LOPEDEVEGA (1562—
Ispan Uyg‘onish davri realistik teatrining yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi
dramaturg Lope de Vega ijodi bilan bog‘liqdir. Lope Felis de Vega Karpyo
yilning noyabrida Madridda hunarmand oilasida tug‘iladi. Uning otasi Felis de
Vega Astura dehqonlaridan bo‘lib, ish axtarib Kastiliyaga kelib qoladi va
zardo‘zlik bilan shug‘ullanadi. Lope Felis 7 yilda iyezuitlar maktabida, keyin
Alkala de Enarasi universitetida taxsil oladi. 1576 yilda otasi vafot etgach,
o‘qishini tashlaydi. Lope Felis o‘sha davrning badavlat kishilari qo‘lida kotiblik
qiladi. U juda yoshlikdan she’riyatda iste’dod ko‘rsatadi. yilning boshlarida
mashhur rassom qizi Izabel de Urbinaga uylanadi. Shu yili Lope de Vega
«Yengilmas Armada» flotining Angliya qirg‘oqlariga qilgan yurishlarida soldat
sifatida katnashadi. Yosh shoir kema palubasida “Anjelikaning go‘zalligi” ( )
poemasini yaratadi. Mag‘lubiyat bilan tugagan bu yurishdan kaytgach, Lope bir
necha yil (1589— 9 ) Valensiyada yashaydi, so‘ngra Kastiliyada va pirovardida
Madridda istiqomat qiladi.
Shu vaqtdan boshlab u yangi ruxda yozilgan komediyalari bilan ispaya
milliy dramaturgiyasining tashqiltopishi va rivojlanishiga asos soladi.
Lope de Veganing bilim doirasi juda keng bo‘lib, u xilma-xil janrlarda o‘z
mahoratini sinab ko‘radi, sonet, romans, qasida, poema, pastorallar, hikoya, roman
va dramatik asarlar yaratadi. Lope de Veganing o‘zi bir komediyasida yozgan
pesalarining soni ta bo‘lganini eslagan. Dramaturg vafotidan so‘ng uning
biografiyasi-ni tuzgan shogirdi va muxlisi Peres de Montalvan esa Lopening
hamma pesalari ta ekanini ta’kidlagan. Bunga qo‘shimcha yana ta diniy
xarakterdagi pesalar ijod qilgani ma’lum. Yozuvchining shu vaqtgacha topilgan va
nashr etilgan pesalarining soni ga yaqin, shulardan tasi diniy mavzulardagi
dramalardir.
Lope de Vega dramaturgiya sohasida katta shuhrat qozondi. Xayotiy
faktlarni ko‘p bilishi uning tarixiy, afsonaviy va za-monaviy mavzularda xilma-xil
pesalar yaratishiga imkon beradi.
Yozuvchining dramaturgiya sohasidagi qarashlari «Komediya yara-tishda
yangi san’at» ( 9) she’riy asarida batafsil bayon qilinadi. Bunda u XVII asr
italyan klassitssist nazariyachilari tomonidan belgilangan ko‘p koidalarni rad etadi.
Lope de Veganing «Yangi san’at»i ispan milliy dramasining asosiy
koidalarini belgilab, xarakat birligini saqlagani holda, adabiyotning rivojlanishiga
putur yetkazuvchi o‘rin va vaqt birli-gidan voz kechdi. San’atni chegaralab
qo‘yadigan antik adabiyot nor-malarini formal ko‘chirib olgan italyan klassitsist-
nazariyachila-rining butun harakatni faqat bir qahramon atrofiga to‘plash kabi
prinsiplariga qarshi chiqib, u ichki birlikka, asardagi asosiy maqsadning to‘laligini
saqlashga e’tibor beradi. Pesada bir necha epizod yoki syujet yo‘li bo‘lishi
mumkin, lekin ular bosh masalani yechishga yordam berishi kerak
Lope de Vega va uning dramatik maktabi tarafdorlari pesada, turmush
taqozo qilganidek fojiaviylik bilan qo‘lgini aralash xolda tasvirlash zarurligini
ko‘rsatdilar. O‘z estetik qarashlarining realistik xarakterini belgilab, Lope
komediyani «xayot oynasi» deb atadi. U erkin ijod etish uchun san’atkorni
klassitsizm qoidalariga rioya qilmaslikka chaqiradi, «fojiaviy-likni kulgi bilan»
aralash holda harakat o‘rnini o‘zgartirib turish, vaqtdan erkin foydalanish
prinsipini ham ilgari su-radi.
«Menga komediya yozish kerak bo‘lsa,— deydi Lope «Yangi san’-at»da,—
men hamma qoidalarni uch qulf bilan bekitaman va.o‘z kabinetimdan Plavt ham
Terensiyni chiqarib yuboraman». Drama-turgning bu mulohazalari zamon talabi,
xalq didiga mos realistik asarlar yaratish istagi bilan bog‘likdir. Lope de Vega
pesaning hajmi, ko‘rinishlari haqida fikr yuritib, uni pardadan pardaga
qisqartiradi. Asardagi konflikt, intriganing keskin-ligi va pesa tugunining
yechilishi haqida o‘z fikrlarini bayon qiladi. Lopening dramaturgiya haqidagi
qarashlari klassitsizm ta-rafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keladi. Biroq ko‘p
o‘tmay,. uning ispan milliy dramasi haqidagi estetik qarashlari va dra'-maturgiyasi
katta muvaffaqiyat qozonib, antik va klassitsist yozuvchilarning asarlarini
saxnadan siqib chiqaradi.
Lope de Veganing adabiy merosi juda boy va xilma-xildir. 1615 yildayoq
Servantes uning ijodiga yuksak baho berib, shunday deydi: “U butun
komediantlarni yengdi va o‘z xukmiga buysundirdi va jami o‘n ming varakdan
ortik komediyalari bilan dunyoni to‘ldirdi... U bilan raqobatlashishga uringan va
uning shuhratiga sherik bo‘lishni istaganlar esa,— undaylar ko‘p edi,—
hammasi qo‘shilishib uning bir o‘zi yozganlarining yarmini ham
yozolmadilar” .
Lope de Vega pesa kompozitsiyasining izchilligi, dialog san’a-tini o‘z
o‘tmishdoshlaridan o‘rganishi, o‘rta asr xalq teatri tradi-siyalaridan foydalanishi
natijasida Uyg‘onish davri xushchaqchaq-lik motivlarini aks ettiruvchi asarlar
yaratdi va xalqka manzur bo‘ldi.
Dramatik asarlari
Lope de Vega dramaturgiyasining xajm jixatidan ham mavzu jixatidan ham
keng doiraga chiqishi uni hat’iy bir ramkada klassifikatsiya etishni qiyinlashtiradi.
Diniy mavzulardagi pesalari va bir opera librettosini xisobga olmaganda, Lope
asarlarini, asosan, uch katta qismga bo‘lish mumkin. Bo‘lar: tarixiy-qaxramonlik
sotsial-siyosiy va sevgi-maishiy mavzularda yaratilgan drama va komediyalardir.
Dramaturg bizgacha yetib kelgan asarlaridan aksariyati (bir yuz ellikdan
ortik pesalari)da o‘tmishga murojaat qilib, ularning yarmidan ko‘pida Ispaniya
tarixida yuz bergan muxim voqealarni aks ettiradi. Bu tipdagi pesalarida davlat
masalasi va kaxramonlik mavzusi markaziy o‘rinda turadi.
Lope de Vega pesalarida Ispaniyadagi ichki janjallar («Qirol Vambaning
xayoti va o‘limi», ), ispan qabilalarining Rim xukmronligiga qarshi
chiqishlari («Yaxshilikka yaxshilik». ), mavrlar bilan kurash («Simankaslik
qiz») kabi voqea-xodisalar o‘z aksini topadi.
Yozuvchining xalqchillik ruxi bilan sug‘orilgan dastlabki asarlaridan biri
«Qirol Vambaning xayoti va o‘limi» pesasidir. Qirol Retsisundo (VII asr) vafot
etganidan so‘ng xukmron guruh vakillari taxt talashadilar. Dramaturg ularning
egoistik inti-lishlari va davlatni qo‘lga kiritish niyatidagi urinishlariga meh-natkash
dehqon Vambani qarshi qo‘yadi. Vamba uchun tinch xayot boylik va
xukmronlikdan qimmatlidir: hamqishloqlari tomonidan taklif etilgan mansab —
qishloq oqsoqoli vazifasini ham u ko‘p qistashlardan so‘ng qabul qiladi. Taxtga
chiqish haqidagi fikrga qo‘shilmaydi. «Quyosh kabi, taxtga ham uzoqdan qaragan
qulay-roqdir»,— deydi u. Lekin qirol etilib saylangach, oddiy dehqon Vamba
mag‘rurlikka berilmay, «tabiat ovozi»ga qo‘loq solib, mamlakatni donolik bilan
boshqarishga kirishadi, o‘zboshimcha feo-dallarni jazolaydi, Ispaniyaga xavf solib
turgan arablarga zarba beradi. Nixoyat, u saroy ahllari tomonidan zaxarlab
o‘ldiriladi.
Vatan va mustaqillik uchun kurash, Ispaniyani arablardan ozod qilish
xarakati Lope de» Veganing rekonkista tarixini aks ettirgan pesalarida yorqin
ifodalanadi. Bu dramalari uchun Lope xalq ertaklari, xronikalar va boshqa adabiy
manbalardan ham foydalanadi. «Simankaslik qiz», «Shonli asturikalar» drama-
larida yozuvchi rekonkista tarixi haqidagi rivoyatlarni saxnalash-tirib, ularda
vatanparvarlik ruxini bo‘rttirib ko‘rsatadi. Mavrlar zabt etgan viloyatlar g‘oliblarga
xar yili yosh qizlarni «tortiq» qilib turishlari kerak bo‘lgan. Simankaslik yuzta qiz
bunday haqoratga chidamay, ota va akalarining takdirga buysunib, butun ispan
qizlarining xo‘rlanishlariga yo‘l qo‘yishlariga qarshi norozilig» bildirib,
o‘zlarining o‘ng qo‘llarini kesib tashlaydi-lar va shu yo‘l bilan ularni
bosqinchilarga qarshi kurashga chor-laydilar.
Mamlakat mustaqilligi uchun kurashda xalq irodasi bilan xi-soblashish
zarurligi g‘oyasi «Graf Fernan Gonsales yoki Kastiliya-ning ozod etilishi» ( )
dramasida yanada yaxshi yoritilgan.
Fernan Gonsales boshchiligidagi qo‘shin mamlakatga bostirib kelgan
mavrlarni mag‘lub etadi. Jang oldida dushman bilan sulh tuzib, Kastiliyaga xujum
qilgan Navarra qirolini ham yengadi. Graf tomonidan o‘ldirilgan Navarra
qirolining qizi Leon qirolichasi Teresa hiyla bilan Fernan Gonsalesni qo‘lga
tushirib, zindonga tashlatadi. Bu ko‘ngilsiz voqeani eshitgan Kastiliya xalqi o‘z
yo‘lboshchisiga yordam berish uchun oshiqadi va Fernan Gonsalesni sevib qolgan
Navarra malikasi Sanchaning ko‘magi bilan uni qutkaradi. Ozod etilgan Fernan
Gonsales dushmanga qarshi kurashni davom ettirib, Kastiliyaning mustaqil
bo‘lishiga erishadi.
Dramaturg bu pesasida xalqqa suyanib ish tutadigan davlat boshlig‘i
xaqidagi tarixiy rivoyatlarni asos qilib olib, feodal o‘zboshimchaliklarini qattiqh
qoralanadi mamlakatning birligi va mustaqilligi uchun kurashuvchi va o‘sha
vaqtda «tartibsizlik ichida tartib vakili»bo‘lib ko‘ringan markazlashgan monarxiya
davlati va uni adolat bilan boshqaradigan xokim haqidagi xalq orzularini
ifodalaydi. Zolim monarx o‘rniga xalqparvar monarx obrazini ilgari surish kabi
yozuvchi dunyokrrashidagi ziddiyatlar XVII asr sharoitida reaksion feodal
absolyutizmiga qarshi o‘ziga xos norozilik bilan qo‘shilib ketadi.
Ezgu axloq, or-nomus uchun kurash, xukmron guruxrarni tanqid
qilish«Perivanes va komandor Okani», «Salamey alkaldi», «Eng yaxshi alkald —
qirol», «Seviliya yulduzi» dramalarining g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi.
Birinchi pesasida adib ishbi-larmon dehqon Perivanes bilan ritsar ordenining
komandori Okani o‘rtasida yuz bergan konfliktni ko‘rsatdi. Dehqonning go‘zal va
aqlli xotiniga «ko‘ngil qo‘ygan» komandor, xar qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham, o‘z
istagiga erishishni o‘ylaydi. Buni sezgan deh-qonni bir tomondan sinyoriga
sadoqati, ikkinchi tomondan o‘z oilasi oldidagi insoniy burchi azoblaydi. Shu
tarzda unda adolat-sizlik va zo‘ravonlikka qarshi norozilik yuzaga keladi va
ko‘chayib boradi. Perivanes yo‘qligida komandor makr ishlatadi, yuzsizlik bilan
uning xotini huzuriga kiradi. To‘satdan kelib qolgan va komandorning axloqiy
buzuqligidan g‘azablangan dehqon uni o‘ldiradi.
Pesada Perivanes bilan Okani o‘rtasida yuz bergan oilaviy ziddiyat dehqon
bilan dvoryan-aristokratiya o‘rtasidagi ijtimoiy konfliktga o‘sib chiqadi.
«Salamey alkaldi» ( ) dramasida or-nomusni himoyaetuvchi va
aristokratiya zo‘ravonligiga qarshi kurashuvchi dehqon obrazi aks ettiriladi.
Qishloq axolisi Pedro Kresponi Salamey sudyasi (alkaldi) qilib saylamoqchi
bo‘ladilar. Dehqon bu mansabni yoqtirmaydi. Shu ishda ishlashga to‘g‘ri kelganda,
Pedro hamma masalani xushyorlik va adolat bilan xal etadi. Portugaliya-ga
urushga ketayotgan harbiylar Pedro yashayotgan Salamey qishlog‘i-da bir oz dam
oladilar. Aka-uka ikki ofitser — don Diyego va don Xuan sudyaning qizlari Ineye
va Leonarni yolg‘on va’dalar bilan qo‘lga olib, ko‘p o‘tmay ularni tashlab
ketadilar. Sudya Pedro Krespo qishloqda o‘zboshimchalik qilgan xarikkala
ofitserni qamoqqaoladi, oila sha’niga dog‘ tushirmaslik uchun qizlarini ularga
nikoxlaydi, shundan so‘nggina jinoyatchilarni jazolab o‘ldiradi. Shu vaqtda kelib
qolgan qirol Filipp II ga esa qishloq sudyasining xaqli xukmini tan olishdan boshqa
iloj qolmaydi, chunki bu xukumda butun mexnatkash ommaning irodasi
mujassamlangan ediki, bu kuchga qarshi chiqish va xalq irodasini bo‘g‘ish
mumkin emas edi.
«O‘z uyida dono» pesasida oddiy dehqonning turmushi, kam-tarligi va
ma’naviy pokligi yuqori tabaqa kishilarining manman-ligiga qarama-qarshi
qo‘yiladi. Dehqon Mendo xalol mexnat qilib baxtli xayot kechiradi. Kayfi
chog‘likni bema’ni karta o‘yinida deb biladigan qo‘shnisi dvoryan don Leonardo
dehqonni mensimaydi. Lekin kamtar Mendo oilaviy xayotda Leonardodan aqlli
bo‘lib chiqadi. Don Fernando va don Enrike ismli ikki yengiltak yigit dehqon
xotini Antona bilan dvoryan xotini Elviraning diqqatini o‘zlariga qaratmoqchi
bo‘ladilar. O‘z eri bilan baxtli yashagan Antona darxol olifta yigitning taklifini rad
etadi. Elvira esa, jazmani bilan uyin-qo‘lgiga berilib ketadi. Gerdayib yuradigan
dvoryan Leonardo bu xolni sezgach, dehqonning oilaviy xayotiga xavas bilan
qaraydi, undan urganish zarurligini tushunadi, chunki dehqon «o‘z uyida dono»
bo‘lib chiqadi. Shuning uchun ham Leonardo: «Oydin vaqtida qo‘shdan
qaytadigan, oddiy ovqat yeydigan va xotini yonida yotadigan dehqon baxtlidir»,—
deb ochiq e’tirof etadi.
Tabiiy xis-tuyg‘u, sog‘lom fikrli oddiy va kamtar kishilarga, shu jumladan,
dehqnlarga bo‘lgan kuchli xayrixoxlik Lope de Veganing «O‘z uying — o‘lan
to‘shaging» ( ), «Dehqon o‘z kul-basida» ( 7), «Boshqalar nazarida tentak
o‘z ishiga pishiq» ( ) pesalarida ham yorkin ifodalangan.
Lope de Vega ko‘pchilik pesalari — sevgi, oilaviy-maishiy mavzularida
yaratilgan komediyalarida («Plash va shamshirlar komediyasi» deb ham ataladi)
erkin muxabbat va nikox masalalari tasviriga katta e’tibor beradi. Jumladan, «It
xashak yemas, bosh-qaga ham bermas» («Baxil»), «Asilzoda idish yuvuvchi
xotin»,
“Ko‘za ko‘targan qiz», «Raqs muallimi» nomli asarlarida yozuvchi insonni
xar qanday eski urf-odatlar, yaramas feodal axloqidan xoli etib, uni ulug‘lovchi
vafodorlik sadokat va ruxiy kamolot ramzi — sevgining chuqur ma’nosini ochib
beradi.
Lope de Veganing «Qo‘zibo‘loq» — ) pesasi tarixiy-
qahramonlik va ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi dramalarining eng yaxshi
na’munasidir. Dramada bayon etilgan asosiy fikr o‘z davrining muxim siyosiy
masalasi — zolim feodallarga qarshi xalqning aktiv qarshilpk ko‘rsatishi va
kurashishi zarurligini ta’kidlashdan iboratdir. Ma’lumki, ispan gumanistlari singari
Lope ham qirollpk xokimiyatining mamlakat birligini yuzaga keltirish uchun
qilgan o‘rinishlariga qarshilik ko‘rsatgan feodallarning o‘zboshimchaliklarini
qoralaydi. Yozuvchi dramada Ferdinand bilan Izabella,, xukmronlik qilayotgan
qirollpk xukumati davridagp voqeaga murojaat etadi. Feodallar asoratidan qutulish
uchun olib borayotgan kurashlarida dehqonlarnnng tarkib topayotgan (XV asrning
ikkinchi yarmi) markazlashgan xokimyatdan madad so‘rashlari tabiiy xol ekanini
Lope to‘g‘ri idrok etib, uni o‘z asarida ko‘rsatib berdi.
7 yilda Fuente Ovexuna qishlog‘ida feodal zo‘ravonligiga qarshi
ko‘tarilgan qo‘zg‘olon XV asrning ikkinchi yarmida Ispaniyada yuz bergan dehqon
g‘alayonlaridan eng kuchlisi edi. Lope de Vega «Qo‘zibuloq» dramasini yaratishda
xalq isyonlari haqidagi hikoyalardan tashqari, Fransisko Radesning «Xronikasi dan
ham foydalandi va dehqonlar xarakatini fitna tarzida emas balki zulmga qarshi
revolyutsion ko‘tarilish tarzida ifodalaydn.
Kalatrava Ritsar yerdeninik komandori feodal Fernan Gomes de Gusman
o‘ziga tobe Fuente Ovexuna qishlog‘idagi saroyida yashab, axoliga qattiq zulm
o‘tkazadn, bema’ni turmush kechirayotgan bu hokim xotin-qizlarni xo‘rlaydi,
dexqonlarni esa mensimaydi, qishloq oqsoqolining qizi Laurensiyani ham zo‘rlab
olib ketnshga urinadi. Lekin qizni sevgan dehqon yigit Frsndoso mardonavor
xarakatlari bilan uni ximoya qilishga tayyor turadi. Komandorning qurolinp qo‘lga
tushirgan yigit Laurensiyani qutqarib yuboradi- Fron-dosonpng sadoqatli
muxabbatn qizda ham otashin sevgi uyg‘otadi. Uning «kim-da sevgi bo‘lsa, u
qurqishni bilmaydi» degan so‘zi Laurensiyaning qalbidan chuqur joy oladi.
Mamlakat birligiga putur yetkaznsh maqsadida Syudad Realga qarshi urush
ochgan va zarbaga uchrab, qishloqka kaytgan komandor Laurensiya bilan
Frondoso to‘yi vaqtida kirib kelib, bazmga yig‘ilganlarni xaydaydi. Qiz bilan
yigitning otasini haqorat qiladi. Frondosoni qamoqqa yuborib, Laurensiyani
zo‘rlab olib ketadi. Dehqonlar zolimga qarshi nafrat bildirsalar ham, lekin jiddiy
harakat etpsh uchun uyusha olmaydilar. Komandor tomonidan tahqirlangan va
azoblangan Laurensiya paydo bo‘lib, o‘z qizini jallod qo‘liga berib qo‘ygan va
uning haqoratlanishiga chidab turgan, zolim-dan qasos olmagan otasi va
qarindoshlarini «qo‘zini bo‘riga oldprib, ko‘rkuvga tushgan cho‘ponlarga»
o‘xshatadi. «Sizlar— qo‘ylarsiz, shuning uchun Ko‘zibo‘lok yashamoq uchun
sizlarga mos joy» deb, o‘z qizlari va ayollarini begonalar qo‘liga topshirib qo‘ygan
dezsqonlarni ham ayblaydi. Axvol shundan ekan, endi xotin-qizlarning o‘zlari
qo‘llariga qurol olib. or-nomuslarini o‘zlari ximoya qiladilar, deydi.
Laurensiyaning otasi Esteban bunday jabr-zulmga ortik chidab turish mumkin
emasligi, har qanday og‘ir vaziyatda ham kurashga borajagini bildiradi. Bu fikrga
dehqonlar ham qo‘shiladilar. Erlar bilan bir qatorda ayollar ham qurollanib,
komandor saroyiga bostirib boradilar na uni o‘sha yerda jazolab o‘ldiradilar.
Frondosoni esa zindondan qutkarib oladilar. Komandornnng qutulib qolgan
xnzmatkorlaridan biri Flores yashirincha qirol huzuriga borpb, Ko‘zibo‘loq axolpsi
g‘alayon ko‘tarnb, o‘z senyorlarini vaxshiylarcha o‘ldirdnlar, degan xabar
yetkazadi. Qirol qishloqqa chinovnik yubornb, gunoxkorlarnn aniqlab, ularni qattiq
jazolashni buyuradp. Tergovchi qishloqodamlarini chaqirib, komandor Fernan
Gomesnn o‘ldirgai kishini anpqlash maqsadnda katta-yu kichik qnshlok axolisini
qiynab so‘roq qiladi. Biroq «Komandornn kim o‘ldirdi?», deb bernlgan so‘roqqa
ular: «Ko‘zibo‘loq o‘ldirdi», Axir aybdor kim?». deb so‘raganida ular: «Ayibdor
Ko‘zibo‘loq» deb javob qaytaradilar. Pirovardida tergovchn xaqiqiy gunoxkornn
topolmay saroyga qaytadi. Shu sababli qirol «yuz bergan jnnoyat og‘ir bo‘lishiga
qaramay», tergovnn to‘xtatadp pa dehqonlarning "gunoxi»ni kechirishdan boshqa
iloji qolmaydi. Ko‘zibo‘loq qishlog‘inp esa bevosita o‘z nazorati ostiga oladi.
Asarda yozuvchi xalqning soxta ximoyachisi ispan monarxiyasini qoralab,
masxaralab, dehqonlarnnng antifeodal isyoniga katta xayrixoxlik bildiradi.
Dramadagi yondosh voqealar
Dramada markazny syujet chizig‘iga yondosh davom etgan uch
voqea: qirollik xokimiyati bilan fitnachi feodallar o‘rtasidagi kurash, ezilgan
ommaningzolimlarga qarshi qo‘zg‘oloni va, nixoyat, Frondoso bilan Laurensiya
o‘rtasidagi sevgi munosabatlari ifodalanadi.
Yozuvchi aragonlik Ferdinand va kastiliyalik Izabella o‘rtasidagi ittifoq
(nikox) orqali mamlakatning birligini yuzaga keltirish va uni arablardan ozod etish
yo‘lida qo‘yilgan dastlabki qadamni tasvirlaydi. Shuning uchun qirollik davlati
mamlakatda Portugaliya xukmronligini o‘rnatish uchun yordam bergan Kalatrava
ordeniga qarshi kurash olib boradi. Bu kurashda dehqonlar qirollik xukumatiga
xayrixoxlik bildiradilar, chunki undan yordam ko‘tar edilar. Komandor esa
o‘zining shaxsiy manfaatini vatan manfaatidan yuqori qo‘ygan, Kastiliya taxtpga
boshqa da’vo-garni o‘tkazish bilan mamlakat birligini mustaxkamlashga putur
yetkazuvchi reaksion kuch vakili sifatida qoralanadi.
Pyesada dramatik konfliktni tashqil etgan asosiy voqea xalq qo‘zg‘olonidpr.
Asarda qo‘zg‘olon—ezilgan xalqning o‘z xuquqlarini poymol etilishi va
xaqoratlanishiga qarshi ko‘rgan birdan-bir xaqqoniy tadbiri tarzida tasvirlanadi.
Komandor qishloq axolisi bilan surbetlarcha munosabatda bo‘ladi, keksalarni
xo‘rlaydi, qizlarning sevgisini haqorat qiladi.
Bu «oliy tabaqaning xulk-atvori xar qadamda kishida nafrat uyg‘otadi.
Xalqda tug‘ilgan norozilik qo‘zg‘olonga aylanib, komandorning takdirini xal etadi.
Adolat o‘rnatilishini istagan xalq qirolga yordamso‘rab, murojaat qilsa ham. biroq
undan madad olmaydi.Dehqonlar ommasidagi ezgu istaklar feodal xukumronliig
davridaamalga oshmaslign asarda o‘zining to‘la ifodasini topgan.
Dramadagi o‘chinchi voqea ikkiyoshning sevgisi tarixiga oidepizoddir, u
pyesadagi asosiy masala feodalo‘zboshimchaliklarga qarshi kurash masalasi bilan
bevosita bog‘lik ravishda yoritiladi. Chunki komandor zulm o‘tkazayotgan bir
vaziyatda, Fronde bilan Laurensiyaning baxtli turmush kechirishlari mumkin emas
edi. Frondoso sevgilisining tahqirlanishiga yo‘l qo‘ymay, o‘z senyori komandorga
qarshi dadillik bilan qo‘l ko‘taradi. Qizning yigitga muxabbati ana shunday qattiq
kurash jarayonida tug‘iladi va toblanadi. Komandornnng tuy marosimi vaqtida
paydo bo‘lib-tuynp to‘xtatishi, Frondosoni qamab, qizni zo‘rlab olib ketishi singari
voqealar qishloqni larzaga soladp. Azob chekkan va lekin tiz cho‘kmagan
Laurensiyaning achchiq kinoyalarn zolimga qarshi butun qishloqni oyoqqa
turg‘izadi.
Dramadagi asosiy obrazlar
Dramaning qahramonlari aloxida shaxslar emas, balki butun Ko‘zibo‘lok
qishlog‘ining axolisidir. Ahil mexnatka dehqonlar ommasining xarakterli
xususiyatlari odamiyliq mardlik sof ko‘ngillilik vafodorlik bo‘lib, bunday olijanob
tuyg‘ular komandor va uning malaylariga butunlay yotdir. Komandor — insoniylik
qiyofasini yo‘qotgan tipik feodal. Yovuzlik tamagirlik aysh-ishrat qilish, o‘z
manfaatini xalq va davlat manfaatlaridan ustun qo‘yish kabi yara.mas xususiyatlar
unga xosdir.
Qahramonlarning umumiy belgilaridan tashqari, ularning xar birining o‘ziga
xos individual xususiyat va odatlari ham bor. Sevishganlar Frondoso va Laurensiya
og‘ir qiyinchiliklarni yen-gishga qobiliyatli, jasur va bir-biriga vafodordir, ular o‘z
baxt-larini zolimga qarshi kurash g‘oyasi bilan bog‘laydilar. Qizning otasi oqsoqol
Esteban va Frondosoning otasi dehqon Xuan Rijiy sodda va mo‘min kishilardan
zolimga qarshi bosh ko‘tarib chiqqan aktiv kurashchilarga aylanadilar.
Batrak Mengo ham o‘ziga xos tipdir. Sevgann (Xasinta) tufayli
komandordan ko‘p jafo ko‘rgan bu yigit extiyotkorlik bilan ish tutadi. Xokimga
qarshi keskin xarakat etmaslikka undaydi. Biroq komandor zulmiga chidab turish
mumkin bo‘lmay qolgan vaqtda, u endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqni ko‘zg‘alib chiqish
va zolimni yo‘q qilishga chaqiradi. Eng og‘ir daqiqalarda ham Mengo o‘z qiziq-
chiligi bilan ajralib turadi. Tergov vaqtidagi uning xarakati kishida goxo tashvish,
goxo kulgi tug‘dirsa ham, lekin sudyaning «uni kim o‘ldirdi?»—deb bergan
so‘rog‘iga Mengo: «Fuyentus Ove-xunskiy», ya’ni «Qo‘zibuloq» dehqonlari
o‘ldirdi,— deb kat’iy javob beradi.
Lopening novatorligi va xalqqa yaqrnligi shundaki, uning yaratgan
qahramonlari mexnatkash omma — erkak va ayol, yosh va kek-salar — hammanin
yagona maqsadi zulmdan qutulish va mustaqil yashashdir. Bunga erishish yo‘li —
qo‘zg‘olondir. Mexnatkash omma feodal o‘zboshimchaligiga qarshi kurashda
qirollik xukimatidanmadad ko‘tadi, lekin yozuvchi dehqonlarning bu orzulari real
emas-ligini ta’kidlaydi. Qirolning o‘ldirilgan komandor o‘rniga yangi va yana ham
qattiq qo‘l xokim yuborish haqidagi so‘zi bunga yaxshi dalil bo‘ladi.
Asardagi dehqonlar o‘z insoniy fazilatlarini,or-nomuslarini saqlay olishlari
bilan feodal aristokratiyadan xar tomonlama ustun turadilar. Saroy adabiyotida
xalq tuban, «qulgili» voqea-larni ifodalashdagina tilga olinsa, Lope xalqni xaqiqiy
qaxra-monlar darajasiga ko‘taradi, o‘zmustaqilliklari uchun hayot-mamot kurashi
olib borgan dehqonlarning kuchi va qudratiga munosib baho beradi.
«Qo‘zibuloq» Lope de Veganing xalq qo‘zgolonini haqkoniy aks ettirgan,
demokratik ruh bilan sug‘orilgan, badiiy puxta ishlan-gan dramasidir. Lope de
Vega bu asarda juda katta jasorat va ishonch bilan xalq kudrati xar qanday zulm-
zahmat, qullik zanjir-larini yakson etishga va o‘z mustaqilligini saqlab qolishga
qodir ekanini tipik obraz va realistik manzaralarda gavdalantirdi. Pyesaning shu
davrgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelishining boisi ham mana shunda.
Lope de Vega Ispaniyada absolyut xokimiyat krizisi va feodal-katolik
reaksiyasi kuchaygan davrda yashab ijod etdi. Ulug‘ muta-fakkir Lope shu
tushkunlik muxitining to‘siqlarini yorib o‘tib, Xaqiqat yo‘lini izladi, zulm va
adolatsizliklarga qarshi gumanistik g‘oyalarni katta jasorat bilan himoya qildi.
Xalqning o‘z taq-dirini o‘z qo‘liga olishi, o‘z mustaqilligi uchun kurashi haqidagi
mavzuni aks ettirishi uning ijodining demokratik xarakterini belgilab beradi. Shu
sababli Lopening jangovar ruxdagi nodir asarlari Ispaniyada xukumron reaksion
doiralar ta’qibiga o‘chraydi.
XIX asr boshlarida ispan adabiyoti va teatrini urganish yana kuchayadi.
Pushkin «Adabiyotning xalqchilligi haqida» ( ) nomli maqolasida Lope de
Vegani xalq orzularining ifodachisi deb baxoladi. V. G. Belinskiy ispan dramasi
Lope de Vega va Kalderon kabi yozuvchilar bilan haqli ravishda faxrlanishini
ta’kidlab o‘tadi.
Lope de Vega «Valensiya bevasi», «Seviliya yuldo‘zi», «It o‘zi yemas,
birovga ham bermas», «Raqs muallimi» singari dan ortik drama va
komediyalari faqat rus tilidagina emas, balki ukrain, belorus, arman, gruzin,
ozarbayjon, tatar, o‘zbek va boshqa tillarda ham saxnada ko‘rsatildi.
LOPE DE VEGADAN KEYINGI ISPAN DRAMASI
XVI asrning oxiri va XVII asrning birinchi yarmidagi ispan dramaturgiyasi
Lope de Veganing bevosita ta’siri ostida ri-vojlandi. Uning traditsiyalarini davom
ettiruvchi qator yozuvchilar yetishib chiqdi. Ulardan Gilyen de Kastro, Xuan Ruis
de Alarkon va Tirso de Molinalarning dramalari bu davr ispan adabiyotida 'alohida
o‘rin egallaydi. Gilyen de Kastro ( 9— 1631) ustozi Lope de Veganing realistik
prinsiplariga amal qilib, o‘z ijodida xalq badiiy yodgorliklari namunalaridan keng
foydalandi. Uning muhim asari ispan milliy qaxhramoni Sid haqidagi xalq
romanslari asosida yaratilgan «Sidning yoshligi» dramasidir. Pyesada sevgi, oila
or-nomusi uchun kurash va absolyu-tizmda yuz bergan krizis aks etgan.
Lope de Vega dramaturgiya maktabining yirik vakili Xuan Ruis de Alarkon
( — 9) Meksikada aristokratiya oilasida tug‘iladi, uning yoshligi o‘sha
yerda o‘tadi, so‘ngra Ispaniyaga kelib, o‘qishini davom ettiradi, universitetni
bitirgach, advokatlik bilan shug‘ullanadi.
Alarkonning adabiy merosi katta emas, u tili va kompozitsiyasi jihatdan
puxta ishlangan 30 ga yaqin pyesa yozgan, Alarkonning milliy qahramonlik
siklidagi pyesalaridan biri «Segoviyalik to‘quvchi» ( ) asaridir. Unda
dramaturg inson kuchi va irodasi, adolat va chin sevgining tantanasi haqida hikoya
qiladi.
Yozuvchi bosh qahramonning og‘ir takdirini tasvirlar ekan, diniy aqidalarga
sira murojaat etmaydi, balki voqealarga siyosiy tus berib, dvoryan don Fernando
kurashini ota qasosi uchun emas, balki xaqoratlangan kambag‘al to‘quvchining
adolat uchun olib borgan kurashi sifatida talqin qiladi.
Bu Alarkonning intriga komediyasidan xarakterlar komediyasi-ga o‘tishini
belgilab bergan original asarlar sifatida ispan dramaturgiyasi xazinasiga qo‘shilgan
muhim xissadir. Uning shu tarzda yozgan «Shubhali xaqiqat», «Devorning ham
qulog‘i bor», Erlarni sinash», «Xar to‘kisda bir ayb» kabi bir qancha komediyalari
hambor. Bu pyesalarida asosiy qahramonlarning qandaydir bir nuqsoni ko‘rsatilib,
yaxshilik ularga qarshi qo‘yiladi. Masalan, «Shubxali xakiqat»da aldoqchilik
tanqid qilinadi. Aristokrat yigiti don Garsiya doimo hammani aldab yuradi.
Kunlardan birida rost gapni aytganida, unga ishonmaydilar, chunki uning uchun
xaqiqat haqida gapirish yot narsa edi. Dvoryan yigitidagi bu yomon odat oxirida
uni og‘ir axvolga solib qo‘yadi.
Alarkonning
bu
komediyasi
fransuz
dramaturglari
Kornelking
«Yolg‘onchi», Molyerning «Mizantrop» asarlariga ma’lum darajada ta’sir
ko‘rsatdi.
Dramaturg komediyalarida qahramonlarning xarakteri dramatik xolatning
asosini tashqil etadi. Lope de Veganing sevgi komediyalari kompozitsiyasida
tasodifiy voqealar qaltis burilish-lar yuzaga keltirsa, Alarkon dramalarida bunday
voqealar xarak-terlarning psixologik tomonini ochib beradi. Alarkon ijodining
realistik xarakteri, voqelikni tanqidiy tasvirlashi bilan XVIIasr ispan adabiyotida
munosib o‘rin tutadi.
KALDERON (1600— )
Ispaniyaning iktisodiy va siyosiy xayotida boshlangan tushkunlik XVII asr
o‘rtalariga borib ko‘chayadi. Mamlakatning ilgarigi qudrati va shuxratidan asar
ham qolmaydi. Feodal-katolik reaksiyasi hujumi natijasida XVI asr oxirlarida
yuzaga kela boshlagan barokko adabiy okimi endi hukumronbo‘lib qoladi. San’at
va adabiyotda aks etgan turmush quvonchlari va uning yorqin buyoqlari o‘rnini
mavxum iboralar oladi. Arxitektura va tasviriy san’atda ham realizmdan chekinish,
turmushdan uzoqlashish, qandaydir sirli voqeaga berilish kuchayadi.
Ispaniyaning shu davrdagi ruxini, gumanizmning krizisini aks ettirgan
so‘nggi yirik yozuvchi Kalderondir.
Don Pedro Kalderon de La Barka Madridda Xayoti va qadimgi dvoryan
urug‘iga mansub oilada dunyoga keladi. O‘n yoshida onadan yetim qoladi.
Dastlabki
ma’lumotni iyezuitlar maktabida oladi, so‘ngra Salamanka
universntetida o‘qiydi. Lekin uni tashlab ketadi. Yoshlik vaqtida u xarbiy xizmatni
ham o‘taydi, Italiya va Flapdriyaga bo‘lgan yurishlarda ishtirok etadi. Dvoryan
yigitlariga xos turmush kechirib, o‘zaro janjallarda katnashadi, ruxoniylikni
xaqoratqilgani uchun qamalib ham chiqadi.
Kalderon dramatik asarlar yozishga juda erta kirishadi. Lope de Vega bu
yosh yozuvchining talantiga yuqori baxo beradi. Lope vafotidan so‘ng u
Ispaniyada yagona dramaturg bo‘lib shuxrat qozo-nadi. 1636 yilda saroy
dramaturgi nomini oladi.
Kalderonning adabiy merosi xilma-xil bo‘lib, u dan ortik pyesa
yaratgan, shulardan 120 ga yaqini dunyoviy xarakterdagi, 80 ga yaqini diniy
mazmundagi va 20 ga yaqini intermediya tarzidagi saxna asarlaridir. U 2 poema va
lirik she’rlar ham yozgan. Kalderon Lope de Vega traditsiyalarinn davom ettirgan
bo‘lsa-da, lekin bu ikki yozuvchi ijodi o‘rtasida katta farq bor. Kalderon dastlabki
pyesalarini aristokrat tomoshabinlarni nazarda to‘tib shaxar teatrlariga topshirgan
bo‘lsa ham keyinchalik faqat saroy teatriga atab asarlar yozadi. Uning ijodi ispan
gumanizmining inqirozga yuz tutishining ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Barokko shoiri Kalderon dramaturg sifatida diniy ruxdagi pyesalari bilan
taniladi. «Avliyo Patrikning maxshargoxi», «Bo‘tga sajda qilish», «Matonatli
shaxzoda», «Xayot — uyqu demak», «Mu’jizakor sexrgar» pyesalarida feodal
axloki va katolik dini aqidalarini aks ettiradi. «Mo‘jizakor sexrgar»ni «katolik
Fausti» deb atadi. «Undan Gyote o‘z «Fausti» uchun alohida joylarinigina emas,
balki bir butun ko‘rinishlarni hamkamrab oldi».
Kalderon turmushga to‘g‘ri karay olmasa ham, lekin asarlarida uning adabiy
talanti ko‘zga tashlanib turadi. Diniy dramalari dunyoviy mazmundagi pyesalari
bilan bog‘lanib ketadi. Masalan, «Avliyo Patrikning maxshargoxi», «Butga sajda
qilish» pyesalarida ko‘p jinoyatlar qilgan gunoxkorlar tavba-tazarru yoki iloxiy
kuch aralashuvi natijasida qutulib qoladilar.
«Mu’jizakor sexrgar»da jonini shaytonga sotgan kishi xaqidagi ertak hikoya
qilinadi. Kalderon pyesasi Faust xaqidagi nemis xalq kitobida tasvirlangan
rivoyatdan farq qiladi. Xalq kitobida Faust dunyodagi sirlarni bilishga intilgai. ado-
latsizliklarga nafrat bilan qarovchi kishi sifatida beriladi. Kalderonning «katolik
Fausti deb nom olgan «Mu’jizakor sexrgar» pyesasining qahramoni majusiy
Kiprian lazzatlanish uchungina shayton bilan ittifok tuzadi, oxirida qilmishlaridan
azobga tushib, xristianlikni qabul qiladi. Faustning o‘limi fojiali bo‘ladi, Kiprian
esa din yo‘lida jonini qiynoqqa solib vafot etadi.
«Matonatli shaxzoda» pyesasida ham turmush voqealari diniy «mo‘jizalar»
bilan aralashib ketadi. Mavrlar qo‘liga asir tushgan portugal shaxzodasi Fernando
qirolga xiyonat qilishni is-tamaydi, garchi qirol rozi bo‘lsa ham, bir qal’ani berish
evaziga o‘zini ozod etilishiga ko‘nmaydi, undan o‘limni afzal biladi.
Fernaidoning vatan oldidagi sadoqati, yozuvchining tasviricha, uning
shaxsiy intilishlaridan yuqori turishi kerak
“Xayot — uyqu demak” pyesasida ham diniy mavzu asarning realistik
mazmuni bilan duch keladi. O‘z o‘g‘li Sigizmundning kelajak taqdiri haqida habar
topgan (munajjimlar shahzodani zolim va daxshatli kimsa bo‘lib yetishadi, deb
aytadilar) qirol Basilio, yana ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bermasin deb xavfsirab,
Sigizmundni qamaydi. Bir necha yil o‘tgandan so‘ng qirol yulduzlarning o‘g‘li
haqidagi ma’lumoti to‘g‘riligiga shubxalanadi va shahzodani ozod qilib butun
xokimiyatni unga topshiradi. Qirol xonasida uykudan bosh ko‘targan Sigizmund
barcha ayonlarni shu jumladan, hamma yoq-qa daxshat solgan qamoqxona
boshlig‘ini ham o‘z huzurida ko‘radi, ularning barchasi shaxzodaning istaklarini
bajo keltirishga tayyor turadilar. Bu xodisalar Sigizmundni g‘azablantiradi, chunki
gunoxi bo‘lmagani xolda, munajjimlar qur’asi bilan, unga shunchalik azob berilishi
adolatdan emas edi. Endi Sigizmund tentaklarcha xarakat etib, o‘zi bilan
munozaralashgan xizmatchini zindonga tashlaydi, boshqalar xayotiga xavf soladi.
Otasiga ham shafqat qilmaydi. Qirol Basilio uni raxmdil bo‘lishga chaqiradi.
«Extimol, sen faqat uyqudadirsan va xayol qilarsan» degan fikr tez-tez
takrorlanadi. Oxirida ota o‘g‘lini to‘zata olmasligini sezgach, uxlatadigan dori
berib uni yana qamoqqa yuboradi. Sigizmund uchun ko‘rgan va boshidan
kechirganlari uyqu bo‘lib tuyuladi. Baxt haqida o‘ylash, yashash uchun intilish
bexuda narsa, degan xulosaga keladi. Mag‘rur, kuchli irodali Sigizmund pyesa
oxirida mumin-qobil, takdirga tan beruvchi kishi qilib ko‘rsatiladi.
Sigizmund — allegorik obraz bo‘lib, xaqiqiy insonga deyarli o‘xshamaydi.
U o‘rta asrlarda tasvirlangan mag‘lubiyatga uchragan farishta — shaytonga yaqin.
Asar boshida u isyonkor obraz, pyesa oxirida esa yengilgan va tavba qilgan
gunoxkordir. Lekin falsafiy-diniy xarakterdagi bu dramada yozuvchi insonni
qiziqdiradigan muhim masalalarni ko‘zg‘aydi, chuqur izlanishlarga beriladi,
qaxramonning ichki ruxiy kechinmalarini ko‘rsatishga intiladi. Sigizmund «iloxiy
farog‘at»ni sezganidan emas, balki turmush ziddiyatlariga duch kelganidan dono
bo‘ladi va vijdon azobini boshidan kechiradi. Shu sababli asarning realistik
moxiyati uning diniy tomonlarini xiralashtirib qo‘yadi.
Kalderon or-nomus masalasiga bag‘ishlangan qator dramalar yaratdi.
Lope de Vega ham o‘z zamonasi kishilarini qiziqtirgan oila va or-nomus
masalasini «Ayriliqning xavfi», «Nomus g‘alaba-si», «Nomus tufayli azoblanish»,
«Maxfiy nikox», «Oqilona jazo», shuningdek «O‘z uyida dono», «Jazo o‘ch emas»
kabi pyesalarida yoritib bergan edi. Bulardan ba’zilari («Nomus tufayli
azoblanish», «Nomus g‘alabasi», «Jazo o‘ch emas»)da, XVII asrda yuz bergan
voqearalarga asoslanib, xotindan qattiq o‘ch olishni tasvirlasa ham, lekin yozuvchi
ota-ona tomonidan zo‘rlab erga berilgan ayolning fojiali taqdiriga («Jazo o‘ch
emas», «Raqs muallimi») achinib qaraydi. Lope to‘kilgan qon tushirilgan dog‘ni
yuvmaydi, degan fikrni ko‘p takrorlaydi. Erning gumoni asossiz chiqqani
tasvirlangan pyesalarini yozuvchi er-xotinning yarashishi, erning o‘z ayblariga
iqror bo‘lishini bayon qilish («Ayb — dalillarda» «Ayriliqning xavfi») bilan
tugatadi. Lekin Kalderon bu masalani boshqacha talqin qiladi. «O‘z sha’nining
vrachi», «O‘z orsizligining san’atkori», «Yashirin haqorat uchun — yashirincha
o‘ch», «Rashk — oliy yovuzlik» va boshqa pyesalarida or-nomus haqidagi
traditsion koidalar mukammal o‘z aksini topgan. Shu xaqdagi qonunlar nomus juda
mo‘rt u sal narsaga sinib ketishy mumkin, degan qarashga asoslangan edi.
Nomussizlik kishi boshidan kechiradigan eng og‘ir sharmandalikdir. Shaxsga
nisbatan xiyonat — sha’niga dog‘ soluvchi voqea haqida odamlarda shubxa
tug‘ildimi, demak shuning o‘zi taxqirlanganning haqorat etuvchidan o‘ch olishi
uchun kifoyadir. Shu yo‘l bilan kishi sha’niga tushgan qora dog‘ yuviladi. «O‘z
sha’nining vrachi» dramasi asosida ana shunday fikr yotadi. Pyesaning asosiy
personaji don Go‘tyerre, faqat" shubxa bilan, sira gunoxi bo‘lmagan xotini
donya Mensiyaki o‘ldiradi va qonli qo‘lini eshikka bosib, qilgan ishidan
belgi qoldiradi. Joxil don Go‘tyerre qilgan jinoyatini qirolga sovuqqonlik bilan
aytib beradi: «Xunari bor kishi, janobim, eshikka o‘z tamg‘asini qoqib qo‘yadi.
O‘z sha’nini qondirish bilan band bo‘lgan men qonli qo‘limdan eshikda nishona
qoldirdim. Chunki, janobim, or-nomus qon bilan yuviladi». Dvoryan sha’ni
ximoyachisimonarx don Pedro don Go‘tyerrening bu qilmishini ma’qullaydi.
«O‘z orsizligining san’atkori»da ham shunday fikr ilgari suriladi.
Kalderon, diniy-falsafiy dramalaridan tashqari, «Ko‘rin-mas ayol», «O‘z
uyida qamoqda», «Ikki eshikli uyni qo‘riqlash qiyin», «Sekin oqqan suvdan
saqlan» kabi «Plash va shamshirlar» siklidagi komediyalarida dunyoviy muxabbat
va turmush zavq-shavqini jo‘shqin qo‘yladi. Personajlarning baxt haqidagi istagi
kurash vositasi bilan emas, balki tasodifiy xodisalar bilan bog‘lansa ham, lekin bu
komediyalarda qiziqarli xayol-orzular, ajoyib ibora va xikmatli so‘zlar orqali
yozuvchi o‘zining gumanistik qarashlarini aks ettiradi. Sevishgan ikki yoshning
muxabbat yo‘lida turgan xar qanday to‘siqlarni yengish uchun kurashlari realistik
buyoqlarda ifodalanadi.
Xushchaqchaq yengil va kishi diqqatini tortadigan «Ko‘rinmas ayol»
komediyasida Kalderon akalari (Xuan, Luis) ta’qibi ostida qolgan va lekin o‘z
sevgisi uchun kurashib maqsadiga yetuvchi chaqqon va bilimdon donya
Anxelaning xarakatini moxirlik bilan ko‘rsatib, oila nomusining ximoyachisi
bo‘lgan don Luisning bema’ni xarakati va shubxalanishini qattiq kulgi ostiga oladi.
Realistik tasvir, xarakterlarning pishiq ishlanganligi va demokratizmi bilan
ajralib turadigan eng yaxshi dramasi «Salamey alkaldi» asarida yozuvchi dexqon
bilan feodal xukumrono‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvni ko‘rsatish asosida
nomus temasini boshqacha talqin qiladi. Shuning uchun ham o‘z syujeti bilan bu
pyesa Lope de Veganing «Qo‘zibuloq» dramasida aks ettirilgan voqeaga yaqin
turadi. Qishloq oqsoqoli (alkaldi) qilib saylangan dehqon Pedro Krespo qizining
qirollik qo‘shinining ofitseri don Alvaro tomonidan taxqirlanganini bilgach, ularni
nikoxlab qo‘yish bilan ko‘ngilsiz xodisani bartaraf etmoqchi bo‘ladi. Lekin
ofitserdan rad javobini olgan Pedro o‘z xuquqidan foydalanib, surbet don Alvaroni
qamoqqa oladi va uni o‘lim jazosiga xukm qiladi. Shu voqea ustidan chiqqan
qirolning yuz bergan xodisani tan olishdan boshqa iloji qolmaydi.
Voqeaga real yondashgan Kalderon dehqonlarning axloq va or-nomusi
kuchliligini tasvirlashga aloxida e’tibor beradi. Pedro Krespo o‘zining dehqon
urug‘iga mansub ekanligi bilan faxrlanadi va soxta nom, soxta obruga nafrat bilan
qaraydi. Ofitserning dehqonlarda qanday or-nomus bo‘lishi mumkin, deb
gerdayishiga qarshi Pedroning o‘g‘li Xuan: «Sizda qanday bo‘lsa, xuddi shunday!
Dehqonsiz kapitan nima qila olur edi»,— deb unga tanbex beradi. Bu so‘zlar
yozuvchining feodal-zodagonlarga nafrat va oddiy kishilarga nisbatan chuqur
samimiyat bilan qaraganini ko‘rsatadi. Gersen: «Salamey alkaldi»ni o‘qib chiqqach
( ), o‘z xotira daftariga «Agar unda qonunchilik haqida shunday tushuncha bor
ekan, ispan plebeyi ulug‘dir», deb yozib qo‘ygan edi.
Kalderon mamlakatda tushkunlik ko‘chaygan davrda yashagani uchun uning
ijodi qarama-qarshiliklar bilan to‘la, unda barokko oqimiga xos «jimjimadorlik» va
yuzaki tasvirlar ham bor. Biroq uning diniy-falsafiy, oilaviy-maishiy, rashk va or-
nomusga bag‘ishlangan pyesalarining mazmuni yozuvchi katolik ta’limotiga to‘la
rioya qilgan va uning ashaddiy targ‘ibotchisi bo‘lgan degan xulosani keltirib
chiqarmaydi. Dramaturgdagi umidsizlik xayot-dan qoniqmaslikning natijasi edi.
Kalderonning
dramaturgiya-sida
diniy
fanatizm
va
feodal-absolyutizm
dogmatikasini xira-lashtirib qo‘yadigan xislat, ya’ni realistik tasvir mavjud edi.
Lekin shunday bo‘lsa ham, uning dramaturgiyasida Lope de Vega ijodiga xos
turmush kuvonchlari ko‘rinmaydi. Gyote qo‘yilgan masa-lalarning jiddiyligi,
g‘oyaviy mazmunining kengligi bilan ajralib turgan «Matonatli shaxzoda», “Xayot
— uyku demak” pyesalariga yuqori baxo berib, Kalderonni “Ulug‘ dramatik shoir»
deb ataydi.
Yozuvchi asarlarida ko‘targan katta falsafiy fikrlar, qaxra-monlarining ichki
dunyosini moxirlik bilan ochishi, lirik mo-mentlar — Kalderonning dramatik
maxoratidan dalolat beradi, Kalderon feodal-katolik reaksiyasi kuchaygan davrda
yashagan, gumanizmning tushkunligini ifodalagan XVII asr ispan adabiyotining
so‘nggi yirik vakilidir. XVII asrning oxirlariga borib ispan teatri butunlay
inqirozga uchraydi.
XVII ASR FRANSUZ ADABIYOTI
XVI asrda Fransiyada feodal zulmiga qarshi sotsial kurashlar kuchayadi.
Biroq feodal zodagonlar oppozitsiya chikuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlardan
foydalanib, ularni tarqatib yuborish, bir guruxini ikkinchisiga qarshi qo‘yish va
mamlakatda diniy janjallar chiqarish bilan o‘z mavqeini saqlab qolishga erishadi.
XVI asr oxirida taxtga chiqqan Genrix IV davrida qirollik hukumati
fitnachi feodallarni bostirish va markazlashgan hokimiyat o‘rnati uchun ko‘p
harakat qiladi. Lyudovik XIII davri (XVII asrning birinchi yarmi)da davlatni
boshqarishishida bevosita qatnashgan kardinal Rishelye monarxiya tuzumini
mustahkamlab, provinsiyalarni markazga buysundiradi. Madaniy hayot sohasida
xam yagona nazorat o‘rnatadi. Rishelye savdo-sanoatni rivojlantirishga e’tibor
beradi, doimiy armiya va flot tuzadi, xalq og‘ir soliqlar ostida eziladi. Bu narsa
qator dehqon ko‘zg‘olonlarini keltirib chiqaradi. Lyudovik XIII vafot etgandan
so‘ng, uning balog‘atga yetmagan o‘g‘li Lyudovik XIV davlat tepasiga chiqadi.
Lekin davlat ishini kardinal Mazarin o‘z qo‘liga oladi. Bu vaziyatdan foydalanib,
tarixda frondi nomi bilan ataladigan dvoryan oppoziqiyasi bosh ko‘taradi, u xalq
noroziligidan foydalanib, hukumatga qarshi 4 yil (1648—1652) urush olib boradi.
Bu harakat bashliqlarining xalq manfaatiga zid urinish- larini sezgan kambag‘altoy
faundan chetlashadi. Mazarin o‘lganidan so‘ng, yigirma uch yoshli Lyudovik
XIVning o‘zi davlatni mustaqil idora qilaboshlaydi.
Dekart o‘z kuzatishlari orqali dunyoning moddiyligiga iqror bo‘lsa-da, lekin
u o‘rta asr diniy ta’limoti ta’siridan butunlay quto‘laolmaydi. Shunga qaramasdan,
u diniy-sxolastikani rad etib, fanning erkinligi uchun yo‘l ochib berdi. Dekartning
raqio- nalizmi shundan iborat ediki, u haqikatni tajribadan, moddiy dunyodan
emas, balki aql-idrokdan qidirdi. Uningcha, idrok—hakiqatning yagona o‘lchovi.
Klassitsizm nazariyachilari aql-idrok kuchiga qattiq ishonadilar va o‘z qarashlarini
shunga asoslaydilar.
Fransuz klassiqiemining dastlabki vakili shoir Maler (1555—1628) hamma
narsa aql-idrokka asoslanishi kerak, feodal o‘zboshimchaliklar siyosiy hayotda
davlat ishiga putur yetkazgani ka- bi, san’atda ham emoqiyali anarxiya
yozuvchining fikrini buzadi, asarining maqsad aniqligi va kompoziqion butunligini
yo‘lda chiqaradi, deb san’atkorni aql amriga buysunishga chaqiradi, uning
nazariyasi hukumat siyosatiga mos edi, chunki «aql hukm»i yukori doirada,
saroyda ishlab chiqilgan edi. Maler saroy shoiri sifa- tida o‘z odalarida qirol
(Genrix 1U)ning mutlaq hokimiyati va uning siyosatini madh etdi. Feodal
tarqoqlikni qoralab, inson aqli va uning irodasiga ishonch «bilan qaradi.
PYER KORNEL (1606— )
XVII asr Fransuz adabiyotining yirik vakili dramaturg Pyer Kornel sud
chinovnigi oilasida tug‘iladi. Yosh Kornel Ruan shahrida iyezuit kolledjida
o‘qiydi. So‘ngra huquqshunoslikni o‘rganib, advokat vazifasida ishladi.
Kornel ijodining dastlabki etapi ( 9— ) da aristokratiya sinfining
ma’naviy yemirilishi, uning vakillarining axloqiy tubanligini aks ettirgan «Melita»,
«Beva», «Sud galeriyasi», «Kirollik maydoni» kabi komediyalarini yaratdi. Biroq
Kornel bu pyesalaridan ko‘ra bundan so‘ng yozgan yirik tragediyalari bilan shuhrat
qozondi.
Kornel birinchi tragediyasi «Medeya» ( ) ning syujetini antik
yozuvchilar Yevripid va Senekaning Medeya haqidagi asarlaridan oldi. Yozuvchi
aristokratiya tabaqasining axloqiy bo‘zuqligi qurboni bo‘lgan ayolning og‘ir
taqdirini tasvirlaydi. Voqea asosida mifologii tarix yotsa xam, lekin Kornel o‘z
zamonasi aristokratiyasining yaramasliklarini fosh etadi.
«Komik illyuziya»da oddiy kishilardagi chin insoniy tuyg‘ular, jumladan,
do‘stlik tasvirlanadi. Yosh yigit Klindor otasining mansab va boylik orttirish
hakidagi maslaqatini rad etib, uyidan chiqib ketadi va boshidan ko‘p
mashaqqatlarni kechiradi. Oxirida u maqtanchoq jangchi Matamor uyida
xizmatkorlik qiladi. U Izabella nomli go‘zal qizni sevadi. Biroq bu sof sevgiga
xo‘jayini to‘g‘anoq bo‘ladi. U Klindorni turmaga tashlaganida, gunohsiz bu yigitni
Izabellaning xizmatkori oddiy qiz Liza qutqarib yuboradi.
«Medeya» va «Komik illyuziya»da Kornel hukmron guruhlar tomonidan
ezilgan va haqoratlangan oddiy kishilarning huquq- larini himoya qiladi. Bu
asarlarda aniq ijobiy ideal bo‘lmagani uchun yozuvchi bayon etgan noroziliklar
cheklangan edi. Xali u zamonasidagi o‘sib borayotgan sinfiy ziddiyatlarni yetarli
ochib berolmaydi. Erksevar yozuvchilarga yaqinlashishi tufayli Kornel o‘zidagi
chegaralanganlikni qisman yengadi, bu narsa uning shu vaktda ijod qilgan eng
yirik asari «Sid» ( ) tragediyasida seziladi.
Kornel «Sid» ( ) tragediyasi syujetiniispan bahodiri Rodrigo Dias
haqidagi
o‘rtaasr
qahramonlik
eposidan,
shuningdek,
Gilyen
de
Kastroning«Sidning yoshligi» pyesasidan olsa ham, biroq yozuvchi bu temanio‘z
zamonasiga yakinlashtirib, to‘la ma’noda mustaqil, originalasar yaratdi.
«Sid» tragediyasi Franqiyadagi ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan bog‘liq
ravishda paydo bo‘ladi. yillik urush natijasida Franqiya og‘ir ahvolga tushgan,
gabsburglar armiyasi yilning yozida Franqiyaning ko‘p yerlarini ishg‘ol etib,
hatto Parijga yaqinlashib qolgan edi. Bu ahvoldan g‘azablangan mehnatkash omma
qo‘liga qurol berilishini talab qiladi. Qurquvga tushgan hukumat uni
qurollantirishga majbur bo‘ladi. Xalqning o‘z vataniga zo‘r muhabbati tufayli
mamlakat halokatdan qutuladi. — yillar dehqonlar qo‘zg‘olonlarining
kuchaygan davri ham edi. Feodal zodagonlar bu voqeadan o‘z manfaatlari uchun
foydalanmoqchi bo‘lib, mamlakatni maydalab yuborishga urinadilar. Bu
voqealarta’sirida yozuvchi g‘oyavii chuqur, gumanistik ruh bilan sug‘orilgan yirik
realistik asarlar yozishga kirishdi. «Sid» tragediyasi mana shu davr mahsulidir.
Boy aristokrat don Gomes graf Gormasning qizi Ximena bilan don
Diyegoning o‘g‘li Rodrigo Dias bir-birini sevadi. Ota ham qizini don Sanchoga
emas, balki Rodrigoga berishga moyil. Lekin shu vaqtda ikki sevishganning baxtli
sevgisiga to‘siqlik qiluvchi kutilmagan voqea yuz beradi. Kirol don Diyegoni o‘z
o‘g‘liga murabbiy sifatida xizmatga chaqiradi. Bu xizmatdaya umidvor bo‘lgan
graf Gormas qirolga o‘zining bir vaqtlari ko‘rsatgan xizmatlarini uno‘tganligini
aytib, uni ayblashga jur’at etadi. Ikki feodal o‘rtasidagi tortishuv shundan kelib
chiqadi. Don Gomes Rodrigoning otasini haqorat qiladi. Keksa don Diyegoning
undan o‘ch olishga qurbi yetmay, qasos olishni o‘g‘li Rodrigoga topshiradi.
Rodrigo uchun bu topshiriq juda og‘ir. Agar grafdan qasos olsa, u taqdirda
sevgilisidan ajraladi, agar o‘ch olmasa, o‘z oilasi haqorat ostida qoladi. Rodrigo
qizning otasi graf Gormasni duelga chaqirib, uni halok etadi. Bu fojiali voqeadan
so‘ng Ximena qirol huzuriga borib, otasining qotilini jazolashni so‘raydi. Ularning
har ikkalasi urug‘ urf-odatlariga amal qilib, ota oldidagi burchini bajarmoqchi
bo‘lsalar ham, lekin ko‘ngil amriga ham itoat qiladilar. Aristokratik burch bilan
yoshlik tuyg‘usi o‘rtasida ma’naviy azob chekadilar.
Shu vaqtda Rodrigo mamlakatga bosib kelgan mavrlarga qarshi xalq kungilli
otryadlari bilan birga jang qilib, ularni tor-mor etadi. Xalq yosh qahramonni
sharaflaydi. Dushman tomon ham Rodrigoning botirligiga qoyil qolib, uni «sid»,
ya’ni janob deb ataydi.
Ximena xalq va davlat oldida o‘zining grajdanlik burchini a’lo darajada
bajargan qahramon Rodrigoni jazolashni talab qiladi. Biroq qirol davlatni dushman
xavfidan saqlab qolgan kishini jazolashga botinolmaydi. Shundan so‘ng qiz
Rodrigoni o‘ldirgan kishiga turmushga chiqishini ma’lum qiladi. Qirol jangda kim
g‘olib chiqsa, qiz o‘shaniqi bo‘ladi, deydi. Bu shart Ximenada goh dadillik
tug‘diradi, ya’ni u sevgani umidi bilan yashaydi, goh qasos olish fikri bilan azob
chekadi. Tragediyaning oxiri yaxshilik bilan tugaydi, qizning talabgori don Sancho
duelda yengiladi. Qirol maslaxati bilan g‘alaba qilgan Rodrigo Ximena bilan
topishadi.
XVII asrning birinchi yarmida— Fransiyada feodal o‘zboshimchaliklarini
tugatish, yagona milliy davlat — absolyutizmni mustaqkamlash uchun kurash avj
olgan bir vaqtda Kornel o‘z ijodida eski feodal tartiblarining yemirilishi
muqarrarligi va mar- kazlashgan kuchli davlat barpo etish zarurligini aks ettiradi.
Jumladan, «Sid» tragediyasida qonga qon degan eski urf-odat o‘rniga vatan
oldidagi grajdanlik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi.
Xalq
qahramoni Rodrigo «oddiykishilarning umidi va tayanchi» sifatida o‘z vatanini
dushman hujumidan saqlab qoladi. Uning qahramonligini hammadan oldin tan
olgan va unga yuqori baho bergan kuch — bu xalqdir. Asarning xalqchilligi
Kornelning mehnatkash ommaga ishonchi va unga xayrixohlik bilan qarashidan
kelib chiqadi.
Kornel tragediyada absolyut hokimiyatga qarshi feodal oppozitsiyasi
kayfiyatlarini mag‘rur graf Gormas obrazida beradi. Uning: «Men halok bo‘lsam,
butun davlat halok bo‘ladi»,— degan so‘zini yozuvchi qattiq qoralaydi, chunki
Gormas o‘z manfaatini davlat, xalq manfaatidan yukori qo‘yadi. Kornel qirollik
hokimiyatining barqaror emasligini ham katta jasorat bilan ta’kidlaydi. Monarx
dushman guruhlar o‘rtasida ehtiyotkorlik bilan ishtutadi, xalq fikri bilan
hisoblashadi, isyonkor feodal-zodagonlarga qattiq tegmaslikka-intiladi, ko‘p
masalalarda ikkilanadi ham. Muhimi shundaki, Kornel qirolni benuqson qilib
tasvirla- maydi. Mana shu narsalar yozuvchiga hujum qilish uchun katta bahona
bo‘ladi. Bunday jasorat tragediyaning badiiy tuzilishida ham ko‘- rinadi. Kornel
klassitsizmning uch birlik qonunini ham buzadi. Masalan, fojiali voqeadan so‘ng
Rodrigo qiz bilan saroyda emas, balki qizning uyida uchrashadi. A. S. Pushkin
yozuvchi «Sid» tra- gediyasida dadillik bilan vakt birligiga ham rioya etmaganini
ko‘rsatib o‘tgan edi.
Sahnada katta muvaffaqiyat qozongan «Sid» tragediyasi hakida ko‘p o‘tmay
jiddiy munozaralar boshlanib ketadi.
Asarda karama-qarshiliklar uchrab turishiga karamay, yozuvchining erkinlik
va demokratii g‘oyalarni dadillik bilan himoya qilishi, feodal urf-odatlarni tanqid
etishi hukmron doiralar, xususan feodal guruhlarni tashvishga soladi. Aristokratik
ada- biy oqim vakillari — pretsioz dramaturglari (Mere va Skyuderi) Kornelga
qattiq hujum qiladilar. Rishelye ham asarning mavjud tuzum zamiriga putur
yetkazishini hisobga olib, yozuvchiga tazyiq o‘tkazadi va Korneldan o‘z
pozitsiyasini tubdan o‘zgartishni talab qiladi. «Sid» tragediyasining tankidchilari,
yozuvchini klassitsizm qoidalarini buzishda ayblasalar ham, lekin ularning bu
fikrlari ostida aniq siyosiy mulohazalar yotar edi. XVII asrning 30- yillaridagi
absolyut hokimiyat va feodal tartiblariga qarshi keng xalq ommasining harakati
(jumladan, 9 yildagi «Yalangoyoqlar» qo‘zg‘oloni) kuchayib borayotgan
sharoitda bunday realistik va gumanistik asarlarning paydo bulishi davlat uchun
xavfli edi. Xukumron doiralar yozuvchidagi erkinlikni ma’lum darajada bug‘ishga
erishadilar. Kornel bundan so‘ng yozgan asarlarida klassitsizm qonun-qoidalariga
rioya kiladi. «Sid» dagi kabi keng demokratii va xalqchillik ruhi bilan sug‘orilgan
badiiy yuksak asarlar yaratolmaydi.
«Goratsiy» Kornel «Goratsiy» ( 9) tragediyasi syujetitragediyasi uchun
materialni Rim tarixchisi Tit Liviyning birinchi kitobida bayon etilgan qadimgi
grek davlatining tashkil topishi haqidagi afsonadan oladi.
Bir-biriga qo‘shni va qon-qardoshlik aloqalari bilan bog‘langan ikki shaxar
— Rim hamda Alba-Longa o‘rtasida, ulardan qaysi biri yetakchilik rolini o‘ynashi
lozimligi masalasida kelishmovchilik kelib chiqadi va u ikki shahar vakillari
o‘rtasidagi olishuv hal qilsin, degan karorga kelinadi. Bu kurash rimliklardan chol
Publiy Goratsiyning uch egizak o‘g‘li Goratsiylar, Alba-Longa tomonidan uchta
egizak Kuriatsiylar zimmasiga tushadi. Goratsiylardan biri Kuriatsiylarning singlisi
Sabinaga uylangan. Publiy Goratsiyning qizi Kamilla Kuriatsiylardan biriga
unashtirilgan. Sabina yuz berayotgan mushkul vokealardan tashvishlanadi. Xar
ikki tomonning yengilishi xam Sabina uchun juda og‘ir, chunki bir shaharda
tug‘ishganlari bor, ikkinchi shaxarda esa sevgan eri bilan yashaydi. Kamilla ham
Rim g‘alaba qilsa, sevgani, Alba yengsa, akalari halok bo‘lishini o‘ylab, qattik
kayg‘uradi. Xar ikkala ayolda ham muxabbat, sadoqat kuchli, lekin ular
vatanparvarlik burchlarini sevgiga qurbon qilmaydilar.
Nixoyat, Goratsiylar bilan Kuriatsiylar o‘rtasida jang boshlanadi- Bu urush
sahnada emas, sahana orqasida bo‘lib, uning borishi tomoshabinga ma’lum qilib
turiladi. Uchala Kuriatsiy yaralangan, ikki Goratsiy o‘lgan, kichik Goratsiy
dushman oldiga tushib qochib borayotgani xaqida xabar keladi. Chol Goratsiy
o‘lgan o‘g‘illari uchun qayg‘urmaydi, balki dushmandan qo‘rqib qochayotgan
o‘g‘lini o‘ylaydi va uni nafratlaydi. Uning qochib qutulganidan ko‘ra qahramonona
halok blishini ma’qul ko‘radi. Biroq, Goratsiyning qochish va qurquv alomati
emas, balki harbiy nayrang ekani ma’lum bo‘ladi. U dastlab son jihatidan ustun
dushmandan qochadi va orqasidan kuvib borayotgan Kuriatsiylar bilan birma-bir
jang qilib, ularning uchalasini ham yengib, Rimga g‘alaba keltiradi. Goratsiy katta
tantana bilan jang maydonidan qaytgan vaktida singlisi Kamillaga duch keladi. U
sevgani Kuriatsiyning halok bo‘lganini bilib, dod-faryod ko‘taradi. Goratsiy bu
holdan qattiq g‘azablanadi. Axir, u mamlakatga g‘alaba keltirsa-yu, singlisi
dushman uchun qayg‘ursa! U akalarini va vatanini unutgan Kamillani la’natlaydi.
«Nourin muhabbating bilan sevganing oldiga jo‘na», deb uni qilichi bilan chopib
o‘ldiradi. Shu tarifa Goratsiy kahramon yigitdan jinoyatchi kotilga aylanadi. Biroq
qirol Goratsiyning qahramonligini hisobga olib, uning gunohini kechadi.
«Goratsiy» tragediyasida Kornel davlat va jamiyat ishi uchun kurash
mavzusini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Yozuvchi chol Goratsiy obrazida davlat
tuzumini yoqlash uchun har qanday shaxsiy qurbondan qaytmaydigan olijanob
kishini tasvirlaydi va bu bilan u mam- lakatning tarqoqligi uchun kurashayotgan
isyonkor feodal zodagonlarni qoralaydi. Agar «Sid»da davlat ishi ham qirol, ham
xalq- ning aralashuvi bilan olib borilsa, «Goratsiy» da hamma narsa mutlaq
hokimning hukmiga bo‘ysundiriladi. Asar mazmunining mavhumligi, har ikki
shahar o‘rtasida jiddiy qonflikt yo‘qligi, kuchli tomonning zaif tomonni o‘ziga
itoat ettirishga urinishi kabi hollar asarning gumanistik mazmuni va vatanparvarlik
ruhiga putur yetkazmay qolmaydi. Lekin asardagi monarx sha’niga tegadigan
voqea va realistik momentlar muholiflarning yana Kornelni tanqid qilib
chiqishlariga sabab bo‘ladi.
Yozuvchining bundan keyingi asarlarida klassitsizm prinsiplari yana
kuchayadi, u shaxsan absolyut hokimiyatga ko‘r-ko‘rona itoat ettirish bilan
qarama-qarshiliklardan qutulish yo‘lini izlaydi. Endi samimiy insoniy his-tuyg‘ular
tasviri o‘rnini sovuq quruq muhokamalar egallaydi. Qaxramonlar jonli individlar
emas, balki mavhum g‘oyalarni tashuvchi shaxslardir.
Kornelning «Sinna yoki Avgust marhamati» ( 9) tragediyasining syujetini
Kornel qadimgi Rimboshka asarlaritarixidan oladi. Asarning bosh qahramoni qonli
kurashlar natijasida Rimni o‘ziga qaratib, hukmron bo‘lganAvgustdir.
Emiliya otasining qotili Avgustni ko‘olmaydi va, qanday bo‘lmasin, undan
qasos olishni o‘ylaydi. Bu ishga o‘zini sevadigan yigit Sinnani undaydi. Sinna
bilan Emiliyaning muhabbatini ko‘ralmagan Maksim uyushtirilayotgan fitna
haqida Avgustni ogohlantiradi. Avgust Sinnani qamoqqa oladi. Lekin o‘ziga yaqin
turgan kishilar fitna kutarmoqchi bo‘lganidan attiq azob chekadi. Nixoyat, Avgust
qalbida rahmdillik hissi tug‘iladi. Sinnani xuzuriga chaqirib osoyishtalik bilan
uning xatolarini ko‘rsatadi va gunohlarini kechirib, ularni bo‘shatib yuboradi.
Kornel bu siyosiy tragediyasida ham mustaqkam davlat hokimiyati tarafdori
sifatida chiqadi. O‘zaro diniy urushlar va aristokratlar fitnasi kuchayib ketgan,
butun og‘irlik omma ustiga tushayotgan vaqtda oddiy xalq ham «tartibsizlik ichida
tartib vakili» bo‘lgan yagona markazlashgan hokimiyatni himoya qilar edi. Sinna
va Maksim obrazlarida yozuvchi xalq noroziligidan o‘z manfaati uchun
foydalanishga intilgan feodal oppozitsiyasining vakillarini qoralaydi. Shuniig
uchun yozuvchi pyesani monarxning tantanasini tasvirlash bilan tugatadi.
Tragediyada siyosiy to‘qnashuvlar, o‘tkir qonfliktlar yo‘q, Sinna bilan
Avgust o‘rtasidagi «mojaro» bir anglashilmovchilikdir. Chunki Sinna sevgilisi
Emiliyaning talabi bilan Avgustga (karshi qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘ladi. Yozuvchi
dunyoqarashida yuz bergan o‘z- garish — klassitsizm prinsiplariga qattiq rioya
qilish «sSinna» tragediyasining ham mazmuni, ham badiiy qimmatiga putur
yetkazmay qolmadi.
Kornel fransuz tragediyasininggina emas, balki fransuz xarakterlar
komediyasining asoschisi xamdir. «Qallob» ( ) komediyasida Kornel
aristokratiya vakilining soxta va illyuziyali hayotini masxara qiladi. Klassitsizm
nazariyasi ruhida yozilgan bu asarda aristokratiyani zamonga qarab ish tutishga
da’vat etadi. «Sid» tragediyasi kabi bu asarini yaratishda ham u ispan ada- biyotiga
murojaat etadi va ispaniyalik Alarqonning «Shubxali haqiqat» komediyasidan
foydalanadi. Yirik komediograf Molyer xatlaridan birida Kornelning «Qallob»
komediyasidan ko‘p narsa urganganini e’tirof qilgan edi.
Fransiyadagi siyosiy voqealar, feodal reaksiyasi bilan xalq ommasi
o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi yozuvchiga salbiy ta’sir etmay
qolmadi. Kornel ilgarigi asarlarida kishining xizmati uning fazilatlarini belgilaydi,
deb gumanistik g‘oyalarni himoya qilgan bo‘lsa, endi u, kishining qimmatini uning
jamiyatda tutgan o‘rni, nasl-nasabi belgilaydi, degan qonservativ fikrni ilgari surdi.
«Rodogunda» ( ), «Iraqliya» ( 7) tragediyalarida yozuvchi davlat nizolarini
tasvirlab, qonuniy monarxiya davlati va jamiyatning tabaqaga asoslangan
negizlarini yoqladi.
XVII asrning 60—70-yillarida yozgan ba’zi tragediyalarida («Sertoriya»,
«Sofonisbi») Kornel Fronde harakatida qatnash- gan prins Qonde kabi feodal-
zodagonlarni oqlaydi. U boshqa bir qancha pyesalarida («Otton», «Tit va
Berenika», «Pulxeriya») saroy zodagonlari va ularning egoistik intilishlaridan
kuladi. Biroq u absolyut hokimiyatni saqlab qolishga qobiliyatli bo‘lgan kuchli va
shafqatsiz hokim idealini ilgari suradi. Gumanistik g‘oyalardan mazfum va
klassitsizm estetikasi ruhida yozilgan Kornelning bu asarlari «Sid» va «Goratsiy»
tragediyalari darajasida yuqori badiiy umumlashmaga ko‘tarila olmadi va sahnada
ham muvaffaqiyat kozonmadi.
MOLYER
(1622— 7 )
Fransuz milliy teatrining asoschisi yirik dramaturg-komediograf Jan Batist
Molyer Parijda savdogar oilasida tug‘ildi. Uning xaqiqiy familiyasi Poklen bo‘lib,
Molyer uning adabiy taxallusidir. Molyer 1639 yilda Klermon kolledjini bitirib,
Orlean universitetida advokat unvonini olish uchun imtixon topshiradi. Biroq uni
sud ishi ham, savdo ishi ham qiziqtirmaydi. Yoshligidan teatrni yaxshi ko‘rgan
Molyer o‘rtoqlari bilan yilda Parijda «Yaltiroq teatr» tashkil etadi. Biroq
truppa o‘z mustaqil repertuari, aktyorlik tajribasi va moddiy asosi bo‘lmaganidan
yopilib koladi. Shundan so‘ng Molyer do‘stlari (Bejar) bilan ko‘chib yuruvchi
provinsiya komediantlar truppasiga kirib ishlay boshlaydi. Bu vaktdagi og‘ir
sharoit uning irodasini bukolmaydi, balki yana xam chiniqtiradi. Molyer bu yillar
(1645—1658) da boy tajriba orttiradi, turli sotsial guruhlarning turmushi bilan
tanishadi, truppaning obruyini oshirish uchun kurashadi. Spektaqllarda asosiy
rollarni o‘zi o‘ynaydi. yilda Molyer truppaning boshlig‘i bo‘ladi.
Mamlakatda davom etgan grajdanlar urushi, fronti xarakati, xalq ommasining og‘ir
ahvoli Molyer dunyoqarashining demokratik ruhda shaqllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Molyer ijodiy faoliyatining ilk bosqichida Fransuz xalq farsini o‘zlashtirgani
holda italyan niqobli komediyalarini Fransuz teatriga moslab qayta ishlab, o‘z
truppasini repertuar bilan ta’minlab turadi. Lion shahrida yilda uning birinchi
komediyalaridan bo‘lgan «Telba» pyesasi qo‘yiladi, bu esa Molyer truppasining
shuhratini oshirib yuboradi. Shundan keyinMolyer pyesalarini Parijda ko‘rsatishga
harakat qiladi. U 1658 yilning oktabr oyida qirol saroyida avval Kornelning
«Nikomed» tragediyasini, so‘ngra unga qushimcha ravishda o‘zining «Oshiq
bo‘lgan doktor» pyesasini ko‘rsatadi. Molyerning bu kichik farsi (bosh rolni uning
o‘zi o‘ynagan) katta muvaffaqiyat qozonadi. Shundan keyingina qirol truppani
Parijda qoldirishga ruxsat etadi.
yilda «Ayollar uchun saboq» pyesasi qo‘yilganidan so‘ng aristokratiya
va cherkov reaksiyasi yozuvchining obruyiga putur yetkazish uchun keng doirada
kurash olib boradi, unga qarshi tuhmat uyushtirib, Molyerni yeretik (dahriy)
sifatida kuydirib o‘ldirilishini talab etadi. Biroq Lyudovik XIV yozuvchidan
foydalanish, uni o‘ziga itoat ettirish va buntarlik inti- lishlaridan qaytarish uchun
uni himoya qiladi. Ayni vaqtda «Tartyuf»ni taqiqlashga, «Don Juan»ni
repertuardan chiqarishga farmoyish beradi.
Molyer qayotining so‘nggi yillarida qizg‘in ijod bilan band bo‘ladi, uning
asarlarida tanqidiy tendensiya yana kuchaya boshlaydi. Buni shu davrda yaratgan
yirik asari «Yolg‘on kasal» komediya- sida ochiq kurish mumkin. Og‘ir sharoit
reaksiya tazyiqi ostida tinmay ishlagan va kurashgan yozuvchining sog‘ligini
zaiflashtiradi. 1673 yilning 17 fevralida betob bulishiga qaramasdan Molyer
«Yolg‘on kasal» pyesasidagi bosh rolni ijro etadi. Butun o‘yin davomida u o‘zini
yomon his qiladi, tomosha tugagandan bir necha soat o‘tgach, yirik dramaturg
vafot etadi. Parij arxiyepiskopi «tavba qilmagan gunoqkor» deb Molyerni
ko‘mishga ruxsat bermaydi. Yozuvchining yaqinlari qiyinchilik bilan ijozat olib,
uning ja- sadini kechasi qabristonning bir chekkasiga ko‘madilar.
Molyer Fransuz klassik komediyasini Fransuz xalq farsi traditsiyalari bilan
Rim komediyalarining eng yaxshi namunalarini tanqidiy o‘zlashtirish asosida
yaratdi. Dramaturgiyaga qadam qo‘ygan Molyer hukmron klassitsizm estetikasi
prinqiplari ne- gizida yozishga kirishgan bo‘lsa ham, lekin u saroy adabiyoti
qoidalariga o‘ralashib qolmadi. Molyer klassitsizmning tragediyani «yuqori»,
komediyani esa «tuban» janr deb ko‘rsatishlariga qarshi chiqadi. Tragediyaga
nisbatan yaxshi komediyani yaratish qiyinligi, kishilarni kuldiradigan va ular
didiga yoqadigan komediya yozish oson ish emasligini ta’kidlab ko‘rsatadi. U
teatrning tarbiyaviy roliga ham katta ahamiyat beradi. Uni «jamiyat oynasi» deb
ataydi. Molyerning ko‘rsatishicha, «komediyaning vazifasi kishilarni kuldirib
turib, ulardagi nuqsonlarni tuzatishdan iboratdir» .
Molyer komediya haqida so‘zlab, yozuvchining asosiy maqsadi davr
«nuqsonlarini kulgili manzaralarda fosh etish» dan iboratdir, deb ko‘rsatadi.
Aktyor sahnada sun’iylikka yo‘l quymasligi kerak. Odam hayotda qanday bo‘lsa,
sahnada xam xuddi o‘shanday bo‘lishi lozim.
Shunday qilib, Molyer klassitsizm nazariyasining tor va chek- langanligini
tanqid qiladi. U uch birlik qonuniga hamma vaqt rioya qilavermaydi, bu qoida
Molyer ko‘zlagan maqsadlarni yoritishga torlik qilsa, uning qobig‘idan tashqariga
chiqaveradi. Natijada u klassitsizm qoidalariga amal qilib emas, balki real turmush
talablariga tayanib, realistik ijodning ajoyib namunasi bo‘lgan komediyalar
yaratishga muvaffaq bo‘ladi.
«Kulgili nozaninlar» ( 9) komediyasi Molyerning nomini ko‘pchilikka
ma’lum qilgan uning birinchi original asaridir. Bunda yozuvchi katta jasorat bilan
pretsioz aristokrat «madaniyati»ni ham, meshchan burjua mahdudligini ham ochik
tanqid qiladi.
Burjua Gorjibyusning qizi Madlon va jiyani Kato meshchanlik ruhida
tarbiyalanadilar. Pretsioz romanlarini o‘qigan bu qizlar soddalikka emas,
aristokratiyaning usti yaltiroq va dabdabali hayotiga intiladilar. Poytaxtdagi
aristokrat ayollarga ergashib, nutqlarida balandparvoz mavhum iboralar
ishlatadilar. Ular «nafislik xaritasi»ni bilmagan «bilimsiz» jazmanlarni rad etadilar.
Nihoyat, qizlar tomonidan tahqirlangan ikki yigit qasos olish maqsadida
xizmatkorlari Maskaril bilan Jodleni markizcha kiyintirib, ularning huzuriga
yuboradilar. Aristokrat yigitiga xos olifta, chaqqon va gapdon Maskaril tezdan
qizlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Uning sun’iy harakatlari va so‘zlari
(«Mening qalbim qil ustida turibdi») Madlon va Katoga tabiiy kurinadi. Uning har
bir so‘zi qizlarga rohat bahishlagandek tuyuladi. Ikki xizmatkor qizlar bilan uyinga
tushib turgan vaqtda rad etilgan oshiqlar — Lagranj va Dyukruazilar kirib kelib,
xizmatkorlari ustidagi kiyimlarni yechib olib, soxta so‘z va harakatlarga maftun
bo‘lgan kaltabin meshchankalar ustidan kuladilar.
Xalq farsiga asoslanib yozgan bir pardali bu pyesasida Molyer 50- yillardagi
dvoryan reaksiyasi ta’siri natijasida keng tarqalib borayotgan pretsioz adabiyotiga,
aristokratik xulq-atvor va tannozlikka qat’iy zarba berdi. Asar qahramonlaridan
birining «Tannozlik ruhi bilan faqat Parijgina emas, balki provinsiya ham
kasallangan», deyishi bevosita Madlon bilan Katoga ham tegishlidir. Chunki ular
pretsioz san’atiga xos ibora va abstraksiyaga beriladilar. Masalan, Madlon oyna
so‘zi o‘rniga «nozanin sirdosh», kreslo so‘zi o‘rniga «suhbat qulayligi» iborasini
ishlatadi. Kato o‘z suhbatdoshiga o‘tirishni taqlif etar ekan: «Sizdan so‘raymanki,
janob, ushbu kresloga nisbatan shafqatsiz bo‘lmasangiz, chunki mana u chorak
soatdan beri sizni o‘z quchog‘iga chaqirmoqda, uning sizni o‘z bag‘riga olish
istagiga iltifot etsa- ngiz»,— deydi. Yozuvchi pretsiozchilarning nutqinigina emas,
ular- ning turmushdan ajralib qolgan xatti-harakatlarini ham qattiq qoralaydi.
Shuning uchun reaksion doiralar va, birinchi galda, cherkov yozuvchiga qattiq
hujum qilib, vaqtincha bo‘lsa ham, bu pyesani sahnadan olib tashlashga erishadilar.
Biroq dramaturg reaksiya tazyiqiga bardosh berib, feodal-aristokratiyaning chirkin
hayoti va diniy jaholatni fosh etishni to‘xtatmaydi. Aksincha, u bir pardali
«Sganarel» ( ) nomli she’riy komediyasini yozib, Fransuz burjuaziyasining
yaramas va kulgili tomonlarini yanada qattikroq fosh qiladi.
Molyer «Ezmalar» (1661) nomli komediya-balet yaratadi. Bu asarida ham
yuqori guruh vakillarining bema’ni hayotini satira
pretsioz adabiyot— nafis, nozik adabiyot; aristokratik adabiyotdagi barokko
oqimining bir turiostiga oldi. «Ezmalar» yozuvchining realistik komediya ijod
etishdagi dadil qadami edi.
«Erlar uchun saboq», «Ayollar uchun saboq» ( ) komediyalarida Molyer
oila, nikoh masalalarini ko‘tarib chiqadi. Yozuvchi ayollarga ishonmaydigan. boy
burjua Arnolf obrazini katta mahorat bilan yaratadi. Arnolf xotinni ham mulk
sifatida sotib olishdan qaytmaydigan egoist. U kambag‘al dehqon oilasidan Ag-
nessa ismli qizni sotib olib, uni avval monastirda, so‘ngra uyda itoatkor ruhda
tarbiyalab, o‘ziga xotin qilmoqchi bo‘ladi. Sodda qiz Agnessa Oras degan yigit
bilan tanishib, u bilan sevishib qoladilar. Arnolf sevgini «gunoh» deb, qizning chin
muhabbatiga turli yo‘llar bilan qarshilik ko‘rsatadi. Biroq ko‘zi ochilgan va
Arnolfga qul bo‘lib qolishni istamagan Agnessa sevgilisi bilan qochib ketadi.
Epikur va Lukretsiyning materialistik falsafasidan ta’sirlangan Molyer
insonning tabiiy xis-tuygularini din va jaholatdan ustun qo‘yadi, muhabbat har
qanday og‘ir to‘siqlarni yengishga ham qodir ekanini ko‘rsatadiu komediyada
yoshlik keksalik ustidan, ma’rifat jaholat ustidan, gumanistik axloq burjua xulq-
odatlari ustidan tantana qiladi. Besh pardali bu pyesasi bilan dramaturg Fransuz
satirik komediyasiga asos soladi. Asarda klassitsizm qonunlariga yon
berilganligiga qaramay (bu sevishganlarning harakatlarini ko‘rsatishda emas, balki
ularning uchrashuvi haqida so‘z borganda, muhokama yuritishning kuchayishida
kurinadi), bu pyesa yozuvchida xalqchillik tendensiyasining rivojlanganidan
dalolat beradi. Shu sababli «Ayollar uchun saboq»ning sahnaga qo‘yilishi reaksion
guruhlarning yozuvchiga qarshi hujumini yanada kuchaytiradi.
Xukmron doiralar bu komediyada mavjud tuzum tartiblari va dinga qarshi
qaratilgan o‘tkir tig‘ni tez payqadilar. Dramaturgga qarshi ochiq kurash va ig‘vo-
fitnaning uyasi bo‘lgan teskarichi guruhlar Molyerga raqobatchi Vize, Bruso,
Manflerilarni ishga soladilar. Reaksion adabiyotshunos Donno de Vize «Ayollar
uchun saboq» haqidagi maqolasida Molyerni odobsizlikda, dvoryanlikni
haqoratlash va mavjud tartiblarni masxaralashda ayblab, yozuvchini qattiq
jazolashni talab kiladi. Dushmanlari hujumiga javoban, Molyer 1663 yilda
«Ayollar uchun saboq»ni tanqid» va «Versal ekspromti» komediyalarini ko‘rsatib,
satang ayollar, tentak markizlar, uning teatrining muvaffaqiyatlarini ko‘ralmagan
qobiliyatsiz aktyorlarni masxara qiladi, ularning yozuvchiga qo‘ygan ayblarining
asossiz.. ekanini isbotlaydi. Qoraguruhchilar bilan olib borilgan qat’iy kurashlari
Molyerning irodasini bukmaydi, balki u bu hayot-mamot kurashi ichida toblanadi,
absolyut monar- xiyaga tayangan hamma sotsial-kuchlar ruhoniylar, feodal-
aristokratiya va burjuaziyani qattiq masxara qiluvchi «Tartyuf» ( ), «DonJuan»
( ), «Mizantrop» ( ), «Amfitrion» ( ), «Jorj Donden» ( ), «Xasis»
( ) kabi ajoyib satirik komediyalarini yozib, Fransuz milliy komediyasini
yaratadi.
“Tartyuf” Molyer «Tartyuf» komediyasini yilning may oyida
sahnaga quydi. pardali bu pyesa o‘sha vaqtda juda keng tomir yoygan diniy-
klerikal «Muqaddas zakovat jamiyati»ning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan
bo‘lsa ham, lekin komediya feodal-katolik reaksiyasi xurujiga qarshi keskin kurash
kuroliga aylanib ketadi. Shuning uchun ham Parij arxiyepiskopi va riyokorlar
tashkilotining maxfiy homiysi qirolicha Anna Avstriyskaya bu pyesani taqiqlaydi.
«Tartyuf»ni sahnaga qo‘yish huquqi uchun o‘zoq kurash ketadi. Molyer pyesani,
antiklerikal mazmunini saqlagan holda, qayta ishlashga kirishadi. 3 pardali emas,
balki pardali bo‘lgan bu pyesa «Aldonchi» deb nomlanadi. Tartyuf esa Panyulf
deb atalib, u ruleniy kiyimida emas, dunyoviy kishi qiyofasida ko‘rinadi. 7
yilda pyesaning qayta ishlanib satirik kuchi birmuncha yumshatilgan nusxasini
sahnaga qo‘yishga ruxsat etiladi. Biroq qirolning Parijda bo‘lmaganidan
foydalangan diniy-klerikal tashkilotning maxfiy a’zolaridan biri parlament raisi
Lamuanyon komediyani yana taqiqlaydi. Molyer oldida jiddiy masala: yo xukumat
bilan munosabatni yomonlashtirib, o‘z komediyalari uchun sahnadan foydalanish
imqoniyatidan mahrum bo‘lish, yoki birmuncha yon berib, sahnani qo‘lda olib
qolish va reaksion klerikalizmni fosh etishni davom ettirish masalasi turar edi.
Molyer ikkinchi yo‘lni tanlab, komediyasini yana ham takomillashtirish ustida ish
olib boradi va, nihoyat, pyesaning qayta ishlangan uchinchi nusxasi qirol ruxsati
bilan 1669 yilning fevral oyida sahnaga qo‘yiladi. «Tartyuf yoki aldoqchi» nomida
sahnaga quyilgan komediya katta shuhrat qozonadi.
Pyesaning satirik kuchi ancha yumshatilgan va Tartyuf ruhoniy kiyimida
emas, dunyoviy kishi qiyofasida tasvirlangan bo‘lsa ham, lekin komediyaning
asosiy zarbasi xristian dini va cherkoviga qarshi qaratilgani ochiq ko‘rinib turar
edi. Shuning uchun «riyokorlar shaykasi» Molyerga qarshi kurashishni
to‘xtatmaydi.
Savdogar Orgon cherkovga ibodat qilgani borganida, u yerda «taqvodor» bir
kishini ko‘radi. Bu odam berilgan sadaqalardan bir qismini o‘zida
qoldirib,qolganini boshqalarga ulashib beradi. O‘zini juda ham xudojuy etib
ko‘rsatgan bu kishini laqma Orgon o‘z uyiga olib keladi. Bu odam Tartyuf edi.
Savdogar uni juda e’zozlaydi, hamma haq_huquqlarini unga topshiradi. Xatto o‘z
qizini ham berishga rozi bo‘ladi. Orgon oilasidagi yoshlar — o‘g‘li Damis,
xizmatkor qiz Dorina, qizi Mariannalar bu odamning firibgar ekanini sezib, bu
haqda Orgonga ma’lum qiladilar. Biroq dindor Orgon ularning so‘zini eshitgisi
ham kelmaydi, balki uni qoralash bilan meni xudo oldida gunohkor qilmoqchisiz
deb g‘azablanib, o‘g‘lini uydan quvib yuboradi va butun mol-mulkini Tartyufga
xat qilib beradi. Ikki kun shaharda bo‘lmagan va uyga qaytib kelgan Orgon
Dorinadan hol-ahvol so‘raganida, u bekasi Elmiraning betobligi haqida
gapirmoqchi bo‘ladi, Orgon esa faqat Tartyuf ahvoli bilan qiziqadi:
«O‘tgan kuni bekamning isitmasi baland bo‘ldi».
—
'Tartyufning-chi?»
—
«Bekam g‘am-g‘ussa ichida qoldi».
•— «Tartyuf-chi?»
—
«Bekam uxlamay chiqdi».
—
«Tartyuf-chi?»
Dorina bilan Orgon o‘rtasidagi bu dialog va Orgonning bir so‘zni
takrorlayverishi kishida kulgi qistatmay qolmaydi, bu kulgi keyingi dialogda yana
kuchayadi:
—
«Tartyufning sog‘ligi joyida»,—
—
«Voy, bechora!»
—
«Ikki kaqlikni ham, quy dumbasini ham paqqos tushirdi».
—
«Voy, bechora!»
—
«U butun tun qimirlamay qattiq uxladp».
—
«Voy, bechora!»
—
«Nonushta vaqtida butilkani yuqigacha qoldirmay bo‘shatdi».
—
«Voy, bechora!»
Tartyufning ikki yuzlamaligi va soxta taqvodorligining qurboni bo‘lmish
ikkinchi shaxs Orgonning onasi kampir Pernel edi. O‘zining yovuz niyatiga
erishish uchun Tartyuf hammadan oldin sodda, ishonuvchan va laqma kishilarni
qo‘lga oladi, yoshlarni yoqtir- maydi, chunki ular Tartyufning yomon niyatini tez
anglaydilar va shuning uchun uni fosh etishga intiladilar.
Tartyuf har qadamda o‘zini xudojuy qilib ko‘rsatishga urinadi. Biroq u
Orgonning xotini Elmiraga xushomad qiladi. O‘z eriga vafodor Elmira Orgonni
sinab kurish uchun Tartyuf bilan tanho uchrashadi. Tartyuf: mening haqimda hech
kim yomon fikrda bo‘lmaydi, deb Elmiraga yuzsizlik bilan yaqinlasha
boshlaganini Orgon o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Shundagina u uyiga keltirgan kishisi
soxta taqvodor ekanligini bilib, uni uydan haydaydi. Biroq Tartyuf yuzidagi
niqobini olib tashlab, bu yer-mulkka o‘zi xujayin ekanini, buni tasdiqlovchi
hujjatlar bor ekanini da’vo qilib, Orgonni uydan quvib chikarish maqsadida sud
chinovnigini chaqirtiradi va hamatish uchun politsiya ofitserini ham boshlab
keladi. Biroq kutilmaganda ofitser «odil» monarx buyrug‘i bilan manfur
aldoqchining o‘zi qamoqqa olinajagini ma’lum qiladi.
Bu komediyada Molyer yuqori tabaka vakillari ichida avj olgan riyokorlik
va munofiqlikni Tartyuf obrazida ochib tashladi. Tartyuf feodal-aristokratiyaning
qabiq ishlarini aks ettirgan shaxsdir. O‘zining qora niyatlarini amalga oshirish
uchun yuziga niqob tutgan va taqvodor bo‘lib kurinishga uringan bu odam
haqiqatda o‘ta iflos va razil bir shaxs bo‘lib chiqadi. Tartyuf burjua Orgon va
uning onasining soddaligidan foydalanib, ularni laqillatadi. Siri fosh bo‘lib,
Orgonni uydan haydab, uning mol-mulkini tortib olmoqchi bo‘lganida ham,
Tartyuf yuzsizlarcha bu ishlarning barchasini xudo yo‘li uchun qilayotganini
aytadi.
Tartyufga qarshi dastlabki kunlardanoq kurash boshlagan shaxs bu
xizmatkor qiz Dorina bo‘lib, unda xalq donoligi mujassamlangandir. U
Tartyufning yaramasligini, Orgonning aldanganligini dadil aytadi. Lekin
komediyada jinoyatchi «yuqori»dan, qirolning aralashuvi bilan fosh qilinadi.
Ma’lumki, qirol Molyerdan o‘z manfaati uchun foydalanish maqeadida uni
qo‘llagan, komediyaning qayta ishlangan so‘nggi nusxasini sahnaga qo‘yishga
ruxsat ham etgan edi. Tartyufni kamoqqa olgani kelgan ofitser munofikni
«qirolning o‘zi fosh etdi» deb aytadi. Bu yozuvchining monarxga nisbatan ma’lum
darajada yon berishining natijasi edi.
Molyer «Tartyuf» komediyasida o‘rta asr feodal zulmini o‘sha davr sotsial
eqayoti qarama-qarshiliklariga bog‘liq ravishda emas, balki uning bir tomonini,
diniy zulmini, uning siyosiy reaksiya roli bo‘lganinigina ko‘rsatdi. Bu hol
yozuvchini klassitsizmga xos abstraktlik va ratsionalistik illyuziyaga olib boradi.
Natijada asosiy qahramon xarakterini tasvirlashda sxematizmga beriladi. Tartyuf
feodal-aristokratiyaning
butun
yaramasliklarini
mujassamlantirgan
individuallashgan obraz emas, balki reaksion aristokratiya riyokorligining turli
ko‘rinishlarini aks ettirgan obrazga aylanadi. Shu sababli «Tartyuf» komediyasi
klassitsizm xarakterlar komediyasining tipik namunasi hisoblanadi. Tartyufning
ikki yuzlamaligi, Garpagonning xasisligi kabi, «absolyut hirsdir». Butun diqqat
umuman inson xarakterini ochishga emas, balki ilgaridan belgilab qo‘yilgan asosiy
salbiy qahramon Tartyuf xarakterining bir nuqtasini ko‘rsatishga qaratilgan. Bu
klassitsizm teatrining asosiy belgilaridan biri edi.
Biroq shunday bo‘lsa ham, komediyada real turmush voqealari ko‘zga
tashlanib turadi. Sevishgan Marianna bilan Valer o‘rtasidagi anglashilmovchilik,
kampir Pernel bilan nevaralari o‘rtasidagi kelishmovchilik, Mariannaning
Tartyufga tegmasligi haqida otasiga aytganlari, aldoqchiga qarshi chiqqan
Damisning otasi (Orgon) tomonidan uydan quvilishi, bular XVII asr burjua
oilasiga xos bo‘lgan tipik maishiy realistik manzaralardir.
O‘tmishning yirik yozuvchilari komediyani yuksak baholaydilar. Volter
«Tartyuf» komediyasini nodir asar deb, A. S. Pushkin esa Molyerdagi komiklik
iste’dodining zo‘r va beqiyos mahsuli, deb baholadi.
“D«n Juan”Molyerning ijodigullagan davrda yaratgankomediyasi «Don
Juan» ( ) nomli satirik komediyasi alohida ahamiyatga ega. Reaksion guruhlar
taqiqlagan «Tartyuf» komediyasi o‘rniga qo‘yish uchun tez vaqt (ikki hafta) ichida
yozilgan bu pyesa ham bir necha marta o‘ynalgandan so‘ng butunlay taqiqlanadi.
«Don Juan»ning syujeti turli davrda turli yozuvchilarning diqqatini o‘ziga
jalb etib keldi. Masalan, Don Juan haqida ispan dramaturgi Tirso de Molina
«Seviliyalik shum yigit» ( ) pyesasini yaratdi. Pushkin esa «Tosh mehmon»
asarida bu obrazni chuqur talqin qildi. Molyer ispan ertaqlaridagi bu obrazni o‘z
zamonasining aristokrat yigiti qiyofasida tasvirlab, uning butun nuqsonlarini fosh
etib tashladi. Bu obraz ko‘p qirrali bo‘lib, umuman, buzilgan dvoryan sinfining
vakili, deb ko‘rsatiladi.
Komediyaning boshidayok Don Juan hakida uning xizmatkori Sganarel
bilan tashlab ketgan xotini Elviraning xizmatkori Gusman o‘rtasidagi suhbatda
jiddiy fikrlar bayon qilinadi. «Don Juan hamma jinoyatchilardan eng yovuzi», u
«it, shayton, turk, yeretik» deb ataydi uni Sganarel. Xizmatkorning o‘z xujayinini
bunday haqorat qilishi uchun asosi bor zdi, albatta. Xar qanaqaayolga «uylanishga
mohir» Don Juan xotinmi yoki qiz, shaharlikmi yoki qishloqlik, bundan qat’i
nazar, ularning barchasiga «muxabbat» izhor qilaveradi. Sganarel xujayinining
bunday beqaror va bema’ni hayot kechirishiga, har qadamda uylanib, xotinini
tashlab ketishiga e’tiroz bildiradi.
Suvdan omon-eson chiqqan (tulqin ularning qayig‘ini ag‘darib yuborgan
edi) Don Juan qishloq ko‘chasida Sharlotta ismli kizga duch kelib, «Nahotki
qishloq joylarda, daraxt va toshlar orasida, sizga o‘xshagan jononlarni uchratish
mumkin bo‘lsa?» dgb unga sevgi izhor qiladi va qizni dehqon yigit Pyerdan
aynitib, o‘zi olmoqchi bo‘ladi. Shu vaqtda bundan bir oz ilgari suhbatlashgan,
Matyurina degan qiz ham kelib qolib, Sharlotta bilan janjallashadi. Biroq ayyor
Don Juan har ikkalasining qulog‘iga ikki xil gapirib, ularni olishga ishontiradi.
Don Juanning ijobiy tomonlari ham bor. U diniy e’tiqodga ishonmaydi.
himoyasizlarga yordam berishga tayyor jasur kishi. Elviraning akalari ta’qibidan
bekinib, o‘rmonzorda ketayotgan Don Juan uch qaroqchining bir kishiga hujum
qilayotganini ko‘rib qoladi va uni o‘limdan qutqaradi. Bu odam Elviraning kichik
akasi Don Karlos edi. Don Karlos haqoratlangan singlisi uchun Don Juandan o‘ch
olish maqsadida, uni axtarib yurganini aytganida, Don Juan o‘zining kimligini
bildirmay, qidirib yurgan odamining qadrdon do‘sti ekani va o‘sha yaqin kishisi
hurmati uchun har qanday odam bilan jang qilishga tayyor ekanini aytadi.
Don Juan sodda, diniy e’tiqodlarga ishonuvchi Sganarelni masxara qiladi.
Biroq unda egoistik intilish kuchli. Don Juan ko‘chada sadaqa so‘rab o‘tirgan
gadoyga oltin ko‘rsatib, xudodan nolisang shu oltin tanganing egasi bo‘lasan,
deydi. Lekin gadoy o‘z vijdonini oltinga alishtirmaydi. Ateist Don Juan
odamgarchilik yuzasidan unga oltinni berib ketadi.
Biroq ko‘p utmay «falakni ham pisand qilmagan», «haqoratlan- gan ayol
nafrati»dan ham qo‘rqmagan Don Juan, birdan boshqacha qiyofaga kiradi: men
butun adashib yurishlarimdan voz kechdim, men endi kecha kechqurungi kishi
emasman, falak tusatdan menda o‘zgarish yasadiki, u butun olamni hayratda
qoldiradi. U mening qalbimni yoritdi, ko‘zimni ochdi, men hozir o‘zoq vaqt
dovdirashlar ichida qolganim va bo‘zuq turmush kechirganimdan dahshatga
to‘shaman» ,— deydi u.
Lekin u haqiqatda ham o‘z qilmishlaridan tavba qilib, vijdon azobi bilan
yashamoqchi edimi? Yuq, aslo! Garchi u otasiga bundan so‘ng yaramas shumlik
qilmaslikka so‘z bergan bo‘lsa ham, bu narsa, ya’ni dinga «qaytish» faqat
tug‘iladigan shubhalarni qaytaradigan «najot chorasi», kishilarni masxara kilish,
ularni aldash uchun bir nayrang, yovuz niyatlarini pardalab turuvchi bir niqob edi,
xolos. Don Juan diniy urf-odatlarga garchi ishonmasa ham, lekinundan o‘z
manfaati yo‘lida foydalanadi. «Bizning zamonda,— deydi Don Juan,—munofiqlik
katta imtiyozlarga ega. Shu san’at tufayli soxtalik hurmatlanadi: hatto uni oshqora
qilganlarida ham, unga qarshi bari bir hech kim biror so‘z aytishga jur’at
etolmaydi. Kishilardagi barcha bonsha nuqsonlar tanqidga uchraydi.
Kim ham ularga ochiq hujum qilishga haqlidir, lekin ikki yuzlamalik —
alohida yengilliklardan foydalanadigan shunday nuqsonki, u boshqalarning ovozini
o‘chiradi va o‘zi tinchgina, jazo kurmay qolaveradi».
Zamonaning rasm-odatiga aylangan nuqson — munofiqlikka moslashgan
Don Juan, endi har bir harakatida «tangrining irodasi» ga suyanib ish tutayotganini
o‘qtirishga urinadi. U Don Karlosning Elvira bilan birga yashash keraqligi
haqidagi har bir so‘ziga, bunday bulishi mumkin emas, «xudoning xohishi
shunday» deb javob qaytaradi. Ilgari har qanaqa dushman bilan kurashishga tayyor
turgan Don Juan, endi munofiqlarcha, bunday qilishga «tangri yo‘l bermaydi» deb,
himoya chorasi sifatida o‘zini taqvodor etib ko‘rsatadi. Don Juanning ilgarigi
qiyofasidan asar qolmaydi, u ashaddiy riyokor va qasoschiga aylanadi. U shubha
qilgan har bir kishini dinsiz, erkin fikrlikda ayblashdan qaytmaydi.
Sganarel xo‘jayinida yuz bergan jiddiy o‘zgarishdan qattiq tashvishlanadi:
«Janob, sizda iblisona yusinda gapirishning paydo bo‘lishining boisi nimada? Bu
ilgarigilarning
hammasidan
battarroq,
menimcha,
sizning
qadimdagidek
qolganingiz yaxshiroq...».
Don Juanning munofiqqa aylanishi, Sganarel ta’biricha, o‘ta qabohat»dir.
Shuning uchun u xo‘jayinining yuz tuban ketganidan nafratlanadi.
Don Juan Tartyuf singari munofiq va axloqiy jihatdan buzilgan dvoryan edi.
Shu sababli uning jazodan qutulib qolmasligi kerak edi. Komediyaning oxirida
«Tosh mehmon» traditsion qiyofada paydo bo‘lib, Don Juan esa chaqmoq va
momaqaldiroqdan yorilgan yerga kirib ketsa ham, lekin uning jazolanishi razil
jinoyatlarining oqibati ekanligi anglashilib turadi.
Komediyaning asosiy qahramonlaridan biri sodda va dono Sganarel obrazi
razolatga uchragan dvoryan sinfining vakili Don Juanga qarshi kuyiladi. Molyer
komediyada kambag‘al tabaqaning vakillari (gadoy, xiematkor Sganarel, dehqon
Pyerga xayrixohlik bilan qaraydi. Bu oddiy kishilar, garchi diniy urf-odat- lardan
qutulmagan bo‘lsalar ham, lekin vijdonan pok, qiyinchiliklarga bardosh beradigan
odamlardir. Sganarel voqeaning boshidanoq xujayinining noto‘g‘ri yo‘lga kirib
borayotganini bilib, uni ogohlantiradi va oxirida unga qarshi chiqadi. Lekin
shunday bo‘lsa ham, undan aloqani o‘zish uchun ojizlik qiladi.
Munofiq Don Juanning fojiali halok bulishidan hamma xursand, biroq
Sganarelga bu ma’qul bo‘lmaydi. Uning sazana buylab: «Voy, mening maoshim,
mening maoshim»,— deb dod-faryod kutarishi kulgi qo‘zgatishidan tanshari, unda
hukmron feodal-aristokrat sinfining halokati yaqinligi chuqur kinoya bilan
ifodalanadi. Shuning uchun ham bu pyesa butunlay taqiqlangandan so‘ng, Tom
Kornel uni she’riy formada qayta ishlab, undagi satirik ruqni yuq qilib,
Snagarelning shu so‘zlarini chiqarib tashlaydi va « Tosh mehmon» nomi bilan
pyesa yaratadi.
«Don Juan» Molyerning klassitsizm qoidalari qobig‘ini yorib chiqib
yaratgan tom ma’nodagi yirik realistik asaridir. Bu narsa turmushni keng ko‘lamda
tasvirlashda ham, uch birlik qonuniga rioya qilmaslikda ham (voqea o‘rni almashib
turadi: saroy, dengiz qirg‘og‘i, o‘rmonzor va hokazo), qahramonlar xarakterining
rivojlanib borishida, klassitsizm traditsiyasiga binoan, komediyaning she’rda emas,
balki prozada yozilishida, shuningdek, xalq vakillarini tasvirlashga alohida e’tibor
berishida ham ochiq kurinadi.
«Mizantrop» ( ) komediyasi Molyer ijodining yuqori cho‘qqisi va shu
bilan uning o‘z adabiy faoliyatida boshlangan burilish nuqtasi ham bo‘ldi.
Asarning bosh qahramoni sof ko‘ngilli Alsest yaramas saroy muhitida azob
chekadi. hamma vaqt yaxshilik va adolatli ish qilishga intilgan bu yignt har
qadamda adolatsizlik va olchoqlikka yo‘liqadi.U tabiatan insonparvar, undagi
mizantropiya—odamovilik bo‘zilgan dvoryan-aristokratiya hayoti ta’siri ostida
yueaga keladi. Chunki u olijanob g‘oyalarni amalga oshirish uchun o‘sha
jamiyatdan o‘ziga suyanchiq topolmaydi. Shuning uchun ham Alsest qalbida
tug‘ilgan g‘azab o‘ti cheksiz. U ba’zi kishilardan yovuzliklari uchun nafratlansa,
boshqalarni o‘sha yovuzliklarga qarshi kurashmaganliklari uchun qoralaydi.
Dvoryan zodagonlarning hayoti va xulq-odati, takabburligi Alsestga yoqmaydi. U
hashamdor formalistik san’atga ham qarshi kurashadi. Aristokrat shoir Orantnnng
soneti munosabati bilan Alsestning izhor qilgan fikr va mulohazalari xarakterlidir.
Alsest Orantning yuzaki sonetiga chuqur mazmunli xalq qo‘shiqlarini qarshn
qo‘yadi.
Alsestga yaqin turganlar — do‘sti Filint, Selimena va Arsinalar ham
aristokratnk hayotning yaramasliklari girdobiga tushib qolgan kishilardir. Ular
muhitning bo‘zuqligini biladilar, biroq undan aloqani uzolmay, o‘zlaridan yuqori
turuvchilarga xu- shomad qiladilar. Alsest qurolining tig‘i ham dastlab shunday
munofiqlikka qarshi qaratiladi, Alsest aristokratiya tannoz- ligi ruhida
tarbiyalangan Selimenani qattiq sevadi, uni o‘sha mug‘itdan aloqani o‘zishga,
o‘ziga o‘xshash olijanob maqsad yo‘lida qattiq turib kurashuvchi bo‘lishga
undaydi. Biroq uning urinishlari puchga chiqadi. Selimena Alsestning bu
talablarini tushu- nib yetmaydi. Alsest shaxsiy hayotda ham shunday ziddiyatlarga
duch keladi. Oxirida u yakka o‘zi qolib, «nuqsonlar hukmron bo‘lgan girdobdan»
chiqib ketadi, Alsestni sevgan va o‘z tuyg‘ularini yashirib kelgan Elianta esa
Filingga turmushga chiqadi.
Bu komediyada Molyer mavjud tartiblarga qarshi kurash g‘oyasini ilgari
surib, dvoryan-aristokratiya bilan murosaga kelgan kishilarni ayovsiz tanqid qiladi.
Qahramon so‘zlari orqali Molyer mavjud feodal-aristokratiya tuzumi
absolyutizmga qarshi keskin norozilik bildiradi. Alsest obrazida qarama-
qarshiliklar mavjuddir. U hukmron sinflarning munofiqligi, razilligi va
manmanligini qattiq qoralagani xolda, ayni chokda ularni insofga chakiradi. Uning
donkixotchiligi, kulgili tomoni ham shu yerdadir. Aristokratiya sinfi vakillari
uning istaqlariga quloq solmaydilar, bundan so‘ng u umidsizlikka tushadi, odamlar
ichidan chiqib ketadi. Alsestning odamoviligining asossizligi shundaki, o‘z
muvaffaqiyatsizligi uchun u beistisno hammani ayblaydi.
«Mizantrop»— klassitsizm adabiyoti «oliy» komediyasining namunasi
hisoblanadi. Chunki pyesaning boshida masalaning qo‘yilishi — nasihatgo‘ylik,
so‘ngra esa butun komediya davomida oldindan belgilangan maqsad —
qahramonning harakatlari orqali emas, balki xarakterning psixologik tasviri orqali
beriladi. Lekin klassitsizm komediyasining formal belgilari orqasida, shubhasiz,
realistik dramaning asosiy belgilari yashirinib yotadi. Yumshoq tabiatli Filint
atrofidagi kishilar bilan chiqishib ketadi, Alsest esa kelishuvchilik degan narsani
bilmaydi,buzilgan mu- hitga qarshi nafrat yog‘diradi, qahramonning og‘ir ruhiy
kechinma- lari avtorning shu davrdagi ahvol-ruhiyasiga mos tushadi. Chunki
reaksion feodal-aristokratiya Molyerga bo‘lgan hujumni nixoyag darajada avj
oldirib yuborib, hatto uni yo‘qotish payiga tushgan edi. Shu sababli «Don Juan»da
ilgari surilgan demokratik fikrlar va hukmron sinflarga qarshi qaratilgan o‘tkir
satira «Mizantrop» da ham o‘z ifodasini topdi. Asar yozuvchining ezgu niyatlari
dvoryan-aristokratiya jamiyatida amalga oshishi mumkin emasligidan dalolat
beradi.
Molyer «Xasis» ( ) komediyasining syujetini qadimgi Rim
komediografi Plavtning «Ko‘zacha» («Ko‘milgan xazina») komediyasidan olgan.
Birok Rim dramaturgi tomonidan yaratilgan xasis obrazi Evklion aslida kambag‘al
bo‘lib, bir xumcha oltin topib olganidan so‘ng unda ziqnalik boshlanadi.
Molyerdagi xasis Garpagon boylik to‘plashga hirs qo‘ygan aqcha dunyosining
vakilidir.
«Xasis» Molyerning tipik «xarakterlar komediyasi» dir. Butun maqsad bosh
qahramon xarakterining umumiy tomonlarini emas, balki Garpagon uchun asosiy
xususiyat — xasislikni ochishga qaratiladi. Pyesaning markazida Garpagon obrazi
turadi.
Uta xasis Garpagon o‘z boyliklarini hech kimga ishonmaydi. U boyligini
hatto farzandlarining to‘yi uchun ham sarflamaydi. Garpagondan pul so‘ragan
kishi guyo uning qalbiga xanjar sanchganday bo‘ladi. Shuning uchun ham Lyaflesh
uni «hamma odamlardan eng yaramas odam, ziqna, johil», deb aytadi. Xasisning
qizi Eliza Valer degan yigitni sevadi. Biroq u Elizani savdogar Anselmga
bermoqchi, chunki savdogar qizdan bisot so‘ramaydi. Lekin o‘g‘liga olib
bermoqchi bo‘lgan qizdan bisot talab qiladi. Xasisning o‘g‘li Kleant Marianani
yaxshi ko‘radi. Lekin unda qizga sovg‘a-salom uchun pul yo‘q. Shuning uchun
yaqinda otasidan qoladigan meros evaziga deb, boshqa sudxo‘rdan karz olishga
ahd qiladi. Biroq sudxur % foyda talab etganini bilgan Kleant «Bu paroxurlik!
Ko‘ppa-kunduzi- talash!»—deydi. Qarz beruvchi bilan qarz oluvchi
uchrashganlarida, ular ota-bola Garpagon bilan Kleant bo‘lib chiqadilar.
«Sizningcha, kim jinoyatchi?,— deydi g‘azab bilan Kleant,— muhtojlikda
kolib katta foyda berish evaziga karz olgan kishimi yoki pulga muhtojlik sezmagan
holda uni bosqinchilik bilan qo‘lga tushirgan kishimi?» .
Garpagon atrofidagi sof dil yoshlar Kleant, Eliza (xasisning bolalari), Valer,
Mariana (Anselm bolalari), chaqqon va ishbilarmon xizmatkorlar Laflesh, Jak,
Klod, vositachi Frozina va boshqalarga duch keladi. Yoshlar puldan suiiste’mol
qilish uchun emas, balki undan zarur bo‘lgan darajada xushchaqchaq turmush
kechirish uchun foydalanishga intiladilar. Ular Garpagonning o‘ta qurumsokligi,
tosh bag‘irliligiga qarshi kurashadilar. Xizmatkorlar ham qurumsoq otaga emas,
yosh Kleantning sevgan qiziga erishishiga yordam berishga intiladilar, shu
maqsadda Laflesh xasisning oltinlarini o‘g‘irlaydi. Bu komediyaning kulminatsion
nuktasi hisoblanadi. Boylikdan ayrilgan Garpagon esankirab koladi, endi yashash
uning uchun o‘z ma’nosini yo‘qotadi. U o‘g‘rini axtaradi. «Tuxta! Bu kim?» deb
o‘z qulini ushlab oladi. Biroq o‘g‘ri hali topilgani yo‘q. Hammaga gumon bilan
qarab, ko‘rgan kishisini «o‘g‘ri» deb biladi. Barchaning dorga osilishini istaydi,
agar oltin topilmasa, o‘zini ham osmoqchi bo‘ladi.
Asarda ma’lum darajada bo‘lsa ham, klassitsizm teatri prinsiplariga xos
abstraksiya va qahramonlardagi shartlilik ko‘rinadi. Bosh qahramon atrofidagi
odamlar yaxshi kishilar, lekin ular (Kleant, Eliza va Mariana)ning azoblari o‘sha
yaramas muhitning oqibati ekani yetarli ochilmaydi. Garpagondagi ziqnalik esa
mutloq ehtiros sifatida beriladi. Garpagonning xususiy mulkchilikka hirs qo‘yishi,
xasisligi va egoizmi uni insongarchilikdan chiqarib qo‘yadi, boylik oldida u o‘z
bolalaridan ham voz kechadi. Yozuvchi bu hirsni bir nuqson sifatida tasvirlaydi.
Jahon adabiyotida, xasislikning halokatli ta’sirini aks ettirgan qator obrazlar
yaratilgan. Bular Shekspirdagi Sheylok, Balzakdagi Gobsek va Grande,
Pushkindagi xasis ritsar, Gogoldagi Plyushkin, S. Ayniydagi Qori-ishkamba va
boshqalar. Bu yozuvchilar xasislikning sotsial sabablari va uning jirkanch
tomonlarini ochib ko‘rsatdilar. Molyer Garpagon obrazi orkali xasislikni mutlaq
nuqson sifatida berib, uni qoralaydi. Garpagonning xasisligidan boshka
xususiyatlari ochilmagan. Shuning uchun ham Pushkin Molyerning xarakterlar
yaratish metodini tanqid qilib, unga ko‘p nuqson, kuchli ehtirosli jonli kishilar
xarakterini yaratgan Shekspirning realistik metodini qarshi quydi. «Shekspirda —
Sheylok xasis, ziyrak, qasoschi, farzandsevar, hozirjavob, Molyerda — xasis faqat
xasisdir», deyishda u haqli edi. Lekin Molyer klassitsizm prinqipining formal
qonunlariga rioya qilgan bo‘lsa ham, adabiy mahorati orqali xasislikni yaramas
balo sifatida mahorat bilan haqqoniy tasvirlab, unga qarshi tomoshabinda to‘la
nafrat uyg‘ota oldi. «Dvoryanlikdagi «Dvoryanlikdagi meshchan» ( 7 ) Molyer
ijodining so‘nggi davrida yaratgan eng yaxshi komediyalaridan biridir. Pyesada
aristokratiyahayotiga taqlid qiluvchi va dvoryanlikka suqulib kiruvchi meshchan
kattiq masxara qilinadi.
Asarning bosh qahramoni burjua Jurden yoshi anchaga borib qolgan bo‘lsa
ham, lekin u aristokratlarga ergashib, uyida muika, raqs, qilichbozlik va falsafa
buyicha muallim shtatlarini saqlaydi.
Muallimlar «nodon bu meshchandan» xursand, chunki hech narsa
urganmasa ham ularga yaxshi haq to‘layveradi. Falsafa muallimi, nihoyat, unga
alifbeni urgatadi. Jurden bir baland' martabali xonimni sevib kolganini aytib, unga
maktub yozishga yordam berishni muallimdan iltimos qiladi. Xat poeziyadami
yoki prozada yozilsinmi, deb so‘ralganida, Jurden unisida ham, bunisida xam
emas, deb javob qaytaradi. Muallim, kishi o‘z fikrini yo prozada, yo she’rda
ifodalaydi, boshqa yo‘l yuq, deb proza va poeziyaning ma’nosini tushuntirganidan
so‘nggina u, qirq yildan ortiq vaqtdan beri prozada gapirib kelganini xayoliga xam
keltirmaganidan taajjublanadi.
Jurden xonimlar bilan muomala qilishni ham urganmoqchi bo‘ladi. U
sevgilisi Dorimenaga ikki marta ta’zim qilishi bilanoq unga juda yaqin kelib
qoladi, shuning uchun ham u xonimga «bir oz orqaga tislaning, bo‘lmasa uchinchi
marta ta’zim qilolmay qolaman», deydi. Garchi Jurden bema’ni harakatlari bilan
atrofdagilarga kulgi bo‘lsa ham, lekin u unchalik nodon emas, masalan, haqqoniy
burjua sifatida hisob-kitob ishlariga pishiq, Dorantga qachon va qancha qarz
berganini yanglishmay birma-bir aytib beradi. Muallif asilzodalikka intilish
natijasida kulgili holga tushib qolgan Jurden obraziga o‘zining meshchan
ekanligidan uyalmaydigan Jurden xonim obrazini qarama-qarshi qo‘yadi. U har
qadamda erini tuzatishga harakat qiladi.
Jurdenning aristokratlarcha kiyinib, hammaga masxara bo‘layotganini ham,
Dorant uchun «sog‘im sigir»ga aylanib kolganini ham faqat o‘z xotinigina uning
betiga ochiq aytadi. «Erimning nodonligi uchun uni laqillatish sizdek olijanob
kishiga uyat. Oilada janjal chiqarish va erimning o‘z orqangizdan ergashib
yurishiga yo‘l qo‘yishingiz sizdek xonimga ham yarashmaydigan narsa», deydi
Jurden xonim va ularning dvoryanlik nasablariga ham, erining laqmaligiga ham
nafrat bilan qaraydi. Biroq Jurden meshchanlar bilan emas, balki aristokrat
doirasidan chiqqan Dorant kabi kishilar bilan aloqa qilayotgani uchun faxrlanadi.
«Agar men graf yoki markiz bo‘lib tug‘ilsam edi, ikki barmog‘imni kesib
tashlashga rozilik berar edim», deydi u.
Molyer komediyada olg‘ir graf Dorantning «yoqimli do‘stim» deb aytgan
so‘ziga taltayib ketgan, aristokratiya hayotiga kur-kurona ergashgan burjua
Jurdenni qattiq tanqid qiladi.
Komediyadagi ijobiy obrazlardan biri yosh yigit Kleantdir. U Jurdenning
qizi Lyusilni sevadi. Lekin Jurden yigitdan «siz dvoryanmi» deb so‘raydi. U
ochikdan-ochiq «men dvoryan emasman» deb javob qaytarganida, Jurden bo‘lg‘usi
kuyovi dvoryan bo‘lishi kerak, deb qizini unga bermasligini aytadi. Komediyaning
oxirida Jurdenni laqillatadilar. Kleantni turkcha kiyintirib, uni Lyusilni qattiq sevib
qolgan turk sultonining o‘g‘li deb ataydilar va ikki sevishganning bir-biri bilan
topishishiga yordam beradilar.
XVII asrning 60—70-yillaridagi Fransuz voqeligi realistik aks ettirilgan bu
asar keng tomoshabinlar ommasining sevimli komediyasi bo‘lib qoladi.
Molyerning so‘nggi komediyalaridan biri «Yolg‘on kasal» ( 7 )
dramaturgning realistik mahorati yanada usganini ifodalaydi. Asardagi katta
muvaffaqiyat bilan ishlangan obrazlardan biri burjua Argandir. Uning xudbin,
pulning qudratiga tayanib, mol-mulk va pulga hirs qo‘ygan, o‘z manfaatidan
boshqa narsani o‘ylamaydigan kimsa ekanligi yorqin ochilgan. Keyingi
komediyalarida namoyon bo‘lgan oddiy kishidagi yaxshi fazilatlar aqcha girdobiga
tushib qolgan egoist va munofik (Argan, Belina, Diafu- arus, Purgon) larga qarshi
qo‘yilgan Tuanetada yana ochiq ko‘rinadi. U o‘zi tarbiyalagan Argan bolalarini
sevadi, ularga ona kabi g‘amxo‘rlik qiladi va ularning manfaatlarini yoklab,
yaramas niyatli kishilarning kirdikorlarini fosh etadi. Tuaneta avtorning
«Skapenning nayranglari» ( 7 ) komediyasidagi bosh qahramon xizmatkor
Skapenga o‘xshash yoshlarga mehribondir. Pyesada insonni xususiy mulkchilik
ofatidan xoli qiladigan sotsial o‘zgarish bo‘lishi kerak, degan obyektiv xulosa kelib
chiqadi. Pyesa boshqa asarlarda uchraydigan sun’iylikning yo‘qligi dramaturg
realistik mahoratining yana ham ortganini ko‘rsatadi.
Fransuz milliy dramaturgiyasining asoschisi va yaratuvchilaridan biri
bo‘lgan Molyerning adabiy merosi barcha xalqlar uchun ham qimmatlidir. Chunki
Molyer o‘sha zamon adabiyot qonunchilari «tuban» deb atagan komediyani yuqori
bosqichga ko‘tarib, uni xalqning sevimli janriga, shuningdek, feodal-aristokratiya
reaksiyasi, diniy jaholat, aqchaning halokatli ta’sirini qoralagan keskin kurash
quroliga ham aylantirdi.
XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshida yashagan Fransuz
dramaturglari Lesaj, Volter, Bomarshe, shuningdek, ingliz yozuvchilari Drayden,
Filding va boshqalar Molyer realistik san’ati traditsiyalarini chuqur urganib, undan
foydalandilar. Pushkin, Gogol va Belinskiy Molyer komediyalaridagi ziddiyatlar,
realizmidagi cheklanganlik (klassitsizm estetikasi prinsiplariga yon berishi)ni
ko‘rsatish bilan birga, uning ijodini yuksak baholaydilar.
O‘zlarining milliy teatrlari bo‘lmagan o‘zbek sahnasida «Tartyuf», «Zo‘raki
tabib», qozoq sahnasida «Tartyuf», «Skapenning nayranglari», «Xasis», turkman
sahnasida «Zo‘raki tabib» va «Yolg‘on kasal» komediyalarining muvaffakiyat
bilan ko‘rsatilishi Fransuz demokrat shoiri Molyer adabiy merosiga katta qiziqish
bilan qaraganining yorqin misolidir.
LAFONTEN (1621— 9 )
XVII asr Fransuz adabiyotining yirik vakili, mashqur masalchi shoir Jan
Lafonten (1621— 1695) Shato-Tyerida mayda chinovnik oilasida tug‘ildi. Dastlab
u kishlok maktabqda, so‘ngra kolledjda o‘qiydi; Hukukshunoslikni urgansa ham,
lekin ko‘proq adabiyotga qiziqadi. Antik va Uyg‘onish davri yozuvchilarining
asarlarini diqqat bilan urganadi.
Lafontenning adabiy faoliyati kech boshlanadi. U o‘ttiz uch yoshida
Terensiyning «Yevnux» komediyasini qayta ishlaydi. Bu pyesa avtorning bundan
so‘nggi tanilishi va usishiga zamin yaratadi.
Lafonten ijodining birinchi davrida ( 7— ) aristokratii pretsioz
adabiyoti ta’sirida bo‘ladi. U o‘ziga homiylik qilgan ministr Fukeni maqtaydi.
Grek mifologiyasidan foydalanib yaratgan «Adonis» ( ) poemasida
Adonisning ma’buda Vene- raga bo‘lgan muhabbatini tasvirlaydi. Ishdan
chetlatilgan va hamalgan Fukega o‘z she’rlari (bilan xayrixoqlik bildirgani uchun
qirol Lyudovik XIV va uning yangi ministri Kolber Lafontenni yoktirmay qo‘yadi
va uni 1663 yilda Limojga surgun qiladi. Shu davrdan boshlab Lafonten ijodida
katta burilish, uning feodal- absolyut hokimyatga munosabatida jiddiy o‘zgarish
ruy beradi. Molyer bilan yonma-yon turgan Lafonten endi pretsioz adabiyotiga
taqlid etishdan voz kechadi, realistik uslubni o‘zlashtirib, original asarlar yozishga
kirishadi.
Lafontenning bu davrda (1664—1674) yaratgan ijodiy mahsuli cherkov va
aristokratik xulq-atvor tankid qilingan she’riy yorqin dalilidir.
Xayoti va adabiy faoliyatiertaqlardan iborat edi. U o‘n yil ichida beshta
«Ertaklar» kitobini yaratdi. Xalqka yaqin turgan Lafonten «Xujayin oldida gunoh
qilgan dehqon» novellasida aybsiz aybdor delenii yoqlab, feodal zulmiga nafrat
bildiradi.
Biroq Lafontenning she’riy ertaqlari o‘z mazmuni va fosh etuvchi kuchi
bilan bir xi\ qimmatga ega emas. To‘rtinchikitob hukmron sinf va cherkovga qarshi
qaratilgan o‘tkir satirasi bilan ayniqsa xarakterlidir. Shoir turmush quvonchlarini
cherkov asketizmiga qarshi qo‘yadi. Undagi ertak va novellalar qisqa, ba’zilari bir
necha she’riy satrdan iboratdir. Ko‘p ertaqlarida («hamshira Janna») cherkov
xodimlari hajv qilinadi.
7 yilda ministr Kolber «din asoslarini qo‘poradi» deb «Ertaklar»ning
to‘rtinchi kitobini sotishni taqiqlab qo‘yadi. Lafonten ertaqlari bundan so‘ng
Gollandiyada bosib chiqariladi. Ijodi absolyutizmga qarshi ruh bilan sug‘orilgani
uchun ham kirol va ministr Lafontenning Fransuz akademiyasiga saylanishiga
ruxsat etmaydi. Kolber o‘lganidan so‘ng, yilda Lafonten akademiyaga a’zo
bo‘lib kiradi.
9 yilda Lafonten masallarining o‘n ikkinchi kitobining nashr etilishiga
erishadi. Keksayib kolgan shoirning bu asarida umidsizlik kayfiyati sezilsa x;am,
lekin ba’zi masallarida («Ikki echki») absolyutizm hokimiyatining yemirilib
borayotganiga ishora yaqkol ko‘zga tashlanadi. Sog‘ligi yomonlashib qolgan La-
fonten bundan so‘ng yangi asarlar yarata olmaydi va u 9 yilda vafot etadi.
Lafonten o‘z masallari bilan katta shuxrat qozondi. Masal janri absolyutizm,
shuningdek,aristokratik reaksiyaga qarshi keng demokratik guruhlarning
noroziligini qulay va tushunarli qilib bayon etish kuroli edi. Lafontenning
xalqchillik g‘oyalari faqat uning masallaridagina ochiq namoyon bo‘ladi. Shoir
masallarining birinchi olti kitobi 1668 yilda, ikkinchi besh kitobi 1678— 1679
yillarda nashr etiladi. Lafontenning masallari o‘zining demokratik ruhi va satirik
kuchining o‘tkirligi va ezilgan omma- ning orzu-istaqlarini aks ettirishi bilan shoir
ijodining eng yuqori chuqqisi hisoblanadi. Ezop davridan beri masal «tuban»
tabaqalarning manfaatlarini ifodalab kelgan edi. Shuning uchun ham klassitsizm
estetikasi masalni badiiy adabiyotning quyi turlariga kiritib keldi. Uning
nazariyotchisi Bualo esa shoirdan yiroqlashib, Lafonten ijodi hakida o‘zining
«Poeziya sanati» da bir og‘iz ham so‘z aytishga jur’at etolmadi. Shoir masallari-
ning ko‘pchiligi chukur gumanistik g‘oya va haqqoniy realistik tasvirga boydir.
Lafontenning klassitsizm estetikasining adabiy normalari doirasidan chiqib,
original asar yaratishdagi maho- ratini «O‘tinchi va o‘lim» masalida yakqol ko‘rish
mumkin. Shu sabab- li Bualo bu masaldan norozi bo‘lib, uni o‘z didiga moslab
qayta ishlaydi. Lekin u, Lafonten erishgan chuqur mazmun va badiiy yuksaqlikka
erisha olmaydi. Lafonten va Bualo antik masalchisiEeopdagi bir syujetdan
foydalanganlar. (Og‘ir mehnat va turmush mashaqqatidan tinkasi qurigan o‘tinchi
dehqon bu dunyo bilan xayr- lashmoq maqsadida o‘z oldiga azroilni chaqiradi.
Azroil o‘tinchidan nimani istashini so‘raganda, undan qo‘rqib ketgan dehqon bir
bog‘lam o‘tinni ko‘rsatib, uni yelkasiga olib qo‘yishni iltimos kiladi.)
Klassitsist Bualo o‘z masalida kambag‘al o‘tinchi haqidagi kul- gili ertakni
hikoya etib berishdan nariga o‘tmaydi, o‘tinchining og‘ir ahvoliga achinmaydi,
uning qashshoqligining ijtimoiy sabab- lariga qiziqmaydi ham. Gumanist yozuvchi
Lafonten esa bu masalaga boshqacha yondashadi va kambag‘alning og‘ir ahvoliga
achinib, bu oddiy insonning mashaqqatlarni yengish uchun zo‘r 'ishonch bilan
yashashini ochiq-oydin tasvirlaydi. Dehqonning qashshoqlanishiga sabab bo‘lgan
ijtimoiy illatlar, so‘rab olgan muhitning yaramasligini ifodalash bu masalning
asosiy g‘oyasini tashkil etadi.
Yozuvchining dastlabki kitobida ham realistik tasvir va demokratik ruh bilan
sug‘orilgan masallari anchagina. Bu kitobda aristokratiyaning mag‘rurligini
masxara qilgan «Dub va hamish», burjuaziyaning qo‘rqoqligini ko‘rsatgan
«Kalamushlar kengashi», saroy tekinxurlarini qoralagan «Pashsha bilan chumoli»,
adolatsiz sudni tanqid qilgan «Maymunlar sudida tulkiga qarshi shikoyat bilan
chiquvchi bo‘ri», absolyut hokimiyat zulmiga ishora etgan «Kasal arslon va tulki»,
shuningdek, ruhoniy va dvoryanlarning yovuzliklarini fosh etuvchi bir qator
masallari diqqatga sazovordir. Biroq bu masallarida siyosiy-ijtimoiy hayotdan
ko‘ra maishiy hodisalar tasviri ustun turadi va bu hodisalar abstrakt holda talqin
qilinadi. Ijtimoiy ziddiyatlar inson tabiatida azaldan mavjud bo‘lgan kamchiliklar
deb ko‘rsatiladi. «Bo‘ri bilan qo‘zichoq» masalining ma’nosi zo‘r hamma vaqt
bo‘lib chikadi, degan mavhum xulosa bilan tugallanadi.
Dastlabki masallarida qirol—arslonning yirtqichligi, zo‘ravonligi orkali
qirolga faqat ishora qilinsa, «Masallar»ning ikkinchi nashriga kirgan kitoblarida
endi «hayvonlar shohi» zulm va adolatsizlikni mujassamlantirgan monarx sifatida
satira ostiga olinadi. Arslon va uning atrofidagi yirtqich hayvonlar orkali shoir
mustabid qirol va saroy aqlini ifodalaydi. Masaldan kelib chiqadigan xulosa ham
aniq va chuqur sotsial ma’- noga egadir.
«Yirtqich hayvonlar o‘lati» masalida ham yomonlik va zulm man- bai —
saroy, qirol va uning yordamchilari qoralanadi. Ularning hayoti zo‘ravonlikka,
kambag‘allarni ekspluatatsiya qilishga asos- langan, shuning uchun hukmdorlardan
yaxshilik, shafqat kutish mum- kin emas, degan xulosa masalning asosiy g‘oyasini
ifodalaydi.
Shoirning ikkinchi to‘plamiga kirgan masallarida sotsial satira
keskinlashadi. Pul hukmronligi va uning halokatli ta’sirini («Etikdo‘z va ulgurji
savdogar»), sudning sotqinligini («Mushuk, laycha va quyon») qirollik hukumati
va din ahllarining yovuzliklarini («Arslon, bo‘ri va tulki», «Ona arslonni
ko‘mishmarosimi», «Ruhoniy va murda») masallarida katta badiiy kuch bilan aks
ettiradi.
Lafontenning dastlabki masallari tasviriga xos kinoya va ko‘zatuvchilik
o‘rnini, endi 7 -yillarning oxiriga kelib, qonkret sotsial satirik va realistik tasvir
egallaydi. Xayvonlarning allegorik figurasi o‘rniga inson obrazi paydo bo‘ladi. Bu
yillari shoir qirol Lyudovik XIV ning bosqinchilik urushini qoralagan va tinch
ijodiy mehnatni ardoqlagan chuqur mazmunli masallar («Dunaylik dehqon»,
«Savdogar, dvoryan, chupon va shoh o‘g‘li») yaratish bilan keng xalq ommasi
o‘rtasida shuhrat qozondi.
Lafonten antik dunyo, o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri masal- chilik
traditsiyalarini urganib, ularga favqulodda realistik xarakter va satirik ruh kiritadi,
bu janrni yangi badiiy yuksak- likka ko‘taradi. Uning masallari soddaligi va o‘z
davri ijtimoiy hayotini keng hamrab olishi, meqnatkash omma manfaatlarini qizgin
himoya qilib chiqishi bilan qimmatlidir. Belinskiy I. Krilovning masallari haqida
yozib, masal badiiy buyog‘i, o‘z belgilari va xarakterlari bilan kichik povest va
drama bo‘lishi kerak, deb ko‘rsatgan edi. Hiqatan ham Lafonten — mana shunday
masallar yaratib XVII asr Fransuz adabiyoti va, xususan, masalchilik janrining
rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Shuning uchun ham Pushkin Fransuz xalqi ruhiy
boyligini mujassamlantirgan Lafontenni buyuk masalchi sifatida Krilov bilan bir
qatorga qo‘ygan edi.
BU ALO (1636— 7 )
Klassitsizm adabiy uslubining yirik nazariyachisi shoir Ьualo Parijda
burjua-chinovnikoilasida tug‘ildi. U diniy aqidalar va huquqshunoslikni urgandi,
so‘ngra advokat bo‘lib ishlaydi. Satiralar yozib shuhrat qozongach, Bualo butunlay
adabiyot bilan shugullanadi. 1673 yilda Lyudovik XIV Bualoni saroy tarixchisi
qilib tayinlaydi. yilda Bualo Fransuz akademiyasiga a’zo bo‘lib saylanadi.
Adabiy faoliyatining dastlabki bosqichida yozgan satiralarida shoir qonunchi
lo‘ttibozlar, munofiq taqvodorlar, kekkaygan dvoryanlar va boylikka hirs qo‘ygan
kishilarni qattiq qoralaydi. Bualo satiralardan tashqari, nomalar, epigrammalar ham
yozadi. «Roman qahramonlari» nomli parodiyali dialogida ( ) shoir feodal
o‘zboshimchaligi bilan bog‘langan XVII asr aristokrat — pretsioz adabiyotini
qattiq tanqid qiladi.
Bualoning muhim asari «Poeziya san’ati» nomli didaktik poemasidir, shoir
bu asarida klassitsizm adabiy uslubining qoi- dalarini asoslab berdi. Bualo
Dekartning falsafiy metodinibadiiy adabiyotga tatbiq qildi. Klassitsistlar estetikasi
uchun xarakterli narsa aql-idrokka tayanishdir. Bualoning fikricha, aql-idrok
san’atning oliy maqsadi bo‘lgan go‘zallikni yaratadi. Aql-idrok vositasi bilan
Bualo antik jamiyatda yaratilgan, guyo hamma davr uchun bir xil qimmatga ega
bo‘lgan, lekin o‘rta asrlarda yo‘qolib ketgan va endi faqat yukori guruxlarga
ma’lum bo‘lgan oliy -badiiy didni tushunadi. Uning shahar va saroyni urganingiz,
degan shiori shundan kelib chikadi. Bualo saroy doirasidagi kishilar talabiga javob
beradigan asar yozishga chaqiradi. U absolyutizm g‘oyalarining maddohi edi.
Shuning uchun ham hamma «tuban», «qo‘pol» narsalarni rad etgan Bualo xalq va
uning oddiy turmushini aks ettirgan Molyerni iqoralaydi.
Klassitsizm adabiyoti antik madaniyatga ergashishdan kelib chiqdi.
Uyg‘onish davrida grek va Rim san’atini urganish o‘rta asr diniy-asketik
dunyoqarashiga norozilik bildirish uchun kerak edi. Birok bu voqea XVII asrda
Fransiyada o‘ziga xos shaql va ma’naviy mazmun kasb etadi. Ular antik
yozuvchilar asarlarini o‘sha davr hayotini realistik tasvirlashda namuna bo‘ladigan
bir ijod deb emas, balki qonkret tarixiy sharoitga bog‘liq bo‘lmagan mavhum
go‘zallik ideali .namunasi deb kabul qiladilar. Klassitsizm vakillari uchun o‘z davri
kishilari turmushini urganishning zaruriyati yo‘q, antik adabiyot klassiklari
yaratgan obrazlar, ular tasvirlagan xarakterlar va qadimgi adabiyotni urganish va
unga taqlid qilish yetarlidir. Chunki tiplar, ularning tushunishicha, mangu va
o‘zgarmasdir. Shu sababli klassitsizm asoschilari badiiy ijod normalari, uning
o‘zgarmas va mutlaq qonunlarini belgilashga harakat qiladilar. San’atni qat’iy
qoida va qolipga soladilar. Klassitsizm nazariyasi olimlarning mavhum aqliy
mulohazalaridan kelib chiqqan bo‘lsa ham, lekin ularning antik san’atkorlarning
adabiy tajriba va metodlarini urganishga intilishlari o‘sha davr uchun, shubhasiz,
ijobiy hol edi. Lekin ular Aristotelning antik adabiyotni yakunlab bergan va asosiy
belgilari bilan materialistik bo‘lgan estetikasini tushunib yetmadilar, unga formal
taqlid qildilar. Shuning uchun ham klassitsizm yozuvchilari yaratgan obrazlardagi
mavhumiylik va sxematizm adabiyotning keng realistik yo‘lda rivojlanishiga yo‘l
bermas edi. Bualo estetikasidagi realistik tendensiyaning chegaralanganligi ana
shundan kelib chikadi.
Pushkin «Xalq dramasi hakida» maqolasida klassitsizm adabiyoti paydo
bo‘lgandan boshlab xalq (Shekspir) tragediyasi bilan saroy (Rasin) tragediyasi
o‘rtasidagi katta farkni ko‘rsatib o‘tgan edi. Bu farq shundan iborat ediki. xalq
tragediyasi ijodchisi o‘z tomoshabinlariga nisbatan ancha ma’lumotli edi, shuning
uchun katta jasorat va kutarinki ruh bilan ular talabiga javob beradigan erkin
asarlar yarata bildi. Saroyda esa yozuvchi o‘zini tomoshabindan tuban deb his
kiladi, u «baland martabali» kishilar didiga yoqish uchun o‘z erkinligidan kechadi,
ularni ranjitib quymaslikka intiladi, natijada istar-istamas sun’iylikkaberiladi,
realistik tasvir o‘rnini sxematizm egallaydi. Saroy tragediyalari tilidagi
dabdabalilik saroy aqliga yoqishga urinishdan kelib chiqqandir.
Biroq XVII asr Fransuz adabiyotining ilg‘or yozuvchilari (Molyer,
Lafonten) klassitsizmning qotib qolgan qoidalari doirasidan chetga chiqib, yirik
realistik asarlar yaratishga erishadilar.
JAN RASIN
(1639— 99)
XVII asr Fransuz adabiyotining yirik dramaturgi Rasin provinqiya shaxari
Ferte-Milonda sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Ota-onadan yosh yetim kolgan
Rasinni buvisi Bove shaqridagi kolledjga o‘qishga beradi. U maktabda ( 9—
) hukmron katolikcherkoviga qarshi oppoziqiyada bo‘lgan yansenistlar sektasi
tarafdorlari qo‘lida tarbiya ko‘radi. yilda yana uqishini davom ettirish uchun
u Por-Royalga kuchiriladi. Yansenistlarning o‘qitishmetodi iyezuitlarning sxolastik
metodidan farq qilar edi. Shuning uchun ham Rasin bu yerda filologiya bilan
shug‘ullanadi.
So‘ngra u Parijga kelib, Garkur kolledjida o‘qiydi va falsafakursini tugatadi.
Yansenistlar bolani asketik ruhda tarbiyalashga urinadilar. Lekin yosh Rasin
poeziyaga qiziqadi. Antik yozuvchilarining asarlarini zo‘r havas bilan urganadi va
badiiy ijodga kirishadi. Rasin Lyudovik XIV ning uylanishiga bag‘ishlab yozgan
qasidasi bilan nom chiqaradi. U Molyer va Lafontenga yaqinlashadi.
. 1664 yilda Molyer teatri yosh dramaturgning birinchi mustaqil asari
«Fivaida yoki dushman aka-ukalar» tragediyasini sahnaga qo‘yadi. Rasin «Buyuk
Aleksandr» tragediyasini avval Molyer teatrida ko‘rsatadi, lekin tezda undan olib
bu teatrga rakobatchi Burgund Oteli teatriga beradi. Bu hodisa sahna san’ati haqida
Molyer va Rasin qarashlaridagi prinsipial ziddiyatlardan kelib chiqadi. Kornel va
Molyerdan yiroklashgan Rasin shoir-nazariyachi Bualoga yaqinlashadi. 1667—
1669 yillarda ketma-ket «Andromaxa», «Sudbozlar», «Britannik» pyesalari
sahnaga qo‘yildi. «Britannik» tragediyasiga Bualo yuqori baho beradi.
1670 yilda mashhur tragik yozuvchi Kornel va Rasin bir syujetda ikki asar
—«Tit va Berenika», «Berenika» tragediyalarini yaratadilar. Bu musobaqada
Rasinning pyesasi ustun chiqadi. «Berenika» tragediyasida Rasin shaxsiy manfaat
bilan ijtimoii burch bir-biriga zid kelmasligi kerakligi va monarxiya tuzumining
gumanizmga zid ekanini ko‘rsatadi.
Rasin 1672 yilda turk saroyi urf-odatlarini aks ettirgan «Bayazit», 7 yilda
«Mitridat» tragediyalarini yozadi. «Ifigeniya Avlidada» ( 7 ) pyesasi
dramaturgga yangi muvaffaqiyat keltiradi. Agar Volter «Berenika» tragediyasini
zaif deb atagan bo‘lsa, «Ifigeniya»ga yuqori baho beradi.
Saroy intrigalari natijasida Rasinning eng yaxshi tragediyasi «Fedra» ( 77)
sahnada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Unga nisbatan qasddan uyushtirilgan
ig‘vodan so‘ng yozuvchi drama- turgiyani tashlaydi va saroy tarixchisi bo‘lib
qoladi. O‘n ikki yil o‘tgach, qizlar pansionining boshlig‘i de Mentenon xonimning
iltimosi bilan, uch aktli «Esfir» tragediyasini yozadi. Rasin 9 yilda so‘nggi
asari—«Gofoliya» («Ataliya») tragediyasini yaratadi. Bu pyesalarida mutlaq
hokimning o‘zboshimchaliklariga qarshi norozilik alomatlari ochik; ko‘rinib
turadi.
Yozuvchining so‘nggi asarlari Lyudovik XIV ni g‘azablantiradi va u Rasinni
yoqtirmay qo‘yadi. Natijada yozuvchi hayotining so‘nggi yillari osoyishta
o‘tmaydi va, nixoyat, u 99 yilda vafot etdi.
Rasin dunyoqarashida yuz bergan ziddiyat istibdod-monarxning xukmronlik
qilishi haqidagi illyuziya bilan uning o‘zboshimchaliklariga qarshi nafrat
bildirishida ko‘rinadi. Absolyutizmga ishonch Rasindagi realistik yo‘nalishning
keng rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi. Lekin Rasin o‘zining eng yaxshi asarlarida
voqelikning haqqoniy tasviriga erishadi. Yozuvchi insonning qadr- qimmati uning
kelib chiqishiga qarab emas, balki shaxsiy sifatlariga asoslanib belgilanishi kerak,
degan xulosaga keladi. U sosloviyalik tengsizlik asosida yuzaga kelgan feodal-
aristokratiya jamiyatini qoralaydi. Rasin asarlarida realistik belgilar asta-sekin
shartli abstraktlikni surib chiqara boshlaydi. Rasin dunyoqarashida uchragan
ziddiyat uning adabiy metodida ham kurinadi. Klassitsistlar estetikasi koidalariga
amal qilgan dramaturg uch birlik talablariga buysunadi, syujetni antik adabiyotdan
oladi, sahnada hukmron doiralar va ularga yaqin turgan shaxslar ko‘rsatiladi.
Ommaviy ko‘rinishlardan voz kechadi. Ish- tirok etuvchilar sonini kamaytiradi.
Sahnada voqea qahramon- larning harakati bilan ochilmaydi, balki bo‘lib o‘tgan
yoki bo‘layotgan hodisalarni dabdabali so‘zlar bilan hikoya qilib berish orqali
tushuntiriladi. Klassitsizmning bu shartli, abstrakt varatsional qonunlari Rasin
ijodiga salbiy ta’sir etmasligi mumkin emas edi. Lekin dramaturg bu adabiy
qonunlar doirasida o‘ralashib qolmaydi. U qahramonlarning faqat ijobiy tomonini
emas, balki kamchiliklarini ham, umuman, sahnada ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan
voqealardan boshqa hamma narsani aks ettirish, o‘zluksiz deklomatsiyaga
berilmaslik kabi realistik talablarni ham ilgari surdi. Rasin gumanistik g‘oyalarni
qat’iy himoya qilib, hukmron doiralarning zo‘ravonlikka asoslangan siyosatlarini
qoralagan eng yaxshi tragediyalari («Andromaxa», «Britannik», «Fedra»)da
pretsioz adabiyotining xashamdorligini, klassitsizmning shartli mavhumiyligini
ham yengib, favqulodda aniqlikka erishadi.
«Andromaxa» ( 7) Rasin ijodida yuz bergano‘zgarishni ifodalagan
birinchi yirik tragediyadir. Yozuvchi pyesaning syujetini antik mifologiyadan
olgan. Asarning bosh qahramoni Troya pahlavoni Gektorning xotini
Andromaxadir.
Shahar greklar tomonidan bosib olinib, unta o‘t qo‘yilgan. Gektor Axilles
tomonidan o‘ldirilgan bo‘lib, beva qolgan Andromaxa yosh o‘g‘li Astianaks bilan
Axillesning o‘g‘li Epir shohi Pirr qo‘liga asir tushadi. Mayus asira jasur va
shafqatsiz Pirrda muhabbat uyg‘otadi. Biroq qahramon Pirr bu ayol oldida o‘zini
yo‘qotib qo‘yadi. Lekin Andromaxa erini o‘ldirgan va xalq boshiga kulfat solgan
kishining o‘g‘lini sevishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham Pirr goh
g‘azablanib, uning o‘ziga buysunishini talab qiladi, o‘g‘lini jazolash bilan
qo‘rqitadi, goh unga yalinib- yolvoradi. Andromaxa farzandi uchun tug‘ilgan
xavfni bartaraf etish maqsadida bir makr ishlatishga qaror qiladi. U Pirr bilan
nikohdan o‘tadi-ku, lekin o‘sha kuni o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Pirrni sevuvchi
shoh Menelay bilan Yelenaning qizi Germiona uning Andromaxaga uylanishi
haqidagi gapni eshitgach, rashk iztirobi bilan undan o‘ch olishni yigit Orestga
topshiradi. Nikoh rasmiyati o‘tkazilayotgan bir vaqtda Orest sevgan qizining
talabini rad etolmay, Pirrni o‘ldiradi. Sevgan yigitining fojiali o‘limidan so‘ng
Germiona ham o‘zini halok etadi.
Rasin «Andromaxa» tragediyasida qadimgi syujetni olib, unga yangi matno
kiritdi. Monarx va unga yaqin doiradagi odamlarning yaramas xulq-atvorlarini
qoralaydi. Shoh Pirr, Germiona va Orest obrazlari orkali davlat manfaatlarini
unutgan, egoist va jamiyat uchun katta xavf bo‘lib qolgan mutlaq hokimni tanqid
qilib, absolyutizm krizisini tasvirlaydi. Yozuvchi axloqiy bo‘zuq kishilarga
Andromaxa obrazini qarshi qo‘yadi. Bu ayol— o‘z bolasiga mehribon ona, eriga
vafodor xotin, xalqiga sodiq haqiqiy bir insondir. Asarning pirovardida egoistik
intilishlar bilan harakat qiluvchi kishilarning mag‘lubiyati Andromaxaning
ma’naviy g‘alabasidan dalolat beradi.
Rasin tragediyalari bilan Kornel tragediyalari o‘rtasida o‘zil-kesil farq bor.
Kornel pyesalaridagi kahramonlar ko‘pmashaqatlarni kechirib, o‘z ehtiroslarini
yengib, oxirida g‘alaba qiladilar. Davlat oldidagi burchlarini o‘z manfaatlaridan
yuqori qo‘yadilar. Rasinning qahramonlari esa bunday emas. Ularda ichki ehtiros
siyosiy masalalardan ustun turadi. Pirr mag‘rur va botir kishi, lekin u sevgi oldida
mamlakat manfaatlarini unutib qo‘yadi. Orest ham Germionaga muhabbati tufayli
davlatga xiyonat qiladi, insonlik qiyofasini yuqotib, odam o‘ldirishgacha boradi.
Germiona faqat o‘z sevgisini biladi, u muhabbat qo‘ygan kishisi uni sevadimi-
yo‘qmi, masalaning bu muhim tomoni bilan .qiziqmaydi. Shuning uchun u
Pirrning o‘limiga sababchi bo‘ladi.
«Britannik» ( 9) Rasinning o‘z davri uchun «Britannik» aktual
masalalarni aks ettiruvchi yirik tratragediyasidir. Asar syujeti uchun
materialniyozuvchi Rim tarixidan oldi va zolimga aylangan monarxlar va
absolyutizmni qattiq tanqid etdi. Taxtni egallab, hokimiyatni boshqarishni o‘z
qo‘liga olgan Neron tez vaqt ichida o‘zgaradi, onasini ham mensimay qo‘yadi,
vaholanki, Agrippa o‘g‘lini taxtga chiqarish uchun o‘z amakisi keksa Klavdiyga
tekkan va uning o‘g‘li Britannikni quvib yuborgan edi. Ona o‘g‘lining Mavqeini
mustaxkamlash maqsadida uni Klavdiyning qiziga uylantirib, qizning sevgan
yigitini o‘ldirtirgan edi. Cheklanmagan hukmronlik va mansabni suiiste’mol etish
zolimlikka olib boradi. O‘lgan imperator Klavdiyning taxtga merosxur o‘g‘li
Britannik Neron nazarida katta xavf edi. Raqibining sevgani go‘zal Yuniyani kurib
qolgan Neron kizni zo‘rlab o‘ziga xotin qilib olish, Britannikni esa o‘ldirish yo‘lini
axtara boshlaydi. Bir kuni u saroyga Britannikni mehmonga chaqiradi va zahar
berib, uni halok etadi.
Tragediyada Neronni tarbiyalashda ishtirok etgan ikki saroy kishisi ham
ko‘rsatilgan. Ulardan biri qo‘rqmas jangchi va hakiqat uchun kurashuvchi Burr,
ikkinchisi munofiq Narqissdir. Neron o‘z qilmishlaridan xavfsirab, ikkilanib
yurgan vaqtlarida Narqiss uni Rim xalqini doimo qullikda saqlashga undaydi.
To‘g‘ri so‘z, pok qalbli Burr davlatning og‘ir ahvolidan tashvishga tushib, Neronga
monarxning xalqparvar va mamlakatning osoyishtaligi uchun javobgar shaxs
bo‘lishi keraqligini aytib, unga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Biroq saroy muhiti
(Narqiss singari riyokorlar) Neronni to‘g‘ri yo‘lga solish o‘rniga, uni yangi-yangi
jinoyatlar qilishiga undaydi.
Zolimga aylangan mutlaq hokimning xatti-harakatlarini koralagan Rasin
xalq kuchiga ham tegishincha baho beradi. Riyokor Narqiss Yuniyani monarx
qo‘liga topshirmoqchi bo‘lganida, bunday o‘zboshimchaliklardan g‘azablangan
omma uni o‘ldirib, qizni qutqarib oladi.
Kornel o‘z tragediyalarida absolyutizmni mustaxkamlash, mamlakatning
birligini yuzaga keltirish uchun kurashgan kuchli odamlarni ko‘rsatgan edi. Rasin
XVII ayerning ikkinchi yarmida ijod etdi. Bu vaqtda absolyut hokimiyatning
karama-qarshiliklari kuchayib ketgan, mutlaq hokim esa, o‘zining cheklanmagan
huquqlaridan foydalanib, o‘z shaxsiy istaqlarini qondirish yo‘lida o‘ta zolimga
aylana boshlagan edi.
Yozuvchi mamlakat hayotida yuz bergan ana shu voqealarni katta
haqqoniyat bilan ochib berdi. Garchi tragediyada tarixiy voqealar aks ettirilgan
bo‘lsa zsam, lekin bu vokealar orqali zamonasining siyosiy hayotiga oid masalalar,
Lyudovik XIV ning davlatni bosh- qarishni o‘z qo‘liga olishi, mutlaq hokim
sifatida o‘zboshimchaliklar kila boshlagani tasvirlanadi. Bu asarning boshqa trage-
diyalaridan farqi ham shundadir. Rasinning yana bir realistik tragediyasi «Fedra»
(1677) da ham aristokratik muhitining ax- loqiy va ma’naviy tushkunligi fosh
qilinadi.
Rasin o‘zidagi klassitsizmning ratsionalistik cheklanganligini yengib,
absolyut hokimiyatda yuz bergan adolatsizlik davlat tepasida turgan kishining
gunohi bilan emas, balki o‘sha davlat tartibining yaramasliklari natijasi, deb
obyektiv xulosa chiqarishgacha keldi. Shuning uchun ham hukmron sinflar
asarning xalq ommasiga o‘tkazadigan ta’siridan cho‘chib, har xil baxonalar bilan
tragediyaning satirik kuchini yuqotishga va yozuvchini obru- sizlantirishga
urindilar.
Rasinning hamma yirik pyesalarining sahnada
uynalishireaksiyaning
qarshiligini oshiradi. Saroy intrigalari ulug‘ dramaturgning talantini bug‘ib
qo‘yadi. Agar Rasin dastlabki o‘n yil mobaynida ( 7—1677) sakkiz tragediya
yozgan bo‘lsa, undan keyingi o‘n ikki yil ichida ( 77—1689) hech narsa yarata
olmadi. Chunki u ijodiy ishni tashlab ketishga majbur bo‘lgan edi. Lekin -
yillarning oxiri, 90- yillarning boshlaridagi voqealar, absolyut hokimiyat
krizisining keskinlashuvi bilan birga mamlakat iqtisodiy ahvolining og‘irlashishi,
dehqonlarning qashshoqlashishi, 1685 yilda Nant farmonining bekor etilib,
gugenot (protestant)larning ta’qib qilinishi, yansenistlarga qarshi boshlangan
hujum—bularning barchasi oppozitsiyachi kuchlarni jonlantiradi. Yangi sharoitda
Rasin yana qo‘lga qalam oladi. O‘z fikrini ochiq aytish kiyin bo‘lgani uchun u
tavrot temalaridan foydalanib, ular orqali o‘z noroziliklarini bayon qiladi.
Qizlar yopiq maktabi o‘quvchilari uchun yozgan «Esfir» ( 9)
tragediyasida gugenotlarning o‘z e’tiqodlari uchun olib borgan kurashlarining
hukmron katolik cherkovi tomonidan bostirilishiga, so‘nggi tragediyasi «Ataliya»
(«Gofoliya», 9 ) da absolyut hokimyat va qirolning o‘zboshimchaligi va
zulmiga qarshi ochiq noroziliklarni aks ettiradi.
O‘z e’tiqodidan qaytgan Isroil shohlari avlodidan bo‘lmish Yerusalim
malikasi zolim Ataliya Yerusalim shohlari avlodidan kelib chikqan o‘z bolasi va
nabiralarini o‘ldira boshlaydi. Shah- zodalardan faqat Ioas qutqarib kolinib,
chekkalikdagi bir qasrda tarbiyalanadi. Buni sezib kolgan malika Ioasni halok ztish
payiga tushadi. Biroq qasrning popi Ioday, uning xotini Iosavet, bolalari Zaxariya
va Sulamif shahzodani saqlab kolish uchun barcha choralarni ko‘radilar. Oxirida
zulmkor malika Ataliya o‘z fuqarolari tomonidan o‘ldiriladi va shahzoda Ioas
taxtga chiqadi.
Tragediyadagi asosiy salbiy obraz — bu malika Ataliyadir. Uning zulmi va
xulq-atvori orqali yozuvchi saroydagi adolatsiz- liklarni fosh etadi. Garchi voqea
Yerusalim saroyida bo‘lib o‘tgan, deb ko‘rsatilsa ham, lekin Lyudovik XIV
saroyidagi kelish- movchiliklar, absolyutizmning inqirozga uchrashi natijasida ku-
chayib ketgan o‘zboshimchaliklarni tasvirlagani sezilib turadi. Ataliyaning
jazolanishi uning xalqqa o‘tkazgan zulmi uchun olingan qasos, deb izohlanadi.
Biroq pyesada xalq «Britannik» pyesa- sidagidek aktiv rol o‘ynamaydi. Zolimga
qarshi bosh ko‘tarib chiqqanlar ham bir tuda kishilardir. Ataliyaning yovuzligiga
uning dinni o‘zgartirishi, Ioday va boshqalarning adolatli bo‘lishlariga esa ularning
dindorliklari sabab bo‘lgan, deb ko‘r- satiladi. Bu hol asarga ma’lum darajada
abstraktlik
kiritadi.
Yozuvchi
qarashlarida
bunday
qarama-qarshiliklar
mavjudligiga qaramay, bu tragediya absolyutizm tushkunligini haqqoniy ko‘rsatib
bergan va istibdodchi monarxga qarshi kurash g‘oyasini ilgari surgan uning
so‘nggi yirik asaridir.
O‘z zamonasida bo‘lgani kabi, undan keyingi davrlarda ham re- aksion
adabiyotchilar Rasin ijodini kamsitish, uning xalqchillik va satirik ruhini yo‘qqa
chikarish uchun jon-jahdlari bilan urinib keldilar. Ilg‘or yozuvchilar esa Fransuz
dramaturgiyasining rivojlanishiga Rasinning qo‘shgan munosib hissasini ta’kidlab
o‘tganlar. Rasin o‘rta asr feodal axloqiga katta putur yetkazgan «birinchi yangi
shoir bo‘ldi» degan edi Geyne. Pushkin, Gersen va Belinskiy saroy ta’siri ostida
yuzaga kelgan asarlaridagi ratsionalistik cheklanganlik va qarama-qarshiliklarni
ko‘rsatish bilan birga, Rasinning ijodiga yuksak baho berdilar. Belinskiy Rasinning
«Ifigeniya Avlidada» tragediyasini chuqur analiz qildi. Pushkin Rasin bilan
Shekspirning adabiy metodi o‘rtasidagi farqni ta’kidlash bilan birga, ulardagi
mushtarak tomonlar — xalqchillik va gumanizm har ikkala yozuvchini bir-biriga
yaqinlashtirganini ham qayd etadi. Pushkin «Xalq dramasi haqida» degan
maqolasida drama san’atining mohiyatini tahlil etib, bu ulug‘ yozuvchilarning
o‘ziga xos tomonlarini ham ko‘rsatdi. «Tragediyada nima rivojlanadi? Uning
maqsadi nimadan iborat?—deb yozadi Pushkin,— Inson va xalq. Inson takdiri—
xalq takdiri. Mana shuning uchun ham tragediya formasining turliligiga qaramay,
Rasin ulug‘dir. Mana shuning uchun ham asarlarining bir tekisda bo‘lmasligi,
bezagining kurimsizligiga karamay, Shekspir ulug‘dir».
«Fransiya va Italiyadan xatlar»ida Gersen ham Pushkin kabi Rasin
asarlaridagi ichki ziddiyatlarni payqadi. Tashqi ha- rakatlarning kamligi,
mazmunining ratsionalistik cheklanganligini qayd qilgani holda, uning yirik
tragediyalarida ichkidramatizm kuchliligi, «dialog ko‘pincha harakatni yo‘qqa
chiqarsa ham, lekin u nafis va uning o‘zi harakat»dan iborat bo‘lganini ko‘rsatadi.
«Berenika» tragediyasida ifodalangan zulmga qarshi kuchli nafrat Gersnni
hayajonlantirgan edi.
«Andromaxa», «Britannik» va «Fedra» kabi ajoyib trage- diyalar yaratgan
Rasinning adabiy merosi o‘sha davrning yirik dramaturglari Molyer va Kornelning
adabiy meroslari qatorida munosib o‘rinda turadi.
Mavzu yuzasidan qisqacha xulosa:
Klassitstik yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosqichiga
ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr adabiyotining
namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr uchun bir xilda xizmat qiluvchi
va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat, deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va
amaliy yutuqlarini qabul qildilar. Biroq mavhum g‘oyalarni ideallashtirish,
davrning real hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janrlarni
qattiq logik qonunlarga bo‘ysundirish kllassitsizm adabiyotini cheklab qo‘ygan edi.
Shuning uchun ham uning qotib qolgan qonunlarini A.S..Pushkin va rus
adabiyotshunoslari tanqid qilganlar. Lekin bunday salbiy tomonlari bo‘lishiga
qaramay, klassitsizm o‘z davri madaniy hayotida katta voqea edi.
XVII asrning ilg‘or yozuvchilari ijodi o‘sha davrning yirik mutafakkirlari
F.Bekon, Gobbs, Kampanelli, Dekartlarning falsafiy qarashlari bilan bog‘liq
ravishda rivoj topadi. Ular ta’limotidagi materialistik an’ana idealistik an’anaga
qarshi qaratilgan edi. Bu narsa feodal olami va uning urf-odatlarini tanqid qilishga
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. XVII asr G‘arbiy Yevropa adbiyoti o‘z davri hayotining
turli-tuman manzarasini gavdalantirgan Milton, Kornel, Rassin, Molyer, Lope de
Vega va Kalderon kabi yirik yozuvchilarni yetishtiradi, ularning ko‘p qirrali va
esqilikni fosh etuvchi ijodi hozirgi kungacha g‘oyaviy mazmuni va badiiy
qimmatini saqlab kelmoqda.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |