Mavzu. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’larini undirish



Yüklə 104,48 Kb.
səhifə1/13
tarix26.11.2023
ölçüsü104,48 Kb.
#135259
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig\'larini undirish mexanizmi

Mavzu. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’larini

undirish

Reja:

1.Yer solig‘i joriy etilishining asosiy sabablari. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar tarkibi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq obyekti va soliq solinadigan baza.

2. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar

3.Yer solig‘ini hisoblash va budjetga to‘lash tartibi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari.

4.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i va uning iqtisodiy ahamiyati. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining to‘lovchilari.

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining obyekti va uni aniqlash tartibi.

5.Soliq solinadigan yer uchastkalari tarkibi. Yer solig‘i bo‘yicha jismoniy shaxslarga beriladigan imtiyozlar. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavklari va ularning tabaqalanishi.

6.Yer solig‘i hisoblash va uni budjetga undirish tartibi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini to‘lash muddatlari.

Soliq to‘lovchilar

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.

Soliq solish obyekti

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish obyektidir.

Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:

1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;

2) aholi punktlarining, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, shaxobcha yo‘llar, sug‘orish tarmoqlari, kollektorlar, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi umumiy foydalanishdagi yerlar);


Yüklə 104,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin