Mavzu. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’larini undirish


Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi



Yüklə 104,48 Kb.
səhifə3/13
tarix26.11.2023
ölçüsü104,48 Kb.
#135259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig\'larini undirish mexanizmi

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:

  • madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy ta’minot obyektlari egallagan yerlar;
  • sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar;
  • shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
  • aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari (magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar);
  • magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;

    • magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
    • ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o‘rmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari; o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar; o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari; cho‘l va chala cho‘l zonalaridagi o‘rmonlar; shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
    • suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi;

    Yüklə 104,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin