Darsning borishi.
Tashkiliy qism .
Oltin qoidalar belgilab olinadi.
O`tgan mavzuni savollar asosida mustahkamlash.
Yangi mavzuni tushuntirish.
Bolalarga quyidagi savolni berib ularni hikoyani o`qishga qiziqtiriladi.
Siz yaxshilik deganda nimani tushunasiz?
Nurmat Maqsudiyning ‘’Yaxshilik’’ hikoyasini o`qib mazmunini tushuntirib berish.
Hikoya yuzasidan dastlabki savollar berish.
Ona va bola qayerga borayotgan edi?
Ayol nimani tushirib qoldirdi?
Ona nima uchun ayolga pulini qaytarib berdi?
Hikoya qahramonlari kimlar?
Lug`at bilan ishlash.
Minnatdorchilik −astoydil chin ko`ngildan rahmat aytish.
Mayda-chuyda − ro`zg`or uchun kerak bo`ladigan narsalar.
Kayfim uchib−ibora, xavotirgatushib, hayriyat−yaxshiyam-ki ma’nosida kelgan.
Chirog`im−erkalash, umri yorug` bo`ladigan inson ma’nosida.
Halolligi−birovning haqiga xiyonat qilmaslik.
Xotira mashqi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilarga qaldirg`ochlar tarqatiladi. Qaldirg`ochlarda yaxshilik to`g`risida maqollar yozilgan bo`ladi. Har bir o`quvchi maqolni o`qiydi va eslab qoladi va eslab qolgan maqolni yoddan aytib berishi kerak.
Hikoyani o`quvchilarga rollarga bo`lib o`qitaman.
Mustahkamlash: O’quvchilarga mavzu yuzasidan savollar beraman.
1.Yakshanba kuni qanday voqea yuz berdi?
2.Zarifjon onasiga nima dedi?
Nazokat opa o`g`liga qaysi voqeani so`zlab berdi?
Klaster usulida quyosh rasmi chizilgan plakatga o`quvchilar “Yaxshilik nima’’ so`rog`iga javob beradilar.
Guruhlar va o`quvchilar alohida baholanadi
Uyga vazifa berish: Yaxshilik hikoyasini o`qib, yaxshilik haqida maqollar yod olib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
3-sinf “O’qish” darslik kitobi M. Umarova, X. Hamroqulova, R. Tojiboyeva Toshkent-2014
3-sinf o’qituvchilari uchun o’qish fanidan metodik qo’llanma Toshkent-2014
O’zbek xalq maqollari Toshkent-2014
Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar “Tafakkur” nashriyoti Toshkent-2012
Dostları ilə paylaş: |