Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi
Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Soliq stavkalari Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno):
Respublika hududlari
1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)
Toshkent shahri:
1 zona
1408
2 zona
1194
3 zona
979
4 zona
770
5 zona
550
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
286
Andijon viloyati
352
Buxoro viloyati
286
Jizzax viloyati
286
Qashqadaryo viloyati
286
Navoiy viloyati
286
Namangan viloyati
352
Samarqand viloyati
352
Surxondaryo viloyati
268
Sirdaryo viloyati
226
Toshkent viloyati
297
Farg‘ona viloyati
297
Xorazm viloyati
286
Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi.
Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangn tartib tatbiq etiladi.