Mavzu: Yalpi talab va yalpi taklif



Yüklə 25,37 Kb.
səhifə3/3
tarix02.12.2022
ölçüsü25,37 Kb.
#120336
1   2   3
Hujjat (27)

II. Oraliq kesma. Va nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy Ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining o‘sishi Bilan birga borishini ko‘rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to‘liq quwat
Bilan ishlay boshlaganidan, korxonalaming ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab Chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo‘shimcha ishchi kuchi Ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko‘ra mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining Rentabelli bo‘lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu Sababli oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko‘payishi Narxlaming o‘sishi bilan birga boradi.

III. Tik kesma. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot o‘zining to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (rasmdagi nuqta) joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Iqtisodiyot To‘liq quwat bilan ishlay boshlaganligi sababli narxning to‘xtovsiz


Oshib borishi ham ishlab chiqarish real hajmining ko’payishiga olib Kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini Ko‘rsatadi.
Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklifga
Narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillardan bir Yoki bir nechtasining o‘zgarishi yalpi taklifning o‘zgarishiga sabab Bo‘ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy Xususiyatga ega: agar ular o‘zgarsa, mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari ham o‘zgaradi. Natijada yalpi taklif Egri chizig‘I joyini o‘zgartiradi
Yer resurslari taklifi yangi yerlaming ochilishi, sug’orish inshootlarining qurilishi, yerga ishlov berish texnik imoniyatlarining Takomillashuvi tufayli ko‘payishi mumkin. Yer resurslari taklifining Ko’payishi yerga boigan sarflaming kamayishiga olib keladi va shu Orqali mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlami pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shoxobchalarining kengayishi, dehqonchilikning Intensiv usullarini qoilash tufayli yer resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi.Ishchi kuchi resurslari. Korxona xarajatlarining asosiy qismi Ishchi va xizmatchilarga ish haqi toiash uchun ketadigan xarajatlar Hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, ish haqining O‘zgarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mavjud ishchi kuchi resurslarining Ko‘payishi ish haqining pasayishiga, ulaming kamayishi esa ish haqining oshishiga olib keladi.
Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zaxirasini o‘stirib borsa, Yalpi taklif o‘sish tamoyiliga ega boiadi. Masalan, agar jamiyat o‘z Daromadining asosiy qismini tejab, uni investitsion tovarlar sotib olishga yo‘naltirsa, yalpi taklif o‘sadi. Xuddi shunday asosiy kapital sifati Yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi taklif Ko‘payadi. Korxona o‘zining eski, sifati past boigan qurilmalarini Yangi va ancha takomillashgan qurilmalar bilan almashtirishi bunga Misol boia oladi. Agar mamlakat asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif qisqaradi.
Yüklə 25,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin