2.3. Inson ma’naviy kamolotida milliy g’oya va mafkuraning o’rni
Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mus tahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, aho li barcha qatlamlarining axloqiy tarbiyasiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Negaki, mam lakatimizdagi mavjud uzluksiz ta'lim tizimi aholining beshdan bir qismini qamrab olgan. Ushbu tizim qamrab olgan bolalar va o'smir lardan tashqari, aholining katta qismi orasida ma'naviy-ma'rifiy tar biya ishlarining tizimli yo'lga qo'yilishi va bu borada yuksak samara dorlikka erishish o'tkir zaruratga aylanmoqda.
Aynan ta'lim-tarbiya va ma'rifat jamiyat barqarorligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da'vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo'lishga undaydi.
Uzluksiz ta'lim tizimida ma'naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish lozim.
"Tarhiyada tanaffus ho'lmaydi", degan chuqur ma'noli gapni ko'p takrorlaymiz. Lekin, afsuski, joylarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar ni tashkil etishda ana shu qoidaga amal qilinmayapti. Bu borada bog'cha, maktab, oliy ta'lim, mahalla tizimining har biri alohida ish olib borayotgani, ya'ni, o'zaro hamkorlik va uyg'unlikning yo'qligi ishimizning samarasiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.19
Shuning uchun ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, unda har bir mas'ul idoraning vazifasi va birgalikda amalga oshiradigan chora-tadbirlarini aniq belgilab qo'yish zarur.
Yana bir muhim masala. Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash hokimlar - hududiy kengashlar raislari ning doimiy e'tibor markazida bo'lishi shart.20
Ma'naviy targ'ibot ishlarini har bir mahallada, ta'bir joiz bo'lsa, mahallabay usulida tashkil etmas ekanmiz, bu borada aniq natija bo'lmasligini hayotning o'zi ko'rsatmoqda. Bunda har bir mahalla ning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, amalga oshiradigan ish larimizni aniq belgilab olishimiz va jamoatchilik bilan birgalikda ish olib borishimiz kerak.
Bu borada, ayniqsa, "Bir ziyoli - bir mahallaga ma'naviy homiy" tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o'qituvchilar va taniqli ziyolilarning jalb etish, ularning bu ishga mas'uliyat va kuyunchaklik bilan yondashishiga erishish muhim ahamiyatga ega, deb o'ylayman. Oliy ta'lim muassasalari rektorlari joylardagi hokimlar bilan bir galikda bunday jonkuyar domlalarni munosib rag'batlantirib borish choralarini ko'rishi kerak.
Biz "Har bir nuroniy - besh nafar yoshga murabbiy" tamoyili bo'yicha muhtaram oqsoqollarimiz, kayvoni onaxonlarimizni tarbi yasi og'ir, ma'naviy ko'makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarga biriktirib qo'yishga qaratilgan ibratli tashabbusni qo'llab-quvvat lashni davom ettiramiz.
Albatta, katta tajribaga ega bo'lgan nuroniylarimiz o'zlarining ha yotiy o'gitlari bilan yoshlarimizga to'g'ri yo'l ko'rsatsa, buning foydasi katta bo'ladi. Ana shu ishlarni amalga oshirish uchun "Ma'naviy-ax loqiy tarbiya dasturi"da ta'lim tizimi, mahalla, nuroniy, xotin-qizlar, yoshlar hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlarining vazifasi aniq belgilab qo'yilayotgani kutilgan natijani beradi.
Biz yoshlarimizni haqiqiy vatanparvarlik, azm-u shijoat, mard lik va jasorat ruhida tarbiyalashda muhtaram ziyolilarimiz, faol va fidoyi olimlarimiz hamda ijodkorlarimizning yordamiga tayanamiz.
Ayniqsa, buyuk sarkarda bobolarimizning hayoti va jangovar faoli yati, harbiy merosini o'rganish hamda yoshlarimiz o'rtasida targ'ib etish katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun Respublika Ma'navi yat va ma'rifat markazi taniqli olim va ijodkorlarni jalb etgan holda, "Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosi" turkumi da tarixiy-badiiy risolalarni tezroq tayyorlab, ko'proq adadda nashr etishni yo'lga qo'yishi lozim.
Milliy ma'naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati katta. Afsuski, hozirgi paytda bu fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda. Xususan, biz uchun nihoyatda dolzarb bo'lgan tarix fani ham bundan mustasno emas.
Tarixga oid ilmiy-tadqiqot ishlari, asosan, bayonchilik, publitsis tik usulda olib borilmoqda. Natijada olis va yaqin o'tmishimizdagi ko'pgina voqealarning mazmun-mohiyati, ularni yuzaga keltirgan omillar va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda.
Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz kerak: milliy tarixni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizga milliy ruhda yetkazish, ular ning qalbiga, shuuriga singdirish kerak. Aks holda, uning tarbiyaviy ta'siri bo'lmaydi.
Ma'lumki, el-yurtimiz o'zining qadimiy o'tmishi davomida qan cha-qancha unutilmas voqealarni, turli sinov va qiyinchiliklarni, za farli davrlar bilan birga, fojiali kunlarni ham boshidan kechirgan. Lekin bir haqiqatni ta'kidlash kerakki, Vatanimiz hududida mavjud bo'lgan har bir davlatchilik tuzumi, har qanday ijtimoiy jarayon - u g'alaba yoki mag'lubiyat bo'ladimi, yuksalish yoki tanazzul bo'ladi mi - barcha-barchasi xalqimiz bosib o'tgan murakkab tarixiyyo'lning uzviy va ajralmas qismidir. Shuning uchun ham biz tariximizning barcha bosqichlarini yaxlit holda qabul qilib, har tomonlama chuqur o'rganishimiz zarur.
O'tmishdagi yutuq va g'alabalardan kuch-quvvat olib, xato va mag'lubiyatlaridan xulosa va saboq chiqarib yashaydigan xalq o'zi ning taraqqiyot yo'li va kelajagini to'g'ri belgilay oladi.
Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o'rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollan tirishimiz zarur. Buning uchun, avvalo, O'zbekistonda tarix fani ni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarali amalga oshirishimiz lozim.
O'zbek tilining davlat tili maqomini amalda kuchaytirish, xorijda va yurtimizda uni o'rganish bo'yicha zamonaviy texnologiyalarni ish lab chiqish dolzarb vazifadir.
Xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o'rtasida kitobxonlik darajasini oshi rish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarur.
Albatta, keyingi yillarda "Besh muhim tashabbus" doirasida bu yo'nalishda ko'p ishlarni amalga oshirdik. Lekin bugun ularni yangi bosqichga ko'tarishni vaziyatning o'zi talab etmoqda.
Yoshlarimizga zamonaviy ta'lim-tarbiya bilan birgalikda, qon qonimizga singgan muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiya tini to'g'ri tushuntirib berishimiz, ularni ezgu g'oyalar ruhida tar biyalash haqida jiddiy o'ylashimiz lozim. Afsuski, bu masalaga o'z vaqtida jiddiy e'tibor bermaganimiz tufayli yoshlar o'rtasida radikal oqimlar ta'siriga tushish holatlari uchrab turibdi.
Dunyoga Buxoriylar, Beruniylar, Termiziylar, Moturidiylar, Xorazmiylardek buyuk alloma va aziz-avliyolarni bergan jonajon Vatanimiz yoshlari ulug' ajdodlariga munosib bo'lib ulg'ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishimiz zarur. Biz mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish uchun, avvalo, uning beshta muhim ustuni va halqasini belgilab ol dik. Shu halqaning eng muhim bo'g'ini, hech shubhasiz, ijodkor ziyo lilarimiz, xususan, ma'naviyat vakillaridir. Ular jamiyatimizni yangi lash va taraqqiy ettirishga xizmat qilayotgan hayotbaxsh g'oyalarni amalga oshirishda barchaga, ayniqsa, yoshlarga o'rnak bo'lishlari zarur.
Tarbiya va ta'limni bir-biridan alohida ajratib bo'lmaydi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina, odobli, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga, bilimdon, zukko, ruhan va jis monan sog'lom, keng dunyoqarash, tafakkur va zamonaviy kasb-hu nar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.Biz ilm-ma'rifatni keng ma'noda tushunamiz. Shu sababli yur timizda dunyoviy ta'lim dargohlari bilan birga diniy maktab va mad rasalar, ilmiy-ma'rifiy markazlar tashkil etilmoqda. Xususan, Tosh kent shahrida ko'p asrlik ma'rifat xazinasini o'zida mujassam etadi gan, fundamental tadqiqotlar olib boriladigan O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi xalqaro markazi bunyod etilayotgani buning yaqqol misolidir.Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o'z
dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan masala bo'lib qolmoqda. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ish larimizni, xususan, ta'lim-tarbiya bo'yicha qabul qilingan umum milliy dasturlarimizni mantiqiy jihatdan yakuniga yetkazishimiz zarur.
Yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda, ilmiy-texnologik talablarni hisobga olib isloh qilish, takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ilmiy va ma'naviy asosda shakllantirishni taqozo etmoqda. Tarbiyaga yangi cha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni shakllantirishda oila, maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoni yatlarini to'liq yuzaga chiqarish va ular orasida ilmiy-metodik uzviy likni yangi darajaga ko'tarish darkor.21
Ushbu yo'nalishdagi ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarish uchun yana ko'plab tadbirlarni amalga oshirish zarur. Jumladan:ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indika torlarini ishlab chiqish tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda, avvalo, bo'lajak va yosh onalarga e'tiborni kuchaytirish bolalarni go'dakligidan boshlab yuksak ma'naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo'yicha eng muhim yo'nalishlarni belgilash yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mustahkam iroda, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibat, mas'uliyat, bag'rikenglik, huqu qiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish.
Navbatdagi dolzarb vazifa - joylarda, xususan, mahallalarda, xo tin-qizlar o'rtasida olib borilayotgan ma'naviy-tarbiyaviy ishlar sa maradorligini kuchaytirish bilan bog'liq.Shu ma'noda, necha yuz yillik tarix va madaniyatimiz, milliy o'zligimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan muqaddas dinimizni asrash, ajdodlarimizning bebaho ma'naviy-ma'rifiy merosini o'rga nish va targ'ib etish biz uchun doimiy kun tartibida turadigan muhim masala bo'lib qolmoqda.
Buning uchun, takror aytaman, jamiyatimizni ma'naviy tahdid lardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni, tahliliy va targ'ibot materiallarini tayyorlash usulini, ularning metodologik asoslarini tubdan qayta ko'rib chiqishimiz zarur.Muxtasar aytganda, biz butun jamiyatdagi ma'rifat tizimini, ta' lim
Xulosa
Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi mamlakatning barqaror rivojlanishiga erishish, fuqarolarning farovon va xavfsiz kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi e’lon qilinganidan buyon mamlakat turli sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, energetika, infratuzilmada sezilarli yutuqlarga erishdi. Hukumat ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ham islohotlarni amalga oshirdi. Natijada keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o‘sish kuzatilib, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlar yaxshilandi.
Bundan tashqari, yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasida barqaror rivojlanish uchun muhim bo‘lgan samarali boshqaruv, shaffoflik va hisobdorlikka alohida urg‘u berilgan. Strategiya qonun ustuvorligini ta’minlaydi va qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantiradi, bu esa hukumat va fuqarolar o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.
Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi ham xalqaro hamjamiyat tomonidan barqaror rivojlanish yo‘lidagi ijobiy qadam sifatida e’tirof etildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonning barqaror rivojlanish siyosatini, jumladan, rivojlanish strategiyasini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. 2020-yilda O‘zbekiston BMTTDning Inson taraqqiyoti indeksida 189 davlat orasida 106-o‘rinni egallab, o‘tgan yillarga nisbatan bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxshilanganligini ko‘rsatdi.
Xulosa qilib aytganda, yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi mamlakatning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishda hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Uning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarga kompleks yondashuvi rivojlanishning barqaror va inklyuziv bo‘lishini ta’minlagan holda hozirgi va kelajak avlodlar uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Strategiyani amalga oshirish davom etar ekan, O‘zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida oldinga siljishda davom etishi kutilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |