Sinf: 3-sinf.
O’quvchilar soni: 25 nafar
Fan: O`qish
Darsning texnologik xaritasi.
Mavzu: Yaxshilik. (Hikoya) Nurmat Maqsudiy.
Soatlar soni : 1 soat
Mavzuning qisqacha ta’rifi.Zarifjon onasi bilan yo`lda ketayotganda bir ayol pulini tushirib qo`yadi. Onasi o`sha ayolga pulini tushirib qo`yganini aytadi. Zarifjon onasiga nima uchun aytdingiz deb savol beradi. Onasi o`g`liga ozi bilan bo`lgan voqeani aytib berdi. Bir keksa odam yo`qotgan pulini topib qaytarib berganini aytib beradi. Halollik –kishining ehg yaxshi fazilati ekanligi to`g`risida aytiladi.
Oquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: Suhbat, savol-javob, didaktik o`yin, ifodali o`qish, tushuntirish.
Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.
Jihoz:Kompiyuter, plakatlar, tarqatmali materiallar.
Nazorat: O`quvchilarning darsda faolligini kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O`quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsad va vazifalari.
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarni bilim olishga qiziqtirish, ravon , to`g`ri va ifodali o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish va Nurmat Maqsudiyning “Yaxshilik ” hikoyasini o`qish va tahlil qilish.
Tarbiyaviymaqsad: O`quvchilarda halollik, o`zgalar haqiga xiyonat qilmaslik fazilatlarini tarbiyalash.O`quvchilarni rost so`zlashga o`rgatish. Rivojlantiruvchimaqsad : O`quvchilarning yaxshilik, to`g`rilik, o`zgalar haqiga xiyonat qilmaslik haqidagi bilim, ko`nikma larini oshirish, tushunchalarni malakaga aylantirish va to`g`ri , ravon , ifodali o`qish malakalarini rivojlantirish.