1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)
Toshkent shahri:
1 zona
242
2 zona
193
3 zona
149
4 zona
99
5 zona
50
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
31
Andijon viloyati
39
Buxoro viloyati
32
Jizzax viloyati
32
Qashqadaryo viloyati
32
Navoiy viloyati
32
Namangan viloyati
39
Samarqand viloyati
39
Surxondaryo viloyati
29
Sirdaryo viloyati
24
Toshkent viloyati
33
Farg‘ona viloyati
33
Xorazm viloyati
32
Soliq stavkalari Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa - belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.