Milton universitetda o‘qiyotgan vaqtlarda-yok ( — ) she’rlar yoza
boshlaydi. Bu davrdagi she’rlari xali zaif, ularda umumlashtiruvchi fikrlar 
bo‘lmasa ham,lekin shoirning feodal-katolik reaksiyasiga qarshi chiqishi ochiq
ko‘rinadi. Otasining mulki Gortonda yashagan yillari yozgan she’r va pyesalarida 
xalq ijodi traditsiyalarini davom ettirib, tushkun feodal adabiyotining tuban
obrazlariga quvnoq va bilimdon yosh yigitni qarshi qo‘yadi. 

Miltonning «Komus» ( 7) nomli lirik pyesasi asosida xis-tuyg‘u bilan


akl-idrok o‘rtasida uyg‘unlik bo‘lishi kerakligi haqidagi fikr yotadi. O‘rmon va 
chakalakzorlar hukumroni kuchli xirsva yengiltaklik timsoli Komus o‘rmonzorda
adashib qolgansof va gunoxsiz qizni yo‘ldan ozdirmokchi bo‘ladi. Komus 
qasridana uning o‘zi, na yarim odam, yarim xayvon to‘dalarining xiyla-nayranglari
qizning irodasini buka olmaydi. Qizning akalari uni Komus qo‘lidan qutqarib 
oladilar.
Bu lirik pyesada yosh Miltonning shoirlik iste’dodi ajoyib o‘rmonzor 
tasvirida ham, qizning jasurona xarakati tasvirida hamochiq ko‘rinadi. Milton
bebosh iblisona shaxs va yirtqichlik-ka yuksak insoniy axloq prinsiplarini qarshi 
qo‘ydi. Qiz va uning akalari ezgulik timsoli sifatida tasvirlanadi. Asarning siyosiy
yo‘nalishi feodal-aristokratiya o‘zboshimchaliklariga qarshi qaratilgan tanqiddir. 
Milton ijodining yangi bosqichi XVII asrning -yillaridagi siyosiy
voqealar bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi. Bu davrda u publitsist yozuvchi 
sifatida feodal-absolyut reaksiyasi va uning asosiy tayanchi yepiskop cherkoviga
qarshi keskin maqolalar bilan chiqadi. Milton nikox haqidagi maqolasida ham 
Uyg‘onish davri gumanistlari yoqlagan tenglik g‘oyalarini ximoya qiladi.
Milton dastlabki traktatlaridan biri «Areopagitika» ( )da parlamentga 
murojaat etib, burjua respublikasi va matbuot erkinligini yoqlaydi, «xayot urug‘i
bor bo‘lgan» xar bir yaxshi kitobni avaylab saqlash kerakligini qayd qiladi. 
Yozuvchi haqiqatva ozodlik so‘zlarini bir-biridan ayirmaydi, shuning uchun u
«bilish erkinligi, o‘z fikrlarini bayon qilish erkinligi» ni talab qiladi. 
Shu vaqtdan boshlab Milton presviterianlik'dan uzoqlasha boradi. Yirik
burjua guruxlarining bu partiyasi feodal absolyutizm bilan kurashda qobiliyatsiz 
edi va u xalq manfaatiga zid siyosat yurgizmoqda edi. Shu sababli yozuvchi
royalistlarga qarshi jiddiy kurash olib borayotgan independentlar bilan 
yaqinlashadi. Bu o‘zgarishlar uning «Arboblar va xukumatlarning vazifalari»
( 9), «Butga qarshi» ( 9) kitoblarida o‘z ifodasini topdi. Xar ikkala kitob Karl 
I ning taxtdan tushirilishi va jazolanishi voqealari bilan bog‘liqdir. “Arboblar va
xukumatlarning vazifalari” qirolning o‘ldirilishidan oldin yozilgan bo‘lsa ham, 
lekin keyin bosilib chiqadi va u Karl I ning o‘ldirilishini yuri-dik jixatdan asoslab
beradi.

Karl I ni oqlovchi va uni maqtovchi Jon Godenning “Qirol obrazi”


kitobining soxtaligini fosh etish maqsadida Milton independentlarning topshirig‘i 
bilan «Butga qarshi» kitobini yozadi. Bu asarda u qirolni saqlab qolish bilan o‘z
pozitsiyasini mustaxkamlamoqchi bo‘lgan va xalqka xiyonat qilgan yirik burjua 
guruxlari presviterianlarni tanqid qiladi. Milton bu kitobida xalqni istibdodga
qarshi grajdanlar urushiga chaqirish bilan emigrantlarga ham, Yevropa 
monarxiyasiga ham qattiq zarba beradi. Shuning uchun ichki ham tashki reaksiya
unga qarshi qattiq xujum boshlaydi. Salmaziya “Qirol Karl I ni ximoya qilish” 
( 9) degan kitob yozadi. Milton «Ingliz xalqini ximoya qilish» ( ) degan
traktati bilan unga javob qaytaradi. Biroq dushman bu bilan cheklanmaydi. 
Yozuvchiga qarshi yana qator pamfletlar yuzaga keladi. Milton reaksionerlar
tuxmatiga ”Ingliz xalqini ikkinchi marta himoya qilish” ( ), «O‘z-o‘zini 
himoya qilish» ( ) kitoblari bilan javob beradi. Bu publitsistik asarlar


yozuvchining respublika uchun kurashchi sifatida obro‘ini oshiradi. “Ikkinchi


himoya”da Milton general Kromvelning inqilob uchun xatarli yo‘l — shaxsiy 
diktaturaga intilishdan voz kechishi zarurligini uqtiradi.
50- yillarning ikkinchi yarmida Milton siyosiy kurashdan vaq-tincha 
chetlashadi. Bu yillarda «Xristian ta’limoti» traktati ustida ishlaydi. Bu kitobda
Milton dunyoqarashidagi ziddiyatlar ochiq namoyon bo‘ladi. U fan bilan diniy 
murosaga undaydi. Biroq Milton kalvinizm dogmalaridan chetga chiqib, kishida
o‘z taq-dirini belgilash uchun erkin iroda ham mavjud deb ochiq aytadi. Ko‘zi ojiz 
Milton adabiy ijod bilan shug‘ullanadi, sonetlar yozadi. Kromvel o‘limi
munosabati bilan u yana publitsistikaga murojaat etadi. Respublika tuzumini 
saqlab qolish uchun butun kuch-g‘ayratini ishga soladi. «Erkin respublika o‘rnatish
uchun xaqiqiy va yengil yo‘l» ( ) traktatida yangi davlat qurilishi planini 
tasvirlaydi. Biroq uning saylov mavzusi levellerlar taklif qilganlari darajasida
demokratik ruxra emas edi. 
Milton ijodining so‘nggi bosqichi ( —7 - yillar) Styuart-lar
restavratsiyasi davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda u ajoyib asarlari «Yo‘qotilgan 
jannat», «Topilgan jannat» poemalari va «Samson — kurashchi» tragediyasini
yaratadi. Daxshatli restavratsiya yillariga qaramay, Milton respublikachilik 
g‘oyalariga sodiq bo‘lib qoladi. yilda qirollik xukumatining buyrug‘i bilan
uning «Ingliz xalqini ximoya qilish» va «Butga qarshi» kitoblari qo‘ydirib 
tashlanadi. Milton katta jarima to‘lash evaziga o‘lim jazosidan qutulib qoladi.
Milton ijodining keyingi etapi namunasi «Yo‘qotilgan jannat» poemasida 
shoirning shu davrdagi kayfiyatlari o‘z ifodasini topgan.
Milton «Yo‘qotilgan jannat» ( —1667) epik poemasining
syujetini yaratishda tavrot rivoyalaridan foydalanadi. Poema12
qo‘shiq_(kitob)dan iboratdir. Kitobning boshida xudoga qarshi isyon ko‘targan 
farishtalarning yengilishi ko‘rsatiladi. Ko‘zg‘olonchilar tepasida erkinlikka
intiluvchi shayton turadi. Biroq jaxannamga tashlangan iblis va uning 
yordamchilari yengilganlarini tan olmay, xudoning kudratiga qarshi yangi
kurashga tayyorlanadilar. Poemaning asosiy tig‘i tantana qilgan reaksiyaga qarshi 
karatiladi, undagi ko‘p manzaralar o‘sha' davrdagi siyosiy voqealar bilan
bog‘lanadi. Masalan, xudo bilan shayton o‘rtasidagi kurash grajdanlar urushi 
davridagi qirol bilan parlament o‘rtasidagi kurashni eslatadi. Isyonkor shaytonning
«osmon xukmroni» xudoga qarshi bosh ko‘tarishi respublikachi qo‘shinlarning yer 
xoroni zolim qirolga qarshi qo‘zg‘olonini eslatadi.
Poemada tasvirlangan ikkinchi voqea — Adam bilan Yevaning gunoxr 
hahidagi afsonaga oiddir. Shayton jannatda yashayotgan birinchi insonlar — Adam
(Odam-oto) va Yeva (Momo-xavo)ni aldab, ularni yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘ladi. 
Xudo Shaytonning yovuz niyati- haqida Adam va Yevani ogoxlantiradi. Arxangel
Rafail insonlarga shaytonning isyoni va uning yengilib, do‘zaxga tashlanganini 
aytib, odamlarni mumin-qobil bo‘lishga undaydi. Biroq shayton o‘z qiyofasini
o‘zgartirib, jannatga kiradi va Yevani aldashga erishadi. U yeyish man qilingan, 
yaxshilik va yomonlikni aj-ratadigan daraxtdagi mevadan yeydi. Adam ham
Yevaga bo‘lgan xur mati yuzasidan undan totib ko‘radi. Shunday qilib, xudo 
qudratiga putur yetkaziladi, Adam bilan Yeva esa bu gunoxlari uchun jannatdan


quviladilar. Adam bilan Yeva, oldida endi osoyishta jannat xayoti emas, balki


mashaqqatli turmush, og‘ir mexnat tu-radiki, bu oddiy kishilar faoliyati bilan 
insoniyat tarixi boshlanadi.
Ingliz burjua inqilobining mag‘lubiyati, — - yillardagi sinfiy kurashlar 
ta’siri natijasida Milton jamiyat ta-raqqiyoti mashaqqatlidir, u axloqiy kamolotga
erishish, kuch to‘plash orqali oldinga qarab boradi, degan xulosaga keldi. 
Belinskiy Miltonning poemasini «avtoritetga qarshi isyon-ning apofeozi»
deb atadi. Asarning revolyutsion ruxi mag‘rur va isyonkor, mag‘lubiyatga 
uchragan, lekin xudoga qarshi kurashdan qayt-magan shayton obrazida ko‘rinadi.
Reaksiya tantana qilgan yillarda shoir kishilarni restavratsiyaga qarshi kurashga 
quzg‘atish emas, balki ma’naviy tomondan kuch to‘plash, axloqiy kamolotga eri-
shishga chaqiradi. Milton obyektiv ravishda ommadagi revolyutsion kayfiyatni aks 
ettirgan ajoyib poema yaratdi. Xukmron bo‘lish uchun isyon ko‘targan va yengilib,
jaxannamga tashlangan va azob ichida qolgan shayton kishida nafrat emas, balki 
xayrixoxlik uyg‘otadi.
Poemadagi qahramonlardan Adam jasurligi, dono va mardligi bilan jonli 
kishilarga yaqindir. U «gunox» qilgan Yevadan uzoq-lashmaydi, balki o‘rtadagi
ittifoqni mustaxkamlashga xarakat qiladi. Adam shaytonga aldanganidan emas, 
balki Yevaga bo‘lgan sadokati tufayli «gunox» qiladi.
Aql-idrokning tantanasiga ishongan shoir o‘z orzularini no-aniq va 
allegorik shaklda bayon qilsa ham, lekin feodal-katolik reaksiyasi kishini zaif,
irodasiz, takdirning qo‘g‘irchog‘i deb ko‘r-satayotgan bir vaqtda, u inson kuchiga, 
irodasiga yuqori baxo beradi. Bu jixatdan Adam obrazi xarakterlidir. Shoir egoist
shay-tonni qoralasainsonparvar Adamni maqtaydi. Milton Adam bilan Yeva 
o‘rtasidagi sevgini bayon qilish orqali baxtli va vafo-dor oilani tasvirlaydi. Shoir
ular o‘rtasidagi munosabatni «yuqoridan belgilangan» nikox deb ko‘rsatsa ham 
lekin oilaviy baxtni kuylash puritan ruxidagi pand-nasixatlardan farq qiladi. Shu
bilan bir qatorda Adam obrazi tavsifida puritanchilik ta’siri ham ko‘rinadi. Farishta 
oldida uning irodasi bo‘shashadi, “yuqoridan” bo‘ladigan xar qanday xaqsizlikka
bo‘yin egishga tayyor turadi. 
Milton qarashidagi bunday ziddiyatlar diniy-puritanchilik ta’siri ostida
yuzaga kelib, uning qahramonini chegaralab, kuchsiz qilib qo‘yadi. Lekin bularga 
qaramay, «Yo‘qotilgan jannat» poemasi — - yillardagi siyosiy voqealar
umumlashtirib tasvirlangan, monarxiya tuzumining qayta tiklanishiga qarshi 
karatilgan ajoyib poemadir.
Miltonning ikkinchi poemasi «Topilgan
jannat»to‘rt
kitobdan iborat bo‘lib, poemada shayton bilan Isus o‘rtasidagi kurash aks 
ettirilgan xristian afsonasi hikoya qilinadi. Bu asarda shoirning «Yo‘qotilgan
jannat» poemasidagi kabi isyonkorlik ruxi ko‘rinmaydi. «Yo‘qotilgan jannat»da 
«gunox qilish» tasvirlansa, bu poemada «gunoxni yuvish» bayon qilinadi. Uning
asosida aldovlarga uchmaslik to‘siqlarni yengish va kat’iyat insoniyatga jannat 
yo‘lini ochadi, degan fikr yotadi. Adam va Yeva shayton vasvasasi oldida
bardosh berolmay, gunoxga botib, jannatdan quvilsalar, ularning so‘nggi
avlodlaridan bo‘lgan Isus ancha kat’iy turib shaytonning xiyla-nayrangiga
uchmaydi, uni yengadi va shu yo‘l bilan u insoniyatni xalokatdan saqlab qoladi. 

Poemaning diniy mazmuni asar g‘oyasini cheklab qo‘yadi. «Topilgan jannat»da,


birinchi poemadagi kabi, jang tasviri keng qo‘lamda bayon etilmaydi. Poema diniy 
tarzda bo‘lishiga qaramay, haqiqiy siyosiy ruxdagi asardir. Kitobdagi afsonaviy
Isus injilga borib taqalsa ham, lekin u ingliz feodal-aristokratiyasiga karama-qarshi 
qo‘yilgan obrazdir.
Poemada shayton o‘zining ilgarigi isyonkorlik qiyofasini yo‘-qotgan tarzda 
ko‘rsatiladi. U endi «avtoritetga qarshi isyon»ning doxiysi ham emas. Yer yuzini
egallagan va o‘zi «avtoritet»ga ay-langan shayton uchun zulmga qarshi qaratilgan 
norozilikdan xech narsa qolmagan. Endi unda o‘z kuchiga ishonmasliq ikkilanish
va tashvish paydo bo‘ladi. Shaytondagi molparastliq ziqnalik va egoizm avtorning 
o‘sha davrdagi xukmronlarga qarshitanqidiy munosabatini ifodalaydi.
Poemada shaytonga qarshi qo‘yilgan shaxs Isusdir. U g‘alaba qilgan akl-
idrokning in’ikosidek ko‘rsatilgan. Endi Milton insondagi ziddiyat va kurashlarni
emas, balki diniy dogmani tasvirlaydi. Isus chegaralanganligi va passivligi bilan 
asarning haqiqiy qahramoni bo‘lishidan uzoqdir. «Yo‘qotilgan jannat»
poemasining qahramoni Adamga kam o‘xshaydi. Lekin, bulardan qat’i nazar, Isus 
o‘z boshidan ko‘p mashaqqatlarni kechirgan, feodal restavratsiyasiga nafrat bilan
qaragan ko‘pchilik puritan ta-baqalarini eslatadi. 
“Samson — kurashchi” (1667) asarida Milton raqiblarga nisbatan nafrat
ruxi, kurash va qasos olish ishtiyoki bilan yashagan aktiv kurashchi obrazini 
yaratdi.
Milton bu tragediyasi syujeti uchun materialni tavrot rivoyalaridan olib, 
unga yangi ma’no kiritdi. Voqea Filistimlyan shaxridayuz beradi. Dushmanlari
uchun katta xavf xisoblangan Samsonmakr-xiylaga uchib, o‘z sirlarini aytib 
qo‘yadi. Bundan foydalangan filistimlyanlar uniqo‘lga tushirib zindonga
tashlaydilar. Buning uchunfaqat o‘zi aybdor ekaninianglaydi, ko‘r bo‘lib qolgan 
Samson qattiqazob chekadi. Shunga qaramay, u filistimlyanlarga bosh egishni
istamaydi, otasi pul to‘lab uni qo‘llikdan qutqarmoqchi lekin Samson bunday yo‘l 
bilan ozod etilishiga rozi emas. Nixoyat, dushmanlar uni teatrga keltirib kuchini
sinamoqchi bo‘ladilar. Ko‘r Samson og‘ir narsalarni ko‘taradi, ba’zilarini 
osonlik bilan ikki bo‘lib, hammani qoyil qoldiradi. So‘ngra ularga yana ham
qiziq tomosha ko‘rsatish maqsadida katta binoning ikki ustunini bor kuchi bilan 
silkitib, ularni sug‘urib tashlaydi. Gumbaz o‘sha yerda o‘tirgan «knyazlar, jretslar,
maslaxatchilar, doxiylar» ustiga ag‘darilib tushadi. Samsonning o‘zi ham xalok 
bo‘ladi, dushmanlarini ham maxv etadi. Lekin u o‘z o‘limi bilan xalqiga g‘alaba
keltiradi. 
Tragediyaning boshida Samson azob ichida yashaydi, u ham qul ham
masxaraboz xizmatini o‘taydi. Keyin dushmanlardan qasos olib, o‘z xalqi oldidagi 
burchini ado etadi. Samsonning filistimlyanlarga qarshi kurashi orqali yozuvchi
o‘sha davr ilg‘or kishilarining qirollik istibdodiga, royalistlarga, feodal reaksiyasi-
ga qarshi kurashini tasvirladi. Revolyutsion klassitsizm ruxidagi bu asar uch birlik
qonuni asosida tuzilgan, voqea bir yerda va bir kun ichida bo‘lib o‘tadi. «Samson 
kurashchi» tragediyasida Milton, Yo‘qotilgan jannat» poemasidagi kabi, chuqur va
dadil xulosalar chiqarish darajasiga ko‘tarilolmasa ham lekin bu asar restavra-

siyaning ashaddiy dushmaniga aylangan respublikachi shoirning o‘z. davri aktual


masalalariga bag‘ishlangan muxim asaridir. 



Yüklə 228,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin